Quyi darajadagi parametrlarni markazning aniq bilmasligida boshqarish. Ushbu vaziyat tartibga solinadigan muvozanatda tahlil qilingan vaziyatga qarama-qarshi turadi, ya’ni markaz hududlar, ularning muam-molari va imkoniyatlari haqida aniq ma’lumotga ega emas.
Bunday sharoitda noma’lum parametrlar to‘g‘risida axborot almashuv imkoniyatlari katta ahamiyatga ega, chunki u markazning ham, hudud-larning ham faoliyatini oshiradi. Ko‘pincha, muvofiqlashtirilgan boshqaruv katta amaliy natija beradi, bunda markaz turli hududlardagi shart-sharoit haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirib boradi. O‘zbekistonda sust axborot infrastrukturasi sharoitida ushbu vaziyatni konseptual o‘rganish va mos keluvchi qaror qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish juda ham muhim-dir.
Kooperativ tarzda (birgalikda) qaror qabul qilish avvalgi barcha qarashlardan farq qiladi. Ularda subyektlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, mustaqil ravishda o‘zlarining individual faoliyatini maksimallash-tirish uchun maqsad strategiyasini tanlagan bo‘lsa, ushbu oxirgi qarashda ishtirokchilar birdamligi birinchi o‘ringa chiqadi. Ishtirokchilar o‘zaro moddiy va axborot resurslarini almashib, olingan daromadni o‘rtada bo‘la-dilar. Yangi koalitsiyaning daromadi ikki subyektlar daromadining oddiy yig‘indisi bo‘lib qolmaydi, balki yangi birlashmaning xususiyatlari hiso-biga yanada katta bo‘ladi. Bu esa emerjent samarasi deyiladi.
Mazkur optimallik prinsipida daromadni taqsimlashda bir qator shart-larga rioya qilish talab qilinadi:
– har bir ishtirokchi daromad taqsimotida mustaqil faoliyat yuritganda oladigan daromadidan kam ulush olmasligi kerak;
– birlashma daromadlari ishtirokchilar orasida qoldiqsiz taqsimlanadi (Paretoga ko‘ra optimallik).
Bu talablarning mohiyati shundaki, biron-bir subyekt uchun individual ratsionallik prinsipi bajarilmasa, uning bunday taqsimotda ishtirok eti-shiga hojat qolmaydi. Agar Paretoga ko‘ra optimallik bajarilmasa, u qan-daydir yashirin imkoniyatlar borligidan dalolat beradi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, amalda, ko‘pincha, taqsimotga keng ma’-noda qarash kerak, ya’ni taqsimotning konkret variantini tanlash uchun qo‘shimcha tahlillarga e’tibor qaratish lozim.
Birgalikda qaror qabul qilish bundan avvalgi prinsiplarga qaraganda ancha yuqori darajadadir. Markaz hududlar bilan axborot, moliyaviy va boshqa resurslarni hamda hamkorlikda qaror qabul qilishni muvofiq-lashtirolsa, emerjent samarasini olish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Afsuski, ko‘pincha xudbinlik va separatistik tendensiyalar oqilona fikr yuritishdan ustun turadi, bunda hududiy boshqarishning ijtimoiy texnologiyalari mu-him rol o‘ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, ko‘rib chiqilgan muammo aspektida ijtimoiy texnologiya deganda, barcha hududlar manfaatlarini hisobga olgan holda federal dasturni amalga oshirishga qaratilgan usullar va marosimlar maj-muyi tushuniladi.
Iqtisodiy munosabatlar sohasida ijtimoiy texnologiyaga federal, hudu-diy va mahalliy budjet tomonidan yig‘ilgan soliqlarni taqsimlashni misol qilishimiz mumkin. Ma’lumki, hududiy va mahalliy budjet hisobiga katta foizda mablag‘ ajratilishi soliq yig‘ishni rag‘batlantiradi, aksincha, mar-kazning tushumni o‘zlashtirishi hududlarning daromadni yashirishiga, oqi-batda, federal budjetdagi kamomadga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |