«iqtisod moliya»


Sotsiologik tadqiqot usullari



Download 324,09 Kb.
bet39/48
Sana26.02.2022
Hajmi324,09 Kb.
#470577
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

8.2. Sotsiologik tadqiqot usullari
Sotsiologik tadqiqot usullari ichida hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgani so‘rov usulidir. So‘rov usulining qulayligi shunda namoyon bo‘ladiki, tad-qiqotning kuzatish va eksperiment usullarini faqat mutaxassis sotsiologlar qo‘llashi mumkin bo‘lsa, so‘rov usulida tadqiqot o‘tkazishga qisqa mud-datli tayyorgarlikdan o‘tgan yordamchilarni ham jalb qilish va ular yorda-mida respondentlarning katta miqdorini qamrab olish mumkin. So‘rov usu-li boshqarish uchun qulay usuldir. Bundan tashqari, tadqiqot ko‘lamini kengaytirishda so‘rov usulining imkoniyatlari juda katta. Bu usul qo‘llanil-ganda katta korxona va muassasalar, sohalar, mintaqalar va hatto, mamla-kat miqyosida ham tadqiqot o‘tkazish mumkin. Kuzatish usuli faqat hozir-gi davrda yuz berayotgan hodisalar haqida ma’lumot bersa, so‘rov usuli respondentga bevosita murojaat qilib, uning xulq-atvori, harakatidan ko‘z-lagan niyatlari, o‘tgan davrda qilgan va hozir qilayottan ishlari, kelajakka mo‘ljallagan rejalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi. Ayniqsa, kishining his-tuyg‘ulari, kechinmalari, harakat motivlari to‘grisi-da ma’lumot to‘plash kerak bo‘lganda, bu usul qo‘l keladi, chunki bu hodisalar kuzatuvchi nigohidan yashirin bo‘lib, ularni kuzatish usuli bilan aniqlab bo‘lmaydi.

So‘rov usulining mohiyati shundan iboratki, tadqiqot olib boruvchi sa-vol beradi va respondent o‘zining dunyoqarashi, ma’lumoti, bilimi va xo-hishidan kelib chiqib, savollarga javob beradi. Tadqiqotchi respondentga savol berishdan avval o‘zi bir necha savollarga javob topishi kerak. Va savollar quyidagilar:


  1. Savolni kimga yoki kimlarga bermoqchi?


  2. Respondent savollarga javob berishni xohlaydimi yoki yo‘qmi?


  3. Respondent qo‘yilgan savollarga javob bera oladimi, yo‘qmi?


4. Respondent haqqoniy javob berishi uchun savollarni qanday tarzda, shaklda berish kerak?

Mana shu savollarga javob topa olgan sotsiolog tadqiqotning muvaf-faqiyatli chiqishini ko‘p jihatdan ta’minlagan bo‘ladi.

To‘plamning kerak bo‘lgan ma’lumot xarakteri va uni to‘plash usuliga qarab so‘rovlar ikki turga bo‘linadi:


  1. Anketa so‘rovi.


  2. Intervyu.


Savol berilishi mumkin bo‘lgan odamlar yoki potensial respondent-larni qay darajada qamrab olishiga qarab so‘rovlar yana ikki turga bo‘li-nadi:


  1. Yalpi so‘rovlar.


  2. Tanlab o‘tkaziladigan so‘rovlar.


Bulardan tashqari, ochiq va yopiq so‘rovlar, yuzma-yuz va sirtdan so‘-rov singari turlari ham mavjud.

Sotsiologiyada keng qo‘llaniladigan usullardan biri intervyu bo‘lib, u anketa bilan ko‘p umumiylikka ega. Anketada savollar yozma tarzda beril-sa, intervyuda og‘zaki savollar beriladi. Intervyu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi. Intervyuning oddiy suhbatdan farqi yana shunda-ki, suhbatdoshlar bir-birini qiziqtirgan masalalalar to‘g‘risida gap yuritsa, intervyu jarayonida faqat bir tomon — tadqiqotchi savol va respondent javob beradi. Intervyu bilan oddiy suhbat o‘rtasida tafovut yana shunda ko‘rinadiki, suhbatdoshlar, odatda, tanish odamlar bo‘ladi, intervyu esa de-yarli ikki notanish odamning suhbatidir.


Download 324,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish