UMUMIY EMBRIOLOGIYA ASOSLARI Embriologiya yunon. embryon - homila va logia - ta’limot demakdir. Ammo bu nom shu
fanning mazmunini to`la ta’riflay olmaydi. Embriologiya fani tuxum hujayralarining
otalanishidan tortib, tuxum qo`yuvchilarda homilaning tuxum qobig`idan chiqquncha, tirik tu-
g`uvchilarda esa homilaning tug`ilguncha bo`lgan davridagi hamma jarayonlarni ta’riflab beradi.
Shuningdek, embriologiya fani pushtdan oldingi, ya’ni j i n s i y hujayralarning rivojlanishi
hamda homila tug`ilganidan keyingi dastlabki davrni ham o`rganadi. Chunki taraqqiyoti mutlaqo
tuxum qobig`ida yoki tug`ilguncha tugallanib, so`ngra rivojlanmaydigan birorta organizm yo`q.
Sut emizuvchilarda organlarning tuzilishi va funksiyasy voyaga yetgan organizmning a’zolari
holatini tug`ilgandan so`ng ma’lum vaqt o`tgandan keyingina egallaydi.
Embriologiya organizmning normal individual taraqqiyoti va patologik holatlarda
embrion rivojlanishinyng buzilishsabablarini va ularning oldini olish yo`llarini o`rganadi.
Shuning uchun embriologiya organizmlarning individual taraqqiyoti - ontogenezning bir qismi
hisoblanadi.
Embriologiya
hamma
hujayrali
organizmlar
rivojlanishining
umumiy
qonuniyatlaridan tortib, alohida tip, sinf va tur vakillari uchun xarakterli bo`lgan xususiy
rivojlanish jarayonlarini ham o`rganadi. Shuning uchun ham embriologiya fani individual
rivojlanishniig keng masalalarini o`rganuvchi u m u m i y va ayrim gruppa hayvonlar
taraqqiyotini tekshiruvchi x u s u s i y embriologiyaga bo`linadi. Xususiy embriologiyaning
muhim bo`limlaridan biri
odam embriologiyasidir. Embrional taraqqiyotni o`rganish usullari turlichadir. Oddiy va qadimiy usul bo`lgan
tasviriy embriologiya pusht taraqqiyotining qanday o`tganini ta’riflab beradi. Turli xil hayvonlar
taraqqiyoti jarayonini qiyoslab o`rganuvchi ta’limot
kiyosiy embriologiyadir. A. O. Kovalevskiy,
I. I. Mechnikov, E. Gekkel va boshqalarning izlanishlari natijasida qiyosiy embriologiya
evolyutsion mazmunga ega bo`ldi. Evolyutsion nazariyani asoslashda muhim rol o`ynagan
evolyutsion embriologiya dastlab qiyosiy-tasviriy embriologiyadan kelib chiqdi. Keyinchalik
tajriba usuli embriologiyaning asosiy usuli bo`lib qoldi.
K. F. Volf, X. I. Pander va K. M. Ber zamonaviy embriologiyaning asoschilaridan
hisoblanadi. Darvinning evolyutsion targ`iboti embriologiya masalalariga materialistik
yondoshish uchun zamin yaratdi. Rus olimlaridan I. I. Mechnikov (1845-1916) va A. O.
Kovalevskiy (1840-1901) Darvinning evolyutsion nazariyasi bilan qurollanib embriologiyaga
ko`pgina yangiliklar kiritdilar. Ular umurtqasiz va sodda umurtqali hayvonlarni o`rganib, turli
sinf hayvonlar embrional takomil davomida o`xshash davrlarni boshdan kechirishlarini (masalan,
embrional varaqlarni) ko`rsatib berdilar. Bu bilan hayvonot dunyosining birligi yana bir bor
tasdiqlandi. I. I. Mechnikov va A. O. Kovalevskiyning bu tadqiqotlari evolyutsion gistologiya va
embriologiyaga asos bo`ldi. Hayvon organizmi individual taraqqiyotining hamma jarayonlarini 3
davrga bo`lish mumkin.
1. Taraqqiyotning homiladan oldingi davri - bu jinsiy hujayralarning rivojlanishi va
yetilishini o`z ichiga oladi.
2. Urug`lanish jarayonidan boshlab tug`ilguncha davom etadigan homilaning rivojlanish
davri.
3. Taraqqiyotning homiladan keyingi davri - tug`ilgandan to jinsiy balog`atga yetguncha
bo`lgan o`zgarishlar davri.
Homiladan avvalgi davr, yuqorida aytganimizdek, jinsiy hujayralarning taraqqiyoti va
yetilishini o`z ichiga oladi.