O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT PEDDIATRIYA
INISTITUTI
PEDDIYATRIYA FAKULTETI
PEDDIYATRIYA YO‘NALISHI
2-KURS TALABASI XURBOYEVA MUNIRANING
“TIBBIYOTDA PEDAGOGIKA VA PSIXALOGIYA” FANIDAN TAYORLAGAN
REFERATI
MAVZU:TAFAKKUR, NUTQ, HAYOL
|
Topshirdi: _______________
Qabulqildi: _______________
|
Toshkent 2021
Psixologiyada tafakkur turlarining quyidagi sodda va bir muncha shartli tasnifi tarqalgandir:
1. Ko`rgazmali - harakat;
2. Ko`rgazmali -obrazli;
3. Mavhum;
4.Nazariy;
5. Amaliy tafakkur.
Ko`rgazmali – harakat tafakkur - tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o`z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazardan echganlar, keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bog`langandir. Sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o`zi birlamchidir. YAna faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayonini ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir. Guyo bu amaliy faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi. Bog`chadagi yosh (3 yoshgacha) asosan ko`rgazmali - harakat tafakkuri bo`ladi. Bola bilayotgan obrazli tafakkurni o`z qo`llari bilan amaliy ravishda va guyo tabiiy ravishda ajratadi. Masalan, o`yinchoqlarni buzib ko`rish va boshqalar. Ko`rgazmali - obrazli tafakkur. Ko`rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko`pincha bog`cha yoshida bolalarda, ya`ni 4 - 7 yoshgacha bo`lgan bolalarda paydo bo`ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to`g`ri va bevosita bo`lmaydi. Bola bo`layotgan obrazli tafakkurni aniq idrok qilishi va tasavvur qilishi shartdir. Bog`cha yoshidagi bolalar faqat ko`rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo`lmaydilar. Bog`cha yoshidagi bolalarda tushunchalarning yo`qligi shveytsariyalik psixolog J.Piajening quyidagi tajribasida juda yaqqol namoyon bo`ladi: 7 yoshga yaqin bolalarga xamirdan qilingan mutlaqo bir xil hajmi jihatdan teng 2 ta soqqa ko`rsatiladi. Bolalar uni teng deb hisoblaydi. Bolalarning ko`z oldida bitta soqqa ezib non shakliga keltiriladi. endi bolalar non shaklidagi soqqada xamir ko`p deb hisoblaydilar. Bolalarning ko`rgazmali - obrazli tafakkurlari hali ularning idroklariga bevosita to`la bo`ysunadigan bo`ladi. Ularning ko`rgazmali - obrazli shaklida o`tadigan tafakkurlari bolalarni soqqaga qaraganda non shaklidagi hamir ko`proq, degan xulosaga olib keladi.
MAVXUM TAFAKKUR (ABSTRAKT). Bolalarning amaliy va ko`rgazmali hissiy tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlarda avval sodda shakldagi mavxum tafakkur, ya`ni mavxum tushunchalarga asoslangan tafakkur rivojlanadi. Maktab o`quvchilarining matematika, fizika, tarix va boshqa fan asoslarini o`zlashtirish davomida tushunchalarni egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari uchun katta ahamiyatga egadir. eng mavhum tafakkurlarning ham hissiy bilish chegarasidan ancha chiqib ketishga qaramay, hech qachon sezgi, idrok va tasavvurlardan to`la - to`kis ajralib ketmaydi. O`quvchilarda tushunchalarning taraqqiy etishi jarayonida ko`rgazmalilik ikki tomonlama rol’ o`ynaydi. Bir tomondan, ko`rgazmalilik, tushunchalarning taraqqiy etishi ni engillashtiradi. Ikkinchi tomondan, har qanday ko`rgazmalilik sharoitida maktab o`quvchilarida mavxum tafakkurning tarkib topishiga qulay sharoit yarata bermaydi. Juda ko`p ko`rgazmalilik o`quvchilar diqqatini chalg`itib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |