Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


  SITOPLAZMA QIRITMALARI ( INCLUSIONES CYTOPLASMATICAE)



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

 


38 
SITOPLAZMA QIRITMALARI ( INCLUSIONES CYTOPLASMATICAE) 
Kiritmalar sitoplazmaning doimiy bo`lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular hujayra 
ichidagi modda almashinuvi, sekretsiya va pigment hosil qilish jarayonlari davomida va 
fagotsitoz yo`li bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bo`ladi. 
Mikroskop ostida kiritmalar har xil zichlikdagi granulalar yoki suyuq vakuolalar holida 
ko`rinadi. Qiritmalarning ximiyaviy tarkibi turlicha. Bir necha gruppa kiritmalar farqlanadi. 
1. Trofik kiritmalar (yog` tomchilari, oqsil granulalari, glikogen to`plamlari, vitaminlar 
va boshqalar). 
2. Sekretor kiritmalar (zimogen granulalar va boshqalar). 
3. Ekskretor kiritmalar (o`t kislotasi, mochevina va b.) 
4. Pigment kiritmalar (gemoglobin, melanin, lipofustsin va boshqalar). 
Oqsil kiritmalar kamda-kam uchraydi. Misol tariqasida ba’zi bir umurtqali hayvonlar 
jigaridagi oqsil donalarini hamda tuxum hujayrasidagi murakkab oqsil va fosfoproteid 
gruppalaridan tashkil topgan plastinkalar, donachalar, disklar, duksimon shakldagi ko`pgina 
sariqlik donachalarini va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Elektron mikroskopda olingan 
ma’lumotlarga qaraganda sariqlik tanachalari kristalsimon strukturalar hosil qilgan 
donachalardan va tayoqchalardan (protein makromolekulalari) iborat. Ko`pgina olimlar fikricha, 
sariqlik donachalari materiali ribosomalar ishtirokida donador endoplazmatik to`r sisternalarida 
hosil bo`ladi. 
Yog` kiritmalari
tomchilar shaklida hujayralarda kam uchraydi (19-rasm, a
, b). 
Ba’zi bir 
hujayralarda esa ancha ko`p yig`iladi. Masala, biriktiruvchi to`qimaning yog` hujayralari 
sitoplazmasidagi gigant yog` tomchilari (engil ekstraktsiya qilinuvchi neytral yog`lar) bunga 
misol bo`la oladi. Ingichka ichakda yog` so`rilish davrida silindrsimon hujayralarda ko`p 
miqdorda neytral yog`lar yig`iladi. Bundan tashqari, yog`ning to`planishi ba’zi bir organlarning 
qayta rivojlanishida (buqoq bezi, tuxumdonning sariq va atretik tanachalarida va boshqalarda) 
hamda patologik jarayon natijasida (jigar hujayralari va yurak mushaklarining yog` bilan 
to`yinishi -yog` distrofiyasida) kuzatiladi. Lipoid kiritmalar neytral yog`larga nisbatan murakkab 
ximiyaviy tuzilishga ega bo`lib, qiyin ekstraktsiya qilinadi. Ular har xil to`qima hujayralarida 
uchraydi (masalan, buyrak usti bezining po`stloq qismida, oligodendrogliya hujayrasida va 
boshqalarda). 
Elektron mikroskopik tadqiqotlar lipid tomchilarini turli shakllarda bo`linishini ko`rsatdi. 
Ayniqsa, bachadon, buyrak usti bezi po`stlog`i qismida lipid kiritmalar turli morfologik ko`-
rinishda bo`lib, ular turli himiyaviy tarkibga egadir. Lipid kiritmalar endoplazmatik to`r 
elementlaridan va ribosomalardan keskin ajralib turadi. Bu kiritmalar agranulyar endoplazmatik 
to`r kanalchalarida va Golji apparati sisternalarida yig`ilishi kuzatilgan. Bu faktlar yuqorida 
keltirilgan organellalarning lipid almashinuvidagi roliga misol bo`ladi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish