Ipak texnologiyasi



Download 8,22 Mb.
bet32/33
Sana01.01.2022
Hajmi8,22 Mb.
#286413
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
IICHQIJNA chuvish ma'ruza 97

Tayanch so’z va iboralar: qaznoq, xolst 1-o’tim, xolst 2-o’tim yog’, ipak uzuqlari, g’umbak, nazorat kalavachalari, nuqsonli pillalar.
Pillachilikda va pillakashlik korxonalarida ko‘p miqdorda chuvib bo‘lmaydigan pillalar, pillalarni chuvishda tolali chiqindilar va g‘umbak hosil bo‘ladi. Bu chiqindilardan foydalanish xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega, chunki har bir kilogramm ishlab chiqarilgan xom ipakga 1 kg ga yaqin turli chiqindilar to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga nuqsonli pillalar va pilla chuvishdagi tolali chiqindilar yigirilgan ipak ishlab chiqarishda qimmatbaho hom ashyo hisoblanadi; g‘umbak esa hayvonlar va baliqlarni boqish uchun foydalaniladi, chunki uni tarkibida 27 % moy va 50 % oqsil modda bor.

Pilla chuvish korxonalardagi chiqindilarni kelib chiqishiga qarab, saralash va pilla chuvish sexlaridan va nazorat yig‘uv bo‘limidan chiqadigan chiqindilarga bo‘linadi.

Saralash sexidan chiqadigan chiqindilarga; paxtasimon los, navsiz (nuqsonli) pillalar, o‘ta dog‘li, katta dasta izli yoki silliq yuzali, paxtasimon, xunuk shaklli, teshik, yupqa qobiqli qo‘shaloq g‘umbakli va boshqalar kiradi.

Pilla chuvish sexidan chiqadigan chiqindilarga;

-pilla losi, qaznoq, chuvilmaydigan pillalar, xom ipak uzuqlari, g‘umbak kiradi.

Nazorat yig‘uv bo‘limidan chiqadigan chiqindilarga;

- xom ipak uzuqlari, seriplan o‘ramlari, nazorat kalavachalari kiradi.

Saralash sexidan chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash.

Paxtasimon los quruq pilla massasiga nisbatan 0,3-0,5 %ni tashkil qiladi. Odatda paxtasimon losni tarkibida turli iflosliklar bo‘lib, 40 %gacha seritsin tashkil qiladi. U ishlovdan keyin ikki navga bo‘linib toylarga joylanadi.

Birinchi navga pillalardan tozalangan bir xil navli, ichida o‘simlik iflosliklari 1 %dan ko‘p bo‘lmagan paxtasimon los kiradi.

Ikkinchi navga pillalarni qo‘lda va mexanik usulda tozalash yo‘li bilan olingan, rangi bir hil bo‘lmagan, 3 % gacha o‘simlik iflosliklari bo‘lgan paxtasimon los kiradi.

Saralangan paxta losi 40 kg dan ko‘p bo‘lmagan massada toylarga presslanadi. Toyni o‘lchami: uzunligi va balandligi 850, eni 750 mm. Toylarni ip gazlama matosi bilan qoplanadi.

Saralash sexidan chiqadigan qo‘shaloq g‘umbakli pillalar bilan birga nuqsonli pillalarni chiqishi quyidagi chegarada bo‘ladi (o‘zgarib turadi) %.

qo‘shaloq g‘umbakli

1-2

xunuk shaklli

0,2-0,4

yumshoq pillalar

1,5-3,0

dog‘li (ustki dog‘li)

1-2

ichki dog‘li

0,5-1,0

chala o‘ragan

0,5-1,0

yupqa qobiqli

0,3-0,6

teshik

0,1-0,2

boshqa nuqsonli pillalar

0,9-1,8

Jami:

6-12




Dog‘li, dasta izli, biroz shakli o‘zgargan va uchli pillalarni chuvish mumkin va ulardan chiziqli zichligi odatdagidek yoki yo‘g‘onroq xom ipak ishlab chiqariladi. Lekin dog‘li pillalarni boshqa nuqsonli pillalardan ajratib chuviladi. Nuqsonli pillalarni mexanik va shuningdek pilla chuvish avtomatlarida chuvish mumkin. Pilla chuvish jarayonida texnologik parametrlar nuqsonli pillalar uchun butunlay saralangan pillalarnikidan farqlidir: chuvish tezligi kam (60-70 m/min), chuvish tozidagi suvni harorati 50-500S da ushlab turiladi, chirmov tanasininig uzunligi 4-5 sm, nuqsonli pillalardan xom ipakni chiqishi 20-25 sm ni tashkil qiladi.

Qo‘shaloq g‘umbakli pillalar normal (dumaloq yoki aval) va xunuk shaklda bo‘ladi. Birinchisini chuvib 5 teks va undan ortiq chiziqli zichlikda xom ipak olish maqsadga muvofiqdir, chunki ikkinchisidan yigirilgan ipak ishlab chiqarish afzaldir.

Pillalarni chuvishdan oldin KZ-2 dastgohida 800C haroratli suvda 30 daqiqa davomida ivitib olish tavsiya etiladi. Qo‘shaloq g‘umbakli pillalarni chuvishda KMS-10 dastgoxida yog‘ochdan yasalgan shyotkalardan foydalanib pishiriladi. Pishirish qozonida harorat 90-950C, silkitish uchun oval tozda 60-650C harorat tanlanadi. Chuvish tezligi 90-93 m/min, tozlardagi suvni harorati 56-520C, quritish shkafida havoni harorati 38-400C. Chirmov uzunligi 4-5 sm. Ilgichni pastki qismidagi ko‘zchani diametri 1 mm.

Chuvuvchi to‘rtta ilgichga xizmat qiladi, dastgohni bitta ilgich oralab zapravka qilinadi. Bu sharoitda xom ipakni chiqishi 20-25 %ga, pilla losini 14-16 %ga, qaznoq esa 6-8 %ga teng.

Chuvishga noloyiq bo‘lgan pillalar yigirilgan ipak olish uchun ishlatiladi.

Boshlanishida g‘umbakdan ipak massasi ajratib olinadi. Buning uchun oxirgi vaqtgacha yigirishga loyiq pillalarni AKR-2 yoki MKRA-1 agregatlarida kesilardi. Bunday usulda ishlov berish bir qator jiddiy kamchiliklarga ega. Ulardan asosiysi uzunlinini kamayishi, eshilib ketishi, tolalarni yog‘lanishini ko‘payishi bo‘lib va bu esa yigirilgan ipakni chiqishini kamaytiradi.

Hozirgi vaqtda korxonalarda yigirishga loyiq pillalarni ishlash uchun LPK-1 avtomatik liniya tadbiq etilgan (1.24-rasm). Liniya 7 yig‘uvchi – bunker, nishab transporter 2, pillalar uchun dozator 3, taxsimlovchi 5, ikkita gidravlik volchok 6, xolstni oluvchi 4, xolstni tashuvchi transporter 7, siquvchi valiklar 9, quritgich 8, gidrotransporter 10, g‘umbak va ipak qoldiqlarini saralovchi moslama 11 va sentrofuga 12 dan tashkil topgan.



24-rasm. Nuqsonli pillalarni xolst xoliga keltiruvchi LPK liniyasi.

Bunker 1 taxtali barabandan yasalgan, uning yordamida pillalar 2 transporterga beriladi, u o‘z navbatida dozator bunkeri 3 bilan bog‘langan. Dozatorni elementi ichi bo‘sh (g‘ovak) barabandan iborat. Dozator pilla porsiyalarini o‘lchab va ularni 5 taxsimlagichga, 6 gidravlik volchokdan olayotgan buyruq bilan davriy (vaqti-vaqti bilan) berib turadi. Buyruq beruvchi volchok tamoniga qarab taxsimlagich ilgarilanma-qaytma xarakat qiladi.

Volchok xolst hosil qilish uchun ignali barabani bor qaytargich shu baraban bilan volchok korpusi orasidagi tirqishni rostlash uchun xizmat qiladi. Taqsimlagich bilan beriladigan xolstlarni kesish uchun korpusni tashqi tamondan termoelektrik pichoq o‘rnatilgan.

Siquvchi moslama ikkita valik 9 ko‘rinishida bo‘lib transporterga o‘rnatilgan, va u xolstni quritgichga uzatadi.

Texnologik jarayon avtomatik ravishda quydagicha bajariladi. Pillalar (misol uchun qo‘shaloq g‘umbakli) bunker 1 ga joylanadi, undan transporter 2 orqali bunker dozatori 3 ga beriladi. Bunker volchokdan kelgan buyruq bilan pilla porsiyalarini taxsimlagichga beradi u ularni shu volchokga tashlaydi. Volchokga joylangshandan so‘ng uni lyuki zich yopiladi, korpusga esa xarorati 95-100 0C li ishqorli eritma yuboriladi. So‘ng 3 daqiqaga baraban ishga tushiriladi. Shu vaqt davomida barabanga pilladagi tolalar o‘raladi. Keyinchalik baraban to‘xtagandan so‘ng lyuk ochilib hosil bo‘lgan xolstni pichoq bilan kesib olinadi. Barabandan kesib olingan xolst siquvchi valikka va quritgichga beriladi.

Ishlatilgan suv chigallashgan ipak qoldiqlari va g‘umbaklar bilan birga gidrotarnovga tushadi va undan saralash moslamasiga beriladi. Saralangan lyash g‘umbak sentrafugaga va so‘ng quritgichga beriladi.

Pillalarni xolstga aylanish sikli 6 daqiqa davom etadi. Shu vaqt davomida 1,2- 1,5 kg qo‘shaloq g‘umbakli pillalardan 500-600 g xolst ishlab chiqariladi (quruq vaznida).

23-jadval

LPK- liniyasining texnik tavsifi



Liniyani gabarid o‘lchamlari, mm: Uzunligi

Eni


Balandligi

11210


3025

4025


Gidravlik volchokdagi ignali baraban

Ignasiz diametri, mm

Igna bilan diametri, mm

Eni, mm


Aylanish chastotasi, min

440


450

750


760

Baraban bilan volchok korpusidagi tirqish, mm

yuqori va pastki yonlari



40

120


Volchokga beriladigan suvni xajmi,l

40

Volchokni ish unumi, kg quruq pilla xisobida, soat

4,5-5

Transporterni harakat tezligi xolstlar uchun,m/min

0,4

Transporterni eni,mm

1500

Elektrodvigatel:

Soni


Umumiy quvvati: kVt

12

32,2


Bunday ko‘rinishdagi pilla losida umumiy los massasiga nisbatan 1 %dan ko‘p bo‘lmagan qaznoq, chuvilmagan pilla va g‘umbak, 0,5 %dan ortiq zichlashgan tugunlar bo‘lishi mumkin. Pilla losi torini topish boshlang‘ich qismidagi o‘rtacha massasi 1,1 g dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Avtomatik pilla chuvishda chiqadigan pilla losi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:

RK dastgohini charxiga o‘ralgan los. Uni dastgohda ishlash davomida har 1,5-2 soatdan keyin kesib olinadi, tor ko‘rinishidagi losni to‘g‘rilab, bog‘ga yig‘ib bitta tor bilan bog‘lanadi. Bunday los ichida los massasidan 2 %dan ortiq bo‘lmagan qaznoq, chuvilmagan pillalar va g‘umbak bo‘lishi mumkin.

Tuguncha ko‘rinishidagi los. Uni yengil qo‘lda titib, chiqindilarni ishlash sexiga yuboriladi. Uni ichida los massasiga nisbanatn 2 %gacha qaznoq va g‘umbak bo‘lishi mumkin. Pilla losini namligi 200 % atrofida bo‘ladi.

Chiqindilarni qayta ishlash sexida pilla losini sentrofugada yuvib va siqib, begona iflosliklardan tozalab, quritib, rangi bo‘yicha saralab toylarga joylanadi.

Pilla losini yuvish bilan namlikni yo‘qotish birgalikda olib boriladi. Buning uchun pilla losi bog‘lari sentrofuga korzinasiga joylanib, 5 daqiqa davomida 45-500C haroratdagi suv bilan yuviladi. Suv forsunkadan beriladi. So‘ng pilla losi bog‘lari suv ajralib chiqishi tugaguncha siqiladi.

Siqilgan pilla losi bog‘lari to‘g‘rilanib, qaznoq, chuvilmagan pillalar, g‘umbak va boshqa iflosliklardan tozalanadi: bunda qalin torlar qo‘l bilan ajratiladi. Bog‘larga ishlov berish maxsus ilmoqli tayanchlarda bajariladi.

Pilla loslarni yoz vaqtlarida tepasi berk shiyponlarda, qishda esa KS-2 quritgichlarda 85-900C li issiq havo bilan quritiladi. Quritishdan so‘ng pilla losidagi namlik 11% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Quritilgan pilla losini rangi bo‘yicha saralab toylarga joylanadi. Toyni uzunligi va balandligi bir-xil – 850 mm, eni 750 mm. Bitta toyni vazni 60 kg kam bo‘lmasligi kerak. Toylar paxta matosi bilan o‘ralib, to‘rt joyidan arqon yoki sim bilan mahkamlanadi.

Kaznoq chiqindilarni qayta ishlash sexiga 200 %gacha bo‘lgan namlik bilan keltiriladi va uni tarkibida chuvilmagan pillalar (teshik), qobig‘ida qora dog‘lari bo‘lgan, g‘umbak va boshqa iflosliklari bo‘lishi mumkin.

Kaznoqni ishlash jarayonida g‘umbakdan ipak qoldiqlarini ajratiladi. buni har-xil usullar bilan olib borish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usullardan:

1) Silliq barabanli volchoklardan foydalanish bilan xolstlar ishlab chiqarish.

2)Potok liniyada xolst ishlab chiqarish.

Birinchi usul pillakashlik korxonalarida KMS-10 va SKE-4-VU dastgohlari bilan jihozlangan; Ikkinchi usul esa-yapon sistemasidagi avtomatlar bilan jihozlangan korxonalarda qo‘llaniladi.

Qaznoqlarni silliq barabanli volchokda ishlov berish uchun dastlab ho‘l qaznoqlarni 15 kg dan porsiya qilib teshik-teshikli uzunligi 1000 mm, eni 780 mm va balandligi 920 mm bo‘lgan alyumin qutichalarga solinib, bug‘lash kamerasiga joylanadi. Bug‘lash kamerasini 2 eshigi zich yopiladi.

Silliq barabanli volchokda g‘umbakdan tolalar quyidagicha ajratib olinadi: Qaznoq porsiyasi 500-550 g dan qilib 4 baraban yuzasiga yaqinlashtiriladi. Bunda qaznoqdagi tolalar barabanga o‘raladi, g‘umbakni esa 3 pichoq bilan ushlanib qoladi. G‘umbakni ko‘p qismi qaznoq qobig‘idan ajratiladi, 5 stolga berilib, so‘ng maxsus qutiga olib tashlanadi. 5-6 porsiya qaznoqga ishlov berilgandan so‘ng baraban to‘xtatiladi, o‘ralgan tola qatlami kesiladi va xolst ko‘rinishida olinadi (25-rasm).

25-rasm. Silliq yuzali volchok.

Ho‘l xolstni o‘rtacha massasi 500-600g quruq bo‘lsa 150-200 g bo‘ladi. Silliq borabanli volchokdan olingan mahsulot, xolst birinchi o‘tim deyiladi. Uni rangi chuvilgan pilla rangida bo‘ladi. Xolst ipak yigirish korxonasi uchun eng yaxshi xom ashyodir. Undagi yog‘ miqdori 2 %dan ortiq emas, g‘umbak qoldiqlari bilan iflosligi 0,5 % dan ortiq emas.

VA-7 volchogida ishlatish juda qulay. Bunda qaznoqni ishlash prinsipi yaxshi, lekin xamma texnologik jarayon deyarli to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan. Xususan baraban vaqt relesi yordamida 0,5 dan to 3 min oralig‘ida avtomatik to‘xtatiladi.

24 -jadval

VA-7 volchogini texnik tavsifi



Barabanni diametri, mm

424

Barabanni aylanish soni min-1

1000

Bunkerni sig‘imi, kg

25

Bunkerdan stolga qaznoq porsiyasi berilish vaqti, sek

40

Barabanga qaznoq porsiyasini

berish davri



10 sekundda 1 marta

Ish unumi (ho‘l qaznoq bo‘yicha ) kg/soat

100

Volchokni gabarit o‘lchamlari, mm

Uzunligi

Eni

Balandligi


1650


940

1375

Silliq yuzali barabandan olingan xolst 85-90 0C haroratli suvda, so‘ng suvni moduli 1:3 va harotati 40-450C tripolifosfatli (1 l suvga 1kg) suvli eritmada yuviladi. Bunday yuvishda xolstlardagi yog‘ 1,4-1,6 %ga keladi.

Yuvishdan so‘ng xolstlar sentrofugada siqilib va 40-450C haroratda quritiladi. Xolstlarni yuvish uchun yuvish mashinasi qo‘llaniladi (26-rasm).

26-rasm. Yuvish mashinasi.

Vannani o‘rta qismida to‘siq 1 bor, uning atrofida to‘xtovsiz suv oqimi paydo bo‘ladi. Vanna ustiga 4 xaskashlar bilan 5 rama joylashtirilgan ularni 3 krivoshipli mexanizm yordamida harakatga keltiriladi. Vannani yuqori qismida 2 tirqish bo‘lib, undan yuvishdan ajralgan erimadagi moy suv sathidan to‘kiladi.

Krivoship mexanizmini tirsakli valikni quvvati 0,9 kvt va aylanish soni 1425 min-1 bo‘lgan elektrodvigateldan va uzatish soni 1:18 reduktor orqali harakatga keltiriladi.

Silliq barabanli volchokda qaznoqdan hamma tolalarni to‘liq ajratib bo‘lmaydi, qisman tola g‘umbakda qoladi. Bunday tolani ajratish uchun ularni qoziq tishli barabanda ishlov berilib g‘umbakdan tozalanadi, bu mahsulotni ikkinchi o‘tim xolst deyiladi. Bunday chiqindilarni 15-20 min, 80-900S suvda yuviladi, (vannadagi suvga 100-200 g soda qo‘shiladi) va sentrofugada siqilib, oldin oqmaydigan suvda yuviladi, so‘ng soda yoki tripolifosfat qo‘shilgan iliq suvda yuviladi. Yuvish ikki marta bajariladi, so‘ng sentrofugada siqiladi, olingan xolstni 40-50 0S da quritib, ignali barobanli volchokda ishlov berilib, keyinchalik toylarga joylanadi.

Qoziq tishli volchokni asosiy ish organi (1.27- rasm) baraban 1 dan iborat bo‘lib, barabar diametri 270 mm va uzunligi 600 mm, aylanish soni 400-500 min-1. Baroban yuzasida 18 ta planka 2 dan iborat bo‘lib, unda baraban radiusiga 300 nishab joylashgan qoziq 3 lar bor. Har bir plankaga uzunligi 40 mm li 43 ta qoziqlar yig‘ilgan. Jami barabanda 774 ta qoziq bor. Plankalar orasidagi masofa 47 mm, plankadagi qoziqlar orasidagi masofa 13 mm. Volchokni pastki qismiga harakatlanmaydigan, radiusi 184 mm, uni uzunligi 600 mm li qoziqli sektor joylashtirilgan. Sektor ikkita harakatlanmaydigan yog‘ochli planka 4 dan iborat unga ikki qator qoziqlar mahkamlangan. Har bir qatorda 42 qoziq, jami bo‘lib sektorda 168 ta qoziq bor. Qoziqlar bilan planka orasidagi masofa xuddi baraban 1 ga o‘xshash, baraban bilan pastki sektordagi qoziqlar orasidagi masofani 2 dan 5 mm qo‘yish mumkin.

27-rasm. Qoziq tishli volchok.

Volchokni ta’minlash uchun ta’minlash panjaraga tolalar qo‘lda yuklanadi. Jun ko‘rinishida tolalar 200-260 g planka orasidagi uzun tirqishdan kesib, xolst ko‘rinishida olinadi. Volchokni gabarit o‘lchamlari, mm: Uzunligi - 886

Eni - 695

Balandligi - 985

U 1,5 kvt quvvatli, aylanish soni 1450 min-1 bo‘lgan yurutma yordamida harakatlantiriladi.

Qoziq tishli volchokdan olingan xolst ko‘p miqdorda g‘umbak va maydalangan g‘umbak qoldiqlari bilan ifloslangan bo‘ladi. Tolalarni titish va g‘umbaklardan tozalash va xolstlarni muayyan shaklga keltirish uchun VNSH-1 ignali volchok qo‘llaniladi (1.28-rasm).

28-rasm. VNSH-1 ignali volochok.

Quritilgan xolstlar 6 ta’minlovchi panjaraga joylanadi, u xom ashyoni 7 ignali volchokga beradi, undan o‘z navbatida tez aylanayotgan yuzasi igna bilan qoplangan 8 barabanga yetkaziladi. Baraban va valik orasiga 4 pichoq o‘rnatilgan valikdan tushib kelayotgan tola tutamini ushlab qoladi. Pichoqni shpindel 5 ga nisbatan burish va maxsus tirqishdan surish bilan baraban ignalari va pichoq oralig‘ini (15 mm gacha), jadal titishni rostlab, o‘zgartirish mumkin.

Baraban 8 ustida ignali ishchi valik 3 joylashgan, u tola tutamlarini barabandan tashqari yana titish uchun mo‘ljallangan. Baraban bilan ishchi valik orasidagi masofa 15 mm. Shyotka 2, barabandan aylanma harakatni olib, tolalarni ishchi valikdan chiqarib va ularni 8 barabanga uzatadi va shu bilan birga tolalarni baraban ignalari orasiga yaxshilab kiritadi (shetka tolalari baraban va ishchi valik ingalariga ignani uchdan bir balandligida kiradi).

Oxiriga borganda baraban igna yuzasiga hamma tola porsiyasi yig‘ilib qoladi.

Undan so‘ng mashina to‘htatiladi va oluvchi botiq chiziqli silindr 1 yordamida barabandan xolst ko‘rinishida olinadi.

VNSH-1 volchogini amaliy ish unumi 25-40 kg/soat. 1-2 mashinani bir ishchi ta’minlaydi. 2-o‘tim xolst 4% dan ko‘p bo‘lmagan yog‘ va 7 % dan ko‘p bo‘lmagan g‘umbak va qurt qoldiqlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

1 va 2 o‘tim xolstlar rangi va tusi bo‘yicha saralanib, 60 kg dan kam bo‘lmagan massada toylarga joylanadi: uzunligi va balandligi 850 mm, eni 750 mm. Xolstlardagi tola namligi 11 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Potok liniyada qoznoqlarni ishlash usulida xolst olish quyidagicha:

Potok liniyada guruh mashina qurilmalarda ma’lum ketma-ketlikda joylashgan va qaznoqlarni qaynatib g‘umbaklarni ajratib olish maqsadida va ipak tolasini xolstga aylanishi, xolstdan g‘umbaklarni tozalash, yuvish, siqish va quritishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, liniya tarkibiga g‘umbaklarni pnevmatik tashish (transportirovka qilish) ularni siqish va ham kiradi.

Qaynatish mashinasi (29-rasm) bunker 1 plastinkali 3 konveyerni tepa qismiga joylashgan barabanli ta’minlagich 2 va qutichali vanna 4 dan iborat. Vanna 3 seksiyaga – A, V va S ga bo‘linadi.

29-rasm. Qaynatish mashinasi.


Seksiya A - qaynatish uchun, qaznoqlarni V seksiyaga yo‘naltirish uchun 3 ta o‘nta tishli xaskashsimon moslama bilan ta’minlangan. Xaskashlarni aylanma harakati 7 krivoship shatun va zanjirli 6 uzatma orqali bajariladi.

2 – V seksiyada g‘umbakdan qobiqni ajratib va tolani xolstga aylantirish uchun hizmat qiladi. Tortuvchi 9 dan 20 ta taroqlar 8 o‘rnatilgan, u tirsakli 10 val 11 ekssentrikdan harakatlanadi. Taroqlar murakkab tebranma va ilgarlanma-qaytma, oldinga-orqaga, yuqoriga va pastga harakatlanib, A seksiyasida qaynagan qaznoqlar yonma-yon turgan taroqlar tishi orasidan qarama-qarshi tomonga tortilib shu bilan qaznoqdan g‘umbakni ajratib, tolalarni uzluksiz xolstga keltiriladi.

Seksiyani o‘ng V tamonida 12 tebranuvchi plankalar joylashgan, ularni xolstga urilishidan g‘umbak ajratiladi.

Vannalar tagida (plankalar tagida) joylashgan 12 skryankali cho‘michsimon 13 moslama yordamida g‘umbaklarni va vannadan saralash konveyeriga tushgan qaznoqlar olib chiqish uchun mo‘ljallangan.

Seksiya S- xolstlarni yuvish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ignali baraban 14 va roliklar 15, 17 va 18 xolstlarni seksiyadan yo‘naltirish va xarakatlanishi uchun kerak. Qaynatish mashinasi 20 baraban bilan tugallanadi, u xolstlarni mashinadan xolst yuvish mashinasiga uzatish uchun xizmat qiladi. Baraban 19 taranglovchi yulduzcha 16 zanjir bilan harakatga keltiriladi.

Xolst yuvuvchi mashina to‘g‘ri to‘trtburchakli barkadan iborat bo‘lib, u ikkita qismga bir xil o‘lchamda bo‘lingan - vanna. Vanna ustidagi ramaga plankali barabanlar joylashgan, vannani o‘zida harakatlanmaydigan yo‘naltirgich va shatun bilan tebranuvchi roliklar bor.

Xolst yuvuvchi mashina yonida sentrafuga joylashtirilgan va xolst titish mashinasiga 8-10 m uzunlikda bo‘lak kesik qilib qo‘lda joylanadi.

Bor imkoniyatlardan foydalanib, chiqindilarni yo‘qolishini kamaytirish va ipak miqdorini oshirish xalq xo‘jaligida axamiyati katta.




Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish