Ilovalar 1- ilova O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 65,59 Kb.
bet6/10
Sana11.07.2022
Hajmi65,59 Kb.
#776611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zamonbobo madaniyati

Katakomba davri miloddan avvalgi III ming yilning oxirlarida II ming yillikning I-yarmiga bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Katakomba mozor-qo’rg’onlaridan erkaklar va ayollar murdalari topilgan. Ko’plab kollektiv qabrlar ham uchraydi.
Miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalarida katakomba davri o’rniga yog’ochband davri keladi. Yog’ochband-yog’och qabr, MDH hududlarida, Shimoliy Yevropada ko’plab tarqalgan. Go’rlar-ning ichiga murdalar yog’och tobutda qo’yilgan. Shuning uchun ham bu qabrlar yog’ochband qabrlar deb ataladi.
Yog’ochband davri miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu davrda dastali, teshikli boltalar keng tarqalgan. Dastlab ular Sharq mamlakatlaridagi yodgorliklardan topilgan. Yog’ochband davrida metallurgiya va chorvachilikning, rivojlanishi boyliklar to’planishiga va xarbiy to’qnashuvlarning kuchayishiga olib keladi. Jamiyatda moddiy boyliklarning ayrim kishilar qo’lida to’planishi jarayoni boshlanadi.
Bronza davriga oid bo’lgan qo’rg’onsiz qabrlar ham ko’p uchraydi. Unda murdalar kuydirilgan. Bunday xolat xarbiy Evropada so’nggi bronza davri uchun xarakterlidir.
Bronza (Jez) davri mozor-qo’rg’onlari o’rganilishi orqali bu davr haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lindi. Bu davr mozorlari-dan «bo’yalgan va bukchaytirilgan» skletlar ko’plab topilgan. Bu davrda kishilar murdalarga har xil rangdagi (ko’proq qizil, och qizil) tabiiy bo’yoqlar sepishgan. Qizil va och qizil rang – jon, tirilish, qon ramzi hisoblangan.
«Bukchaytirilgan skletlar» - murdalarni yonboshlab, oyoqlari bukilgan holatda ko’milishi, odamning dunyoga kelishi, ibtido va intiho haqidagi tasavvurlarning inikosi sifatida, ona qornida va yer bag’rida bir holatda bo’lishini aks etirilishidir.
Yevropada bronza davri chorvador qabilalari o’ziga xos katta birliklarni tashkil etadi. Sopol buyumlarning shakli va naqshlari o’z birliklarga xos bo’lib, ular bir-birlaridan farq qilgan.
Masalan, Janubiy Shvetsiya, Daniya, Germaniya, Pol’sha, Chexiya, Frantsiya, Venetsiya, hududlarida, xatto MDH davlatlari territoriyalarida chilvir naqshli sopol buyumlar keng tarqalgan. Angliya, Frantsiya, Ispaniya, G’arbiy Germaniya hududlarida esa oddiy, o’ziga xos shakldagi sopol buyumlar tarqalgan.
Yer yuzining ko’plab hududlaridan bronza (jez) davri yodgor-liklari topilgan. Arxeologlar ijtimoiy-iqtisodiy va maishiy munosa-batlarni yodgorliklardan topilgan moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklab, bronza davri kishilari hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Sharqiy O’rta yer dengizi bo’ylarida, xususan Falastinda bronza davrida shahar tipi markazlari paydo bo’lgan hunarmandchilik va mustahkamlangan manzillarning shakllanishi bilan ilk bronza davrida kulolchilik charxi paydo bo’ladi. Ushlagichli cho’zinchoq ko’zalar va turli shakldagi idishlar bronza davrida keng tarqaladi. Falastin yodgorliklarida bronza, mis, kumush metali keng ishlatilgan. Hatto milddan avvalgi III ming yillik oxirlarida kumush idishlar keng tarqalgan. Falastinda bronza davriga mansub kumush xazina topilgan. U 35 xil predmetdan iborat bo’lib, uning tarkibida turli buyumlar, idishlar, bezaklar bo’lgan. Bronza davri manzillari ko’pincha mudofaa devorlari, bilan o’ralgan, to’g’ri burchakli binolardan iborat bo’lgan. Bu davr shahar xarobalarining o’rni 2-4ga etadi va buyumlarning joylanishi, qurilishi shakli o’ziga xos reja asosida bo’lgan.
Falastin yodgorliklari mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, bu devorlarning eni 4,5 metrdan to 8 metrgacha bo’lgan. Masalan, Fara yodgorligi xarobasi devorlar bilan o’ralgan. Fara shahri xarobasi hisoblanadi. Shahardan ijtimoiy xarakterdagi binolarning qoldiqlari topilgan. Yuqori tabaqa uylari, mahalliy hukmdorlarning saroylari ham mavjud bo’lgan. Shahardan unga uzoq bo’lmagan joyda qabriston joylashgan. Bu erda (Ochiq Qabr) kollektiv qabrlar bo’lib, har bir qabrda 50-90 murdaning qoldig’i bo’lgan. Hatto, bir qabrga 300 kishi ko’milgan. Qabrlardan kulolchilik buyumlari (idishlar), zeb-ziynat va ayrimlaridan metal buyumlar topilgan.
Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o’zgaradi. Bu davrga oid bo’lgan Iordan vohasidagi Xazor xarobasi 50 gani tashkil etadi. U poytaxt, ya’ni markaz vazifasini o’tagan. Xarobada ibodatxona qoldig’i va zadagon kishilarning uylari qoldiqlari topilgan. Ilk sinfiy munosabatlar mavjud bo’lganligini bildiruvchi topilmalar – yuqori tabaqa, oziq-ovqat omborlari o’rganilgan.
Kichik Osiyoda Qumtepa yodgorligi bronza davriga mansub bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillik bilan belgilanadi. Qumtepa yodgorligi tosh arxitekturasining ajoyib namunasi bo’lib, unda uylar poydevorigina emas, balki xonalar ham toshdan urilgan. Kichik Osiyoda bronza davriga oid bo’lgan Troya I, Termi manzilgohlaridan bronza qurollar topilgan va o’rganilgan.
Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida hunarmandchilikni rivojlanishi shaharlarning gullab-yashnashiga sabab bo’lgan. Markaziy Osiyo shaharlari – Troya II, Polisxni V, Axlatenbel’ 1-2 ga maydonni tashkil etgan. Beyjesulton shahar xarobasining maydoni 24ga teng bo’lib, yodgorlik xarobalardan shahar xususiyatiga xos elementlar, hukmdor saroyi, ijtimoiy bino qoldiqlari topilgan va o’rganilgan.
Elamning bronza davri yodgorliklari – Eron hududida Suza kompleksi bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmiga oiddir. Suza kompleksidan buqa, echki, baliq, . . . suratlari solingan kulolchilik buyumlari, bronza qurollar – bolta, xanjar, qadimgi Elam yozuvi aks ettirilgan plastinkalar topilgan.
MDH davlatlari hududida ham bronza davri yodgorliklari o’rganilgan. Janubiy Sibir’ hududida bronza davri yodgorliklaridan eng qadimiysi Afanas’ev madaniyati bo’lib, u miloddan avvalgi III ming yillikka oid. Afanas’ev madaniyati Enisey (Enasoy) daryosi bo’yida joylashgan. Afanas’ev yodgorligidan qadimgi qabrlar o’rni topilgan. Bu qabrlar ustiga tosh taxlangan chuqur qabrlar bo’lib, unga murdalar yonlab qo’yilgan. Ularning yonida oziq-ovqatlar, mehnat qurollari qoldiqlari saqlangan.
O’rta Osiyoning janubi – g’arbidagi bronza davri yodgorliklari tadqiqotchilar o’rtasida munozaralarga olib keldi. To’rtta – Anov I – IV majmualari tadqiqotchilar tomonidan ko’plab munozaralarga sabab bo’lishiga qaramay o’tgan 1949 -1950 yillarda B.A.Litvinskiyning Nomozgohtepadagi qazishlari tufayli ushbu bronza davriga oid yodgorliklarida qazish ishlari olib borildi. 1952 yilda B.A.Kuftin Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik tabiatini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo’lgan Nomozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma – ket keluvchi oltita majmuani – Nomozgoh I – IV ni aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Nomozgoh I ilk eneolit, Nomozgoh II o’rta eneolit, Nomozgoh III so’nggi eneolitga, Nomozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so’nggi bronza davrlariga oiddir.1956 yilda V.M.Masson ushbu majmualar topilmalarini qo’shni Erondagi topilmalar bilan qiyosiy tahlil asosida quyidagi xronologiyani taklif etdi: Joytun va Anov I – mil. avv. V ming yillik, Nomozgoh I, II – mil. avv. IV ming yillik, Nomozgoh III, IV – mil. avv. III ming yillik, Nomozgoh V – mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmi, Nomozgoh VI – mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. Shuningdek, V.M.Massonning fikricha, Janubiy Turkmanistondagi ilk eneolit majmui Anov I ning paydo bo’lishi Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridan turli qabilalar guruhlarining kirib kelishi bilan bog’lanadi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarar ekanmiz, Janubiy Turkmaniston jamiyatida bu davrdagi yangilik shundan iborat ediki, aholi turmush tarzida mis va xom g’isht paydo bo’lib manzilgohlar aniq rejaviy tuzilishga ga bo’ladi, sopol idishlarning sifati yaxshilanib naqshlarida yangi usliblar shqkllanadi hamda to’qimachilik paydo bo’ladi.
Ushbu hududlarning asosiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti ko’p hollarda o’troq sug’orma dexqonchilik bo’lib xo’jalik hayotida chorvachilik ham yetakchi axamiyatga ega edi. Tarixiy – madaniy taraqqiyot natijasida mil. avv. IV – III ming yilliklarga kelib alohida manzilgohlarda yashovchi aholining unchalik murakkab bo’lmagan sug’orish tartibi paydo bo’ladiki, bu holat sun’iy sug’orishning rivojlanishiga asos bo’ldi.Janubiy Turkmaniston eneolit davri aholisi madaniyati shu davrga oid qazishmalar boshlangan yodgorlik nomi bilan Anov madaniyati deb yuritiladi. Mil. avv. IV ming yillikdayoq ushbu madaniyat sohiblari Kopetdog’ tog’ oldi hududlaridagi kattagina yerlarni o’zlashtira boshlaydilar. Mil. avv. IV ming yillikda Tajan daryosi etaklarida markaziy manzilgohi Geoksyur I bo’lgan alohida voha shakllandi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, bir tomondan manzilgohlarning mavjudligiga va joylashuvi dalalarni sug’orish uchun foydalanadigan suv manbalari tartibiga bog’liq edi.Shuning uchun ham dastavval tog’ oldi hududlarida asos solingan manzilgohlar sharoiti nisbatan yaxshi edi.Ikkinchi tomondan, sug’orish tartibining murakkablashuvi va mana shunday tartib ichida ishlab chiqarish faoliyatini barqarorlashtirish zaruriyati aholining ma’lum hududlarda zich joylashuvini talab etar edi. Bu holat esa ayrim vohalarda nisbatan yirik markazlar hamda ularga qarashli bo’lgan kichik manzilgohlarning paydo bo’lishiga olib keldi.
Bu davrda Kopetdog’ tog’ oldi tekisligining eng yirik manzilgohi Nomozgohtepa ( 50 gektardan ziyod ) va Oltintepa ( 25 gektar ) edi. Tadqiqotchilarning tahminicha, asosiy xususiyatlariga ko’ra ular so’nggi eneolit davrida shakllanib bo’lgan edi. Shuningdek Ulug’tepa ( 20 gektar ), Qoratepa ( 15 gektar ), Geoksyur ( 12 gektar ) kabi yirik markazlar ham mavjud edi. Eneolit davrining oxirlariga kelib manzilgohlarning ba’zilarida hayot to’xtaydiki, bu holat ekologik sabablar hamda alohida yirik markazlarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.
O’rta Osiyoda tabiiy sharoitning hozirgi holatga kelish imkoniyatining huruj hududlari ko’chib, yangi sug’oriladigan dexqonchilik vohalarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Misdan qadimgi mehnat qurollari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari yil sayin aholi sonining oshib borishi natijasida aholining iqtisodiy ehtiyojini qondira olmadi. Insoniyat endi misga qaraganda mehnat unumdorligi miqdorini oshiradigan ashyoni izlashgatushdi, uni ixtiro qildi, eritib xilma-xil mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarining yasashni boshlab yubordilar.
Mil.avv. III-II ming yilliklarda O’rta Osiyo jamiyatida tarixiy jarayon, ijtimoiy-iqyisodiy va etnomadaniy sohadagi yuz bergan o’zgarishlarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
1.Tarixiy taraqqiyot, ishlab chiqarish yanada taraqqiy etib bordi;
2 Insoniyat tomonidan yangi hududlar o’zlashtirilishi davom etdi;
3.Xo’jalikda mis va toshdan qilingan qurollarishlatildi;
4.Sug’orish inshootlari qurildi;
5.Shu asosda dexqonchilik maxsulotlari insonlar ehtiyojini qondira boshladi;
6.Aholi soni oshib bordi;
7.Loy me’morchiligi va qurilish tehnikasi bilimlari o’sib bordi;
8.Me’morchilik,rejalashtirish va qurilish bilimlari jamiyatda mustahkam o’rin olishi;
9.Shu bilimlar asosida ibtidoiy mudofa inshootlari vujudga keldi;
10.Mudofa inshootlar, uy qurilishidato’g’riburchakli xom g’isht ishlatildi;
11.Qabilalar o’rtasidagi to’qnashuvlar vujudga keldi;
12.O’rta Osiyo hududida notekis darajada taraqqiy etygan ikki xo’jalik usuli mavjud edi;
13.Qo’shni qabilalar bilan iqtisodiy va madaniy sohada o’zaro munosabatlar vujudga keldi;
14.Markaziy Osiyo mudofa maktabi shakllandi.



Download 65,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish