Kuzatish usuli faqat sotsiologiya yoki ijtimoiy fanlardagina emas, bal-ki barcha fan sohalarida ham keng qo‘llaiiladi. Kuzatish turli maqsadlarda, shaklda, qamrovda, vositalar yordamida olib boriladi. Barcha odamlar o‘z hayotlarida kuzatish usulidan u yoki bu darajada foydalanadilar. Lekin ular foydalanadigan usul ilmiy kuzatish usuli emas, balki oddiy kuzatish usuli-dir. Oddiy turmushdagi kuzatish ham aksariyat holda muayyan maqsadga yo‘naltirilgan va muayyan darajada tashkil etilgan bo‘ladi. Lekin bu kuza-tishlar ilmiy maqsadni ko‘zlamagani va ilmiy muammoni hal etishga qara-tilmagani uchun ilmiy kuzatish bo‘la olmaydi.
Ilmiy kuzatishlar muayyan nazariya yoki farazni tasdiqlash, to‘ldi-rishni yoki rad etishni maqsad qilgan holda olib boriladi. Ilmiy kuzatish-ning maishiy turmushdagi kuzatishdan farqli qiladigan xususiyatlaridan biri uning nazariy, ilmiy asoslaridir. Kundalik turmushdagi kuzatish kishi-larning hayot tajribasiga asoslanib olib borilsa, ilmiy kuzatish ilmiy bilim-lar asosida olib boriladi.
Ijtimoiy fanlarda kuzatish usulining qo‘llanilishi uning tabiiy fanlarda qo‘llanilishidan ancha farq qiladi. Tabiatda tadqiqotchining kuchli his-tuyg‘ularini uygotadigan voqealar yuz bermaydi. Jamiyatda yuz berayot-gan hodisalarni kuzatayotganda esa tadqiqotchi his-tuyg‘ularga berilib ke-tishi, bo‘layotgan hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘lishi va bu hol tadqiqot natijalariga, xulosalarning ilmiy va obyektiv bo‘lishiga ta’-sir o‘tkazishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy hodisalarni kuzatishga ha-rakat qilayotgan tadqiqotchi o‘z his-tuyg‘ularini tizginlay olishi, xulosa chiqarish paytida shu his-tuyg‘ulardan yuqoriroqqa ko‘tarila olish qobili-yatiga ega bo‘lishi lozim.
Sotsiologik kuzatish olib borishning shart va talablari quyidagilar:
1. Kuzatish kerakli saviyada va darajada tashkil qilinishi kerak. Bu shart sotsiologik tadqiqotlar taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lib, natijalarning obyektivligini ta’minlashga qaratilgan. Kuzatish olib borilganda shunday holatlar vujudga keladiki, ularni texnika vositalarida tasvirga tushirilmasa yoki ovozlar yozib olinmasa, bu holatlarni tabiiy holda qaytarish mumkin emas. Shuning uchun kuzatishni texnik jihatdan ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Kuzatishning muntazamliligi. Bu shart ham tadqiqot natijalarining obyektivligini ta’minlashga qaratilgan. Kuzatish muntazam olib borilmay, o‘lda-jo‘lda va ahyon-ahyonda olib borilsa, tadqiqot obyekti uchun xa-rakterli holatlar kuzatilmay qolishi va oqibatda kuzatish natijalari obyektiv bo‘lmay qolishi mumkin.
3. Kuzatuvchining xolisligi. Bu shart ta’minlanmasa, tadqiqot jarayo-nida kuzatuvchi o‘zi o‘rganayotgan jarayonlarga ijobiy yoki salbiy muno-sabat bildirishi va buning oqibatida voqealarni subyektiv talqin qilishi mumkin.
4. Kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida mumkin qadar ko‘proq, ma’lu-mot to‘plash. Obyekt qanchalik batafsil kuzatilsa, chiqarilgan xulosalar-ning haqiqatda shunchalik yaqin bo‘lishi uchun imkoniyat yaratiladi. Xulo-salar yetarli bo‘lmagan ma’lumot asosida chiqarilsa, obyektning ma’lum xususiyatlari kuzatuvchi e’tiboriga tushmay qolgan bo‘lishi mumkin. Bu esa xulosalarning noto‘g‘ri bo‘lishiga olib keladi.
5. Kuzatishning borishini va natijalarini batafsil qayd qilib borish. Agar shunday qilinmasa, xulosa chiqarish paytida kuzatishning muayyan natija-lari e’tibordan chetda qolishi mumkin. Bu esa xulosaning chala yoki no-to‘g‘ri bo‘lishiga olib keladi. Yuqorida aytilganidek, kuzatish jarayonini qayd qilib borishda texnika vositalari katta yordam berishi mumkin.
Sotsiologik kuzatishlarni shartli ravishda ikki turga bo‘lish mumkin:
Chetdan kuzatish.
Ichkaridan kuzatish.
Obyekt chetdan kuzatilganda undagi jarayonlarning ishtirokchilari o‘z-lari kuzatuv obyekti ekanliklaridan mutlaqo bexabar bo‘ladilar. Masalan, xaridorlar xulqini o‘rganmoqchi bo‘lgan tadqiqotchi sotish zalida yoki peshtaxta ortida turib, xaridorlarni ko‘proq qaysi buyum qiziqtirayotgani, ularning belgilangan narxlarga munosabati va boshqalarni kuzatishi mum-kin. Bunda xaridorlar o‘zlarining kuzatish obyekti bo‘lganliklarini bilmay-dilar. Agar ular o‘zlari sotsiologik kuzatish obyekti bo‘lganliklarini bilib qolsalar, ularning xulqida ma’lum o‘zgarishlar yuz berishi, demak, bu xulq tabiiy bo‘lmay qolishi mumkin.
Chetdan turib kuzatayotgan tadqiqotchi o‘rganilayotgan obyektga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va uni tabiiy holda o‘rganadi. Ichkaridan kuza-tilganda tadqiqotchi ikki xil usuldan foydalanishi mumkin:
Ochiq kuzatish.
Yashirin yoki xufya kuzatish.
Ilmiy bilishning boshqa usullari singari kuzatish usulining ham afzal-liklari va kamchiliklari mavjud. Bu usulning eng asosiy afzalliklaridan biri shuki, u tadqiq qilinayotgan obyektdagi jarayonlarning kechishiga ta’sir o‘tkazmay yoki juda kam ta’sir o‘tkazgan holda o‘rganish imkonini beradi. Sotsiologik kuzatish ilmiy empirik bilish usuli sifatida va mohiyat e’tibori bilan murakkab jarayon bo‘lgani uchun reja asosida olib boriladi. Kuzatish rejasi usulning xususiyatlari va asosiy bosqichlarini nazarda tutgan holda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |