Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI DASTURLARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

MUHANDISLIK KOMPYUTER GRAFIKASI DASTURLARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI 
Dilshodbekov Sh.D.
– Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti 
Annotatsiya.
Mazkur maqolada “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rganishda 
foydalanish mumkin bo`lgan dasturlarni saralash mezonlari berilgan va saralangan dasturlar 
“Chizmachilik” fanining bo`limlari xususiyatidan kelib chiqqan holda tasniflangan.
1
Аzizxo‘jayeva N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Т.: 2006. – 62-70-betlar. 


98 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Kalit so`zlar:
grafik dasturlar, CAD, CAM, CAE tizimlari, 2D, 3D, elektron chizma. 
 
ПРОГРАММЫ ИНЖЕНЕРНОЙ КОМПЬЮТЕРНОЙ ГРАФИКИ И ИХ КЛАССИФИКAЦИЯ 
Дильшодбеков Ш.Д.
– базовый докторант Ташкентского государственного педагогического 
университета 
Аннотaция.
В данной статье приводятся критерии отбора программ для обучения 
предмету “Инженерная компьютерная графика”, проведена классификaция отобранных 
программ с учетом особенностей разделов предмета «Черчение».
Ключевые слова: 
графические программы, CAD, CAM, CAE системы, 2D, 3D, электронный 
чертеж. 
 
PROGRAMS OF ENGINEERING COMPUTER GRAPHICS AND THEIR CLASSIFICATION 
Dilshodbekov Sh.D.
- PhD student of Tashkent state pedagogical university 
Annotation.
In this article was given graphic programs and classifies them according to the 
properties of the subject “Drawing” for training in the subject “Engineering Computer Graphics”. 
Key words:
graphic programs, CAD, CAM, CAE systems, 2D, 3D, electronic drawings. 
Kompyuter grafikasi – grafik ma’lumot (tasvir)larni yaratish, saqlash va ularga o`zgartirish kiritish 
uchun maxsus grafik dasturlar bilan ta’minlangan kompyuterdan vosita sifatida foydalanadigan 
informatikaning bir bo`limidir. Kompyuter grafikasida tasvirlarni yaratish vektorli, rastrli, fraktal va uch 
o`lchamli grafika usullarida amalga oshiriladi
1

Ta’limda kompyuter grafikasi ikki ko`rinishda namoyon bo`ladi:
– vosita; 
– o`rganish obyekti (fan). 
Birinchi ko`rinishda kompyuter grafikasi ma’lum bir fanning mohiyatini ochib berish, yoki unda 
o`tiladigan mavzularni oson, qulay va ko`rgazmali yoritish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, 
auditoriyada ko`rsatish imkoni mavjud bo`lmagan voqea va hodisalarni, juda katta va juda kichkina 
hajmli narsalarni talabalarga yoritib berish imkoniyati mavjud bo`ladi. Masalan, malekulalarning 
harakatini, baland binolarni, yerning quyosh tizimida joylashuvini yoki temirning zanglash jarayonini 
tezlashtirib ko`rsatish mumkin
2
.
Ikkinchi ko`rinishda kompyuter grafikasi o`rganish obyekti sifatida qatnashadi va boshqa fanlar 
singari o`zining maqsadi, vazifasi va obyektiga ega bo`ladi. Kompyuter grafikasida statik (harakatsiz) va 
dinamik (harakatlanuvchi) tasvir yaratish usullari o`rganiladi. Statik tasvirga elektron chizma yaratishni, 
dinamik tasvirga esa animatsion roliklarni misol qilish mumkin. Kompyuter grafikasining bu ikki 
ko`rinishi mutaxassisliklarning ba’zilarida bir vaqtda qatnashishini kuzatish mumkin. Bulardan biri 
muhandislik grafikasi mutaxassisligidir.
Muhandislik grafikasi fanlari qatoriga “Chizma geometriya”, “Chizmachilik” va “Muhandislik 
kompyuter grafikasi” kiradi. “Chizma geometriya” va “Chizmachilik” fanlarini o`qitishda kompyuter 
grafikasidan vosita sifatida qo`llanilib kelinadi. Muhandislik grafikasi fanlarini o`qitishda kompyuter 
1
Иванникова Л.В. Методика конструирования учебного модуля “Компьютерная графика” для студентов факултетов технологии и 
предпринимателства педвузов специализации “Графика и дизайн”. Дисс…канд.пед.наук: 13.00.02 .– M.: RGB, 2005.
2
Везиров Т.Г. Теория и практика исползования информационных и коммуникационных технологий в педагогическом образовании. 
Дисс...докт. пед.наук. – Ставьропол, 2001. – С.187. 


99 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
texnologiyasidan foydalanish yuzasidan Volxin K.A., Naydish V.M., Shabanov G.I., Denisova A.L., 
Lapchik M. va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fani O`zbekiston Respublikasidagi texnika oliy o`quv 
yurtlarida va unga turdosh yo`nalishlarda 2000-yildan boshlab o`rgatilib kelinadi. Bunda, AQShning 
Autodesk kompaniyasi mahsuloti AutoCAD dasturidan foydalanilmoqda.
Kompyuter grafikasini o`qitish metodikasi bo`yicha V.M.Arapov, L.M.Oshkina, Y.V.Sakulina, 
I.V.Rojina, A.G.Butkarev, S.A.Rikov, O.B.Bolbat, K.A.Volxin, Y.A.Vanshinalar tadqiqot ishini olib 
borganlar. 
Bugungi kunda grafik dasturlar bozorining jadal rivojlangani va ularning soni ortib borayotgani 
ijobiy ko`rsatkichdir. Bu esa o`z navbatida “Muhandislik kompyuter grafikasi” fani o`qituvchisidan shu 
fanni o`qitishda foydalanish mumkin bo`lgan grafik dasturlarni saralash va “Chizmachilik” fanining 
bo`limlari nuqtayi nazaridan saralangan grafik dasturlarni klassifikatsiyalash kabi vazifalarni 
qo`ymoqda. 
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`qitishda foydalanish mumkin bo`lgan grafik 
dasturlarni saralash uchun, avvalo, dasturlarning qaysi ko`rsatkichlarini inobatga olish kerakligini 
shakllantirish lozim:

kompyuter grafikasining maqsadga muvofiq bo`limini tanlash; 

texnik vositani tanlash; 

operatsion tizimni tanlash (Windows, MacOS, Linux); 

tizimni tanlash (CAD, CAM, CAE); 

internet tarmog`iga asoslangan (Online) yoki internet tarmog`isiz ishlaydigan (Offline) dasturni 
tanlash; 

ikki (2D) yoki uch (3D) o`lchamli fazoda ishlovchi dasturni tanlash.
Kompyuter grafikasi qo`llanish sohasiga ko`ra ilmiy grafika, delovaya grafika, konstruktorlik 
grafikasi, illyustrativ grafika, san’at va reklama grafikasi, kompyuter animatsiyasi va multimedia 
bo`limlariga ajratiladi. “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rgatishda kompyuter grafikasining 
“konstruktorlik grafikasi” bo`limi uchun yaratiladigan dasturlardan tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Grafik dasturlar texnikaning barcha turlari uchun yaratilishi mumkin. Masalan, planshetlar uchun 
“Shapr3D”, smartfonlar uchun “BIM 360 Team” va kompyuterlar uchun “AutoCAD” dasturini misol 
keltirish mumkin. “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rganishda eng qulash vosita kompyuter 
bo`lganligi uchun va oliy ta’lim muassasalari kompyuterlar bilan ta’minlangani tufayli shu turdagi 
vositaga mo`ljallangan grafik dasturlardan tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Operatsion tizimlar kompyuter bilan inson o`rtasidagi muloqotni yengillashtiruvchi, unga 
ko`rgazmali tus beruvchi tizimdir. Operatsion tizimlarning ham bir necha turlari (Windows, MacOS, 
Linux) mavjud. Ulardan eng ommabop bo`lganlaridan biri bu Windows operatsion tizimidir. 
Respublikamizning barcha oliy o`quv yurtlari shu operatsion tizimdan foydalanib kelishmoqda. Shuning 
uchun o`quv jarayonida Windows operatsion tizimi uchun mo`ljallangan grafik dasturlardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Kompyuter grafikasining konstruktorlik grafikasi bo`limi CAD, CAM, CAE tizimlarda ishlaydigan 
grafik dasturlardan tashkil topgan. Bugungi kunda murakkab ishlab chiqarish jarayonini keltirilgan 
tizimlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. CAD tizimi elektron chizma bajarish va avtomatlashgan 
proyeksiyalash (3D model) uchun mo`ljallangan. CAM tizimi yaratilgan elektron 3D modelni dasturiy 
boshqaruvga asoslangan stanoklarda ishlab chiqarishni rejalashtirish, boshqarish va nazorat qilish bilan 
shug`ullanadi.
CAE tizimi turli ko`rinishdagi simulyatsiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan, arxitektorlar 
tomonidan yaratilgan bino 3D modelining zilzila holatidagi ko`rsatkichlarini aniqlash mumkin va shu 
ko`rsatkichlar asosida mutaxassis chizmani qayta ishlash, takomillashtirish imkoniga ega bo`ladi. 
Dasturlar bir vaqtda ikkita (CAD va CAM, CAD va CAE) yoki uchta (CAD,CAM,CAE) tizimida ham ishlashi 
mumkin.


100 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Bunda CAD tizimi qolgan tizimlar uchun asos bo`lib xizmat qiladi
1
. Shuning uchun bir necha tizim 
ichida CAD tizimi qatnashgan dasturlardan tanlash maqsadga muvofiq bo`ladi.
Internet tarmog`ining takomillashuvi natijasida grafik dasturlarning shu tarmoq uchun 
mo`ljallangan versiyalari yoki brauzerlar (Chrome, Firefox)da ishlaydigan yangi grafik dasturlar 
(Onshape, Vectary) yaratilmoqda. Online tarzda (internetda) ishlaydigan dasturlarning qulayligi 
shundaki, ular kompyuter vositasiga kuchli texnik talablarni qo`ymaydi. Hattoki, grafik dastur 
kompyuterga o`rnatilmaydi va uning xotirasidan joy egallamaydi. Bugungi kunda oliy ta’lim 
muassasalari kompyuterxonalarining moddiy texnik ta’minoti ham Online, ham Offline tarzda 
ishlaydigan grafik dasturlarni tanlash imkonini beradi.
“Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`rganish davrida talabalar tomonidan ikkala 
ko`rinishdagi tasvir yaratiladi. Shuning uchun 2D va 3D grafik dasturlarning barchasini tanlash 
maqsadga muvofiq bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan parametrlar bo`yicha “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanini o`qitishda 
foydalanish mumkin bo`lgan grafik dasturlarning ro`yxati 1-jadvalda berilgan.
Keltirilgan jadvalda elektron chizma va 3D model yaratish imkoniga ega grafik dasturlar ro`yxati 
berilgan. Jadvalning barcha ustuni yuqorida shakllantirilgan parametrlarga mos ravishda kiritilgan. 
Jadvalning oxirgi beshta ustuni “Chizmachilik” fani bo`limlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
tuzilgan.
Masalan, chizmachilikning geometrik chizmachilik bo`limi asosan chiziqlarning bir-biriga silliq 
o`tishi (tutashma) bilan shug`ullanadi va talabalar tomonidan faqat tekis chizma (2D) bajariladi. Grafik 
dasturlarning qaysi biri shu shartni bajara olsa “+”, bajara olmasa “-” belgisi qo`yilgan. Shu tariqa, 
geometrik chizmachilik uchun barcha grafik dasturlar to`g`ri keladi. 
1-jadval
№ Dasturlar 
Operatsion 
tizimlar 
CAD
tizimlari 
CAD turi 
Chizmachilik bo`limlari 
Geo
met
rik 
chiz
mac
hilik 
Proye
ksion 
chizm
achili

Маsh
inaso
zlik 
chizm
achili
gi 
Аrxitektu
ra-
qurilish 
chizmach
iligi 
Тоpo
grafik 
chizm
achili

1 nanoCAD 
Windows 
CAD 
2D/3D 





2 Solidworks 
Windows 
CAD,CAE,CAM 
2D/3D 


+* 


3 Siemens NX 
Windows, 
macOS, 
Linux 
CAD,CAE,CAM 
2D/3D 


+* 


4 OnShape 
Windows, 
macOS, 
Linux, 
Browser 
CAD,CAE,CAM 
2D/3D 

+* 



5 MicroStation 
Windows 
CAD 
2D/3D 



+* 
+* 
6 Inventor 
Windows, 
macOS 
CAD, CAE, CAM 2D/3D 


+* 


7 DraftSight 
Windows, 
macOS, 
Linux 
CAD 
2D/3D 





8 DesignSpark 
Windows 
CAD 
2D/3D 





9 CATIA 
Windows 
CAD,CAE,CAM 
2D/3D 


+* 


1
Xейфес А.Л., Логиновский А.Н., Буторина И.В., Василева В.Н. Инженерная 3D-компьютерная графика. Монография: Челябинск. 
Издателский сентр ЮУРГУ, 2010. 


101 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
10 AutoCAD 
Windows, 
macOS, iOS, 
Android 
CAD 
2D/3D 





11 Alibre 
Windows 
CAD, CAM 
2D/3D 


+* 


12 LibreCAD 
Windows, 
Linux, 
MacOS 
CAD 
2D 
+* 




13 BricsCAD 
Windows, 
MacOS 
CAD 
2D/3D 





14 FreeCAD 
Windows, 
MacOS, 
Linux 
CAD 
2D/3D 





15 Solid Edge 
Windows 
CAD, CAE 
2D/3D 


+* 


16 Fusion 360 
Windows, 
MacOS 
CAD, CAM, CAE 2D/3D 


+* 


17 QCAD 
Windows, 
Linux, 
MacOS 
CAD 
2D 
+* 




Biroq, faqat shu bo`lim uchun ishlatiladigan 3D model yasash talab etilmaydigan bo`lsa, unda 
QCAD va LibreCAD dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Jadvaldagi “*” belgi grafik 
dasturning aynan qaysi yo`nalish uchun yaratilganini bildiradi. Bu belgi qo`yilmagan dasturlar barcha 
bo`limlarga birdek to`g`ri keladi.
Bizning fikrimizcha, klassifikatsiyalangan grafik dasturlardan “Muhandislik kompyuter grafikasi” 
fanini talabalarga o`rgatishda samarali foydalanish mumkin. Talabalar chizmachilik fanining har bir 
bo`limiga to`g`ri keluvchi grafik dasturlar haqida tasavvurga ega bo`ladilar. 

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish