rejalash ieraraxiyasi (strategiq ya’ni oliy; taktiq ya’ni o’rta; operativ,
ya’ni past darajadagi rejalashtirish).
Ishlab chiqarish rejasi har xil bo’lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy ishlab
chiqarish rejasi yoki milliy iqtisodiyot va uning real tarmog’i rejasi (sanoat, qishloq
xo’jaligi, qurilish, transport va h.k.lar rejasi).
Texnik-iqtisodiy rejalashtirishda - korxonalarning
texnik va iqtisodiy
rejalashtirish ko’rsatkichlarini belgilaydi, ya’ni ishlab chiqarishning optimal
variantlari tanlanadi, zaruriy resurslar tanlanadi, ulardan foydalanish normalari
belgilanadi, yakuniy moliyaviy ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Operativ-ishlab chiqarish rejalarida yuqoridagi ko’rsatkichlar chuqurlashtirilib,
tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi. Zamon (vaqt) ko’lami (qisqa
muddatli, o’rtacha muddatli, o’zoq muddatli rejalashtirish); funktsional bo’lim
(ishlab chiqarishni, sotishni, saqlashni, ta’minotni, moliyani, investitsiyani
rejalashtirish) rejalash ieraraxiyasi (strategiq ya’ni oliy; taktiq ya’ni o’rta; operativ,
ya’ni past darajadagi rejalashtirish).korporativ, o’rta pog’onada esa - tsex rejasi quyi
pog’onada - ishlab chiqarish rejalari.
Asoslanishiga ko’ra: bozor, indikativ, administrativ.
Davlat
mulkiga
asoslangan
korxonalarda
administrativ
rejalashtirishfoydalaniladi. Aktsionerlik jamiyatlari va boshqa xususiy mulkka
asoslangan korxonalarda bozor yoki indikativ rejalardan foydalaniladi. Indikativ
rejalashtirish - baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ish haqi miqdorini davlat
tomonidan yo’naltirishni ko’zda tutadi. Markazlashgan reja - barcha ko’rsatkichlarni
yuqori boshqaruv Ishlab chiqish stadiyalari bo’yicha: dastlabki va yakuniy.
Aniqlik darajasiga ko’ra: yiriklashtirilgan (umumiy) va aniqlashtirilgan.
Biznes rejalarni ishlab chiqish texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar
tizimi hamda
norma va normativlar asosida amalga oshiriladi.
Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga
juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi.
Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki
bir nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini o’lchami, nisbiy yoki
absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi.
Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni
aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi. Miqdor ko’rsatkichlari - absolyut
ko’rsatkichlar bo’lib, bu qatorga yalpi va tovar mahsulotlar hajmi, sotuv hajmi,
xodimlar soni, ish xaqi fondi, foyda yoki daromad mikdori,
ishlab chiqarish
resurslarining sarflanishini kiritish mumkin.
Sifat ko’rsatkichlari nisbiy kattalik hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorligini, uning ayrim omillarini aks ettiradi. Bu mehnat
mahsuldorligining o’sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va hokazolardir. Bu
qatorga shuningdeq o’zaro miqdor ko’rsatkichlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar,
masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond sig’imi, mahsulot sifati va boshqalarni
ham kiritish mumkin.
Solishtirma ko’rsatkichlar ikki yoki undan ortiq o’zaro bog’lik ko’rsatkichlar
va mahsulot birligi xarajatlari salmog’ining nisbatlarini tavsiflaydi. Masalan,
mahsulot birligiga metall, elektr energiyasi, yoqilg’i sarflanishi, ishlab chiqarish
quvvati birligiga kapital qo’yilmalar, jami to’lovlar
hajmida mukofotlarning
salmog’i va hokazolar.Ushbu barcha ko’rsatkichlar o’rtasida o’zaro aloqalar
mavjud. Bu ko’rsatkichlar rejalashtirish jarayonida ham, korxonaning xo’jalik
faoliyatini tahlil qilishda ham qo’llanadi. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash yo’llaridan biri – sanoatni yuqori sur’atlar bilan
rivojlantirishdir. Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini
bilish lozim. Buning uchun har xil ko’rsatkichlardan foydalanish kerak bo’ladi. Bir
tomondan, qo’llaniladigan ko’rsatkichlar sanoatning umumiy taraqqiyotini ifoda
etsa, ikkinchidan, sanoatning o’zining shart-sharoitlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar
ham mavjud bo’lishi mumkin. Bunday ko’rsatkichlarga asoslanib sanoatning
texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari aniqlanadi.Sanoat taraqqiyotini
ifodalaydigan ko’rsatkichlar sanoat tarmoqlarining
korxonalar tomonidan ishlab
chiqariladigan mahsulotning hajmini natural o’lchov birligida, qiymat birligida
ifoda etadigan ko’rsatkichlaridir. Sanoat mahsulotlarining hajmini aniqlashda
qo’llaniladigan natural birliklar bo’lib kilovat-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr,
diko-litr, dona va boshqalar hisoblanadi.Bu o’lchovlarga tayangan holda ishlab
chiqariladigan sanoat mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Sanoat
mahsulotlarining natural o’lchov birliklari orqali barcha sanoat tarmoqlarining
rivojlanishini solishtirib bo’lmaydi, chunki bir tarmoqning mahsuloti kilovat-soatda
o’lchansa,
ikkinchisiniki tonnada, uchinchisiniki kubmetrda o’lchanadi va h.k.
SHuning uchun barcha sanoat tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va
bajaradigan ishlarini hisoblashda yagona o’lchov birligi bo’lishi lozim. Bu o’lchov
birligi har tomonlama bo’lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko’rsatkichlari
bajaradi. Qiymat ko’rsatkichlari baholar yordamida sanoatning umumiy
rivojlanishini, o’sish sur’atlari va uning strukturasini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
ishonchliliq ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning ob’ektiv holatiga
muvofiq kelishi lozim;
o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega
hamda aniq bo’lishi;
etarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim
tomonlarini to’liq yoritishi keraq
bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim;
o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim;
moslashuvchan va rejalashtirish ob’ektining amal qilish sharoitidagi
barcha o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi;
operativlik – reja to’zuvchiga o’z vaqtida yetib kelishi lozim;
yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi;
Do'stlaringiz bilan baham: