2.4. XX asrda AQSHda sotsiologik qarashlar ta’limoti va rivoji
Sotsiologiyaning AQShdagi rivojlanishiga Charlz Xorton Kuli (1864-1929) katta hissa qo‘shdi. Kuli ramziy interaksionizm (jamiyatning mohi-yatini shaxslararo o‘zaro ta’sirda, deb hisoblash)ning asoschisi hisoblanadi. «Inson tabiati va ijtimoiy tartibi» (1902.), «Ijtimoiy progress» (1918) kabi asarlarida o‘z qarashlarini ifodaladi. U ijtimoiy evolutsiyani organik ijti-moiy jarayon deb hisobladi, bunda atrof-muhitga samarali moslashuv funksional xususiy tizimlarda jamiyatning ichki tartibini muntazam diffe-rensiatsiya qilgan holda yuzaga keladi. Kuli Spenserning iqtisodiy libera-lizmda ifodalangan individualizmini inkor qildi.
Kuli Amerika jamiyatidagi ijtimoiy tengsizlikni tahlil qilib, uni 2 ga ajratdi:
1) tabaqa – bunda ijtimoiy maqom meros bo‘lib qoladi;
2) sinf – ijtimoiy maqom daromad olishdagi raqobat natijasida yuzaga keladi.
U kasb-hunar, daromad va turmushni ushbu tabaqalanishning mezoni deb bildi.
Kuli inson tabiatini o‘ziga xos holda tushundi. Inson tabiatini u ayrim olingan insonning kommunikatsiyasi natijasida vujudga keladi, deb hi-sobladi.
Inson shaxsga aylanib, boshqa kishilar bilan bo‘ladigan interaksiya ja-rayonida o‘z «men»ini rivojlantiradi. Shuning uchun u avtonom, ratsional individni inkor qildi.
Individ va jamiyat Kuli uchun bir-birini to‘ldiradi, lekin bir-biridan us-tun emas. Har bir individ o‘z holicha yagonadir. Buni Amerika sotsiologi-yasining ruhiy-axloqiy asoslaridan kelib chiqib tushuntirish mumkin. Dyurkgeym fikriga ko‘ra, ijtimoiylik individning ajralgan kollektiv ongi sifatida emas, balki individlarning bir-biriga qaratilgan xatti-harakati, inter-aksiyasi sifatida mavjud bo‘ladi. Inson tabiati ayni bir paytda ham indivi-dual, ham ijtimoiydir. Ushbu konsepsiya zamirida Amerika sotsiologiyasi uchun xos bo‘lgan mikro va makroistiqbolning birlashuvi imkoni yotadi. Chunki «Men»ning ijtimoiy genezisi individuallik bilan bir qatorda indi-vidning faolligini taqozo qiladi, guruhning maqsad va manfaatlarini ilgari suradi.
Kuli «Birlamchi guruhlar» nazariyasini ishlab chiqdi, uning ijtimoiy-lashuvi, jamiyat evolutsiyasi va interaksiyaning ramziy xususiyatlarini aniqladi.
«Birlamchi guruhlar» – ixtisoslashuvsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat-lar asosida vujudga keladigan kichik guruhlar bo‘lib, ular – oila, bir o‘yin-dagi bolalar guruhi, qo‘shnilar. «Birlamchi guruhlar» ijtimoiy genezis jarayonida asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi paytda «Ikkilamchi guruhlar» bir-lamchi guruhning ahamiyatini kamaytirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |