«iqtisod moliya»


Federal va hududiy itstisodiy siyosatda ijtimoiy texnologiyalarning roli



Download 324,09 Kb.
bet44/48
Sana26.02.2022
Hajmi324,09 Kb.
#470577
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

9.3. Federal va hududiy itstisodiy siyosatda ijtimoiy texnologiyalarning roli
Federal markaz va hududlar o‘rtasida ayrim iqtisodiy va boshqa das-turlarni amalga oshirishdagi o‘zaro munosabatda markaz yuqoridan o‘rin olgan bo‘lib, qator ustuvorlik va imtiyozlarga ega, hududlar esa boshqa-rishning quyi darajasida joylashgan.

Maqsadga erishish va dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun markaz quyidagi harakat prinsiplarini amalga oshiradi:

1) muvozanat va tartibga solinadigan muvozanat;

  1. Pareto bo‘yicha optimallik;


  2. kafolatlangan natija prinsipi;


  3. ogohlantirish ssenariysi;


  4. quyi darajadagi parametrlarni markazning aniq bilmasligi bo‘yi-cha boshqarish;


  5. kooperativ tarzda birgalikda qaror qabul qilish.




Muvozanat va tartibga solinadigan muvozanat. Har bir subyekt o‘z maqsadiga erishish uchun muayyan resurs va imkoniyatlarga ega bo‘ladi; mavjud variantlardan ma’lum bittasini tanlash uning strategiya (boshqarish) sini belgilaydi. Barcha subyektlar o‘z strategiyasini tanla-gach, hamma maqsadli funksiyalarning ahamiyati ma’lum bo‘lgan va-ziyat vujudga keladi. Subyektlarning o‘zaro ta’siri va aloqasi shu bilan belgilanadiki, hamma ishtirokchilar faqat o‘z strategiyasiga ega bo‘la-di, maqsadli funksiyalarning ahamiyati esa qolgan subyektlariga te-gishli strategiyani tanlashiga bog‘liq. Muvozanatli konsepsiyaning mohiyati jamoa bo‘lib qaror qabul qilishda, ishtirokchilarning birortasi uchun muvozanatli strategiyadan yakka holda chetga chiqish ijobiy rol o‘ynamaydi. Muvozanatli konsepsiya ko‘p subyektlar faoliyat ko‘r-satgan vaziyatda qaror qabul qilish uchun eng keng tarqalgan vosita hisoblanadi. Masalan, mamlakatdagi biror bir shahar hokimiyatida bir tomonlama tartibda qaror qabul qilish maqsadga muvofiq emas.

Tartibga solinadigan muvozanatdagi boshqarishning iyerarxik strukturasi va uning yuqori darajasidagi markaz katta ahamiyatga ega.

Markaz va hududlardan iborat boshqarish strukturasi bo‘shliqda emas, balki muayyan tashqi muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Aksariyat hol-larda, markaz chetdagi hududlarga qaraganda tashqi muhit parametrlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega. Markaz hududlarni mavjud axborot bilan tanishtirishi mumkin, lekin barcha narsa haqida gapirishi shart emas. Masalan, xomashyoni eksport qilishda davlat hududlardan uni arzonga olish uchun tashqi bozordagi narx-navoni kamaytirib ko‘rsa-tishi mumkin. Shunday qilib, hududlarga axborotni uzatish markaz-ning strategik boshqaruvi bo‘ladi, bunday strategiya axborotni tartibga solish deyiladi.

Axborotni tartibga solish natijasida muvozanatli vaziyat vujudga kelsa, u tartibga solinadigan muvozanat vazifasi hisoblanadi. Axborotni o‘zgartirib ko‘rsatish markaz uchun ham, hududlar uchun ham foydali bo‘ladi, chunki muvozanatdagi “qalbaki” vaziyatda maqsadli funksi-yanining ahamiyati oshadi. Bunday boshqarish g‘oyasi (yaxshilik uchun yolg‘on so‘zlash)ni xomashyoni eksport qilish masalasiga ham tatbiq etish mumkin: agar hududlar tashqi talabdagi baholardan xabardor bo‘l-masa, ularning har biri ko‘proq xom ashyo topishga harakat qiladi, nati-jada xom ashyoning narxi pasayadi. Tashqi talabning markaz tomonidan kamaytirib ko‘rsatilishi narxni yuqori darajada ushlab turishga imkon beradi, bu esa barcha ishtirokchilar uchun foydadan holi emas.

Pareto bo‘yicha optimallik g‘oyasi ko‘plab subyektlar bilan bo‘lgan vaziyatda qarorlarni baholashda qo‘llaniladi. Ishtirokchilardan biri boshqa ishtirokchilar hisobiga ko‘proq narsaga ega bo‘lsa, bunday vaziyat Pareto vaziyati deyiladi Federal dotatsiyalarni hududlar orasida taqsimlash Pareto shartiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: biron-bir hududning dotatsiyalarni oshirish haqidagi talabning markaz tomonidan bajarilishi boshqa bir hudud hisobiga amalga oshiriladi. Agar taqsimlanish Pareto optimalligiga ko‘ra bo‘lmasa, masalan, markaz tomonidan rejalashtirishdagi xatolik o‘tgani tu-fayli hududlar qo‘shimcha ravishda o‘z talabini qo‘yishi mumkin.

Aniq iqtisodiy dasturni tahlil qilishda mablag‘ va vositalarni hududlar orasida taqsimlashning bir qancha pareto-optimalligi bo‘lib, markaz bunda qo‘shimcha dalillarga, aniqrog‘i, ijtimoiy-siyosiy vaziyatga alohida e’tibor berishi mumkin. Masalan, tabiiy ofat yoki talofot ko‘rgan hududlarga alo-hida yordam ko‘rsatiladi.




Download 324,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish