ILOVALAR
1- ilova
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX KAFEDRASI
(F.I.Sh)
O`ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
KURS ISHI
Zamonbobo madaniyati
Ilmiy rahbar: _____________________________________
Urganch – 2022
Mavzu: Zamonbobo madaniyati
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
I-BOB. O’rta Osiyo bronza davri moddiy manbalari va ularning o’rganilishi tarixi
1.1. Bronza davrida O’rta Osiyo hududida kechgan etnik jarayonlar va ularning bronza davri madaniyatlari shakllanishidagi o’rni
1.2. Bronza davridagi hunarmandchiligi
II-BOB. O’rta Osiyoda bronza davri madaniyatlari
2.1. Zamonbobo madaniyati
2.2. Andronovo madaniyati
2.3. Chust madaniyati
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishni eng dolzarb masala sifatida e’tirof etib, bu masalani davlat siyosati darajasiga ko’tardi: «O’zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo’ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o’tdi? Mutaxassislar, balki, tushuntirib berarlar, balki aniq javoblari bordir? Targ’ibot, tashviqot ishlarini olib borayotgan olimlar, balki, allaqachon bir fikrga kelishgandir? Lekin hozircha na matbuotdan, na darsliklardan men mana shu savollarga javob topolmadim»1. Prezidentimiz tomonidan qo’yilayotgan bu masala biz tarixchilar oldiga katta vazifa va mas’uliyat yuklaydi. Darhaqiqat, mustaqilligimizgacha tarixchilar o’zbek davlatchiligi tarixini, ayniqsa uning paydo bo’lish va shakllanish davrlarini o’rganishga yetarlicha e’tibor berishmagan.1
O’rta Osiyoning bronza davri yodgorliklarini davrlashtirish masalasi arxeologiya fanida eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu masalada tadqiqotchilarning fikrlari ham har xil. Uzoq yillar fanda V.M. Massonning Namozgoh va Yoz depe yodgorliklari asosida ishlab chiqilgan xronologik jadvali O’rta Osiyoning bronza davri yodgorliklarining xronologiyasini aniqlashda asosiy «dastur ul amal» sifatida qo’llanib kelindi2. SHu jadval asosida O’rta Osiyoning boshqa bronza davri yodgorliklarining xronologik davri aniqlandi.
Har bir yodgorlik yoki madaniyatning xronologik davrini aniqlashda yodgorlikning ichki stratigrafiyasi asosida ketma-ket madaniy qatlamlardan olingan namunalarni boshqa madaniyat ashyolari bilan taqqoslash tufayli ob’ektning xronologik davri aniqlanadi. Bu arxeologiya amaliyotida keng qo’llanib kelingan eng ishonchli usullardan biri hisoblanadi.
O’rta Osiyoda tabiiy sharoitning hozirgi holatga kelish imkoniyatining huruj hududlari ko’chib, yangi sug’oriladigan dexqonchilik vohalarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Misdan qadimgi mehnat qurollari tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat maxsulotlari yil sayin aholi sonining oshib borishi natijasida aholining iqtisodiy ehtiyojini qondira olmadi. Insoniyat endi misga qaraganda mehnat unumdorligi miqdorini oshiradigan ashyoni izlashgatushdi, uni ixtiro qildi, eritib xilma-xil mehnat qurollari, zeb-ziynat buyumlarining yasashni boshlab yubordilar.Yirik lingvist olimlar T. Gamkriladze va V.Ivanovlar Hind-yevropa xalqlari tarixi va lingvistikasi bilan shug‘ullanib, ularning vatani Old Osiyo degan fikrga kelganlar, aniqroq qilib Van va Urmiya ko‘llari oralig‘ini ko‘rsatadi. Hind-yevropa xalqlarining bir tarmog‘i O‘rta Osiyo, Sharqiy Kaspiy bo‘yi, O‘rol oldi bo‘ylari orqali Yevropaga tarqalgan degan fikrni qo‘llaylilar. So‘nggi yillarda Sharqiy Eron til oilasining O‘rta Osiyo, O‘rol tog‘i etaklari orqali tarqalishi tarixiy ma’lumotlar asosida isbotlanmoqda (Markaziy Eron tekstlarining o‘qilishi).
Oʻrta Osiyoda dehqonchilik madaniyatining paydo boʻlishi eramizdan avalgi 3-2 ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Eramizdan avvalgi 3-ming yillikning ikkinchi yarmi, 2-ming yillikning birinchi yarmida Amudaryoning yuqori qismida aholi punktlari paydo boʻlgan edi. Bu yerlik aholi Badaxshon yoqutini (lazurit) ishlab chiqish va sotish ishlarida ishtirok etardi. Shuningdek ular bilan Hindistondagi Xarappa madaniyati oʻrtasida oʻsha davrdayoq aloqalar mavjud boʻlgan. Eramizdan avvalgi 2-ming yillikda hind-eron (oriylar) qabilalarining Oʻrta Osiyo hududi va unga tutushgan sahrolar orqali janubda Hindiston, janubiy-sharqda Midiya va Fors davlati, sharqda Sharqiy Turkiston sari migrasiyasi yuz bergan.
Dehqonlarning qadimiy maskanlaridan boʻlgan Zarafshon vohasidagi Zamonbobo koʻli yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani).Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar oʻrganilgan. Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri boʻlgan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani) . Qazishmalar davomida bu yerdan xom gʻishtdan qurilgan uy-joylar , sopol buyumlar , bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari , shuningdek , yirik xumlarda saqlangan bugʻdoy va arpa doni topilgan . Panjikentdan uncha uzoq boʻlmagan Sarazm qishlogʻi atrofida eneolit va bronza davriga oid dehqonchilik maskani topilgan boʻlib, uning hududi 90 gektardan ziyodroq maydonni qamrab oladi. Qadimiy dehqonchilik maskanlari Surxondaryoda - Sopollitepa va Jaroʻqtonda ham topilgan. Xorazm hududida topilgan va bronza davriga oid boʻlgan arxeologik yodgorliklar Tozabogʻyobsoy dehqonchilik madaniyati nomini olgan. Koʻkcha, Qavat-3 dehqonchilik maskanlari 2-ming yillikning oʻrtalarida vujudga kelgan. Bu yerda qadimiy kanallar mavjud boʻlgani aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida Xorazmda sunʼiy sugʻorish texnikasi rivoj topishi asnosida Amirobod madaniyati shakllangan. Shu tariqa Fargʻona vodiysi aholisi ham asta-sekinlik bilan oʻtroq turmush tarziga oʻtib, dehqonchilik bilan shugʻullana boshlaydi. Xususan, eramizdan avvalgi 2-ming yillikning yakuni va 1-ming yillikning boshida Fargʻona vodiysida Chust dehqonchilik madaniyati paydo boʻlgan. 1-ming yillikning boshlarida Samarqand, Marv, Yerqoʻrgʻon, Axsikent, Xiva kabi shaharlar vujudga keladi. Shuningdek, ushbu davrda zardushtiylikning Avesto kitobi va qahramonlik eposlari paydo boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |