Industrial iqtisodiyot



Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/259
Sana29.01.2022
Hajmi10,28 Mb.
#418803
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   259
Bog'liq
Индустриал

 
 
 
 
 
Rejalashtirish 
loyiha ishlab chiqish bo’yicha axborotni ishlashga asoslangan 
kelajakda maqsadga erishish uchun parametrlarni aniqlovchi 
tartibga solingan jarayon 
«kelajakning ongli tafakkuri» 
mazmunan bo’lajak voqealarni aniqlash bo’yicha qarorlar qabul 
qilishni tizimli tayyorlash asosida boshqaruv qarorlarini 
shakllantirish 
«oldindan sezib qabul qilingan qaror», ya’ni rejalashtirish 
deganda shunday yechim tushuniladiki, u (qaror qabul qilishga 
muvofiq keluvchi axborot jarayoni bilan bir qatorda) vaqt 
jihatdan konyukturali voqealar yo’zaga kelishidan oldin ishlab 
chiqiladi. 
vazifani sifatli va sonli tasvirlash, natijaviy imkoniyatlarni 
belgilash va ularga erishish yo’llarini aniqlash 
kelajak muammolarini bilish va hal etishning tizimli, usuliy 
(metodik) jarayoni 


Rejalashtirishning 
ahamiyati 
shundan 
iboratki, 

iqtisodiyotni 
rivojlantirishning printsipial masalalariga oid davlat va hukumat ko’rsatmalarini, 
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot rejalari yordamida aniq topshiriqlarga va amaliy 
ishlarga aylantiradi. O’zoq muddatli, ya’ni uch yilliq besh yillik va o’n yillik 
rejalarda davlatning iqtisodiy strategiyasi jamlangan holda ifodalanadi. Yillik 
rejada, odatda, xo’jalik vazifalarini hal etishning eng samarali taktikasi nazarda 
tutiladi. 
Rejalashtirish faoliyatlarda, ya’ni amalda muayyan uyg’unlik va muvofiqlikni 
ta’minlaydi, ishlab chiqarish taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini aniqlaydi, 
raqobat, bellashuv sharoitida umuman iqtisodning, xususan sanoatning omon (sog’) 
qolishiga imkoniyat, qulaylik yaratadi. Aynan rejalashtirish tufayli tarmoq idoralari 
mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarish, o’z vaqtida resurslar bilan ta’minlash 
vazifasini hal etadilar. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish kanallari va 
usullarini aniqlaydilar. Bundan tashqari, rejalashtirish ishlab chiqarish rezervlaridan, 
raqobatning afzalliklaridan, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalar ya’ni mayl va 
g’oyalarni ko’zatish imkoniyatini yaratib beradi, faoliyatning nozik va zaif 
tomonlari ta’sirini susaytirish, bo’lishi mumkin xatolarning oldini olish va xavf-
xatarni kamaytirish imkonini beradi. 
Rejalashtirish ob’ektiv iqtisodiy qonunlardan ongli ravishda foydalanishni 
taqozo etadi. Rejali xo’jalik yuritish imkoniyati va zaruriyatining o’zi har bir 
jamiyatda iqtisodiyot rejali va mutanosib rivojlantirish qonunining amal qilishini 
taqozo etadi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat rejali rivojlanish qonuni, 
balki bir qator boshqa qonunlar, jumladan, qiymat qonuni, talab va taklif qonuni, 
vaqtni tejash, mehnatga qarab taqsimlash qonunlari harakatda bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida umumdavlat strategiyasining, jumladan, 
umumdavlat rejasining “falsafasi“ masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu 
“falsafa“ O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim 
sohalari va maqsadlarini, struktura va investitsiya siyosati, fan-texnika 
taraqqiyotining yo’nalishlarini, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy salohiyatini ko’tarish, 
mamlakat mudofaa qobiliyatini saqlab turish vazifalarini belgilab beradi. 
Bozor iqtisodiyotining barcha imkoniyatlari erkin reja asosida amalga 
oshiriladi. Demaq rejalashtirish qanchalik erkin va mukammal bo’lsa, 
mustaqillikning afzalliklari, istiqlolning samarasi shunchalik to’liqroq ko’zga 
tashlanadi, shundagina jamiyat o’z ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini muvaffaqiyatli hal 
etadi. Ana shundagina rejalashtirish iqtisodiyotning barcha sohalarini, jumladan, 
sanoatni tashkiliy ravishda va tartibli rivojlanishiga imkon yaratadi. 
Rejalashtirish mutlaqo ilmiy asosda to’ziladi va u jamiyat taraqqiyotini, 
jumladan, sanoat taraqqiyotining amaliyotini doimo umumlashtirib borishni, fan va 
texnikaning barcha yutuqlaridan foydalanishni talab qiladi. Sanoatga rejali rahbarlik 


qilish voqealarni oldindan ko’rish demakdir. Voqealarni, hodisalarni, bo’lajak 
faoliyatni oldindan ko’rish jamiyat iqtisodiy qonunlarini bilib olishga asoslanadi va 
jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti rivojining etilgan talablariga suyanadi. 
Iqtisodiy qonunlarning mohiyati, mazmuni va boshqa tomonlarini bilib olish 
iqtisodiy jarayonlar mohiyatini o’qib olishga, taraqqiyotning ilg’or tendentsiyalarini 
hali ular kurtak holida bo’lganidayoq aniqlab olishga, iqtisodiy taraqqiyot jarayonini 
ilmiy asosda oldindan ko’ra olishga, uni mustaqil, buyuk davlat qurish manfaatlari 
uchun reja asosida yo’lga solishga yordam beradi. 
G’arb mamlakatlaridagi ko’plab firmalar «Firma unga foyda keltirmaydigan 
mutaxassislarni ushlab turmaydi» degan shiorga amal qiladi. Firmaga foyda keltirish 
uchun bozor kon’yunkturasida to’g’ri yo’nalishni tanlash, bozordagi o’z o’rnini 
to’g’ri va aniq belgilay olish, darxol olinadigan foydani emas, balki o’zoq 
istiqboldagi rivojlanishni ko’ra bilish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu va shu kabi 
vazifalar zaminida bashorat qilish va uning yakunlovchi qismi bo’lgan rejalashtirish 
yotadi. U korxona maqsadlarini shakllantirish, unga erishish vosita va usullarini 
aniqlash jarayonidan iboratdir. Rejalashtirish natijasi reja, hatti-harakatlarning 
motivlashtirilgan modeli bo’lib, u iqtisodiy muhit va qo’yilgan maqsadlarni bashorat 
qilish asosida yaratiladi. 
Chet el tajribalarining hammasidan ham mamlakatimizda foydalanish lozim 
bo’lmasada, biroq rejalashtirishning roli muhimligi alohida isbot talab qilmaydi. 
Aynan rejalashtirish va bashorat qilish nimani, qancha, qachon va kim uchun ishlab 
chiqarish kerak degan savollarga javob topadi. Xususan, ko’plab korxona yaratilishi 
va faoliyati rejalashtirishdan boshlanadi. Rejalashtirish mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlari, raqobatli afzalliklardan maksimal foydalanish, turli xato va 
kamchiliklarning oldini olish, iqtisodiyotdagi yangi tendentsiyalarni ko’zatish va 
ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish, korxona faoliyatining kuchsiz 
tomonlarini aniqlash va bartaraf qilish hamda asoslanmagan risklarning oldini 
olishga imkon beradi. 

Download 10,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish