Tayanch so’z va iboralar: xom ipakni kalavaga yig’ish, charx perimetri, cho’zilishi, uzilishi, taranglik kuchi, xom ipakni quritish, kalavaga yig’ish tirlari.
Xom ipakni g‘altakka, bobinaga, kalavaga va boshqa kо‘rinishdagi idishlarga о‘rash mumkin. Xom ipakni kalavaga olish kо‘p tarqalgandir, lekin sо‘nggi vaqtlarda xom ipakni qattiq idishlarga yig‘ish tendensiyasi (ziddiyati) vujudga kelmoqda - g‘altak va bobina.
Dastgohning turiga bog‘liq holda, texnologik jarayonni turiga va xom ipak assortimentiga qarab ularni perimetrii 1,2 dan to 1,5 m, eni 50 dan to 70 mm va og‘irligi 40 dan to 130g bо‘lgan kalavalarga olinayarti.
Olingan kalavani bir va ikki qabulli turlarga ajratiladi.
Xom ipak kalavasini bir qabulli olish turida, pilla chuvish jarayonida pilla chuvish dastgohini ustida yoki undan alohida joylashgan quritish shkafidagi charxga о‘rash orqali olinadi.
Charxga xom ipak ipi eniga krest kо‘rinishida uning qirrasiga nisbatan burchakda (rasm 80), shunday о‘raladiki, о‘ram, о‘ramning yoniga ma’lum vaqt oralig‘ida qavatni о‘ralish davrida mos keladi. Bunday о‘rash ipakni tegishli tezlikda teks qurishiga va yopishmagan kalava olishga, ipni qurish natijasida qisqarishini yegillashtiradi, yuqori qavatdagi iplarni pastki qavatiga tushib ketishinibartaraf etadi va uzilishini bartaraf qilishda uning oxirini topishni tezlashtiradi. Charx perimetrii 1,5 m, taxlash kengligi 65 mm va burchak =86045’ bо‘lganda qavatning о‘ralish davri charxning 656 aylani bilan aniqlanadi, bunda ipning 984 m tо‘g‘ri keladi.
Shu sharoitda, lekin burchak =8708’ bо‘lganda о‘rash qavati davri charxning 543 aylanishiga, bu uzunlikni 814,5 m tо‘g‘ri keladi. Burchak =8708’ bо‘lganda kalavaning tahlanishi aniq romb (r) kо‘rinishida bо‘ladi.
Yuqorida aytilgandek, chirmovdan о‘tgan xom ipak о‘zining og‘irligiga teng bо‘lgan namlik miqdoriga ega bо‘ladi, taxminan 100%. Bu suv fibroin va seritsin orasida turli miqdorda bо‘linadi. Fibroin maksimal 35 % gacha ishganda ipdagi barcha namlikning 26% uning ulushiga tо‘g‘ri keladi, seritsin ulushiga taxminan 74 %. Idishga о‘ralgan ip shu holatda yopishadi, bu esa xom ipakni keyingi jarayonlarda normal qayta ishlanishiga halaqit beradi. Shunday bо‘lishini oldini olish uchun, charxni quritish shkafiga joylashtiriladi, unda ish sharoitiga bog‘liq holda havo harorati 42-45 0C isitiladi. Xom ipak olish jarayonida charxda о‘rash qavati hosil bо‘lguncha qurib ulgurishi uchun, bu yetarlidir.
Ikki qabulli turda pilla chuvish vaqtida xom ipak avval perimetrii 0,6-0,9 m charxga о‘raladi, u pilla chuvish dastgohi ustidagi isitiladigan shkafda joylashgan. Xom ipak bu charxlardan qayta о‘rash dastgohida berilgan perimetr va og‘irlikda kalavalarga qayta о‘raladi.
Bu turni qо‘llaganda xom ipak pilla chuvish dastgohidan charx Bilan birga olinadi. Sо‘ng xom ipak pilla chuvish dastgohidan charx bilan qо‘yidagi emulsiyaga solinadi:
Vazelin yog‘i 62,7
TMS (“Novost” kukuni) 15,7
Prevotsel WOF 11,8
OP-10 9,8
Xom ipak pilla chuvish avtomatlaridan charx bilan tushiriladi va aravachalarga o’rnatilib, ivitish xonasiga keltiriladi. Bu yerda charxni 10 tadan qilib tarozida tortilib, so’ng ivitish uchun maxsus tayanchga kirgizilib (40 ta charxni 4 ta tayanchga) vakuum apparatida ivitish jarayoni bajariladi. Ipakni ivitish maxsus eritmada bajariladi. Bu jarayon ipak tolasida yopishgan seritsinni yumshatish va ipakni qayta o’rashda uzilmasdan o’ralishi uchun bajariladi.
Ipakni ivitishda maxsus eritmaning tarkibi :
500 litr sig’imdagi apparatga 0,3% eritmani suvga tushiriladi. 100 kg xom ipakni 0,3% li eritmaga quyidagi kimyoviy moddalar ishlatiladi:
Parfumer moyi, gr
|
940
|
TMS, gr
|
236
|
Pravatsel OT-200, gr
|
177
|
OP- 10, gr
|
147
|
Ipakni ivitish apparati ish unumi
Iu = (37)
Smena davomida ivitish apparatini soni m = 40 * m1 = 40*128gr=5,1kg; Iu = 207,7 kg/sm s; n= ; 2 ta aparat qabul qilamiz.
Tl - ivitish vaqti
Tn – charxlarni olish, joylash uchun vaqt
Tb – dastgohni tozalash, shaxsiy extiyojlar uchun ketadigan vaqt.
Qayta o’rash
Qayta o’rash dastgohi 2 tomonli bo’lib, 24 sektsiyadan iborat. Har bir sektsiyadagi har bir charxga 5 ta kalava o’raladi. Hom ipak perimetri p=0,65 metrli charxdan p=1,5 metrli charxga o’raymiz. 2,33 teks uchun qayta o’rashdagi tezligi V=160-180 m/min.
Xom ipak kalavalarni charxdan tushirib olgandan so’ng, patnosga salfetkalar ustida taxlanadi. So’ng dam berish xonasiga yuboriladi.
Emul’siyalashdan maqsad: ipakni yengil yechilib chiqishi uchun ipak elastik egiluvchan bo’lishi uchun ishlov beriladi.
Qayta o’rash dastgohining ish unumi:
Iu FVK = * 0,89 = 39,4 kg (38)
n=44 - ta charx
Qayta o’rash dastgohining soni:
n= ta qabul qilamiz. (1.39)
Qayta o’rash dastgohining texnik xarekteristikasi
Sektsiyaning tashqi o’lchamlari, mm
|
860
|
Eni
|
1340
|
Kichkina charx bilan eni
|
1800
|
Balandligi
|
1230
|
Charxning aylanish tezligi, min-1
|
500-640
|
|
|
Quritgich shkafidagi temperatura, 0C Yozda
|
30-35
|
Qishda
|
38-43
|
O’ralayotgan ipning tarangligi
|
1-2sN
|
Uchuqning chiqishi
|
0,55%
|
Nazorat yig’uv bo’limi
Tayyor bо‘lgan xom ipak dastgoh charxidan tushirib, dam berilib, tortilib, tekshirilib, titib, tikib, pachkalarga yig‘ib, toyga joylanadi. Bu hamma operatsiyalar fabrikaning nazorat yig‘uv bо‘limida bajariladi.
Chuvish dastgohlarida charxdan xom ipakni kalavani tо‘lishiga qarab turib yechiladi. Masalan kms-10 va uzniishp avtomatlarida 2,33 teks va undan kam bо‘lgan assortimentlarda smena oxirida bir marotaba, 3,23 va undan katta teksli assortimentlar ishlab chiqarishda smena davomida ikki marta yechiladi.
Yechilgan kalavalar 10 donadan qilib, ilgaklarga ilib, hamma tomoni mato bilan о‘rab himoyalangan aravachalarda nazorat yig‘uv bо‘limiga olib kelinadi. Charxdan yechilganda xom ipakning namligi 11% (normada) о‘rniga 6,8 % bо‘ladi. Shu sababli xom ipakni tortishdan oldin dam berish va namligini ortishi uchun 24 soat nazorat yig‘uv bо‘limida saqlanadi. Kms-10 va uzniishp sistemasidagi avtomatlarda ishlab chiqilgan xom ipak holati tekshirilgandan keyin 5 grammgacha aniqlikda tortiladi. Tortilgan kalavalar yig‘indisiga chuvish tozi nomeri, brigada, smena, ishlab chiqarish vaqti yozib qо‘yiladi. Shundan sо‘ng kalavalar ishlov berishga yuboriladi. U yerda qotgan joylar titilib, yо‘qotsa bо‘ladigan nuqsonlarni yо‘qotib tikiladi.
Kalavaning 3 joyidan tikiladi, tikilgan joy bir xil uzoqlikda joylashishi kerak. Charxning qobirg‘asi tegib turgan qismidan 5 sm uzoqroq tikiladi. Kalavalar mahsus moslamada uzunasiga buram berilib presslash mashinasiga joylanib presslanib, kipga yig‘iladi. Har bir brigadaning ishlab chiqargan xom ipagi alohida kiplarga yig‘iladi.
Brigadada kms-10 dastgohida bitta bog‘lovchi, 2-3ta bug‘lovchi, 4-6ta chuvuvchilar ishlaydi. Bitta brigadani ishlab chiqargan xom -ipagini bir kunda kipga yig‘ib bо‘lmaydi. Kerakli miqdor yig‘ilgandan sо‘ng esa tekshirish uchun namunalar olinib, xom-ipakni kipga yig‘ishga beriladi.
Xom ipakning о‘rtacha faktik konditsion chiziqli zichligi, kvartal mobaynida ishlatuvchilarga berilayotgan nominal chiziqli zichlikka tо‘g‘ri kelishi kerak. Agar nominaldan katta bо‘lsa, yetishmayotgan uzunlikdagi xom ipak massasi qо‘yidagi formula bilan hisoblanadi.
Qk =Qf (40)
bu yerda: Qk – xom ipakning kondension massasi, yetishmayotgan ip uzunligi bilan birga hisoblanganda,kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |