45
Fyolgen reaksiyasining intensivligi DNK miqdoriga to`g`ri proportsional. Optik
zichlikning o`zgarishini o`rganish orqali strukturadagi yutuvchi moddaning miqdorini aniqlash
mumkin. Shunday qilib, hujayradagi ko`pgina ximiyaviy komponentlarni miqdoriy analiz qilish
mumkin bo`lganday sitospektrofotometriya usuli orqali har bir hujayradagi DNK miqdorini
aniqlash mumkin.
Yadroning interfaza davrida ishqoriy bo`yoqlar bilan yaxshi bo`yaluvchi qismlari
(spiralizatsiya natijasida), Geytts tomonidan 1928 yilda
geteroxromatin
bo`limlar deb
nomlangan. Bu bo`limlar xromosomalarning boshqa qismlari,
euxromatindan
keskin farqlanib
turadi (23-rasmga q.). Euxromatin qismlari interfazadagi yadro xromosomalarining
despirilizatsiyasiga uchrab nozik to`r hosil qilgan bo`limlaridir.
Xromosomalarning geteroxromatin bo`limlari yana
xromotsentrlar
deb nomlanib, ular
yadrochaga birlashib ketganligi tufayli
yadrocha xromatini
deb ham etiladi. Olimlarning
fikricha, xromosomalar qanchalik ko`proq despirilizatsiyaga uchrasa, ular shunchalik sintetik
jarayonda aktivroq ishtirok etadi. Xromatinning geteroxromatin qismlari xromosomaning
telomerlar, sentromerlar soxasiga to`g`ri keladi. Geteroxromatin qismlari aktiv bo`lmasa ham bu
qismlar euxromatin qismlari funktsiyasiga kuchli ta’sir qiladi. Hozirgi vaqtda
struktur
va
fakultativ
geteroxromatin farqlanadi. Fakultativ geteroxromatin vaqtinchalik kondensatsiyaga
uchragan xromatin bo`lib, struktur geteroxromatin esa doimo kondensatsiya holatida bo`ladi.
Struktur geteroxromatin funktsiyasi hozircha noma’lum.
Y a d r o c h a. Yadroda bazofil bo`yaluvchi gomogen tuzilishga ega bo`lgan bitta yoki
ikkita yadrocha bor. Yadrochalar faqat yadroning emas, balki butun hujayraning eng zich qismi
hisoblanadi.
Elektron mikroskopik tadqiqotlar yadrocha ipsimon ko`rinishdagi nukleolonemalar va
ular orasidagi gomogen tuzilmalardan tashkil topganligini ko`rsatdi. Nukleolonemalarning
qaliyligi 4-8 nm ipchalardan iborat bo`lib, ularda kattaligi 15 nm keladigan granulalar
joylashgan. RNK yadrochaning xarakterli ximiyaviy komponenti hisoblanib, uni birinchi marta
Kasperson (1939) topgan. Yadrochada ribosomal RNK (rRNK) va ribosomalar hosil bo`ladi.
Yadrochalarning hosil bo`lishi va ularning soni xromosomalarning - ikkilamchi tortma
sohasida joylashgan yadrocha hosil qiluvchi qismlarining miqdori va aktivligi bilan bog`liq. Xro-
mosomalarning yadrocha hosil qiluvchi qismlaridagi DNK dan ribosomal RNK sintezlanib, bu
RNK yadrocha sohasida oqsil bilan o`raladi va ribosoma subbirliklari hosil bo`ladi. Subbirliklar
birlashib ribosoma shakllanadi va u yadroda yoki sitoplazmada oqsil sintezida qatnashadi va
ribosomalar hosil bo`lishida muhim rol o`ynaydi.
Yadro shirasi yoki kariolimfa (karioplazma) interfazadagi despiralizatsiya bo`lgan
xromosomalari va yadrocha joylashgan muhitdir. Tirik hujayralarda yadro shirasi strukturasiz
massa hisoblanadi. Fiksatsiya qilingan preparatlarda esa kariolimfa oqsillari koagulyatsiya
bo`lishi natijasida nozik to`rga o`xshab ko`rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: