46
Hujayra bo`linishidagi jarayonlar ma’lum qonuniyat asosida borib,
ularni ketma-ket
keladigan interfaza va mitozga bo`lish mumkin. Ba’zi bir hujayralar populyatsiyasi bo`linishda
bo`ladi (kambial zona hujayralari). Bo`linishga tayyorgarlik vaktini: (interfaza) va mitoz
bo`linishni qo`shib
mitotik sikl
deyiladi (25-rasm).
I n t e r f a z a ilk davrida hujayra ichidagi strukturalarning keskin
o`sishi va shakllanishi
boshlanadi. Bu davrga G
1
–
sintez oldi davri
deb ataladi. Bioximiyaviy tomondan bu davr oqsil
va RNK intensiv sintezi bilan ifodalanadi, bu davr bo`linuvch hujayralar
generatsiya vaqtining
30-40% ni tashkil etadi. G
1
davrida uzun va o`zaro chigal hosil qilgan yadro xromatini bo’-
yoqlarni yomon qabul qiladi (geteroxromatin bo`limlaridan tashqari). So`ngra DNK
sintezi
davriga o`tadi
Bu - sintetik davr - S. Bu davr davomida yadroda DNK sintezi kuzatiladi.
Generatsiya vaqtining 30-50% ini tashkil qiluvchi bu davrda DNK ning spetsifik azot asosi
timidin yadro xromatini tarkibiga kiradi. Sintetik davr natijasida xromosomalar, ya’ni
hujayraning nasl materiali ikki marta ko`payadi. S davrdan so`ng G
2
-
mitoz oldi davri
kelib, u
hujayraning spetsifik oqsillar hamda ATF sintezi va hujayraning bo`linishiga tayyorgarligi bilan
ifodalanadi. Bu davr generatsiya vaqtining 10-20% ini tashkil etadi. G
2
-davridan so`ng,
generatsiya vaqtining 5-10% ini tashkil qiluvchi M - mitoz davri boshlanadi.
25- rasm. Mitotik sikl (sxema).
G
1
- presintetik (postmitotik) davr; S - sintetik davr; G
2
- postsintetik (premitotik davr).
M i t o z jarayonining o`zida 4 faza farq qilinadi (26, 27, 34-rasmlar).
Profazada
xromosomalarning kondensatsiya bo`lishi va mitotik apparatning shakllanishi
kuzatiladi. Xromosomalar kattalashadi va yo`g`onlashadi. Bu hodisa S davrida hosil bo`lgan
xromatidalarning spirallanishi bilan tushuntiriladi. Spiralizatsiya protsessida xromatidalarning
biri
ikkinchisi atrofida aylanmay, balki har biri o`zicha spiral hosil qiladi. Shuning uchun ular
mitozning keyingi fazalarida yengil ajraladi. Profazaning oxirida xromosomalar juft
xromatidalardan tashkil topdi. Xromosomalarning kattalashishi va yo`g`onlashishi
bilan birga
xromatidalar sentromerlar deb ataluvchi ma’lum bo`lmalari bilan birlashadi. Profaza oxirida
xromosomalar bo`linayotgan yadroning ekvatorial yuzasida joylashib, bo`linish dukchasini hosil
qila boshlaydi (27-rasm,
a).
Duk ikki tipdagi ipchalardan - qutblarni birlashtirib turuvchi
markaziy va qutblarni xromosoma sentromerlari bilan birlashtirib
turuvchi xromosoma
ipchalaridan tashkil topgan. Elektron mikroskopiya mitotik apparat ipchalari zich devorli
naychalardan tashkil topganligini ko`rsatadi. Ularning diametri 20 nm, devori qalinligi 4-5 nm.
Hayvonlarda sentriolalar orasidagi dukcha sentriolalar yad-roning bir tomonida yotganda
hosil bo`ladi. So`ngra, sentriolalar yadroning qarama-qarshi qutblariga qarab siljiydi. Bu vaqtda
dukcha kattalashib, yadro sohasini egallab oladi. Profaza uchun yadrochaning yo`qolishi va
yadro qobig`ining erishi xarakterlidir. Elektron mikroskopik kuzatishlar mitoz davrida yadro.
qobig`ining bo`lakchalari yo`qolmay, balki endoplazmatik to`r
membranalarga aylanishini
ko`rsatdi. Mitoz oxirida yadro qobig`i donador endoplazmatik to`r membranalaridan qayta hosil
bo`ladi.
48
27-rasm. A, B-Mitoz (kariokinez). Piyoz po`sti. Temirli gematoksilin bilan bo`yalgan.
A-ob. 60, ok. 10; B-ob. 40, ok. 10. 1-profaza; 2-metafaza: 3-anafaza; 4-telofaza.
27- rasm. V. Hayvon hujayrasidagi migoz. Ingichka ichak
Do'stlaringiz bilan baham: