Key words:
students, innovation, activity, approach, efficiency, necessity, need, demand,
suggestion.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish
sohalarining tez sur’atlarda jadallik bilan rivojlanishi ta’lim tizimi xodimlaridan ta’lim-tarbiya sifatini
mazmun jihatidan yangi bosqichga ko`tarish, bunda innovatsion texnologiyalardan samarali
foydalanishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa, o`qituvchilar zimmasiga yanada yuksak
mas’uliyat va vazifalarni yuklaydi.
T.I.Shamovaning tadqiqotlarida oliy ta’lim muassasalarida o`quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga
yo`naltirilgan ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan talablar shakllantirilgan. Ular fanning nazariy
(mazmunli) blokini talabalarning asosiy fikriy va amaliy harakatlaridan tarkib toptirishi zarur;
faollashtirish vositalari bilimlarni o`zlashtirish va faoliyat usullari algoritmining faolligiga yo`naltirilishi
kerak; faollashtirish vositalarini tanlash ta’limning tarkibiy qismlariga ta’sir etgani holda bilishning har
bir bosqichi aniq maqsad asosida amalga oshirilishi uchun imkoniyat yaratishi lozim
1
.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “o`quv-bilish faoliyatini rivojlantirish” tushunchasini
ham ta’riflash mumkin. Bizning firimizga ko`ra, o`quv-bilish faoliyatini rivojlantirish – belgilangan
mezonlarga muvofiq, talabalarning past darajadagi bilim, ko`nikma va malakalarining o`rta va yuqori
darajalarga o`sib o`tishini ifodalovchi jarayon sanaladi. O`quv-bilish faoliyatining o`ziga xosligi uning
o`quvchilar tomonidan ular uchun yangi bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishga,
obyektiv borliqni anglashga yo`naltirilganligi bilan belgilanadi. Biroq bilimlarni o`zlashtirishning
xarakteri turlicha bo`lishi mumkin. Bizning nazarimizda, aynan mana shu o`quv-bilish faoliyatining turli
ko`rinishlari predmetini farqlab beradi. Har bir o`quv predmetini o`rganishda quyidagi jihatlar ko`zga
tashlanadi:
1) axborotli jihati – axborotni o`zlashtirish;
2) shaxsiy jihati – faoliyat usullarini egallash.
O`quv mashg`ulotlarida talabalarning o`quv-bilish faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
kuzatish, tajriba, kitoblar, politexnik lug`atlar, ma’lumotnomalar bilan ishlash, bilimlarni tizimlashtirish
va boshqalar. Ular bir-biri bilan o`zaro bog`langan. Umumiy o`rta ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga
innovatsiyalarni tatbiq etish o`qituvchilarning innovatsion faoliyatidan boshlanadi. Chunki o`qituvchi
ta’lim va tarbiya jarayonining yetakchisi, tashkilotchisi bo`lib, uning innovatsion madaniyati,
tashabbuskorligi, ijodiy faolligi, kreativ fikrlashi, novatorlikka bo`lgan intilishi ta’lim tizimini
rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. “Innovatsiya” so`zi lotin tilidagi “inovatis” (in –
ichiga, novus – yangi, yangilik) so`zidan olingan bo`lib, tarjima qilganda “yangilik kiritish, ijobiy
1
Шамова Т.И. Активизация учения школьников. – М.: Педагогика, 1982. С. 122
94
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
o`zgarish, yangilanish” degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsiyalar ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan,
biron-bir sohada aniq maqsadga qaratilgan hamda amaliy tatbiq etishga yo`naltirilgan yuqori
samaradorlikka ega yangilik hisoblanadi. Pedagogik innovatsiya deyilganda, samarali natijaga erishish
maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangiliklar, ijobiy o`zgarishlar kiritish tushuniladi. Pedagogik
innovatsiyalar ta’lim amaliyotida hamda olim va pedagoglarning ijodiy faoliyati natijasida vujudga
keladi.
O`zbekiston sharoitida innovatsiyalarni o`rganish, uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ta’lim tizimini
isloh qilish masalalari bilan bog`liq ravishda tayyor axborotlarni berishga asoslangan an’anaviy o`qitish
turidan, talabalarning izlanishga, ma’lumotlarni o`zlari izlab topishga o`rgatadigan ta’lim tizimiga o`tish
yo`lidagi harakatlari bilan asoslanadi. Shunga ko`ra, yangi bilimlarga: yangilik, innovatsiya, innovatsion
jarayonlar kabi tushunchalar mohiyatini anglashga ehtiyoj kuchayadi.
“Yangilik kiritish” (innovatsiya) tushunchasi yangiliklarda ham, ushbu yangilikni amaliyotga tatbiq
etish jarayoni sifatida ham tushuniladi.
O`zbekistonlik olimlardan N.Saidahmedov, N.Azizxo`jayeva, Sh.Shodmonov, G.Baubekova,
G.Xalikova va boshqalar pedagogik yangilanishlarga ilg`or tajribaning xususiy shakli tarzida qaraydi
1
.
Ularni radikal yangiliklar bilan tenglashtirib, quyidagilar bilan bog`lab tushuntiradi: dolzarb
muammoning yangi yechimi, ulardan foydalanish yangi sifat o`zgarishlariga olib keladi, ularni qo`llash
tizimdagi boshqa komponentlarni ham sifat jihatidan o`zgartiradi. Bunda yangilanishlar tizimning bir
sifatli holatdan ikkinchi holatga o`tishi tarzida tushuniladi. Yangilik muayyan ta’lim tizimi ichida mavjud
bo`lib, yangilanish asosida yuzaga keladi. Shu tarzda yangilanishni yangilik yaratish, qo`llash va
o`zlashtirish hisobiga ta’lim rivojlanishi jarayoni sifatida tushunish mumkin. Yangilanish ta’lim
jarayonining qaysi bo`lagiga o`zgartirish kiritishni aniqlashdan boshlanadi. Pedagogik yangilanish
predmeti yangilanish jarayoni samaradorligi va ularni aniqlovchi omillar orasidagi bog`liqlik,
shuningdek, o`zgarishlar samaradorligini oshirish maqsadida shu omillarga ta’sir etish usullaridan
iborat.
Innovatsion jarayonlar quyidagi bosqichlarga ajraladi:
1. Yangi g`oyalarning tug`ilishi va yangilanish konsepsiyasining paydo bo`lish bosqichi. Bu shartli
ravishda fundamental va amaliy izlanishlar natijasi tarzida yangilik yaratish deyiladi.
2. Yaratish bosqichi. Muayyan obyektda amalga oshirilgan yangilik – moddiy yoki ma’naviy narsa-
namuna.
3. Yangilik kiritish bosqichi. Yaratilgan yangilik amaliyotga tatbiq etiladi, qayta ishlanadi. Bu
bosqich kiritilgan yangilikdan yuqori samaraga erishish bilan yakunlanadi. So`ng yangilikning mustaqil
harakatlanishi boshlanadi. Yangiliklar qo`llanilish jarayonida yanada boshqa bosqichlarga ajraladi.
4. Yangiliklarni hayotga tatbiq etish bosqichi. Yangiliklarni boshqa sohalarga ham keng qo`llashda
namoyon bo`ladi.
5. Muayyan sohada yangilikning turg`un xizmat qilish bosqichi. Yangilikni qo`llash davomida u
o`zining yangilik xususiyatini yo`qotib boradi. Mazkur bosqich yangilik o`rniga undan ham samarali
yangiliklarni tatbiq etish bilan yakunlanadi. Bir yangilik o`rnini undan ham samaraliroq bo`lgan boshqasi
egallaydi.
6. Yangiliklarni boshqa yangilik bilan almashtirish maqsadida yangiliklar ko`lamini qisqartirish
bosqichi.
Ta’lim sohasidagi innovatsiya ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, usul va shakllari, pedagogik
jarayonni tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi.
Innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Funksional imkoniyatlariga qarab, barcha pedagogik innovatsiyalar: yangiliklar samarali ta’lim
jarayonini ta’minlaydigan shartlar (ta’limning yangi mazmuni, innovatsion ta’lim muhitlari, ijtimoiy-
1
Farberman L. Ilg‘or pedagogic texnologiyalar. – Т.: 2000., Шодмонов Ш., Баубекова Г., Халикова Г. Инновационные методы обучения в
экономическом образовании. – Т.: “Фан”, 2003
95
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
madaniy sharoitlar); yangilik – pedagogik vosita, texnologik ta’lim loyihalari va hokazo; tashkiliy
boshqaruvga oid yangiliklar (ta’limning sifatli xizmat qilishini ta’minlaydigan yechimlar).
2. Innovatsiyalarni amalga oshirish va tatbiq etish sohasiga qarab: ta’lim mazmunida; o`qitish
texnologiyalari, ta’lim tizimining tarbiyaviy sohasida; pedagogik jarayon qatnashchilari o`zaro ta’siri
tizimida, pedagogik vositalar tizimida.
Tizimli innovatsiyalar – bu muayyan muammo doirasidan kelib chiqadigan, aniq maqsad,
vazifalarga ega innovatsiyalardir. Bular o`qituvchi va talabalar qiziqishlari asosida tuzilib, uzviylik
xarakteriga ega bo`ladi. Bunday innovatsiyalar puxta tayyorlanib, ekspertlardan o`tadi va zarur
vositalar bilan ta’minlanadi (kadrlar, moddiy, ilmiy-metodik ta’minot)
1
.
Ma’lumki, pedagogik innovatsiya faoliyatining subyekti o`qituvchi va uning shaxsiy imkoniyati
hisoblanadi. Bunda o`qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak
ahamiyatga ega bo`ladi. Innovatsion jarayonning mohiyati o`qituvchi va talabalarning birgalikdagi
faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog talabalarga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni
yengishga yordam beradi. Pedagogik yordamning asosiy mohiyati innovatsion uslubning tavsifi, uning
maqsadga yo`naltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan
vazifalar bilan ifodalanadi.
Talabalarning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning subyekti sifatida quyidagilarni o`z ichiga
oladi: o`qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o`quv-tarbiya jarayonining
maqsadi, vazifasi va ko`rsatmalarni anglay bilish; intellektual mehnatning yangi turlarini egallash;
maqsadga muvofiq kasbiy o`z-o`zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinchiliklarni a’lo darajada
yenga bilish, o`sish va mustahkam o`rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy
imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o`zining ijtimoiy roli funksiyasini bajarishda faol munosabatda
bo`lish va hokazo.
Talabalarning innovatsion faoliyatini yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat sifatida baholash
mumkin. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o`zini yangilik yaratish jarayoniga
baxshida qilishi, u tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar yig`indisini anglatadi. Aksiologiya
insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi. O`qituvchining
innovatsion faoliyati tuzilmasi kreativlik va refleksiya komponentlaridan iborat. O`qituvchi innovatsion
faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir. Kreativlik individning yangi tushuncha yaratishi va yangi
ko`nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
O`qituvchi innovatsion faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlari mavjud:
– birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyalar ko`chiriladi;
– ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar
kiritiladi.
– uchinchi bosqichda g`oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to`la ishlab chiqiladi;
– to`rtinchi bosqichda o`qitish va tarbiyalanishning betakror konsepsiyasi va metodikasi
yaratiladi.
O`qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu refleksiyadir.
Refleksiya o`qituvchining o`z ongi va faoliyatini belgilashi hamda tahlil qila olishidir. Refleksiya (lotincha
“reflexio” – “ortga qaytish”) subyektning o`z (ichki) psixik tuyg`u va holatlarini bilish jarayonidir.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o`qituvchining
ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. U ochiqlikni, boshqalar fikrining tan
olinishini bildiradi. O`qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to`qnashuvi va o`zaro
boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko`zda tutadi.
O`qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga
bog`liq. Unga o`qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg`araz munosabat, turli
holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o`qituvchi
1
Erkaboyeva N. Yangilangan fikrlarning mohiyati va uning ustuvor yo‘nalishlari. // Xalq ta’limi, 2005-yil, 6-son, 19-20-betlar.
96
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
o`z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo`ladi. O`qituvchi
faoliyatida o`z-o`zini faollashtirish, o`z ijodkorligi, o`z-o`zini bilish va yaratuvchilik kabi mavzu (motiv)lar
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o`qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini
beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug`dirishdir. Muloqotning yangi
vaziyati – bu o`qituvchining o`z mustaqillik mavqeyini, o`ziga bo`lgan yangi munosabatni yarata olish
qobiliyatidir. O`qituvchi o`z nuqtayi nazarlariga o`ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy
shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o`qituvchining fikrlash usullari,
aqliy madaniyati o`zgarib boradi, hissiy tuyg`ulari rivojlanadi. Keyingi sharti – bu o`qituvchining
madaniyat va muloqotga shayligi. O`qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o`zgartirishga, uning
muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir. O`qituvchi va talaba o`rtasidagi muloqot
namunasining o`zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, an’analarda
bo`lganidek, qistovlar, hukmga bo`ysunish kabi unsurlardan xoli bo`lishi lozim. Ular tenglarning
hamkorligi, o`zaro boshqarilishi, o`zaro yordam shaklida qurilgan bo`lishi darkor. Ular
munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o`qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
O`qituvchining innovatsion faoliyati quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
– kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
– me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
– kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
– dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo`lish;
– o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish, o`z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda
mujassam qilish.
Demak, o`qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab
chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ`ibotchisi sifatida namoyon bo`ladi. Hozirgi jamiyat,
madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o`qituvchining innovatsiya faoliyatiga bo`lgan zaruriyati
quyidagilar bilan o`lchanadi:
– ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o`quv jarayoni texnologiyasining
tubdan yangilanishini talab qiladi. Bunday sharoitda o`qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik
yangiliklarni yaratish, o`zlashtirish va foydalanishdan iborat bo`ladi;
– ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o`qitishning yangi tashkiliy shakllarini,
zamonaviy texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
– pedagogik yangilikni o`zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o`qituvchining munosabati,
xarakteri o`zgarishi.
O`qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi
muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga – yangilik, maqbullik, yuqori
natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo`llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik me’yoriy
pedagogik yangilik me’yori sifatida o`zida taklif qilinadigan yangilikni, yangilik darajasi mohiyatini aks
ettiradi. Maqbullik me’yori o`qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va
vositalarini bildiradi. Natijalilik o`qituvchi faoliyatidagi muayyan me’yoriy muhim ijobiy natijalarni
bildiradi.
Pedagogik yangilik me’yori o`z mohiyatiga ko`ra ommaviy tajribalar mulki bo`lib qolishi lozim.
Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o`qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda –
sinalgandan va obyektiv baho olgandan so`ng, pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya
etiladi.
O`qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlari quyidagilardan
iborat:
– mo`ljallangan yangilikni yalpi va alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
– kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning afzalliklari va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni
aniqlash;
97
TDPU ILMIY AXBOROTLARI
PEDAGOGIKA
2019/3(20)
– yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, eng
ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
– yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
– yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish va h.k.
O`qituvchining innovatsion faoliyati o`z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish,
kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va
tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligida pedagog shaxsiyati va uning innovatsion faoliyatga xos
bo`lgan qobiliyatlarining quyidagi asosiy xususiyatlari belgilab berilgan:
– shaxsning ijodiy-motivatsion yo`nalganligi. Bu – qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga
intilish; peshqadamlikka intilish; o`z kamolotiga intilish va boshqalar;
– kreativlik. Bu – xayolot (fantastika), faraz; qoliplardan xoli bo`lish, tavakkal qilish, tanqidiy
fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o`zicha mushohada yuritish, refleksiya;
– kasbiy faoliyatni baholash. Bu – ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash; pedagogik tadqiqot
metodlarini egallash; mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish, ziddiyatni ijodiy bartaraf
qilish; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o`zaro yordam berish qobiliyatlari va boshqalar;
– o`qituvchining individual qobiliyati. Bu – ijodiy faoliyat sur’ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish
qobiliyati; qat’iyatlilik, o`ziga ishonch; mas’uliyatlilik, halollik, haqiqatgo`ylik, o`zini tuta bilish va
boshqalar. Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o`qituvchining quyidagi innovatsion faoliyatga hozirligi
me’yorlarini belgilashga imkon beradi:
– innovatsion faoliyatga bo`lgan zaruriyatni anglash;
– ijodiy faoliyatga jalb qilinishga shaylik;
– shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
– ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;
– innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
– innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta’siri;
– kasbiy refleksiyaga bo`lgan qobiliyat.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni
amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o`rganish oliy ta’lim,
kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va maktablarda o`quv jarayonini zamonaviy pedagogik
texnologiyalar hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish
imkonini beradi
1
.
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, oliy ta’lim, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va maktabdagi
ta’lim innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o`qituvchilarning kasbiy
imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari
xususiyatlari bilan belgilanadi.Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o`qituvchi shaxsidir.
O`qituvchi novator, sermahsul ijodiy shaxs bo`lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg`ullikni
sevuvchi, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o`ch bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |