2.2. Qadim Turon va Movarounnahrdagi ijtimoiy-sotsiologik qarashlar
Ma’lumki, sotsiologiya fani rasman G‘arbiy Yevropada yuzaga kelgan bo‘lsa-da, uning ildizlari sharqqa borib taqaladi. Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi mazmunini xalqimizning tarixiy, ma’-naviy qadriyatlari sanalmish Qur’oni Karim, Hadisi sharif sharqning ulug‘ allomalari Farobiy, Ibn Sino, Hazrati Bahouddin Naqshbandiy, At-Termiziy, Imom Al-Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy va boshqa ulug‘ mutafakkirlar asar-larida ilgari surilgan fikrlar tashkil etadi.
Sharq xalqlarining hayotga bo‘lgan ijtimoiy qarashlari mohiyat e’tibo-riga ko‘ra g‘arb sotsiologlarining ijtimoiy yondashuvlaridan farq qiladi. Qadimgi sharq kishisi uchun o‘zlikni anglash, ma’naviy komillikka eri-shish, ozodlik tushunchasi moddiy borliqdan voz kechish, tashqi dunyo tashvishlarini inkor etish, o‘zlikda sokinlik topishga intilish harakatlaridan iboratdir.
Qadim Sharq falsafasi, uning teologik asoslari qadimgi Movarounnahr hududida yashovchi xalqlarning ijtimoiy jarayonlarga munosabatlari va fikrlash tarziga bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Xususan, o‘zbek xalqi va uning boy ma’naviyatining shakllanishida islom dinining kirib kelishi va uning xalq tomonidan qabul qilinishi o‘ziga xos hodisa bo‘ldi. O‘zbek xalqi ham Islom diniga o‘z milliy xususiyatlari urf-odatlari, turmush tarzi, an’analari bilan kirib keldi. Bu esa qabul qilingan islom teologiyasi naza-riyasiga tegishli aniqliklar va tadrijiy o‘zgartirishlar kiritilishini taqozo eta boshladi.
Movarounnahr jamoatchilik fikri tarixini o‘rganishda Abu Mansur al-Moturudiyning o‘rni beqiyosdir. Uning asarlariga nafaqat dinshunoslik, balki jamiyat, jamoa, ijtimoiy jarayonlar va xususan, shaxs haqidagi ta’li-mot sifatida yondashish, ularni Movarounnahr xalqlari hayoti tarzi men-talitetiga muvofiq keluvchi, g‘oyaviy, e’tiqodiy yakdillikka undovchi yax-lit ilmiy sotsiologik konsepsiya sifatida baholash va har tomonlama o‘rga-nish maqsadga muvofiq.
Al-Moturidiy qarashlari oqilona me’yor, inson sha’ni, mavqeyiga mos keluvchi nazariyadir. Inson shaxsi va mavqeyi masalasi, uni turli ijtimoiy-siyosiy, kerak bo‘lsa, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi Al-Moturi-diyning murosaviy muvozanat konsepsiyasini, islomni anglash jarayon-laridagi ijobiy jihatlar yig‘indisiga emas, balki Movarounnahrdagi real ijti-moiy-siyosiy muhit, xalq turmush tarzi, mentaliteti, boy madaniy tarixiy tajribasi bilan boyitilgan insoniy yondashuvlar sintezi, deb baholash maq-sadga muvofiqdir. Al-Moturidiy jamoa va jamiyatning voqelik mohiyatini ramzlarda talqin etishga diqqatini qaratadi.
Movarounnahrda tabiat va jamiyatni sotsiologik aiglash va o‘rganish ulug‘ mutafakkir Abu Nasr Forobiy tomonidan kengaytirildi. U o‘zining «Fozil odamlar shahri» asarida insondagi insoniylik mohiyati o‘zlikni ang-lashdan boshlanishi, fozil shaxs voqea va hodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag‘ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlash-ga ko‘mak berishini asoslab berdi.
Forobiy olamni anglashda vorisiylik omilining juda katta kuchga ega ekanligini alohida qayd etadi. Uning fikricha, inson barcha haqiqatlarni anglashga, tabiat va jamiyatning barcha siru asrorlarini tushunib, idrok eta olishga qodir emas. Shu boisdan u o‘zidan oldingi ajdodlari tomonidan bil-dirilgan fikrlarni o‘zlashtirish, ilm-ma’rifat bobida yetuk donishmandlar fikriga ergashishi lozimligini alohida ta’kidlaydi. Forobiy jamiyatning boobro‘ shaxslari, olimlari, oqil kishilari ijtimoiy taraqqiyotning harakat-lantiruvchi kuchlaridir, deb hisoblaydi. Forobiy o‘sha paytdayoq ijtimoiy fikrning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab, zamonaviy sotsiolo-giyada ko‘p qo‘llanuvchi ekspertlar, ya’ni o‘z davrining yetuk donish-mandlari fikriga tayanib, ish tutish zarurligiga urg‘u beradi.
Ulug‘ bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ham sotsiologiya nazari-yasini rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shdi. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini insoni-yat tarixining o‘tgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bag‘ish-langan mumtoz etnosotsiologik asar, deb baholash mumkin. Ushbu kitobda ulug‘ mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib borgan sotsiologik tadqi-qotlari, qo‘llagan usullari xususida so‘z yuritib, shunday yozgan:
«Mazkur asarni yozish asnosida o‘zimga ishonch hosil qildimki, aqliy narsalardan dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo‘li bilan haqiqiy ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin emas. Bunga faqat «kitob ahllari» va turli din arboblariga, shu (e’tiqodlarga amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini asos tutish bilan belgilanadi. So‘ngra ularning isbot uchun keltirgan so‘z va e’tiqod-larini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi».1
Abu Rayhon Beruniy dunyoning sotsiologik manzarasi evolutsion ja-rayon natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi.
Ayni chog‘da, Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyatlar emas, balki turli ijtimoiy darajadagi murosa va konsensus ekan-ligini uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan, ayon bo‘lgan narsaga qanday ishonib bo‘ladi»,2 deb qarama-qarshiliklardan holi bo‘lgan jarayonlarda o‘zgarish ehtiyojini kuchayishiga ishora qiladi.
Beruniy sotsiologiyadagi ijtimoiy tabaqalanish haqida ham fikr yuritib, shunday deydi: «Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab-odamlarning guruh-larga ajralib ketishi, bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli xo-hishlarni ifodalash uchun zarur bo‘lgan so‘zlarga ehtiyoj tug‘ilishidir. Uzoq zamonlar o‘tishi bilan haligi iboralar ko‘payib, yodda saqlanishi va takrorlanishi natijasida tarkib topib, tartibga tushgan».
Ulug‘ mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning ijtimoiy qarashlari o‘zining ilmiy teranligi, voqelikka hushyor baho berish xususiyati bilan ajralib tu-radi. Ibn Sino olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning o‘z-o‘zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi bilan izohlanadi, deb hisoblaydi. Hamma narsaning yuz be-rishida taqdiri azalning roli, ilohiy hukmning mutlaqlashuvi g‘oyasiga qarshi chiqib, Ibn Sino dunyo kamoloti uchun jamiyat a’zolarining erkin faoliyatiga ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi.
Yusuf Xos Hojibning XI asrda yaratilgan «Qutadg‘u bilig» asari ham ijtimoiy qarashlarga boy. Bu kitob axloq-odob ta’lim va tarbiya hamda ma’naviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mu-jassamlashtirib, o‘zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir.
Yusuf Xos Hojib jamiyat va tabiat borasidagi barcha bahslarni ta’lim atrofida olib borar ekan, o‘z davri, mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum, ma’na-viy-moddiy hayot jarayonlari xususida mufassal ma’lumotlar beradi. U o‘sha davrning turli ijtimoiy tabaqalari, toifalari va guruhlari, ularning turmush tarzi, rasm-rusumlari, qonun-qoidalari, hunar va kasb-korlari, jamiyatda tutgan mavqelari, davlat tuzumining qanday asoslarda quril-ganligi, har bir tabaqaning dunyoqarashi xususida atroflicha sotsiologik asoslangan ma’lumotlarni o‘rtaga tashlaydi.
Yusuf Xos Hojib jamiyatning tom ma’nodagi kamoloti faqat ta’lim vositasida amalga oshadi, deb hisoblaydi. Dunyodagi barcha boyliklar mu-vaqqatdir, o‘tkinchidir, bilim boyligi qancha sarf etilsa, shuncha ko‘pa-yaveradi, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |