Ilovalar 1- ilova O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 65,59 Kb.
bet7/10
Sana11.07.2022
Hajmi65,59 Kb.
#776611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Zamonbobo madaniyati

2.1.Zamonbobo madaniyati
Zarafshonning quyi oqimida Zamonbobo madaniyati shakllanadi. Zamonbobo manzilgohi mil. av. III ming yillik oxiri - II ming yillik birinchi yarmiga oid. Bu yerdan yarim yertoʼla va chayla-uy qoldiqlari ochib oʼrganilgan. Uylar loysuvoq qilingan. Zamonboboliklar sodda dehqonchilik, chorvachilik shu bilan birgalikda ovchilik va baliqchilik bilan ham shugʼullanganlar. Sopol idishlar va xumdonlarning qoldiqlari ham topib tekshirilgan. Kulolchiligida Kaltaminor madaniyati taʼsiri mavjud.
Zarafshon daryosining quyi havzasida topilgan motiga dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʼullangan qabilalarning yodgorligi hisoblanadi. U yerda 1950–1960 yillarda Ya.Gʼ.Gʼulomov boshliq Mohondaryo otryadi tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular quyi Zarafshon xududidan ikki xil madaniyat izlarini topishdi. Biri Zamonbobo madaniyati boʼlsa, ikkinchisi Аndronova madaniyati izlari hisoblanadi.
Zamonbobo madaniyati mahalliy tub aholining janubdagi oʼtroq dehqon jamoalari taʼsirida shakllangan bronza davri madaniyati boʼlib, uning xoʼjalik asosini xonaki chorvachilik va motiga dehqonchiligi tashkil etgan. Аndronova madaniyati tipi esa Аmudaryo delьtasida tashkil topgan Tozabogʼyob madaniyati taʼsirida shakllangan.
Zamonbobo madaniyatiga tegishli birinchi yodgorlik –qabristonni 1950 yilda Ya.Gʼ.Gʼulomov topdi. U Buxoro viloyati Qorakoʼl tumanining choʼl zonasida joylashgan Zamonbobo koʼli yoqasida edi. Qabristonda 1951–1952 yillarda qazishma ishlari olib borilib, bronza davriga oid 40ga yaqin qabr ochildi. 1960 yildan qabristonda А.Аsqarov tadqiqot ishi olib borib yana 6 ta mozorni ochdi.
Mozorlar tuzilishi jihatidan katakomba (laxat) shaklida boʼlib, koʼp xollarda usti shamol taʼsirida ochilib qolgan. Zamonbobo qabristonidan yaproqsimon shaklda ishlangan tosh paykonlar, osti yassi va tuxumsimon boʼlgan sopol idishlar, bronzadan ishlangan sopol kurakchalar, halqasimon bilakuzuklar, qimmatbaho toshlardan yasalgan juda koʼp munchoqlar, jez oyna, igna, bigiz, terrakota haykalchalar, boshqa madaniyatlarga oid sopol buyumlari va boshqa narsalar topilgan.
1961 yili А.Аsqarov Zamonbobo qabristonidan uncha uzoq boʼlmagan joydan, Zarafshonning qadimgi oʼzani Gurdush–Gujayli sohilidan shu madaniyatga tegishli qishloq topdi. U yerda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida zamonboboliklarning xoʼjaligi va turmushiga doir yangi materiallar toʼplandi. U yerdan yertoʼla tipidagi kulba xarobasi, bir nechta yengil chayla oʼrni, ikki yarusli xumdon xarobasi va koʼtarma devor qoldiqlari topib oʼrganildi. Yertoʼla maydoni 200 kv.mga yaqin
Sarazm yodgorligida olib borilgan qazish ishlari natijasida ushbu madaniyat taraqqiyotining toʼrtta bosqichi aniqlangan. Ulardan dastlabki ikki bosqichi eneolit davriga,qolgan ikki bosqichi esa bronza davriga oiddir.
Yodgorlikning umumiy aydoni 90 ga. dan iborat. Sarazm bosqichining quyi qatlamidan aholi uy-joy massivlari bilan birgalikda toshdan aylana shaklda terilgan 10 metr diametrdagi oʼziga xos dafn etish inshooti ochilgan. Undan bukilgan holda qoʼyilgan murda suyaklari joylashgan qabr ochilgan boʼlib, boʼyoq izlari mavjud. Bu holat Oʼrta Osiyoning janubiy hududlaridagi eneolit davri dehqonchilik madaniyatlari uchun xos emas. Toshlardan aylana shaklda qurilgan bunday inshootlar Janubiy Sibir, Moʼgʼiliston, Sharqiy Turkiston va qozoqiston hududlarida tarqalib, sinxiron rivojlangan Аfanasьev madaniyati sohiblari uchun xos boʼlib, keyingi paytlarda ushbu madaniyatga xos bosh chanoqlar Oʼrta Osiyo hududlaridan ham topilgan. Demak, qadimgi soʼgʼdliklar madaniyati taraqqiyotining ilk bosqichlarida shimoldagi koʼchmanchilar hamda janubdagi dehqonchilik madaniyatlari doimiy toʼqnashgan joy boʼlgan.
Sarazmning ikkinchi bosqichiga kelib meʼmorichilik, kulolchilik va metallarga ishlov berishning yuksalishi kuzatiladi. Bu bosqichda uy-joy, xoʼjalik va ibodat qiladigan xonalardan tashkil topgan koʼp xonali imoratlar majmuasi paydo boʼlib, ular alohida hovlilardan tashkil topgan va kichik koʼchalar bilan ajratilgan. Ularning ayrimlarida aylana shakldagi oʼchoqlar joylashgan toptanish xonalari ajralib turadi. Kata patriarxal oila aʼzolari ibodat qilishlari uchun moʼljallangan bunday xonalardan devoriy suratlarning izlari aniqlangan. Uy-joy imoratlari paxsa va shuningdek, toʼgʼri toʼrt burchak gʼishtlardan barpo qilingan. Bu davrga oid rangdor sopol buyumlar aniqlangan boʼlib, ular Janubiy Toʼrkmanistondagi Geoksyur sopollariga oʼxshash.
Sarazmning uchinchi bosqichida meʼmorchilik xususiyatlari, qurilish usullari va texnikasiga koʼra oʼzidan oldingi davr anʼanalarini davom ettirish bilan birgalikda oʼziga xos yangi imorat majmuasi bilan boyiydi. Bu davrda xom gʼishtdan barpo qilingan tomonlari 15x15 metrdan iborat oʼn ikki xonali imorat majmuasi paydo boʼladi.Bu majmua xonalaridantashkil xom gʼishtdan qurilgan manulintal qurilgan manulintal qurilish koʼrinishdagi ibodatxonaga kompleksi barpo etildi. Manzilgoh oʼzining yuksak tariqqiyotiga soʼnggi bosqichiga chiqadi. yIrik hajmdagi koʼpxonali uy-joy massivlari Sarazimliklarning dala va bogʼlari oʼrtasida joylashgan boʼlib, maʼlum joyda toʼplangan anglomeratsiya koʼrinishiga ega Sarazimliklar ekinlari sugʼorishda Zarafshon daryosining irmoqlaridan biridan foydalanishga Sarazim xorabalaridan topib oʼrganilgan sopol buyumlari Geoksyurniki singari boy geometirik naqshlari bilan bezatilgan, shuningdek odamlar va hayvonlar tasviri ham mavjud. Bu davr uchun xos boʼlgan tosh qurollar ham mavjud ular giri, kolonetki, navershiya boʼlob. Meʼmoryailik komplekslarida aylana yoki kvadrat shakldagi otashkalar joylashgan topinish xonalari ajralib turadi. 9
_____________________________________
9 Drevneyshie gosudarstva Kavkaza i Sredney Azii. Arxeologiya SSSR. M.., 1985.

Download 65,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish