Ilovalar 1- ilova O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix kafedrasi


Bronza davrida O’rta Osiyo hududida kechgan etnik jarayonlar va ularning bronza davri madaniyatlari shakllanishidagi o’rni



Download 65,59 Kb.
bet3/10
Sana11.07.2022
Hajmi65,59 Kb.
#776611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zamonbobo madaniyati

1.1.Bronza davrida O’rta Osiyo hududida kechgan etnik jarayonlar va ularning bronza davri madaniyatlari shakllanishidagi o’rni.
Qon-qarindoshlikka asoslangan jamoada barcha mahsulot umumjamoa mulki hisoblanib, o’zaro ko’mak bosh rolni bajargan. Jamoaning bu yashash tarzi ular orasida mehnat taqsimotining paydo bo’lishiga olib kelmaydi. Mahsulotlarning jamoa a’zolari o’rtasida teng bo’linishi jamoa taraqqiyotining yanada rivojlanishiga yo’l bermaydi.
Oila jamoasi. U urug’ jamoasidan ajralib chiqqan bo’lib, erkin xo’jalik yurituvchi hisoblanadi. Lekin bu jamoa o’z holicha yashay olmaydi. Bu bosqichda ona jamoada o’z mavqeini saqlab qoladi. Mulk hali ijtimoiy xarakterda bo’ladi. Bular davr nuqtai nazaridan O’rta Osiyoning dehqonchilik mintaqalarida neolit va eneolit davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda ayollar o’z taqdirini boshqa urug’dan bo’lgan erkaklarning biri bilan bog’laydi. SHunga qaramay, bolalar oldida otaga nisbatan tog’aning nufuzi hali yuqori bo’lgan. Ona urug’i doirasida oila tarkib topa boshlaydi, ya’ni ayollar farzandlarini, bolalarining otasini o’z urug’i jamoasi uchun foydali mehnat bilan mashg’ul bo’lishini talab qiladi. Natijada, guruhli nikoh qoidalari parchalanib, ayollar tashabbusi bilan shakllana boshlagan oila kulbalari tarkib topadi. Etnografik manbalarda ko’plab kuzatilganidek, ichkuyovlik (erkaklarning ayol jamoasida yashay boshlashi) nikoh tartibi vujudga keladi. Biroq ichkuyov ayol jamoasining teng huquqli a’zosi bo’la olmaydi. U o’z «jazmani» va undan orttirgan farzandlari tufayli ayol jamoasida yashashga va ayol jamoasi manfaati uchun mehnat qilishga majbur bo’ladi. Dastlab jamoa oilalari bir xonali kulbalarda yashaydi. Bu manzara neolit davrining Jaytun jamoasi va Nomozgoh I davri jamoalari yodgorliklarida kuzatiladi. Bu davrda hali ichkuyovlik nikoh tartibi tarkib topmagan, erkaklar o’z jamoasiga vaqti-vaqti bilan qaytib kelib yordam berib turadi. Oila iplari mustahkamlana boshlaydi, erkaklar o’z jufti haloli xonadoniga ko’chib o’tib, to’la ma’noda er vazifasini bajara boshlaydi. Aynan shu davrdan boshlab dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’liq bo’lgan mehnat munosabatlari mustahkamlanib, oilalarning jamoa mulkiga qo’shadigan hissasi orta boshlaydi.
Jamoalar ibtidoiy jamoa tuzumi so’nggida paydo bo’lgan ishlab chiqarish xo’jaligidan iborat bo’lib, o’ziga xos boshqaruv usullariga ega bo’lgan. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish, tartibni va jamoa a’zolari tinchligini saqlash, qo’shni jamoalar bilan aloqa qilish kabilar jamoa hayotining asosini tashkil etgan.
Jamoalarni boshqarish usullarini, ayniqsa qishloq jamoasini boshqarishni bir qolipga solib bo’lmaydi. Bunda shu qishloqning ishlab chiqarish usuli nimaga asoslanganligiga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Jamoa a’zolarini jipslashtirib turgan din birligiga va din namoyandalarining yoki boshqa bir qatlam - harbiylarning (qurolli kishilar guruhi) jamoada tutgan o’rnini hisobga olish lozim bo’ladi.
Jamoalarning rivojlanishi shuni ko’rsatmoqdaki, ilk davlat belgilari turli bosqichlarda paydo bo’lgan. Ibtidoiy jamoa zaminida boshqaruv usulining takomillashib borishi, savdo va tovar ayriboshlash usullarining rivojlanishi jamoalar ittifoqining davlatchilikka bo’lgan ehtiyojini yanada oshirgan.
Ilk sinfiy munosabatlarning paydo bo’lishi masalasi tarix fanida juda ko’p tortushuvlarga sabab bo’lgan. Yu.V. Pavlenkoning so’nggi asari ushbu mavzuda qilingan so’nggi ishlardan biri hisoblanadi. U ilk sinfiy jamiyatning paydo bo’lishi borasida K. Marks va F. Engel’sning ishlari, Sovet tarixchilarining 1930-1980 yillardagi, Angliya va Amerika arxeologlari va etnograflarining ilk davlatlar va tsivilizatsiyalarning paydo bo’lishi xususidagi ishlari to’g’risida alohida to’xtalgan. SHu bois mana shu masala bo’yicha faqat O’rta Osiyoda bajarilgan ishlarni ilmiy tahlil etishga va ilk sinfiy jamiyatning arxeologik belgilarini ishlab chiqishga harakat qilamiz. 3
______________________________________
3 Drevneyshie gosudarstva Kavkaza i Sredney Azii. Arxeologiya SSSR. M.., 1985.
Yu.V. Pavlenko ilk sinfiy munosabatlar, ilk davlatchilik, ilk shaharlar va ilk tsivilizatsiya terminlari sinonim so’zlar ekanligini ta’kidlaydi va bular jamiyat taraqqiyoti jarayonida bir - birini to’ldirib boradi deb hisoblaydi . U ilk sinfiy jamiyatning arxeologik belgilari- ko’rinishlari borasida V.M. Masson ishlab chiqqan arxeologik sxemani tahsinga sazovor deb hisoblaydi. Bu sxema Old Osiyo, Yaqin SHarq va Kolumb davrigacha bo’lgan Amerikadagi qadimgi dehqonchilik jamoalari arxeologik manbalari asosida tuzilgan . Sxemaning asosi qilib, ekspluatatorlik munosabatlarining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan barcha arxeologik belgilar hisobga olingan. Bunda aholi sonining o’sishi va shunga monand yodgorliklarning hududiy kengayishi, hunarmandchilikning rivojlanishi va uni tashkil etish masalalari, uning markazlashuv jarayonlari, dehqonchilikning agrotexnik takomillashuvi (kanallar), ko’chmanchi - chorvachilik, aholining ijtimoiy tabaqalanish jarayonining o’sishi (boy va kambag’al tabaqalarga oid uylar va qabrlar, harbiy sarkardalar va harbiylar qabrlari), mudofaalangan ilk shaharlarning paydo bo’lishi, yozuv, yo’llar va savdoning rivojlanish jarayonlari hisobga olingan.
V.M. Masson tomonidan ishlab chiqilgan bu sxemani bronza davriga oid rivojlangan dehqonchilik madaniyatiga asoslangan Qadimgi SHarq jamoalari uchun, ularda sinfiy munosabatlarning paydo bo’lishini o’rganish uchun qo’llash juda ham o’rinli. Lekin, O’zbekiston hududi bronza yoki ilk temir davrlari uchun bu sxemani to’liq qo’llab bo’lmaydi. Negaki, O’zbekistonning shimoliy mintaqalarida ko’chmanchi chorvador madaniyatlar istoqomat qilgan bo’lsa, janubiy viloyatlarda ilk shahar madaniyatiga asos solingan. CHunonchi, Tozabog’yob yoki Burgali madaniyatlarida yodgorliklar ierarxiyasi yoki rivojlangan hunarmandchilik hali shakllanmagan. SHuningdek, Baqtriya, So’g’diyona yoki Xorazmning ilk temir davriga oid qabrlari arxeologiyada hozirgi kungacha noma’lum bo’lib qolmoqda.
Fikrimizcha, V.M. Masson taklif etayotgan sxemadan voz kechish emas, balki O’zbekiston hududida ilk sinfiy munosabatlarning paydo bo’lishini o’rganish uchun uni moslashtirish, takomillashtirish lozim deb o’ylaymiz. Buning uchun V.M. Masson taklif etayotgan arxeologik belgilarni birinchi va ikkinchi darajali belgilarga ajratish lozim. SHuni ta’kidlash lozimki, ko’rsatib o’tilgan mana shu to’rtta arxeologik belgidan birontasi aniqlanmasa, iqtisodiy jihatdan dehqonchilikka asoslangan madaniyatni ilk sinfiy jamiyat sirasiga kiritib bo’lmaydi. Ammo o’rganilayotgan madaniyat aholisi ijtimoiy guruhlarga ajralgan bo’lishi tabiiy hol hisoblanadi.
Ilk davlatlar shakllanayotganda uning shart-sharoitlari, iqtisodiy va ijtimoiy omillari yetilgan bo’lishi zarur. So’nggi bronza davrida O’zbekistonning janubiy viloyatlarida xuddi shunday omillar mavjud edi.
Davlatchilikning shakllanishidagi eng asosiy omillardan biri, qulay tabiiy geografik muhitdir. Tabiiy geografik muhitning qulayligi dehqonchilikda yuqori hosil olish garovi hisoblanadi. Yuqori hosil esa ehtiyojdan ortiqcha mahsulot yetishtirish uchun yo’l ochadi. Qadimgi SHarq tsivilizatsiyalari joylashgan hududlarning barchasi tabiiy geografik muhitning qulayligi bilan xarakterlanadi3.
Qadimgi SHarq tsivilizatsiyasi o’choqlaridan biri bo’lgan Janubiy O’zbekiston dehqonchilikka eng qulay hududlardan biri hisoblanadi. Asosiy dehqonchilik kichik daryo o’zanlarida amalga oshirilgan. SHunday daryolardan biri SHerobod daryosi tog’liklardan vohaga o’tganda, ayniqsa Amudaryoga quyilish yerlariga yaqinlashganda o’nlab o’zanlarga ajralib ketganligini uning quruq o’zanlari tasdiqlaydi. Aynan mana shu o’zanlar bo’ylarida bronza davri yodgorliklari joylashgan. SHerobod vohasi tabiiy sharoitining yana bir xarakterli tomoni shundaki, quyosh o’z nurlarini eng avval Ko’hitangtoqqa taratadi. Bahor, yoz va kuz oylarining dastlabki kunlarida quyosh issig’idan tashqari Ko’hitangtog’dan ham issiq havo oqimi - tafti vohaga ufurib turadi. Tun yarmigacha havoning tafti qaytmaydi. 4

Download 65,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish