Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Lizosomalar.
Differensial sentrifugalash metodi bilan mitoxondriya va mikrosomalar 
orasida alohida zarrachalar va ularning to`plamlari tafovut qilinadi. Bu zarrachalar - belgiyalik 
bioximik De Dyuv tomonidan ochilgan bo`lib 
lizosoma 
(yunon. lysis - eritish, soma - tana) deb 
ataladi. Ular kislotali sharoitda ta’sir etuvchi gidrolitik fermentlarga boy. Lizosomalar sut 
emizuvchilarda, qushlar, amfibiylarda va boshqa hayvon va odam organizmi hujayralarida 
topilgan. 
Elektron mikroskop ostida zarrachalar kattaligi o`rtacha - 0,4 mkm bo`lib, dumaloq 
shaklga ega. Bu tanachalar bir konturli, qalinligi 8 nm keladigan qobiq bilan o`ralgan. 
Lizosomalar moddasi turli xil tabiatli bo`lib, ko`pincha, qoramtir ko`rinishga ega. Lizosomalar 
qobig`i buzilganda gidrolitik fermentlar ajraladi. Lizosomalarda hozirgi davrgacha 40 dan ortiq 
ferment (kislotali fosfataza, kislotali ribonukleaza, arilsulfataza, beta-glyukuronidaza, beta-
galaktozidaza, katepsin va boshqalar) aniqlangan. Lekin lizosomalarda lipidlarni (xususan, 
fosfolipidni) erituvchi fermentlar bo`lmaydi. Shuning uchun lizosomalarda parchalangan 
moddalardan (fosfolipidlardan) tashkil topgan miyelinsimon struktura qoladi. 
Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida moddalarni hazm 
qilishdagi rolidir. Bu xulosa fagotsitoz qiluvchi hujayralarda lizosomalarning ko`p bo`lishi bilan 
tasdiqlanadi. Birlamchi va ikkilamchi lizosomalar farqlanadi. 
Birlamchi lizosomalarga 
Golji kompleksi atrofida joylashuvchi va kislotali gidrolizlarga 
mo`l mayda vezikulalar (yig`uvchi granula) kiradi. Birlamchi lizosomalar ichida hali hech 
qanday parchalanayotgan moddalar yo`q. 
Ikkilamchi lizosomalar 
fagotsitoz va pinotsitoz jarayonida hujayraga tushgan 
moddalarning birlamchi lizosomalar bilan birlashuvi natijasida hosil bo`luvchi lizosomalardir 
(16-rasm). 
16-rasm. Lizosomalar. Hujayra ichida modda parchalanishining elektron mikroskopik 
sxemasi. 
1-Endoplazmatik to`r; 2- yig`uvchi granula; 3 -autofagiya qiluvchi vakuola; 4- 
endotsitoz; 5-fagosoma; 6-lizosoma; 7-hazm qiluvchi vakuola; 8-qoldiq tanacha; 9-
chiqarish (I. V. Almazov va L. S. Sutulovdan, 1978). 
Ikkilamchi 
lizosomalarning 
ikki 
turi 
farqlanadi: 
a) 
fagolizosomalar 
yoki 
geterofagosomalar. Bu lizosomalar fagotsitoz jarayonida hujayraga tushgan moddalarni 
birlamchi lizosomalar bilan qo`shilishidan hosil bo`ladi; b) autofagosomalar birlamchi 
lizosomalarni nobud bo`layotgan mitoxondriya, ribosoma, endoplazmatik to`r komponentlarini 
va ba’zi boshqa tuzilmalarni qamrab olishi hisobiga hosil bo`ladi. 
Qoldiq tanachalar 
yoki 
telolizosomalar. 
Gidrolitik parchalanish natijasida ba’zi 


33 
moddalar oxirigacha parchalanmaydi va lizosoma ichida parchalanmagan moddalar yig`iladi. Bu 
lizosomalarni 
qoldiq tanacha 
deb yuritiladi. Qoldiq tanachalar qavatli tuzilmalarni hosil qilishi 
mumkin. Ba’zan qoldiq tanacha ichida pigmentlar yig`ilishi mumkin. Qari odamlarda miya nerv 
hujayralarida, jigarda va mushak to`qimalarida qarilik pigmenti «lipofustsin» to`planadi. 
Lizosomalarning hosil bo`lishi Golji kompleksi bilan bog`liq. Birlamchi lizosomalar 
mayda pufakchalar yoki zich tanalar shaklida Golji sisternalari atrofida joylashadi. Kislotali 
fosfatazaning Golji kompleksida bo`lishi lizosomalarning hosil bo`lishida Golji kompleksining 
roli borligini ko`rsatadi. Lizosoma fermentlari esa endoplazmatik to`rda sintez bo`ladi. 
Lizosomalar takomilining boshqa manbai plazmatik membrana xisoblanadi. Bu membranadan 
pinotsitoz va hazm vakuolalari hosil bo`ladi. Ana shu vakuolalar, birlamchi lizosomalar bilan 
birlashadi. Bu holatni hujayraga har xil yot moddalar - xren peroksidazasi, kolloid oltin va 
boshqa moddalar kiritilib tekshirilgan eksperimentlarda ko`rish mumkin. 
Har xil patologik jarayonlarda lizosoma fermentlari sintezining buzilishi, birlamchi 
lizosomalar rivojlanishining kuchayishi yoki susayishi ular membranasining erishi va 
gidrolizlarning sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish