1.2 Bronza davridagi hunarmandchiligi
Bronza davri Janubiy Turkmaniston xududlarida ilk dehqonchilik madaniyatlarining har tomonlama rivojlangan davri bo’ldi. Buning natijasida jamiyatning sifatiy yangi bosqich darajasiga ko’tarilishi uchun mustaxkam ishlab chiqarish va madaniy zamin yaratildi. O’z xususiyatiga ko’ra yangi davrning boshlanishi Nomozgoh IV yoki mil. avv. III ming yillikning boshlari va o’rtalari davriga to’gri keladi.
Jamiyatda ro’y berayotgan madaniy va texnologik yangiliklar o’rta bronza davrida, ya’ni, Nomozgoh V tipidagi o’zida urbanistik madaniyatning barcha belgilarini aks ettiruvchi o’ziga xos arxeologik majmua shakllangan davrda yanada taraqqiy etadi. Bu madaniyat turli tasvirlarsiz, kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar, metalldan ishlangan to’g’nog’ichlar, pichoqlar, muxrlar bilan izohlanadi. Hududiy jihatdan bu madaniyat dastlabki dehqonlar tomonidan Kopetdog’ tog’ oldi tekisligida markazlashib, so’nggi bronza davriga kelib Murg’ob havzasiga yoyiladi va bu yerda markazi Kelleli manzilgohi bo’lgan butun voha shakllanadi.
Bronza davrining yirik ilk shaxar markaelaridai biri hisoblangan Oltindepa xarobalari Turkmanistonning janubidagi Miyona yonida joylashgan. Ushbu yodgorlikda 1965 yildan 80—yillarning oxirlariga qadar muntazam qazishma ishlari olib borilgan. Olnb borilgan qazishmalar natijasida umumiy maydoni 25 gektar bo’lgan Oltindepadan 500 ga yaqin terrakota haykalchalar, 150 ta qadimgi muxrlar, 550 ta dafn inshootlari, ko’plab turar — joy qoldiqlari va boshqa moddiy madaniyat buyumlari topib o’rganilgan.
Oltindepaning yuqori qatlamlari bronza davriga oid bo’lib, Nomozgoh V ko’rinishidagi materiallar bilan o’xshashlik topadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra (radiokarbon tahlillar asosida) bu davr mil. avv. III ming yillikning oxiri —II ming yillikning birinchi choragini o’z ichiga oladi. Aynan mana shu davr Mesopotamiyada Urning III sulolosi inqirozga uchragan, Misrda zaiflashgan fir’avnlar hokimiyatn o’rta podsholyk davriga kirgan, Xuanxe daryosi vohasida esa dastlabki Xitoy tsivilizatsiyasi bo’lgan SHan-In shakllanishi uchun shart —sharotlar paydo bo’layotgan davr edi. Oltindepa qazishmalari bu davrda O’rta Osiyoning jayaubida mahalliy shaxarsozlik madaniytining shakllanish jarayoni jadallik bilan borayotganligini ko’rsatadi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, Oltindepa faqat oddiy turar—joy va xo’jalik xonalaridan iborat bo’libgina qolmay, balki, o’ziga xos murakkab ichki tuzilishni ham aks ettiradi.
Ko’xna shaxarning janubiy qismida hech qanday inshootlar bunyod etilmagan hudud mavjud bo’lib, bu yer ko’hna shaharning markaziy maydoni bo’lgan bo’lishi ham mumkin. Bu maydonga yodgorlikning janubida joylashgan maxsus chiqish yo’li orqali chiqilgan. Qazishmalarning ko’rsatishicha, bu chiqish yo’li bo’ylab 6,2x3 metr o’lchamdagi maxobatli minoralar qurilgan. CHiqish yo’lining umumiy eni 15 metr bo’lib, bo’ylama devor bilan 4 — 5 metr enlikdagi o’ziga xos bosh ko’chaga bo’lingan. Ushbu ko’chalar aftidan aravalarga mo’ljallangan bo’lsa kerak. 5
Alohida ta’kidlash joizki, Oltindepaning balavd tepalik ustida joylashganligi ko’xna shaxarning ximoyasi uchun qulay shart—sharoitlar yaratgan. Undan tashqari tepalikning tik yon —bag’irlari pishiq g’ishtdan o’ziga xos qoplama bilan qoplangan. Qiyalkkka boradigan nishablik esa devor bilan to’silgan. Devorlarning tuzilishi va qalinligi qurilish xususiyati va sharoitiga qarab belgilangan. Ko’hna shaharga kirshp joyida devor maksimal qalinlikda, boshqa joylarda aylana devor 1 —2 metr saqlanib qolgan. Ayrim joylarda kvadrat rejali minoralar ham bor.
Ko’xna shaharning shimoliy chekkasidagi 2 gektarga yaqinroq maydon muxim tarikibiy qismlardan bo’lgan. Bu yerdagi ko’plab sopol pishiruvchi xumdonlarga qarab bu yer hunarmandlar mahallasi deb ataladi. Murakkab tuzilishga ega bo’lgan ikki yarusli xumdonlarda 1000—1200°S da yupqa devorli nafis sopol idishlarini ham pishirish mumkin bo’lgan. Ko’hna shaharning shu qismida toshni qayta ishlash faoliyati bilan bog’liq izlar topilgan.
______________________________________
5 Istoriya Xorezma. S drevneyshix vremen do nashix dney. –T., 1976.
Bu yerdagi turar — joylar kichik uylardan, umumiy oshxona va umumiy xo’jalik xonasidan iborat bo’lib ulardagi topilmalar ham unchalik boy emas. Ochib o’rganilgan qabrlar todilmalari ham unchalik ko’p emas. Bularning barchasi hunarmandlar mahallasi axolisiyaing turmush tarzi unchalik yuqori bo’lmaganligidan dalolat beradi.
Qazishmalar iatijasida topilgan ko’p sonli todilmalar Oltindepa madaniyatini har tomonlama yoritshi uchun muxim axamiyatga egadir. Ushbu topilmalar shaxarsozlik masalalarini yoritish uchun ham qimmatli ma’lumotlar beradi. Topilmalar orasida sopol buyumlar ko’ichilikni tashkil etadi. Nafis va nozik shakllarda shakllangan sopolchilik buyumlarida qandaydir naqshlar yoki bezaklar uchramaydi. Faqatgana dinin marosimlar uchun mo’ljallangan va o’yma naqshlar bilan bezatilgan idishlar bundan mustasno.
Oltindepa ko’xna shaxri hunarmandchiligada metallni qayta ishlash ancha rivojlangan edi. Buyumlarning katta qismi misdan tayyorlangan. SHuningdek, qalay va qo’rg’oshin aralashtirib ishlangan buyumlar ham uchraydi. Undan tashqari, temir pichoq va xanjarlar, irg’itiladigan o’q uchlari va boshqa buyumlar ham topilgan. Metall buyumlar orasida kumush buyum topilmalari ham ko’pchilikni tashkil etadi. Aftidan, aynan kumushdan ishlangan buyumlar shaxarliklarning asosiy boyligi hisoblangan. 6
Tadqiqotlar natijalaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Oltindepaning ichki tuzilishi ham, yuqori darajada rivojlangan madaniyati ham ibtidoiy arxaik munosabatlar darajasidan chiqib ulgurgan edi. Eng qadimgi shaxarlar dastlabki birlashmalar yoki uyushmalarning asosiy qismi hisoblanib ayrim hollarda tadqiqotchilar ularni shahar—davlatlar deb ataydilar. Aynan ilk shaxarlarda dastlabki hokimiyat organlari markazlashib, ma’muriy boshqaruv tizimi shakllanadi.
______________________________________
6 Kabirov J, Sagdullaev A.S. O’rta Osiyo arxeologiyasi.- T., 1990.
Oltindepa aynan mana shunday ilk shaxar ko’rinishini o’zida aks ettiradi. Tadkiqotlar natijalari shuni ko’rsatadiki, yedgorlikda ilk dehqonchilik jamoalari manzilgohlariga qaraganda shaxarning o’ziga xos vazifalari nisbatan aniqroq ko’rinadi. Bu vazifaviy belgilar xunarmandlar maxallasi va diniy inshootda o’z aksini topgan bo’lsa, «oqsuyaklar maxallasi» va ushgag yonidagi qazishmalar ko’hna shaxarning ijtimoiy tabaqalanishi bilan bog’liq bo’lgan shahar hududining tabaqalarga bo’lingayligidan dalolat beradi. Ko’xna shaxarning ushbu tarkibiy belgilari va qazishmalar paytida topilgan turli — tumaya topilmalar Oltindepani atrof dehqonchilik hududlarining hunarmandchilik, qisman savdo va mafkuraviy markaz sifatida izohlashga imkoniyat yaratadi. SHu bilan birga Oltindepaning harbiy yoki himoya vazifasini bajarganligi haqoda ma’lumotlar kam. CHunki ko’xna shaxar darvozalaridagi minora—pilonlar himoya xususiyatidan ko’ra ko’proq savlatli manzara berish uchun qurilgan. Qazishmalar paytida topilgan harbiy qurol — yarog’lar juda kam. Qabrlardan topilib antropologlar tomonidan har tomonlama o’rganilgan suyaklarda harbiy jarohatlar izlari uchramaydi. Fikrimizcha, bu holat aniq tarixiy shart — sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, bu yerda harbiy san’at rivojlanishi past darajada edi. CHunki, Oltindepa o’sha davr Old Osiyoni larzaga keltirgan harbiy yurishlar va qarama — qarshiliklardan chetroqda joylashgan edi. 7
Janubiy Turkmaniston hududlarida Oltindepa ko’xna shaxri madaniyati fanga ma’lum bo’lganidan so’ng Old Osiyoning ko’xna shaharlarida tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bir tomondan Mesopotamiya va ikkinchi tomondan Qadimgi Hind tsivilizatsiyasi Xarappa oralig’ida joylashgan SHarqiy Eron, Afg’oniston va Pokiston hududlarida bronza davri ilk shaxar tsivilizatsiyaning bir butun zonasi mavjud edi. Ushbu zonada bir —biri bilan uzviy savdo va madaniy aloqalar o’rnatilgan bir nechta viloyatlar bo’lib, shulardan birining markazi Janubiy Turkmanistondagi Oltindepa ko’hna shaxri edi.
_________________________________
7 Asqarov A. Eng qadimgi shahar. -T.., 2000.
O’rta Osiyo qadimgi xalqlari iktisodiy va madaniy aloqalarini Oltindepadan ochilagan san’at yodgorliklarida aniq kuzatish mumkin. Mesopotamiya an’analari bilan aloqalar, dastavval, me’morchilikda yaqqol ko’zga tashlanadi. Qurilish uslublaridan tashqari, terrakota haykallari ishlanish uslublari (buqaning oltin boshi) jixatidan ham o’xshashliklarni kuzatishimiz mumkin. Bu o’rinda, Oltindepaning Hind madaniyati bilan aloqalari, ko’p xollarda aniqroq ko’rinadi. Xususan, Oltindepada fil suyagidan ishlangan buyumlar ko’plab uchraydi. Bu buyumlarning turli qatlamlardan topilishi ular o’rtasida uzoq vaqt doimiy aloqalar bo’lganligidan dalolat beradi. Undan tashqari ayrim sopol va metall buyumlarda ham aynan Xarappa madaniyati ta’sirini kuzatish mumkin.
Tadqiqotlar natijalariga ko’ra, bronza davrida Janubiy Turkmaniston jamiyatining ijtimoiy tuzumi ham murakkablashadiki, bu jarayon haqida uy-joylar va ko’mish marosimiga oid yodgorliklar orqali ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishimiz mumkin. Ilk bronza Oltindepa qurilishlari kichik uylardan iborat bo’lib, o’lchamlariga ko’ra bunday uylar kichik oilalarga mo’ljallangan.
O’rta bronza davriga kelib yuqoridagi manzara butunlay o’zgaradi. Ko’pgina topilmalarning ma’lumot berishicha, Oltindepa jamiyatida mulkiy mavqe va umuman, turmush tarzida o’z aksini topgan sezilarli ijtimoiy tabaqalanish bo’lib o’tadi. V.M. Masson shaxar axolisi orasida turli ijtimoiy va mulkiy mavqega ega bo’lgan quyidagi uchta guruxni ajratadi:
1. Ushbu guruh uchun axolining ko’p xonali uylarda joylashuvi xosdir;
2. Bu gurux uchun axolining maxsus xo’jalik xonalari 3 — 5 xonali katta bo’lmagan alohida uylarda joylashishi xosdir;
3. Bu gurux axolisini mukammal rejali qurilishlarda «zodagonlar maxallasi» deb nomlanuvchi manzilgoxlar sohiblari tashkil etgan.
Demak, qazishmalar natijasida aniqlangan yuqoridagi axoli guruxlari Oltindepadagi ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarini aniq aks ettiradi.
Olib borilgan tadqidotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo’lsak, Oltindepa tabaqalarga qarab hududiy bo’linishi, o’ziga xos ichki tuzilishi nuqtai nazaridan - ilk shahar tuzilmasi, atrof qishloq xo’jalik xududi markazi, hunarmandchnlshs markazi, shuningdek, mafkuraviy vazifasi nuqtai nazaridan esa shaxar markazi sifatida izoxlanadi. Tadqiqotlar taxlili shuni ko’rsatadiki, bronza davriga oid Oltindepa - o’troq dehqonchilik jamiyati negizida shakllangan shahar uyushmasi evolyutsiyasini o’zida aks eggiradi. Bu jamiyatdagi qo’lga kiritgan madaniy yutuqlari ham yuqori darajada bo’lib, turli-tuman buyumlardan tashqari ayniqsa, maxobatli me’morchilik (rejali uylar, ibodatxonalar va boshq.) ushbu jarayonlardan dalolat beradi.
Janubiy Turkmaniston bronza davri urbanistik tuzilmasi qadimgi SHarqning ilg’or markazlarida shakllangan maxalliy ilk dehqonchilik tizimlari asosida paydo bo’lib rivojlanadi. Eng muximi, ushbu xududlardan olingan ma’lumotlar ilk dehqonchilikdan murakkab jamiyatga o’tish davri rivojlanish jarayonlari hamda urbanistik taraqfayot haqidagi tasavvurlarimizni ancha boyitadi
O’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab O’zbekistonning janubidagi bronza davriga oid yodgorliklarni keng miqyosda tadqiq etilishi natijasida ushbu hududlarning qadimgi tarixi va madaniyati to’g’risida boy ma’lumotlar olindi. Turli yillarda janubiy O’zbekiston xududlarida ilk, rivojlangan va so’nggi bronza davri ilk dehqonchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi, urbanizatsiya jarayonlari hamda ilk davlatchilik masalalari, madaniy va iqtisodiy aloqalar, hunarmandchilikning taraqqiy etishi masalalari bo’yicha AAsqarov, E.Rtveladze, B.Abdullaev, ASagdullaev, T.SHirinov, U.Raxmonov, E.Sayko, SH. SHaydullaev, I. Masimov kabi olimlar tadqiqot ishlari olib bordilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida bronza davri o’lkamiz janubiy hududlarida bo’lib o’tgan ijtimoiy — iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot masalalari va ayniqsa, ushbu hududlarda ilk shaxarlarning paydo bo’lish asoslari va rivojlanshp bosqichlari, ilk davlatchilikning paydo bo’lishi jarayonlariga ko’plab aniqliklar kiritildi. Ushbu masalalar bo’yicha juda ko’p yangi ma’lumotlar fanga joriy etildi va etilmoqda.8
Do'stlaringiz bilan baham: |