2.2. Andronovo madaniyati
Miloddan avvalgi II ming yilliklarda G’arbiy Sibir’ xududida Andronov madaniyati keng tarqalgan. Andronovo madaniyati tipi- Janubiy Sibir’, Janubiy Ural, Qozog’iston shimoliy hududiga mosdir. Andronovo madaniyati qabrlar va makonlardan iborat bo’lgan. Qabrlar – to’g’ri burchakli bo’lib, yog’och va tosh plitalar bilan yonlari mustahkamlangan. Andronovo madaniyatiga oid makonlarda metallurgiya, chorvachilik, motiga dehqonchiligi rivojlangan. Ko’plab jez qurollar, don qoldiqlari topilgan.
Andronovo madaniyati bronza davri chorvador qabilalari madaniyati bo’lib, bu madaniyatga tegishli dastlabki yodgorlik o’tgan asrning 20-yillarida Sibiriyaning Achinsk shahri yaqinidagi Andronovo qishlog’idan topib o’rganilgani uchun shu nomni olgan. Bu madaniyatga tegishli jamoalarning ayrim guruhlari hatto o’z podasiga bo’sh yaylovlar qidirib miloddan avvalgi II ming yillik o’rtalarida O’rta Osiyo hududlariga ham kirib keladi. Xorazmda va Farg’ona hududlarida o’z moddiy madaniyat izlarini qoldiradilar.
Kavkazning tabiiy sharoiti bronza davri xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay bo’lganligi uchun ham bu er ko’plab qabilalar o’zlarining madaniyatini vujudga keltirgan. Kavkazorti madaniyati Old Osiyo madaniyatiga yaqin. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarga oid makonlardan qadimgi sharq qurollari, qadimgi Ossuriya qilichlari kabi moddiy topilmalar topilgan. Kavkazortida Maykop, Trialeti kabi mozor- qo’rg’onlar o’rganilgan.
Bronza davrida ibtidoiy jamiyat ho’jalik va madaniy taraqqiyoti yuqori darajada bo’lgan. Bronza davri urug’chilik jamoasi xarobalari o’rnida dastlabki sinfiy jamiyat vujudga kelganligini ko’rsatuvchi dalillar arxeologlar tomonidan aniq langan. Bronza davrida mulkiy tabaqalanish jarayoni natijasida ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o’tish ro’y beradi. Bu jarayonlarni o’rganishda turli hududlarda topilgan bronza davri arxeologik manbalari katta ahamiyatga egadir.
Farg’ona vodiysida mil. avv. II ming yillik oxiri - I ming yillik boshlarida o’ziga xos Chust madaniyati shakllandi. Bugungi kungacha Farg’ona vodiysida Chust madaniyatiga mansub 70 dan ortiq yodgorliklar o’rganilgan. Bular jumlasiga Chust Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Bo’ztepa, Chimboy va boshqalar kiradi. Chust madaniyati yodgorliklarining eng chekkalari bir-biridan 100 km masofada joylashganligi ushbu madaniyatni keng tarqalganligini ko’rsatadi.
Shimoliy Farg’onadagi Chust guruhiga Govasoy xavzasida Chust, Ko’ksaraksoy sohilida Qoraqo’rg’on, Kosonsoy vodiysida To’raqo’rg’on, Tergovchi I, II, Go’rmiron, Yoztepa yodgorliklari kiradi.
Sharqy Farg’na guruhi yodgorliklari Dalvarzintepa guruhi deb nomlanib, ular Qoradaryoning so’l sohilida joylashgan. Mazkur guruhga Dalvarzintepa, Ashqoltepa, Axshar va G’ayrattepa yodgorliklari kiradi.
Qoradaryoning o’ng qirg’g’ida joylashgan O’zgan guruhiga Dehqon, Chimboy, Qoraqo’chqor I va II, O’zgan, Qashqaterak, Do’nbuloq yodgorliklari kiradi.
Janubi-sharqiy Farg’onadan Sho’rtepa, Zarg’aldoqtepa, Manyak, Shaltoqtepa makonlari topilgan. Shuningdek, yuqoridagi guruhlarga kirmagan Chakan, Aqbarabod makonlari ham o’rganilgan. Asosiy yodgorliklar Farg’ona vodiysining sharqiy tumanlarida joylashganligi bu yerda dehqonchilikning yuksak rivojlanganligini ko’rsatadi. Topilgan moddiy ashyolar Chust davri madaniyati mil. avv. II-I ming yillik boshlariga tegishli ekanligini ko’rsatadi. Radiouglerod tahliliga ko’ra Dalvarzintepaning I davri mil.avv. 1090 ± 120 yil, ikkinchi davri esa mil.avv. 760 ± 120 yildir. Chustning so’nggi davri mil. avv. 280 ± 75 yilni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |