Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634



K.A.ZUFAROV 
 
 
 
 
GISTOLOGIYA
 
O’zbekiston Sog’liqni saqlash ministrligining
O’quv yurtlari bosh boshqarmasi meditsina 
institutlari talabalari uchun darslik 
sifatida ruxsat etgan 
Qayta ishlangan, to’ldirilgan nashri 
TOSHKENT 
2005 
 
 
 
 
 



 
 
 
 
 
Zufarov K. A. 
Gistologiya: Uquv yurt. bosh boshqarmasi tibbiyot oliy bilimgohlari talabalari uchun 
darslik. 
Zufarov K. A. Gistologiya. 
Mazkur darslik (birinchisi 1982 yili nashr qilingan) gistologiya va embriologiyada 
qo`llaniladigan tadqiqot usullari, gistologiya va embriologiyaning rivojlanish tarixi, sitologiya, 
umumiy embriologiya asoslari va bir necha boblarni o`z ichiga olgan umumiy va xususiy 
gistologiya bo`limlaridan iborat. Qo`llanmada hujayra tuzilmalari, to`qimalar va a’zolarning 
taraqqiyoti, tuzilishi va vazifasi batafsil bayon etilgan. Bundan tashqari, sitologiyaning hujayra 
organellalari, hazm sistemasining endokrin hujayralari, endokrin bezlar haqidagi fikrlar yangi 
ma’lumotlar bilan to`ldirilgan. Shuningdek darslikda mavzularni aks ettiruvchi va idrok etishga 
ko`maklashuvchi talaygina rasm va mikrofotogrammalar keltirilgan. 
Darslik O’zbekiston Sog’liqni saqlash ministrligi tomonidan tasdiqlangan programma 
asosida yozilgan va meditsina institutlarining barcha fakultetlari, universitet va pedagogika 
institutlarining biologiya fakultetlari talabalari va ilmiy xodimlar uchun mo’ljallangan. 



I BOB 
GISTOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA UNING VAZIFALARI 
Gistologiya 
(yunon. histos - to`qima, logos - ta’limot, fan) fani hujayra, to`qima va a’zo 
(organ)larning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini o`rganuvchi ta’limotdir. 
U boshqa fanlarning so`nggi yutuqlaridan foydalanib, o`ta tez rivojlanib bormoqda. Gistologiya 
anatomiya, fiziologiya, bioximiya, patologik anatomiya kabi tibbiyot fanlari va biologiyaning 
turli sohalari bilan uzviy bog`langan. Hozirgi paytda gistologiya sitologiya, embriologiya, 
umumiy va xususiy gistologiyani o`z ichiga oladi. 
S
itologiya 
hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o`rgansa, embriologiya (lat. 
embryon - pusht, o`suvchi) odam va hayvonlar taraqqiyot qonunlarini o`rganadi. 
Umumiy 
gistologiya, 
ya’ni to`qimalar haqidagi ta’limot turli a’zo to`qimalarining taraqqiyoti, tuzilishi 
hamda vazifalarini chuqur talqin qiladi. 
Xususiy gistologiya 
esa odam va hayvonlar ayrim 
a’zolarining taraqqiyoti, tuzilishi va hayot faoliyatini o`rganadi. 
Gistologiya fanini bunday alohida kurslarga bo`lib o`rganish shartli hisoblanadi. Chunki 
organizm bir butun bo`lib, uning barcha qismlari bir-biri bilan o`zaro uzviy bog`langan. 
Hujayralar to`qimalarni tashkil etsa, har bir organ bir necha to`qimalar majmuasidan iboratdir. 
Gistologiyani o`rganishda, asosan, mikroskopik usuldan foydalaniladi. Elektron 
mikroskopning yaratilishi to`qima va a’zolarning nozik tuzilishini o`rganish uchun keng yo`l 
ochib beradi. 
Gistologiya fani ham boshqa fanlar kabi, tabiatning ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganishda 
zamonaviy falsafa, dialektik materializm asoslari bilan qurollangan. 
Tuzilmalarning tuzilishi va taraqqiyotini o`rganish CH.Darvinning evolyutsiya 
ta’limotiga asoslanib olib boriladi. Odam tanasini hosil qiluvchi hujayra, to`qima va organlar 
tarixiy taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka - oliy shakl ifodasiga yetishgan, organik 
tabiat yaratgan evolyutsion jarayonning mahsuli deb qaraladi. 
Tuzilmalarni o`rganish tashqi muhit bilan uzviy bog`liq bo`lgan organizmning bir 
butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi. Organizmning yaxlitligi esa barcha organ va sistemalar 
faoliyatining uyg`unligida nerv va endokrin sistemalarning asosiy yetakchilik roli bilan 
belgilanadi. 
Tuzilmalarni funksional tomondan yondoshib o`rganish zamo naviy gistologiyaga xosdir. 
Hujayra, to`qima va a’zolar tuzilishining ular faoliyatiga bog`liq tomonini yorituvchi 
gistologiya-dagi bu yo`nalishni 
gistofiziologiya 
o`rganadi. Struktura va funktsiyaning shakl va 
mazmuniga dialektik tushuncha nuqtai nazaridan qaraladi. 
Tuzilma 
- bu har qanday faoliyatning 
material s u b s t r a t i d i r. Masalan, miya inson tafakkurining moddiy substrati hisoblanadi. 
Moddalar almashinuvi jarayonining struktur elementlarga bog`liqligini gistoximiyaviy usullar 
bilan tekshirish biror ilmiy xulosa chiqarishga imkon beradi. Hozirgi paytda gistologiya fani, 
faqatgina hujayra, to`qima va a’zolarning tuzilishini, ular faoliyati darajasini ko`rsatibgina 
qolmay, balki ro`y bergan jarayonlar o`rtasidagi bog`lanishni aniqlaydi, ayrim qonuniyatlarni 
ochib beradi. Bunda keng eksperimental usullar qo`llaniladi. Sitologiya, embriologiya va 
gistologiya hal qilayotgan ilmiy muammolar nazariy va amaliy meditsinaning ravnaqi uchun 
muhim ahamiyatga ega. 
Gistologiya fani hal etilishi lozim bo`lgan muhim masalalarni: a) odam va hay vonlar 
hujayra, to`qima va a’zolarining taraqqiyoti, differensiallashuvining umumiy qonuniyatlarini; b) 
bir butun organizm tuzilmalarining hayot faoliyatlarini boshqaruvchi nerv va endokrin 
sistemalarni; v) hujayra, to`qima va organlar tiklanishi va bu murakkab jarayonning 
boshqarilishini; g) odam a’zolari tuzilmalarining yoshga qarab o`zgarishi va har xil holatlarga 
moslashuvini; d) turli biologik, fizik va ximiyaviy omillarning hujayra, to`qima va a’zolarga 
ta’sirini o`rganish kabi keng miqyosdagi kuzatishlarni o`z vazifasi deb biladi. 
Gistologiya hozirgi paytda klinik meditsinada keng ko`lamda qo`llaniladi. Har xil klinik 
usullar bilan bir qatorda turli morfologik metodlar - qon va suyak ko`migi hujayralarini, me’da 
ichak shilliq pardasini, jigar, taloq va boshqa a’zolar punktatlarini o`rganish sitologik va 



gistologik diagnostika uchun muhim ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari, gistologiyada tabiiy yo`l bilan o`zicha ajralib turuvchi yoki sun’iy 
ravishda biror joyni yuvish yoki mexanik ta’sir ko`rsatish orqali ajratib olingan hujayralar 
holatini chuqur o`rganish (eksfoliativ sitologiya) ham katta rol o`ynaydi. Eksfoliativ sitologiya 
onkologiyada (havfli o`smalarni o`z vaqtida aniqlashda), ginekologiya va endokrin kasalliklar 
praktikasida (tuxumdon funktsional holatini belgilashda qin surtmasini analiz qilish uchun) keng 
ko`lamda qo`llaniladi. 
Klinik praktikada so`nggi yillarda me’da, ingichka va yo`g`on ichak shillliq pardasining 
turli o`zgarishlarini aniqlashda morfologik va sitologik diagnostika o`z o`rnini topdi. Turli 
egiluvchan fibroskoplarning paydo bo`lishi va ularning keng ko`lamda ishlatilishi har xil 
patologik holatlarning o`z vaqtida aniqlanishiga imkoniyat beradi. Jarohat ustidan olingan 
surtmalarni tekshirish jarohat bitayotganda hosil bo`layotgan granulyatsion to`qima hujayralari 
va bu yerdagi mikroblar holatlarini ko`rsatib beradi. Bu usulning qo`llanilishi jarohat o`rnining 
regeneratsion holatini aniqlash, organizmning qarshilik kuchini belgilab olish va yarani davolash 
omillarini hal qilishda muhim rol o`ynaydi. 
Hujayralarda ro`y beradigan murakkab ximik, fizik jarayonlarning o`rganilishi 
gistologiyaning ximiya va fizika fanlari bilan bevosita bog`liq ekanini ko`rsatadi. Shunday qilib, 
gistologiya, sitologiya va embriologiya normal va kasal odam organizmining hayot faoliyatining 
morfo-funksional holatlarini chuqur ilmiy o`rganish, tibbiyot fanida muhim o`rin tutadi. 
II BOB 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish