Logistika murakkab ishlab chiqarish-sotish komplekslarini o‘r- ganadi, bu kompleksiar ta’minot, asosiy ishlab chiqarish, transport va sotuv sohalarida tashkuiy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Bu kompleksiarning o‘ziga xos xususiyatiari quyidagilardan iborat: asosiy vositalar va ishchi guruhlarning katta maydonga tarqalganligi; texnik vositalar asosiy qismining yuqori fond sig‘imi; logistik tizim elementlari ba’zilarining mobilligi va boshqalarining ma’lum jug‘rofik mintaqaga qattiq bog‘liqligi; katta miqdordagi aralash tizimostilar (yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar va hokazo) ishining natijasiga bog‘liq.
Ко‘rib chiqilgan xususiyatlar logistik tizimda moddiy va axborot oqimlarining o‘tishiga va hajmiga ta’sir qiladi hamda material o‘tkazuvchi zanjiming alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar tabiatini aniqlaydi.
Fan sifatida logistikaning predmeti bo‘lib tovar harakati sohasida xarid, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlaridagi tashkiiiy-iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi.
Logistika fan sifatida logistik tizimlarni tashkil etishning umumiy xususiyatiarini, qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi.
Logistikaning fan sifatida tuzilmasi bo‘lib tovar harakati i.iiayoniga tegishli bo'lgan qonuniyatlar va aloqalarni oTnatish hisoblanadi. Bu moddiy va axborot oqimlarini boshqarishning samarali shakl va usiublarini amaliyotda aniqlash va qo‘llash niaqsadida amalga oshiriladi.
Logistika fanining umumiy uslubi bo‘lib tadqiqotning dialektik nslubi hisoblanadi. Aniq masalalar yechimini topish uchun fanda Ii/iinli yondashuv, amallarni tadqiqot qilish uslublari va ti/imlar iiu/ariyasidan foydalaniladi.
Atama tarixi. Logistika tushunchasi o‘zinining tarixiga ega. Qadimgi greklar logistika deb hisob-kitoblami amalga oshirish s;m’atini tushunishardi. Maxsus davlat nazoratchilarini logistlar deb atashardi. Qadimgi Rimda esa logistika deb mahsulotlar laqsimoti tushunilardi.
Keyinchalik logistika atamasi harbiy qo‘shinlarning joylashishi v;i harakatlanish amaliyotini tasniflashda ishlatila boshladi. liramizning TX—X asrlarida yashagan Vizantiya imperatori Leon V, o‘zining harbiy ish bo'yicha kitobida «logistika» atamasini «front oili, qo‘shinlarning ta’minoti» ma’nosida ishlatadi1. Logistikaning asosiy tushunchalari
Logistika o‘zining tushunish apparatiga ega, uning tarkibiga logistikaga xos bo‘lgan kategoriyalar, tushunchalar, atamalar kiradi.
Moddiy oqim. Moddiy oqim tushunchasi logistikada muhim o'rin tutadi. Moddiy oqimlar tashish, omborga joylashtirish va xomashyo, yarimtayyor mahsulotiar hamda tayyor mahsulotiar bilan boshqa moddiy amallarni bajarish natijasida yuzaga keladi.
Moddiy oqim — bu vaqt oralig'iga keltirilgan va har xil logistik amallarni joriy etish jarayonida ko‘rib chiqilayotgan tovar — moddiy boyliklarning yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning aniq manbayidan to iste’molgacha bo'lgan oraliqda joylashgan bir turdagi resurslar yig‘indisi oddiy moddiy oqimni yuzaga keltiradi. Korxonada shakllanadigan bir nechta oddiy oqimlar korxonaning me’yoriy faoliyatini ta’minlab beruvchi integrallashgan moddiy oqimni tashkil etadi.
Moddiy oqimlarning harakatlanish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.