1.3. Sotsiologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar
Ijtimoiy hayot masalalarini o‘rganish doirasi kengayib borar ekan, sotsiologiya fanining o‘rganish obyekti ham kengayib, chuqurlashib bormoqda. Sotsiologiyaning keyingi yillarda «Fanlar sotsiologiyasi», «Madaniyat sotsiologiyasi», «Boshqaruv sotsiologiyasi» kabi sohalari shakllandi. Bozor munosabatlari tarkib topa borishi bilan sotsiologi-yaning iqtisodiyot, falsafa, huquq fanlari, etika, psixologiya, pedago-gika, tarix, ekologiya kabi fanlar bilan aloqadorligi ortib bormoqda.
Mamlakatimizda sotsiologiya fanining taraqqiy etishida milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyati muhim dastur vazifasini o‘tay-di. Milliy istiqlol g‘oyasi sotsiolotaya fanining rivojlanishida mamla-katimiz Konstitutsiyasi milliy va umuminsoniy qadriyatlari, demok-ratik tamoyillarga tayanadi, xalqimizning yuksak ma’naviyati, o‘lmas merosi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlash-ga xizmat qilishga harakat qiladi.
Shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasi sotsiologiya fanining umum-insoniy va milliy tamoyillar doirasida tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaro qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini qaror toptirish yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borishni muqaddas vazifalar sifatida kun tartibiga qo‘ydi.
Sotsiologiyaning iqtisodiyot fanlari bilan aloqadorligi moddiy ne’mat-larni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol jarayonlarini o‘rga-nishda ko‘rinadi. Iqtisodiyot sotsiologiyasi iqtisodiy ta’sirni ijtimoiy ta’sir shakli sifatida o‘rganadi. Iqtisodiyot sotsiologiyasi iqtisodiyot fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladigan munosabatlarni o‘r-ganadi. Iqtisodiy nazariyaning ilmiy g‘oyalari iqtisodiy sotsiologiya uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Sotsiologiya fani falsafa bilan ham uzviy bog‘liq. Falsafaning qonun va kategoriyalari bevosita umumsotsiologik nazariya va konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi hamda sotsiologik nazariyalar uchun nazariy va meto-dologik asos bo‘ladi. Umumsotsiologik va maxsus sotsiologik nazariya-larning rivojlanishi, o‘z navbatida, muayyan davrdagi ijtimoiy fikrlarni shakllantiradi, unga nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi. Sotsi-ologik tadqiqotlar empirik ma’lumotlar yordamida ijtimoiy taraqqiyotni chuqur tahlil qilishga yordam beradi.
Psixologiya ham sotsiologiya kabi inson faoliyatini o‘rganadi, faqat psixologiya ayrim individ faoliyatiga e’tibor beradi. Sotsial psixologiya esa ham sotsiologiya, ham psixologiyaning bir qismi sifatida individning gu-ruhdagi faoliyatini o‘rganadi. Uning markaziy tushunchasi bo‘lgan «Men» inson guruhining ijtimoiylashgan shaxsini anglatadi.
Siyosiy fan insonning o‘z-o‘zini qanday boshqarishini tadqiq etadi. U rasmiy siyosiy tashkilotlar va unda shakllanadigan siyosiy xatti-harakatlar, shuningdek, hokimiyat falsafasi, jamiyatning ijtimoiy strukturasini o‘rga-nadi. Sotsiologiya siyosatshunoslik uchun jamiyatda mavjud bo‘lgan gu-ruhlar o‘rtasidagi munosabatlarga doir ko‘plab ma’lumotlarni to‘playdi.
Sotsiologiya va tarix fanlari jamiyat hayotini tadqiq etishga izchil yon-dashadi. Tarixchi faqat ishonarli ma’lumotlarni tanlar ekan, u o‘tmish xulq -atvor va noyob voqealar bilan ish ko‘radi. Tarixiy faktlarni to‘plashda ta-rixchi sotsiologiya usullaridan ham keng foydalanadi
Shunday qilib, xususiy va umumiy sotsiologik fanlardan iborat bo‘lgan zamonaviy sotsiologiya barcha ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq sotsiologiya ijtimoiy gumanitar fanlar iyerarxiyasida eng yuqori bosqichni egallaydi. Falsafa va tarix bilan birgalikda, u ijtimoiy fanlar tizimining umumuslubiy negizini shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |