9.2. Ijtimoiy texnologiyalardan hududiy darajada foydalanish
Ijtimoiy texnologiyalardan hududiy darajada foydalanish katta ahami-yatga ega bo‘lib, u quyidagi sabablar bilan bog‘liq.
Hududiy iqtisodiyotda murakkab hududiy strukturalar uchun maqsadni shakllantirish asosiy konseptual – uslubiy muammolar qatoriga kiradi. Global darajada hududiy fanning maqsadli parametrlari inson mavjudligi va jamiyat faoliyatining me’yoriy maqsadlari hamda ontologik katego-riyalari bilan birlashadi. Qo‘yilgan maqsadlar uni amalga oshirish uchun muvofiq bo‘lgan tizimda namoyon bo‘ladi va moddiylashadi.
Shuning uchun ham, bu maqsadlarni o‘z vaqtida va bexato qidirib topish va konkretlashtirish muhimdir. Chunki hududiy rivojlanish maqsad-lari bozor iqtisodiyoti maqsadlari bilan to‘g‘ri kelmaydi. Hududiy maqsad-larda insoniyatning ko‘p asrlik global intilishlari aks etgan.1
Zamonaviy hududiy dasturlash va tartibga solishga muvofiq maqsadli dasturlarda uch asosiy turdagi pirovard maqsadlar qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Birinchi tur ishlab chiqarishni oqilona joylashtirishga qaratilgan U re-surslarning yangi turlarini xo‘jalik aylanmasiga jalb qilish va ulardan samarali foydalanish, hududiy xo‘jaliklarni ixtisoslashtirish, turli majmua-larni shakllantirish, shahar va qishloqlarni to‘g‘ri joylashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi tur mamlakatning turli hududlarida bir xil ijtimoiy-iqtisodiy yashash tarzini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bu esa turli hududlarda daro-mad va bandlik darajasi hamda ishsizlikning salbiy oqibatlarini kamay-tirish, mehnat resurslarini kerakli yo‘nalishga ko‘chirishni rag‘batlantirish, kam rivojlangan hududlar degradatsiyasining oldini olish bilan bog‘liq.
Uchinchi tur resurs – iqtisodiy maqsadlari hisoblanadi. U tabiiy resurs-lardan ishlab chiqarishda foydalanishning oqilona ko‘lamini o‘rnatish, ta-biatga salbiy antropogen ta’sirni bartaraf qilish yoki kamaytirish, turizm va aholining hordiq chiqarishi uchun shart-sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.
Ishlab chiqarish kuchlari va jamiyat hayot faoliyati rivojlanishining obyektiv talablaridan kelib chiqadigan ushbu maqsadlar hududiy das-turlarning ko‘p maqsadli va kompleks xarakterini belgilaydi.
Ko‘p tadqiqotchilar hududiy rivojlanishni hudud iqtisodiy imkoniyat-lari o‘sishiga tenglashtirishni rad etganlar. Hududiy rivojlanish hudud tu-man faoliyati tartibi sifatida talqin qilinadi. U aholi yuqori turmush darajasi parametrlarining ijobiy rivojlanishiga hamda hududning ijtimoiy, xo‘jalik, resurs, ekologik imkoniyatlarini muvozanatli qayta ishlab chiqarishga yo‘-naltirilgan.
Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, boshqarish hududiy da-rajasining asosiy vazifasi – ijtimoiy masalalar ustuvorligi, iqtisodiy va ij-timoiy rivojlanish uyg‘unligi, birliga hisoblanadi. Demak, har bir qabul qi-linayotgan qaror o‘zining kishilar yashash sharoitiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtayi nazaridan baholanishi kerak. Yana shuni qayd etish kerakki, ijti-moiy masalalarni oldinma-ketin hal qilish ularning hududning iqtisodiy ri-vojlanish samaradorligiga ta’sir etish darajasiga ko‘ra ham baholanishi lozim.
Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda iqtisodiy tashxis (diagnostika) katta ahamiyat kasb etadi, u hududning ijtimoiy-iqti-sodiy imkoniyatlarini atroflicha tahlil qiladi va unga baho beradi.
Hududiy xo‘jalikni tartibga solish va boshqarish iqtisodiy mexanizmi-ning maqsadli modeli hududiy iqtisodiyot rivojlanishining faqatgina qayta ishlab chiqarish emas, balki muammoli aspektini ham o‘z ichiga oladi.
Birinchi marotaba hudud muammosini hal qilishga dasturiy-maqsadli munosabat AQSHda Tennessi daryosi vodiysidagi “falokat rayonlari”ning iqtisodiyotini ko‘tarish bo‘yicha keng miqyosdagi davlat tadbirini amalga oshirishda qo‘llanildi. Ushbu hudud va mamlakat ilg‘or shtatlari orasidagi iqtisodiy tafovutni bartaraf etish “Tennessi dasturi”ning bosh maqsadi bo‘lgan. Tennessi daryosi vodiysini boshqarish federal agentligining asosiy vazifasi – Tennessi daryosi havzasini tartibga solishning yagona tizimini tashkil etish, daryoda kemalar qatnovi sharoitini yaxshilash, o‘rmonlar ya-ratish va hududda yerning ahvolini yaxshilash, elektr energiyasi ishlab chi-qarishni rivojlantirishdan iborat.
Ko‘plab zamonaviy ijtimoiy-madaniyat institutlarning faoliyati zamo-naviy progressiv ijtimoiy texnologiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Odatda ular sharoitga qarab, qator omillar hududdagi maorif, madaniyat, san’at, sport markazlarining mavjudligi, aholining ijtimoiy hordiq chiqa-rishi xarakteri hamda ularni amalga oshirish sharoitlari, hududdagi ijti-moiy-demografik, iqtisodiy, etnik va boshqa vaziyat bilan bog‘liq ravishda shakllanadi.
Hududiy rivojlanish maqsadlari bozor iqtisodiyoti maqsadlari bilan bir xil emas, chunki ularda insonning ontologik, ko‘p asrlik intilishlari mujas-samlanadi. Hududiy rivojlanishning umumjahon an’analari jamiyatning qadriyatga oid ko‘rsatmalari va strategik vazifalariga yo‘naltirilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |