GIALOPLAZMA
Gialoplazma
(lat. hyaloplasma - tiniq),
asosiy plazma yoki matriks
- sitoplazmaning
organellalari va kiritmalarisiz asosiy qismi bo`lib, u hujayraning asl ichki muhitidir.
Elektron mikroskop ostida gialoplazma gomogen va mayda do nador tuzilishga ega.
Sitoplazmaning fizik-ximik xususiyatlarini o`rganish gialoplazmaning murakkab kolloid sistema
ekanligini tasdiqlaydi. Gialoplazmada turli biopolimerlar: oqsil, nuklein kislota, polisaxaridlar va
boshqa moddalar bo`ladi. Bu sistema zol (suyuq) holatdan gel holatiga yoki aksincha, gel
holatdan zol holatga o`tishi mumkin.
Elektron mikroskopik tadqiqotlar gialoplazma tartibli joylashgan ko`p tarkibli sistema
ekanlignni ko`rsatdi. Gialoplazma tuzilmalarsiz modda ko`rinsa ham unda fibrillyar, ipsimon
oqsil molekulalar hosil bo`lishi yoki parchalanishi mumkin.
Masalan: oqsil tubulinlarning ayrim molekulalari gialolazmada ma’lum sharoitda
naysimon strukturaga aylanishi yoki parchalanishi aniqlangan. Gialoplazmada glikolitik
fermentlar, karbonsuv metabolizmi fermentlari, oqsil va lipid metabolizmining fermentlari, RNK
va turli ionlar uchraydi. Gialoplazma hujayraning turli tuzilmalarini o`zaro bog`laydi. Hujayra
uchun zarur bo`lgan moddalarnnig hammasi, xususan, aminokislotalar, yog` kislotlari,
nukleotidlar, karbonsuv, turli ionlar, ATF hujayraning turli tuzilmalariga gialoplazma orqali
yetkazib beriladi.
HUJAYRA YADROSI
Yadro
(yunon. Karion lat. nucleus) termini 1833 yilda Broun tarafidan kiritilgan bo`lib, u
o`simlik hujayralaridagi sharsimon doimiy tuzilmalarni shu nom bilan atagan.
Yadro hamma eukariot (yuqori o`simlik va hayvon) hujayralarida bo`ladi. Yadro faqat
eritrotsitlarda (qizil qon hujayralarida) bo`lmaydi. Eritrotsitlar yuqori ixtisoslangan hujayra
42
bo`lib, differentsirovka vaqtida o`z yadrosini yo`qotadi. Yadroning shakli hujayra shaklini
qaytaradi, lekin noto`g`ri formada ham bo`lishi mumkin. Sharsimon, kubsimon va ko`p qirrali
hujayralarda yadro yumaloq shaklga ega. Prizmatik, silindrsimon, duksimon hujayralarda yadro
uzun ellipsoid, yassi hujayralarda esa duksimon bo`ladi. Noto`g`ri shakldagi yadrolarga ba’zi bir
leykotsitlarning yadrosi misol bo`ladi (taqasimon va parraksimon). Yadro hujayrada asosan bitta
(bir yadroli hujayra) yoki ikkita (ikki yadroli hujayra) bo`ladi. Ko`p yadroli hujayralar va
simplastlar ham mavjuddir.
Yadroning kattaligi turlicha bo`lib, 4 mkm dan (spermatozoid) 40 mkm gacha (tuxum
hujayra) boradi. Yadro o`lchami sitoplazma o`lchamiga ko`pincha to`g`ri proportsional bo`ladi.
Yadro va sitoplazmaning hajm nisbati yadro-sitoplazma nisbati deb ataladi.
Yadroning hujayrada joylashishi har xil bo`lib, hujayraning faoliyati va shakliga bog`liq
bo`ladi.
Bez hujayralarida yadro hujayraning bazal qismida joylashib, apikal qismi sekret bilan
banddir. Differentsiallashmagan hujayrada yadro geometrik markazda joylashadi. Yadro quyi-
dagi asosiy struktur komponentlardan iborat (22, 23-rasmlar).
1.
Yadro qobig`i. 2. Xromatin strukturalari
(xromatin, xromosoma). 3.
Bir yoki bir necha
yadrocha.
4.
Karioplazma
(yadro shirasi).
22- rasm. Yadroning elektron mikroskopik tuzilishi (sxema).
1-yadro qobig`i; 2-yadro teshiklari. 3-karioplazma; 4-xromatin; 5
-
yadrocha; 6-
interxromatin donachalar; 7 - perixromatin donachalar; 8 – spiral tanacha (Monneron,
Bernhard, 1969).
Yadroning asosiy komponent xromosomalar DNK dan iborat bo`lib, o`zida genetik
informatsiyani saqlaydi. DNK dan tashqari hujayra yadrosida 3 xil: informatsion, ribosomal va
transport RNK bor. Hujayra yadrosi tarkibida yana giston tipidagi oqsillar bo`lib, DNK bilan
tuzlar tipidagi birikmalar hosil qiladi. Shuning bilan birga nogiston tipidagi oqsillar ham mav-
43
jud. Yadroda bir qancha fermentlar - ATF-aza, glikolitik fermentlar bor, lekin oksidlanish
fermentlari uchramaydi. Gistoximiyaviy va bioximiyaviy usullar orqali yadro oqsillar bilan
lipoproteid va liponukleoproteidlar holida birikkan lipidlar topilgan. Ular yadro quruq
og`irligining 10-20% ni tashkil qiladi.
Yadroda kaltsiy, magniy, natriy, fosfor, temir, rux, mis, kobalt va boshqa elementlar ham
topilgan.
Y a d r o q o b i g` i (kariolemma). Yadro qobig`ining mavjudligi oddiy (yorug`lik)
mikroskop ostida ko`rilgan edi. Elektron mikroskop yadro qobig`i murakkab tuzilishga egaligini
ko`rsatdi. U ikki membranadan tashkil topgan bo`lib, har birining qalinligi 10 nm va aniq 3
qavatdan tuzilgan. Ichki va tashqi yadro qobig`i orasida 10-30 ba’zan 100 nm ga teng
perinuklear bo`shliq bo`ladi (22, 23-rasmlarga q.) Yadroning tashqi qobig`i endoplazmatik to`r
membranasiga o`tadi. Yadro qobig`ining har bir membranasi boshqa hujayra membranalari
singari oqsil va lipiddan tashkil topgan. Yadro qobig`ining o`ziga xos xususiyati ko`p miqdorda
yadro teshiklarining bo`lishidir.
Teshiklarning diametri o`rtacha 80-90 nm. Teshiklar atrofida yadro qobig`i membranalari
o`zaro birlashadi. Teshiklar murakkab tuzilishga ega bo`lgan globulyar va fibrillyar tuzilmalar
bilan to`lgan.
Yadro teshiklari bilan bu tuzilmalarni qo`shib y a d r o t e s h i k l a r i k o m p l e k s i
deb yuritiladi. Bu kompleks oktogonal tuzilishga ega bo`ladi. Yadro teshigi devorini hosil
qiluvchi yadro qobig`ida uch qator donachalar joylashadi. Har bir qatori 8 tadan donacha tutadi
(24-rasm). Birinchi qator donachalar yadro shirasi tarafida, ikkinchisi sitoplazma tarafida,
uchinchi qator donachalar esa teshikning markazida yotadi. Donachalar kattaligi 25 nm ga teng.
Bu donachalardan fibrillyar tortmalar chiqib teshik markazida joylashgan markaziy granulaga
kelib birlashadi. Bir yadroda taxminan 12 000 teshik bor yoki 1 mm
2
ga 45 ta teshik to`g`ri
keladi. Teshiklar soni hujayraning funktsional aktivligiga bog`liq.
Sitoplazma bilan yadro aloqasi oddiy emas. Hatto mayda ionlar K
+
, Na
+
, Ca
++
yadro
qobig`idan erkin o`tolmaydi. Na
+
, K
+
ionlarining miqdori bo`yicha yadro hujayra oraliq
moddasiga yaqin. Yadro qobig`ining endoplazmatik to`r membranalariga qadar davom etishi,
yadro bilan sitoplazmaning o`zaro ionlar bilan almashinishiga imkon yaratadi. Endoplazmatik
to`rning ba’zi bir bo`limlari plazmatik membrana bilan aloqa qiladi, degan dalillar ham bor.
Shuning uchun bo`lsa kerak, ba’zi bir bo`yoq moddalari yadroga hujayrani bo`yamasdan o`ta
oladi.
Yadro qobig`ining o`tkazuvchanligi tufayli nasl informatsiyasining yadrodan
sitoplazmaga yuqori polimer RNK orqali o`tishi to`g`risidagi zamonaviy bilimlar alohida
ahamiyatga ega. Bir tomonidan, ionlarning mayda molekulalari uchun bu teshiklar o`tib bo`lmas
chegara bo`lsa, ikkinchi tarafdan, katta molekula informatsion RNK yadrodan sitoplazmaga o`ta
oladi.
Sitoplazmadan yadroga sitoplazmada sintezlanuvchi va yadroni energiya bilan
ta’minlashda kerak bo`lgan mononukleotid trifosfatning katta molekulalari o`tadi.
Aminokislotalar, purin va pirimidin asoslar, ATF yadroga aktiv transport yo`li bilan
o`tadi. Ba’zan yadrodan sitoplazmaga yadro moddasining ajralib o`tishi mumkin degan fikr bor.
Uz navbatida yadro qobig`ida botiqlar paydo bo`lib, xuddi fagotsitoz kabi sitoplazma moddasini
qamrab oladi.
Yadro qobig`i endoplazmatik to`r hosil bo`lishida ishtirok etadi, degan fikr ham bor.
Profazada yadro qobig`i fragmentatsiyaga uchrab, donador endoplazmatik to`r bilan birlashadi.
Telofazada esa qobiqlar qaytadan endoplazmatik to`r elementlaridan hosil bo`ladi.
Xromatin
yoki
xromatin
to`ri
interfazadagi
yadroning
ipsimon
cho`zilgan
xromosomalaridan iborat (22, 23-rasmlarga q.). Interfazada xromatin bo`yoqni yaxshi qabul
qilmaydi, oddiy (yorug`lik), mikroskop ostida nozik ipcha shaklida ko`rinadi. Xromatinning
asosiy sitoximik belgisi unda DNK ning bo`lishidir. Interfazadagi yadro DNK si asosan DNK
uchun xos bo`lgan Fyolgen reaktivi bilan bo`yalganda yaxshi bilinadi.
44
23- rasm. Yadro. Me’da osti bezi atsinar hujayrasi. Elektron mikrofotogramma.
X 16.000. 1
Do'stlaringiz bilan baham: |