Qf – xom ipakning faktik vazni,kg. Tn- nominal chiziqli zichlik, teks, Tf- faktik chiziqli zichlik, Wk va Wf – mos holda xom ipakning kondension va faktik namligi,%.
Sifat va miqdor kо‘rsatkichlarini tekshirilayotganda, toyning turli joylaridan olingan namunalar standart sharoitda ushlab turiladi (t-20 30C, havoning nisbiy namligi 653%)
Qayta о‘rash qobiliyati: xom ipakning chiziqli zichligiga qarab о‘ralish tezligi va vaqt tanlanadi. Masalan 2,33 teks uchun, qayta о‘rash tezligi 1305 m/min, о‘rash vaqti 90 min.
Qayta о‘rash qobiliyatini quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(41)
bu yerda: O- qayta о‘rash davridagi uzilishlar soni;
- о‘rab olingan xom ipak vazni,g
Naminal chiziqli zichlik deb, iplarni sinflashda qabul qilingan chiziqli zichik tushiniladi. Bu kо‘rsatkich korxonani rejalashtirilayotganda, stardartlashda, buyumni chiziqli zichligini hisoblashda ishlatiladi.
Berilgan chiziqli zichlik deyilganda ishlatilayotgan xom-ashyoni faktik sifatidan kelib, chiqqan holda ishlab chiqilgan ipning chiziqli zichligi tushiniladi.
(42)
bu yerda: Tp.i- ishlov berilayotgan pillalar pariyasi pilla ipining о‘rtacha chiziqli zichligi, teks; nb-dastadagi berilgan о‘rtacha pillalar soni.
Faktik chiziqli zichlik (Tf) dtganda atrof muhit namligiga tо‘g‘ri keladigan namlikka ega bо‘lgan chiziqli zichlik tushiniladi. Faktik chiziqli zichlik tekshirilayotgan kalavalarni tortish va uzunligini aniqlash orqali о‘lchanadi.
Kondension chiziqli zichlik (Tk) deganda standart namlikka ega bо‘lgan chiziqli zichlik tushiniladi.
(43)
bu yerda: Wf – ipning faktik namligi,%
Wk – 11% ipning kondension normadagi namligi
Haqiqiy chiziqli zichlik deyilgan pilla chuvish jarayonida ta’sir ettirilgan emulsiya, yog‘ va boshqa moddalarsiz ipning chiziqli zichligi tushiniladi.
(44)
bu yerda: Pr- emulsiyalash va yog‘lash davrida ip vaznini ortishi,%
Chiziqli zichligi bо‘yicha noteksligi variatsiya koeffitsiyentida ifodalangan,%.
(45)
bu yerda: - о‘rtacha kvadratik og‘ish
(46)
bu yerda: Mi –i ta kalavachalar massasi;
- kalavachalarning о‘rtacha massasi;
n- kalavachalar soni.
Uzish kuchi va uzishdagi chо‘zilish uzish asbobida aniqlanadi, о‘rtacha qiymati topiladi. Nisbiy uzilish kuchini quyidagi formula orqali topiladi.
(47)
bu yerda: - о‘rtacha uzilish kuchi,N;
- uzilgan iplarning о‘rtacha chiziqli zichligi, teks.
Mos kelmaslik va mayda nuqsonlar bо‘yicha tozaligi seriplan kamerasida seriplan doskasiga о‘ralgan tekshirilayotgan ipni standart namuna rasmi bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Mos kelmaslik uchun 40 ta panel о‘rtacha arifmetik summasi qabul qilingan.I Mayda nuqsonlar bо‘yicha tozaligi uchun 40 ta kuzatilgan panelga baho berish natijasini о‘rtacha arifmetigi qabul qilingan.
Yirik nuqsonlar bо‘yicha tozaligi seriplan doskasi ikki tarafidagi nuqsonlar soni bilan belgilanadi. Ularga shishlar, mо‘ylovlar, tugunchalar, halqalar va xokazolar kiradi.
Yirik nuqsonlarni foizda quyidagicha hisoblanadi:
(48)
bu yerda: P1, P2, P3 – nuqsonlar soni 1, 0,4 va 0,1 ga mos baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |