MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI DASTURLARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
Dilshodbekov Sh.D.
– Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Mazkur maqolada “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rganishda
foydalanish mumkin bo`lgan dasturlarni saralash mezonlari berilgan va saralangan dasturlar
“Chizmachilik” fanining bo`limlari xususiyatidan kelib chiqqan holda tasniflangan.
1
Аzizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Т.: 2006. – 62-70-betlar.
98
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Kalit so`zlar:
grafik dasturlar, CAD, CAM, CAE tizimlari, 2D, 3D, elektron chizma.
ПРОГРАММЫ ИНЖЕНЕРНОЙ КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАФИКИ И ИХ КЛАССИФИКAЦИЯ
Дильшодбеков Ш.Д.
– базовый докторант Ташкентского государственного педагогического
университета
Аннотaция.
В данной статье приводятся критерии отбора программ для обучения
предмету “Инженерная компьютерная графика”, проведена классификaция отобранных
программ с учетом особенностей разделов предмета «Черчение».
Ключевые слова:
графические программы, CAD, CAM, CAE системы, 2D, 3D, электронный
чертеж.
PROGRAMS OF ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS AND THEIR CLASSIFICATION
Dilshodbekov Sh.D.
- PhD student of Tashkent state pedagogical university
Annotation.
In this article was given graphic programs and classifies them according to the
properties of the subject “Drawing” for training in the subject “Engineering Computer Graphics”.
Key words:
graphic programs, CAD, CAM, CAE systems, 2D, 3D, electronic drawings.
Kompyuter grafikasi – grafik ma’lumot (tasvir)larni yaratish, saqlash va ularga o`zgartirish kiritish
uchun maxsus grafik dasturlar bilan ta’minlangan kompyuterdan vosita sifatida foydalanadigan
informatikaning bir bo`limidir. Kompyuter grafikasida tasvirlarni yaratish vektorli, rastrli, fraktal va uch
o`lchamli grafika usullarida amalga oshiriladi
1
.
Ta’limda kompyuter grafikasi ikki ko`rinishda namoyon bo`ladi:
– vosita;
– o`rganish obyekti (fan).
Birinchi ko`rinishda kompyuter grafikasi ma’lum bir fanning mohiyatini ochib berish, yoki unda
o`tiladigan mavzularni oson, qulay va ko`rgazmali yoritish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari,
auditoriyada ko`rsatish imkoni mavjud bo`lmagan voqea va hodisalarni, juda katta va juda kichkina
hajmli narsalarni talabalarga yoritib berish imkoniyati mavjud bo`ladi. Masalan, malekulalarning
harakatini, baland binolarni, yerning quyosh tizimida joylashuvini yoki temirning zanglash jarayonini
tezlashtirib ko`rsatish mumkin
2
.
Ikkinchi ko`rinishda kompyuter grafikasi o`rganish obyekti sifatida qatnashadi va boshqa fanlar
singari o`zining maqsadi, vazifasi va obyektiga ega bo`ladi. Kompyuter grafikasida statik (harakatsiz) va
dinamik (harakatlanuvchi) tasvir yaratish usullari o`rganiladi. Statik tasvirga elektron chizma yaratishni,
dinamik tasvirga esa animatsion roliklarni misol qilish mumkin. Kompyuter grafikasining bu ikki
ko`rinishi mutaxassisliklarning ba’zilarida bir vaqtda qatnashishini kuzatish mumkin. Bulardan biri
muhandislik grafikasi mutaxassisligidir.
Muhandislik grafikasi fanlari qatoriga “Chizma geometriya”, “Chizmachilik” va “Muhandislik
kompyuter grafikasi” kiradi. “Chizma geometriya” va “Chizmachilik” fanlarini o`qitishda kompyuter
grafikasidan vosita sifatida qo`llanilib kelinadi. Muhandislik grafikasi fanlarini o`qitishda kompyuter
1
Иванникова Л.В. Методика конструирования учебного модуля “Компьютерная графика” для студентов факултетов технологии и
предпринимателства педвузов специализации “Графика и дизайн”. Дисс…канд.пед.наук: 13.00.02 .– M.: RGB, 2005.
2
Везиров Т.Г. Теория и практика исползования информационных и коммуникационных технологий в педагогическом образовании.
Дисс...докт. пед.наук. – Ставьропол, 2001. – С.187.
99
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
texnologiyasidan foydalanish yuzasidan Volxin K.A., Naydish V.M., Shabanov G.I., Denisova A.L.,
Lapchik M. va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fani O`zbekiston Respublikasidagi texnika oliy o`quv
yurtlarida va unga turdosh yo`nalishlarda 2000-yildan boshlab o`rgatilib kelinadi. Bunda, AQShning
Autodesk kompaniyasi mahsuloti AutoCAD dasturidan foydalanilmoqda.
Kompyuter grafikasini o`qitish metodikasi bo`yicha V.M.Arapov, L.M.Oshkina, Y.V.Sakulina,
I.V.Rojina, A.G.Butkarev, S.A.Rikov, O.B.Bolbat, K.A.Volxin, Y.A.Vanshinalar tadqiqot ishini olib
borganlar.
Bugungi kunda grafik dasturlar bozorining jadal rivojlangani va ularning soni ortib borayotgani
ijobiy ko`rsatkichdir. Bu esa o`z navbatida “Muhandislik kompyuter grafikasi” fani o`qituvchisidan shu
fanni o`qitishda foydalanish mumkin bo`lgan grafik dasturlarni saralash va “Chizmachilik” fanining
bo`limlari nuqtayi nazaridan saralangan grafik dasturlarni klassifikatsiyalash kabi vazifalarni
qo`ymoqda.
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`qitishda foydalanish mumkin bo`lgan grafik
dasturlarni saralash uchun, avvalo, dasturlarning qaysi ko`rsatkichlarini inobatga olish kerakligini
shakllantirish lozim:
kompyuter grafikasining maqsadga muvofiq bo`limini tanlash;
texnik vositani tanlash;
operatsion tizimni tanlash (Windows, MacOS, Linux);
tizimni tanlash (CAD, CAM, CAE);
internet tarmog`iga asoslangan (Online) yoki internet tarmog`isiz ishlaydigan (Offline) dasturni
tanlash;
ikki (2D) yoki uch (3D) o`lchamli fazoda ishlovchi dasturni tanlash.
Kompyuter grafikasi qo`llanish sohasiga ko`ra ilmiy grafika, delovaya grafika, konstruktorlik
grafikasi, illyustrativ grafika, san’at va reklama grafikasi, kompyuter animatsiyasi va multimedia
bo`limlariga ajratiladi. “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rgatishda kompyuter grafikasining
“konstruktorlik grafikasi” bo`limi uchun yaratiladigan dasturlardan tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Grafik dasturlar texnikaning barcha turlari uchun yaratilishi mumkin. Masalan, planshetlar uchun
“Shapr3D”, smartfonlar uchun “BIM 360 Team” va kompyuterlar uchun “AutoCAD” dasturini misol
keltirish mumkin. “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rganishda eng qulash vosita kompyuter
bo`lganligi uchun va oliy ta’lim muassasalari kompyuterlar bilan ta’minlangani tufayli shu turdagi
vositaga mo`ljallangan grafik dasturlardan tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Operatsion tizimlar kompyuter bilan inson o`rtasidagi muloqotni yengillashtiruvchi, unga
ko`rgazmali tus beruvchi tizimdir. Operatsion tizimlarning ham bir necha turlari (Windows, MacOS,
Linux) mavjud. Ulardan eng ommabop bo`lganlaridan biri bu Windows operatsion tizimidir.
Respublikamizning barcha oliy o`quv yurtlari shu operatsion tizimdan foydalanib kelishmoqda. Shuning
uchun o`quv jarayonida Windows operatsion tizimi uchun mo`ljallangan grafik dasturlardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Kompyuter grafikasining konstruktorlik grafikasi bo`limi CAD, CAM, CAE tizimlarda ishlaydigan
grafik dasturlardan tashkil topgan. Bugungi kunda murakkab ishlab chiqarish jarayonini keltirilgan
tizimlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. CAD tizimi elektron chizma bajarish va avtomatlashgan
proyeksiyalash (3D model) uchun mo`ljallangan. CAM tizimi yaratilgan elektron 3D modelni dasturiy
boshqaruvga asoslangan stanoklarda ishlab chiqarishni rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish bilan
shug`ullanadi.
CAE tizimi turli ko`rinishdagi simulyatsiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan, arxitektorlar
tomonidan yaratilgan bino 3D modelining zilzila holatidagi ko`rsatkichlarini aniqlash mumkin va shu
ko`rsatkichlar asosida mutaxassis chizmani qayta ishlash, takomillashtirish imkoniga ega bo`ladi.
Dasturlar bir vaqtda ikkita (CAD va CAM, CAD va CAE) yoki uchta (CAD,CAM,CAE) tizimida ham ishlashi
mumkin.
100
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Bunda CAD tizimi qolgan tizimlar uchun asos bo`lib xizmat qiladi
1
. Shuning uchun bir necha tizim
ichida CAD tizimi qatnashgan dasturlardan tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Internet tarmog`ining takomillashuvi natijasida grafik dasturlarning shu tarmoq uchun
mo`ljallangan versiyalari yoki brauzerlar (Chrome, Firefox)da ishlaydigan yangi grafik dasturlar
(Onshape, Vectary) yaratilmoqda. Online tarzda (internetda) ishlaydigan dasturlarning qulayligi
shundaki, ular kompyuter vositasiga kuchli texnik talablarni qo`ymaydi. Hattoki, grafik dastur
kompyuterga o`rnatilmaydi va uning xotirasidan joy egallamaydi. Bugungi kunda oliy ta’lim
muassasalari kompyuterxonalarining moddiy texnik ta’minoti ham Online, ham Offline tarzda
ishlaydigan grafik dasturlarni tanlash imkonini beradi.
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rganish davrida talabalar tomonidan ikkala
ko`rinishdagi tasvir yaratiladi. Shuning uchun 2D va 3D grafik dasturlarning barchasini tanlash
maqsadga muvofiq bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan parametrlar bo`yicha “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`qitishda
foydalanish mumkin bo`lgan grafik dasturlarning ro`yxati 1-jadvalda berilgan.
Keltirilgan jadvalda elektron chizma va 3D model yaratish imkoniga ega grafik dasturlar ro`yxati
berilgan. Jadvalning barcha ustuni yuqorida shakllantirilgan parametrlarga mos ravishda kiritilgan.
Jadvalning oxirgi beshta ustuni “Chizmachilik” fani bo`limlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
tuzilgan.
Masalan, chizmachilikning geometrik chizmachilik bo`limi asosan chiziqlarning bir-biriga silliq
o`tishi (tutashma) bilan shug`ullanadi va talabalar tomonidan faqat tekis chizma (2D) bajariladi. Grafik
dasturlarning qaysi biri shu shartni bajara olsa “+”, bajara olmasa “-” belgisi qo`yilgan. Shu tariqa,
geometrik chizmachilik uchun barcha grafik dasturlar to`g`ri keladi.
1-jadval
№ Dasturlar
Operatsion
tizimlar
CAD
tizimlari
CAD turi
Chizmachilik bo`limlari
Geo
met
rik
chiz
mac
hilik
Proye
ksion
chizm
achili
k
Маsh
inaso
zlik
chizm
achili
gi
Аrxitektu
ra-
qurilish
chizmach
iligi
Тоpo
grafik
chizm
achili
k
1 nanoCAD
Windows
CAD
2D/3D
+
+
+
+
+
2 Solidworks
Windows
CAD,CAE,CAM
2D/3D
+
+
+*
+
+
3 Siemens NX
Windows,
macOS,
Linux
CAD,CAE,CAM
2D/3D
+
+
+*
+
+
4 OnShape
Windows,
macOS,
Linux,
Browser
CAD,CAE,CAM
2D/3D
+
+*
+
-
-
5 MicroStation
Windows
CAD
2D/3D
+
+
+
+*
+*
6 Inventor
Windows,
macOS
CAD, CAE, CAM 2D/3D
+
+
+*
-
-
7 DraftSight
Windows,
macOS,
Linux
CAD
2D/3D
+
+
+
+
+
8 DesignSpark
Windows
CAD
2D/3D
+
+
+
+
+
9 CATIA
Windows
CAD,CAE,CAM
2D/3D
+
+
+*
+
+
1
Xейфес А.Л., Логиновский А.Н., Буторина И.В., Василева В.Н. Инженерная 3D-компьютерная графика. Монография: Челябинск.
Издателский сентр ЮУРГУ, 2010.
101
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
10 AutoCAD
Windows,
macOS, iOS,
Android
CAD
2D/3D
+
+
+
+
+
11 Alibre
Windows
CAD, CAM
2D/3D
+
+
+*
-
-
12 LibreCAD
Windows,
Linux,
MacOS
CAD
2D
+*
-
-
-
-
13 BricsCAD
Windows,
MacOS
CAD
2D/3D
+
+
+
+
+
14 FreeCAD
Windows,
MacOS,
Linux
CAD
2D/3D
+
+
+
+
+
15 Solid Edge
Windows
CAD, CAE
2D/3D
+
+
+*
-
-
16 Fusion 360
Windows,
MacOS
CAD, CAM, CAE 2D/3D
+
+
+*
-
-
17 QCAD
Windows,
Linux,
MacOS
CAD
2D
+*
-
-
-
-
Biroq, faqat shu bo`lim uchun ishlatiladigan 3D model yasash talab etilmaydigan bo`lsa, unda
QCAD va LibreCAD dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Jadvaldagi “*” belgi grafik
dasturning aynan qaysi yo`nalish uchun yaratilganini bildiradi. Bu belgi qo`yilmagan dasturlar barcha
bo`limlarga birdek to`g`ri keladi.
Bizning fikrimizcha, klassifikatsiyalangan grafik dasturlardan “Muhandislik kompyuter grafikasi”
fanini talabalarga o`rgatishda samarali foydalanish mumkin. Talabalar chizmachilik fanining har bir
bo`limiga to`g`ri keluvchi grafik dasturlar haqida tasavvurga ega bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |