SALVOLLAR
1. Fuqarolik tushunchasi deganda nima nazarda tutiladi?
2. Kimlar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`ladilar?
3. Fuqarolikning yuzaga kelishi (kelib chiqishi) qanday yo`l bilan va qay asoslarda amalga oshiraladi?
4. Fuqaroviylikni ijtimoiy faollik naqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga bo’lish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
5. Fuqarolik ongining jamiyat hayotida turli shakllarda namoyon bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlari.
6. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtiruvchi kuch sifatida
JAVOBLAR
Fuqarolikjismoniy shaxsning maʼlum bir davlat bilan huquqiy bogʻlanishidir. Fuqarolikka ega shaxs fuqaro, deyiladi. Bu bogʻlanish fuqaroning tegishli davlatga nisbatan boʻlgan huquq va burchlari hamda uning oʻsha davlat tomonidan himoya qilinishida namoyon boʻladi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 21-moddasiga koʻra butun Oʻzbekiston hududida yagona fuqarolik oʻrnatiladi (Qoraqalpogʻiston fuqarosi ayni vaqtda Oʻzbekiston fuqarosi hamdir).
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo‘lish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z idoralari va mansabdor shaxslari orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari oldida mas’uldir, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida mas’uldir.
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida o‘z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiladi.
Fuqarolikning yuzaga kelishi (kelib chiqishi) naturalizatsiya yo‘li bilan, xalqaro
shartnoma asosida va ayrim hollarda - reintegratsiya (tiklanish) orqali va taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar fuqaroda o‗z haq-huquqlari hamda burchi uchun amaliy harakatni bajarish ko‗nikmasi mavjud bo‗lsa uni faol fuqaro sirasiga kiritish mumkin.
Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillariEndi bevosita fuqaroviy ongning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish o‘rinlidir. Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat. Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o‘ziga xos tamoyillir va me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar hayotning asosiga aylanadi.
Fuqarolik ongi yangi g‘oyalarni qabul qilish darajasida ochiq xarakterga ega. Yangi g‘oyalar shu tizimga mos ekanligi o‘z isbotini topgan taqdirda asta sekin jamiyatning mohiyatiga singib boradi. Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo‘lida fuqarolar o‘rtasida kelishuv bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro‘y beradigan turli ijtimoiy-madaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong o‘zgarib boradi va fuqaroviylik to‘g‘risidagi g‘oyalar taraqqiyotida o‘z aksini topadi.