Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Plastinkasimon kompleks 
(Golji kompleksi yoki Golji apparati) 1898 yilda Kamillo 
Golji kumush tuzi bilan bo`yash usulini ishlatib, nerv hujayralarida to`rsimon tuzilmani ko`rdi 
(14-rasm, 
a). 
Bu tuzilmani u ichki to`rsimon apparat nomi bilan atadi. 
Golji kompleksini tirik hujayrada o`rganish qiyin. Chunki Golji kompleksining nur 
sindirish ko`rsatkichi sitoplazmanikiga yaqin turadi. Shu tufayli uzoq yillar davomida bir-biriga 
zid bo`lgan ilmiy ishlar paydo bo`lib, ularning ko`pchiligi hozirgi vaqtda deyarli eskirib qoldi. 
Elektron mikroskopni qo`llash Golji plastinkasimon kompleksining tuzilishi to`g`risida 
aniqroq tushuncha hosil qildi. Golji kompleksi asosan hujayra ichidagi membranalardan iborat 
bo`lib, sitoplazmatik vakuolalar sistemasini differen-tsiallashgan qismidir. Golji kompleksining 
tuzilishi o`zgaruvchan. Birinchi marta yadro atrofida yotuvchi murakkab to`r sifatida ta’riflangan 
bu tuzilma ba’zan yadro atrofida yotuvchi tasma yoki yadro ustida yotuvchi qalpoqcha holida 
ko`rinadi. Hamma hollarda ham Golji kompleksi to`rsimon tuzilmadir. Golji kompleksining 
bunday joylashishi va tuzilishi organellaning birdan-bir va tipik belgisi deb hisoblanadi. Keyingi 
yillarda Golji kompleksini yuqorida qayd qilingan joylashishidan tashqari, doira, o`roqsimon va 
tayoqchasimon (diktiosomalar yoki Golji tanachalari) shaklida joylashishi aniqlangan. Golji 
kompleksining shakli turli hujayralarda farqlanishdan tashqari, bir hujayraning funktsional 
holatiga qarab ham o`zgarib turadi. To`rsimon struktura kattalashishi yoki kichiklashishi 
mumkin. 
14- rasm. Golji kompleksi. A - ganglioz nerv hujayralari. Golji usuli bilan 
bo`yalgan. b. 40, ok. 10. B - Golji kompleksining elektron mikrofotogrammasi. X 30.000
V.-Golji kompleksi (sxema). 
Elektron mikroskopik tadqiqotlar Golji kompleksi uch xil qismdan tashkil topganligini 
ko`rsatadi (14-rasm, 
b, v).
1. Ya s s i s i s t e r n a l a r s i s t e m a s i - silliq membranalar (lamella) bilan 
chegaralangan. Yassi sisternalar ko`pincha 5-8 ta bo`lib, bir-biriga yaqin yotadi. 
Sisternaning soni, uzunligi va ularning o`zaro masofasi turli hujayralarda bir-biridan farq 
qiladi. Yaqin sisternalar orasidagi masofa 14-15 nm dan ko`p emas. Har bir sisterna ichidagi 
bo`shliq esa 9-25 nm va undan ko`pdir. Membranalarning qalinligi 7-8 nm. 
2. M a y d a m i k r o p u f a k c h a l a r - sisternalar oxirida joylashadi. 
Mikropufakchalarning diametri 30-50 nm dan katta emas. 
3. Y i r i k v a k u o l a l a r. Bular ham sisternalar va mikropufakchalar singari 
membranalar bilan o`ralgan. Vakuolalar kattaligi 0,2-0,8 mkm va ko`pincha ular yassi sisterna 
bog`lamlarining o`rta qismida yotadi. 


31 
Golji kompleksi membranalari ham boshqa organellalar va hujayra membranalari singari 
oddiy biologik membranadan iborat. Golji kompleksining har xil qismlari o`zaro bog`liq. bo`lib, 
bir-biridan hosil bo`lishi mumkin. Masalan, yirik vakuolalar sisternalarning kengaymalaridan 
hosil bo`lgan. 
Umurtqali hayvonlarning turli hujayralarida Golji kompleksi bir xil taraqqiy etmaydi. 
Golji kompleksi ko`pincha ishlamayotgan, differensiallashmagan hujayralarda kuchsiz 
rivojlangan. Golji kompleksining ayrim qismlari assit o`simta hujayralarida reduktsiyaga 
uchraydi. Golji kompleksi hujayraning funktsional holatiga qarab o`zgarishiga uchrab turadi, 
Golji kompleksining joylashishi har xil hujayralarda o`ziga xos bo`ladi. U yadro atrofida 
yoki hujayra markazi atrofida joylashadi. Qutbli differentsiyalashgan epiteliy hujayralarida Golji 
kompleksi yadro ustida, ba’zan esa ba’zal qismda yotadi. 
Golji kompleksini differensial sentrifugalash orqali ajratib olish qiyin bo`lganligi uchun 
uning bioximiyaviy tarkibi yaxshn o`rganilmagan. Umurtqali hayvonlar Golji kompleksida ko`p 
miqdorda yog`, lipoproteid, fosfolipid bor. Golji kompleksida tiamin pirofosfatazaning yuqori 
aktivligi mavjud. Undan tashqari, kislotali va ishqoriy fosfataza, nukleotiddifosfataza fermentlari 
borligi aniqlangan. 
Ko`pgina tadqiqotlar natijasida Golji kompleksi faoliyatining sekretsiya jarayoni bilan 
bog`liqlngi aniqlangan. Klassik sitologiya usulpari bilan tekshirilganda sekret granulalari Golji 
kompleksi zonasida joylashishi ma’lum bo`ldi. Sekretor granulalarning Golji kompleksi bilan 
bog`liqligi qadahsimon hujayralarda, me’da osti bezining atsinar hujayralarida va shilliq 
ishlovchi hujayralarda yaqqol tasdiqlangan. Hujayradagi birlamchi sekret mahsuloti birinchi 
galda Golji kompleksining sisterna mikropufakchalariga, so`ng esa vakuolalarga o`tadi. Golji 
kompleksining vakuolalari hujayra yuzasnga qarab harakat qiladi va vakuola pardasi hujayra 
membranasi bilan birlashib, sekret tashqariga quyiladi. Me’da osti bezining atsinar hujayralari 
pilokarpin yoki ovqat berish yo`li bilan stimullashtirilganda Golji kompleksining vakuolyar 
komponentlari va zimogen granulalari hosil bo`lishi tezlashadi. 
15- rasm. A – H

glyukozaning qadahsimon hujayra Golji kompleksi sohasida va 
sekretor donachalarda joylashishi. Elektron mikroskopik avtoradiografiya. X 10.000. 
1-Golji kompleksi; 2-sekretor donachalar: 3 – H
3
- glyukoza (treklar). B.Golji 
kompleksiking lipidning transport qilinuvchi shakllarini (xilomikronni) hosil kilishda 
ishtiroki. Och ichak vorsinkasining prizmatik hujayrasi. Elektron mikrofotogramma - 
X20.000. 
1-Golji kompleksi; 2-lipid donachalar; 3-xilomikron; 4-mitoxondriya. 


32 
Oxirgi vaqtlarda Golji kompleksining glikoproteidlar sintezida ishtirok etishi to`g`risida 
ma’lumotlar bor. Glikoproteidlar hosil bo`lishida qatnashadigan H
3
- glyukoza Golji 
kompleksiga yig`iladi (15-rasm, 
a). 
Ribosomalarda sintez bo`lgan oqsil ham shu yerga kelib 
karbonsuvlar bilan qo`shiladi va glikoproteid hosil bo`ladi. 
Golji kompleksining yog` s o` r i l i sh i d a ishtiroki to`g`risida ham dalillar bor. 
Hayvonga yog` berilgandan so`ng 40-75 min. o`tgach, ko`pgina mayda lipoid tomchilari ichak 
prizmatik epiteliysi Golji kompleksining kengaygan sisternalarida va va kuolalarida yig`iladi 
(15-rasm, b). Shunday qilib, bu organella yog` so`rilishida ham ishtirok etadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish