14-MAVZU: DЕMOGRAFIK JARAYONLARNI PROGNOZLASH
14.1. Aholi sonini prognozlashning asosiy komponentlari.
Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish mehnat xususiyatidagi
o‘zgarishlarni, intellektual mehnat sohasidagi inson imkoniyatlaridan foydalanish
istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror
ishlab chiqarilishini, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini, uning malaka
va kasbiy tarkibini o‘z ichiga oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini
uning yosh va jins tarkibini, tugilish va o‘lim darajasi, aholining hududiy joylashishi
haqidagi ma‘lumotlarni tahlildan o‘tkazish asosida ko‘rib chiqadi. Demografik
prognoz kelajakda oilalarning soni, ularning o‘rtacha kattaligi, migratsiya
jarayonlarining yo‘nalishi va jadalligi, faol mehnat faoliyatining uzunlugi, mehnat
faoliyatini boshlash va tamomlash, pensiyaga chiqishning o‘rtacha yoshlari, aholi
umrining o‘rtacha uzunligi haqida zarur ma‘lumotlar olish imkonini beradi.
Demografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining hajmi va tuzilishi,
shaxsiy iste‘mol mollari ishlab chiqarish, maorif, sogliqni saqlash va xokazolarni
rivojlantirish rejalashtiriladi. Хullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va
turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bog’liq.
―Ijtimoiy rivojlanish prognozlari axolining ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini,
turmush tarzining o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash soxasidagi murakkab
tadqiqotlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mexnat
resurslarining bandligi va ularning foydalanish, milliy boylikni takror ishlab
chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, axolining turmush darajasi,
iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, iqtisod
mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo‘jaligi va tashki iqtisodiy
aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish.
Jumladan, ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat
mahsulotlari iste‘mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma
tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal ho‘jaligi, aholiga
maishiy hizmat ko‘rsatish, ta‘lim, madaniyat, san‘at va ommaviy axborot vositalari;
sogliqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muhitni
muhofaza qilish. Demografik prognozlash barcha kompleks dasturlar uchun kup
qirrali asos bulib hizmat qiladi. Aholining kelajakdagi miqdori prognozi yaxlit xalq
ho‘jaligini dinamikasini prognozlashning muhim elementi hisoblanadi. Demografik
prognozlar aholi harakati va mehnat resurslarining qayta ishlab chiqarishi mehnatga
layoqatli aholi bandligining darajasi, uning moliyaviy va kasbiy tarkibini qamrab
oladi. Demografik prognozlar aholi dinamikasini uning jinsiy yosh strukturasi,
tugilish, hududiy harakati tugrisidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida kurib
chiqdi. Demografik prognozlash oilalarning kelajak sonini ularning urtacha kattaligi,
aholi kuchma oqimlarining intensivligi, yunalishlari, faol mehnat faoliyati,
davomiyligi va boshqalar tugrisida prognoz axborot olish imkoniyatini beradi.
Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari hajmi va strukturasi,
iste‘mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta‘limi, sogliqni saqlash tizimi taraqqiyoti va
boshqalar rejalashtiriladi. Shu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va
hayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil boglangan.
Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullarni tanlash muhim jihat
hisoblanib, ularning yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq
belgilash mumkin.
Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli
hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlarning kelajak dinamikasi, ya‘ni
tugilishlar va ulishlar soni, hududga kuchib kelishlar va kuchib ketishlar sonini
jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda
dastlabki ikki komponent yetarlidir.
Biroq alohida respublikalar buyicha aholining kelajakdagi sonini hisoblashda
ichki migratsiya soldosini hisoblash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |