Iqtisodiy geografiya



Download 296,14 Kb.
bet96/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

34-jadval.




O’zbekiston aholisining mehnat salohiyatiga ko’ra guruhlari E.Nabiev, A.Qayumov ma’lumotlari



Yillar

Mehnat yoshiga (16 yoshga)cha bo’lgan aholi

Mehnatga yaroqli yosh (erkaklar 16-59, ayollar 16-54)dagi
aholi

Mehnat yoshidan (erkaklar 60, ayollar
54) o’tgan aholi

Soni, mln. kishi

Salmog’i, foiz

Soni, mln. kishi

Salmog’i, foiz

Soni, mln. kishi

Salmog ’i, foiz

1990

8,8

42,9

10,0

49,5

1,4

7,6

1996

9,9

42,8

11,4

49,5

1,8

7,7

2000

10,4

41,9

12,4

50,2

2,0

7,9

2005

11,0

40,6

14,0

51,6

2,1

7,8

34-jadval ma’lumotlarining mantiqiy tahlilidan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda mehnat resurslarining soni, salmog’i va o’sish sur’atlari, ularning xalq xo’jalik tarmoqlarida va respublika hududida taqsimlanishi, qolaversa, mehnat reurslaridan foydalanishning samaradorligi o’ziga hosdir.


Tabiiy o’sish yuqori bo’lgan O’zbekiston aholisi tarkibida yosh avlod salmog’ining ko’p bo’lishi, o’z navbatida, mehnat yoshidagi aholi salmog’ining nisbatan kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, tabiiy o’sishning yuqoriligi unda mehnat resurslari sonini doimo ko’payib borishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, mehnat yoshidagi butun aholi ishlab chiqarishda turli sabablarga ko’ra ishtirok etolmaydi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish, armiya xizmatini o’tash, ishlashga salomatligi yo’l bermasligi kabi ob’ektiv sabablardan tashqari, turli sub’ektiv sabablarga ko’ra ham ba’zilari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmasligi mumkin. Ko’p bolali onalarning oilada bola tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lishlari, shuningdek, shaxsiy xo’jalik yumishlari bilan bandligi O’zbekistonga xos bo’lgan sub’ektiv xususiyatlar bo’lib, mehnat resurslaridan foydalanish me’yorini hisobga olishda bu xususiyat e’tibordan chetda qolmasligi lozim.
O’zbekiston ko’p bolali oilalar salmog’ining kattaligi bilan ham hamdo’stlik davlatlarida ajralib turadi. Ko’p bolalar ko’rib, ularni voyaga yetkazish va tarbiyalash esa jamiyat uchun foydali mehnat hisoblanadi.
Keyingi yillarda respublikamizda sanoatning mashinasozlik va metalsozlik, kimyo, elektrotexnika kabi texnika taraqqiyotini ta’minlovchi sohalari jadal rivojlanib bormoqda. Mutanosib ravishda mazkur tarmoqlarda mehnat qiluvchilarning soni butun sanoatdagiga nisbatan yuqori sura’tlar bilan o’sib bormoqda. Ammo shunga qaramay sanoat, toransport va aloqa tarmoqlarida band
aholi salmog’i respublikamizda hamdo’stilik mamlakatlaridagi o’rtacha ko’rsatkichlardan ancha past. Bu tarmoqlarda xalq xo’jaligida band bo’lgan aholining salmog’i mutonosib ravishda 29,2 va 50,8%ni tashkil qiladi.
Buning sabablari bor. Birinchidan Respublikaning qulay tabiiy iqlim sharoiti qishloq xo’jaligining sermehnat tarmog’i hisoblangan paxtachilikni keng ko’lamda rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, mehnatda band bo’lgan kishilarning katta qismini qishloq xo’jaligiga bog’lab qo’yadi. Ikkinchidan, Oktyabr to’ntarishidan avval bu yerda sanoat mehnati deyarli yo’q darajada edi. Aholining mehnat malakalari ham asosan qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan. Hatto hozirgi kungacha ham mahalliy millat yoshlarini sanoat mehnatiga jalb qilishning murakkabligi ularni qishloq xo’jalik sohalarida ishlashni avzal ko’rishlari bejiz emas.
O’zbekiston mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan olib qaraganda quyidagi 3 guruhga ajratilishi mumkin:

  1. guruh - Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlari.

  2. guruh - Andijon, Namangan, Farg’ona va Xorazm viloyatlari 3-guruh - Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlar.

Bu guruhlarning mehnat resurslari nuqtai nazaridan xususiyatlari quyidagicha. Birinchi guruh viloyatlari O’zbekiston hududining juda katta qismini (86%)ni egallab uning katta maydonlari xali kam o’zlashtirilgan. Bu viloyatlar va Qoraqalpog’iston respublikasi katta xom ashyo zahiralariga ega, ularni sanoat va qishloq xo’jalik maqsadlarida o’zlashtirish istiqbollari katta. Bu guruh viloyatlarida asosan mahalliy mehnat resurslaridan foydalaniladi va respublikaning boshqa hududlaridan ham ishchi kuchi jalb etilish imkoniyati mavjud.
Ikkinchi guruhga kiruvchi viloyatlarida aholi bir muncha zich joylashgan. Bu viloyatlarda ayniqsa ularni qishloq joylarida hamda o’rta va kichik shaharlarida ishga jalb qilinmagan ish kuchlari mavjud. Bu guruh viloyatlaridagi ortiqcha ish kuchidan ishlab chiqarishda keng foydalanish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur mehnat resurslari joylashgan shahar va qishloqlarning o’zida yangi ishlab chiqarish quvvatlari (ish joylari) barpo qilish bilan birga yoshlarning ma’lum qismidan respublikaning boshqa viloyatlarida, jumladan yangi o’zlashtirilayotgan yerlarda foydalanish mumkin.
Uchinchi guruh viloyatlari va poytaxt – Toshkent shahri sanoat eng yuqori darajada rivojlangan mintaqa bo’lib, unda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi juda yuqoridir. Bu guruh viloyatlari o’zlarining mehnat resurslariga bo’lgan ehtiyojlarini kelajakda ham mavjud aholining tabiiy o’sishi hisobiga hamda mehnat resurslarini tarmoqlararo qayta taqsimlash hisobiga to’la qondirishi mumkin. Shunday qilib O’zbekistonda hozirgi vaqtda va yaqin kelajakda mehnat resurslarining miqdori bo’yicha muammo kelib chiqmaydi. Asosiy e’tibor mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilmog’i lozim. Avvalombor “ish bilan band bo’lgan aholini tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarning faoliyatining eng ilg’or tarmoqlari va sohalariga jalb qilish” asosiy
masala hisoblanadi. (I.A. Karimov, 1997).
Bunda, “…hozir respublikada hal qilinayotgan eng dolzarb muammolardan biri ishlashni hohlovchilarning xammasini ish bilan ta’minlash hisoblanmaydi. Balki eng maqbul ijtimoiy yo’naltirilgan ish bilan bandlikni vujudga keltirishdan iboratdir” (I.A. Karimov,1997).



    1. Download 296,14 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish