atcinus
(acinus pancreaticus; hisoblanadi. U oxirgi sekre-tor bo’lim va kiritma naylarini o’z
ichiga olib, updan chiqaruv
217- rasm. Me’da osti sezi. Gematoksilip-eozitc bilan bo’yalgpn. 06. 10, ok. 10.
1 - bezning ekzokrin qismi; a - atcinuslar; 2 - qon tomir; 3 - endokrin qnsm - Lan-
gergans orolchasi.
naylari boshlanadi. Tashqaridan atcinus kattaligi 100-150 mkm bo’lgan qopchani eslatadi.
Atcinuslar orasida retikulin tolalar, qon kapillyarlari hamda vegetativ nerv sistemasining nerv to-
lalari va nerv tugunlari joylashadi. Atcinuslar 7-12 ta yirik ekzokrin pankreatotcitlar yoki
atcinotcitlardan (acinocytus) va bir necha mayda nay hujayralari yoki tcentroatcinoz hujayralar-
dan tashkil topgan. Atcinar hujayralarda apikal zimogen va bazal (gomogen) zonalari aniq ajralib
turadi. Elektron mik-roskopda atcinar hujayralar piramida shakliga ega bo’lib, uning keng asosi
bazal membranada yotadi (218-rasm). Hujayralarning yon yuzalari tcitolemmasi biriktiruvchi
kompleks va desmosoma-lar hosil qiladi. Atcinar hujayralarning apikal (zimogen) zo-nasi
kislotali bo’yoqlar bilan, ya’ni oksifil bo’yaladi. Zimogen zona asosan yirik (diametri 80 nm
gacha) o’rtacha elektron zichlik-dagi zimogen granulalar bilan to’lgan bo’ladi. Ular orasida
kamroq elektron zichlikka ega bo’lgan prozimogen (etilmagan) donalari ham uchrab turadi.
Gomogen zonada asosan membrana-larida juda ko’p ribosomalar tutgan donador endoplazmatik
to’r elementlari joylashgan. Ular parallel’ joylashgan yassi qopcha-lardan iborat bo’lib,
pankreatik shiraning fermentlari shu er-da sintezlanadi. Bazofil ribosomalar ko’p bo’lganligi
sababli bu zona bazofil bo’yaladi.
Atcinar hujayralarning 1-2 ta yadrocha tutgan dumaloq yadro-si ularning bazal qismiga yaqin
joylashadi. YAxshi rivojlangan
356
218- rasm. Me’da osti bezi atcinus hujayrasiiing elektron mikrsfotografiya-
si. x 14.000.
) - yadro; 2 - yadrocha; 3 - \;itoxondrilyaar; 4 - endoplazmatik to’r; 6 - plastin-kgsimon
kompleks. 6--zimogen donachalar; 7 - atcinus bo’gplig’i.
Gol’ji kompleksi tcitoplazmaning yadro usti zonasini egallay-Di. Turli shakldagi
mitoxondriyalarning ko’pchiligi Gol’ji kom-pleksi atrofida va hujayra tcitolemmasining ostida
joylash-gan. Atcinar hujayraning yadrosi dumaloq bo’lib, bazal qismga yaqin joylashadi.
357
219- rasm. Atcinus markaziy (tcentroatcinoz) hujayrasishshg elektron mikrsfotografiyasi. X
12.000.
1 - yadro; 2 - tcitoplazma; 3 - aiinus xujayrasining sekret dokalari; 4 - atcnnus bo’shlig’i.
Atcinar hujayralarning sekretor faoliyati tciklik jarayon bo’lib, unda quyidagi bosqichlarni
kuzatish mumkin: 1) ferment-lar sintezi uchun zarur bo’lgan oddiy birikmalarning hujayra-ga
kirishi; 2) donador endoplazmatik to’rda sintez bo’lishi; 3) sekretning Gol’ji kompleksida
«etilishi»; 4) tayyor sekret mahsulotining prozimogen va zimogen holida yig’ilishi; 5) sekret
mahsulotining hujayradan chiqishi. Sekretor tcikl o’rtacha 1,5- 2 soat davom etadi. Ammo
organizmning hazm fermentlariga bo’l-gan fiziologik ehtiyojiga qarab qisqarishi va, aksincha,
uzayi-shi mumkin.
Atcinar hujayralardan ajralgan sekret kiritma nay (ductus-intercavatus ) ga tushadi. Uning
devorini tashkil qilgan mayda hujayralar ba’zan atcinar hujayralarning yon tomonida zich
yopishib, ular bilan umumiy bazal membranada joylashadi. Ba’-zi hollarda esa kiritma nayi
hujayralari atcinus bo’shlig’iga suqilib kiradi va atcinar hujayralarning apikal yuzasida yota-di.
Bunday joylashgan holda ular
tcentroatcinoz hujayralar
cellulae centracinosae) deb ataladi.
(219-rasm). TCentroatci-noz hujayralar noto’g’ri yassi ko’rinishga ega bo’lib, oval shakli-dagi
yirik yadrosi oqish tcitoplazmasining yupqa qatlami bilan o’ralgan. TCitoplazmada organellalar
juda kam. Hujayralarning atcinus bo’shlig’iga qaragan erkin yuzasida onda-sonda mikrovor-
sinkalar uchraydi.
Kiritma naylari bo’lakchalar ichi naylari (dictus interlobula res) ga o’tadi. Ularning devori bir
qavatli kubsimon epiteliy bilan qoplangan. Hujayralar tcitoplazmasida oz miqdorda mi-
toxondriyalar va erkin ribosomalar, unchalik rivojlanmagan Gol’ji kompleksi va donasiz
358
endoplazmatik to’r elementlark bor. Bo’lakchalar ichi naylari me’da osti bezida unchalik rivoj-
lanmagan va shu belgisiga qarab quloq oldi bezidan yaqqol aj-ratish mumkin. Qiritma va
bo’lakchalar ichi naylari hujayrala-ri pankreatik shira tarkibidagi bikarbonatlar, tuzlar va suv
sekretciyasida ishtirok etadi.
Bo’lakchalar ichi naylari bez bo’laklari orasidagi birikti-ruvchi to’qimali to’siqlarda joylashgan
bo’lakchalararo naylar (ductus interlobularis) bo’lib davom etadi. Ular esa o’z navbatida me’da
osti bezining umumiy, chiqaruv nayiga qo’shi-ladi. Umumiy nay bezning dum qismidan bosh
qismigacha davom etib, bu erda umumiy o’t yo’li bilan birgalikda o’n ikki barmoq ichak
bo’shlig’iga ochiladi. Bu naylar devori shilliq parda bilav qoplangan. SHilliq parda baland
prizmatik epiteliy va birik-tiruvchi to’qimadan iborat xususiy plastinkalardan tashkil top-gan.
Umumiy chiqaruv nayining qo’shilish joyida aylana joylash-gan silliq mushak hujayralari bo’lib,
ular nayning sfinkteri-ni hosil qiladi.
CHiqaruv nayi epiteliysida qadahsimon hujayralar hamda> pankreozimin va xolitcistokinin
gormonlarini ishlovchi endokrin hujayralar uchraydi. Bu gormonlar ta’sirida me’da osti bezi
220- rasm. Me’da ssti bezi endokrin qismidagi hujayralarning elek-trsn mikrsfotografiyasi. X
6000.
1 - A - hujayralar; 2 - V - hujayralar; 3 - endoplazmatik to’r; 4 - mito-xondriyalar; 5 - sekretor
donachalar; 6 - yadro.
atcinar hujayralarining sekretor faoaliyati va jigardan o’t ajralishi kuchayadi.
Bezning endokrin qismi. Endokrin qism bez bo’lakchalari ichi-da joylashgan pankreatik
orolchalar (Langergans orol-chalari) dan iborat (217, 220-rasmlar). Ko’pchilik orolchalar odatda
atrofdagi to’qimalardan biriktiruvchi to’qimali parda bilan ajralgan. Lekin ayrim orolchalarning,
ayniqsa, mayda •orolchalarning kapsulasi bo’lmaydi va ekzokrin parenxima bilan qo’shilib
ketadi. Orolchalarning soni bezning bosh - tana - dum yo’nalishida ortib boradi. Ularning
umumiy soni 1 mln dan 2 mln gacha bo’ladi.
Pankreatik orolchalar (Insulae pancreaticae) endokrin hujayralar- insulotcitlar (insulocyti) dan
tashkil topgan. Ular o’rtasida fenestr-langan sinusoid tipidagi qon kapilyarlari joylashadi. Qon
kapilyar-lari atrofida perikapillyar bo’shliq bo’lib, insulyar i ormonlar avva-lo shu bo’shliqqa,
359
so’ngra kapillyarlar devori orqali qonga tushadi.
Insulotcitlar atcinar hujayralarga qaraganda kichikroq bo’-lib, ularning tcitoplazmasida donador
endoplazmatik to’r o’rtacha rivojlangan bo’lsa-da, Gol’ji kompleksi yaxshi rivojlangan, mayda
mitoxondriyalar va sekret donachalari ko’p (220-rasm). Sekret donachalarining fizik-kimyoviy
va morfologik xususiyat-lariga qarab insulotcitlarning 5 turi farqlanadi: V- (bazo-fil) hujayralar,
A- (atcidofil) hujayralar, D- (dendritik) hujayralar, Di-(argirofil) hujayralar va RR-hujayralar.
Pankreatik orolchalar hujayralarining ko’pchiligini (70- 75%) V-hujayralar tashkil qiladi. Ular
asosan orolcha marka-zida joylashadi. V-hujayralarning sekret donachalari suvda erimaydi,
ammo spirtda butunlay erib ketadi. Sekret donacha-larining kattaligi 275 nm atrofida bo’lib, ular
bazofillik xususiyatiga ega va al’degidfuksin, gentcian fiolet bilan ko’k rangga bo’yaladi. Sekret
donachalarining o’rab turgan membranasi bilan ichidagi moddasi orasida keng yorug’ gardish
(oreola) bor. V-hujayralarning sekret donachalari insulin gormonidan ibo-rat. Insulin to’qimalar
hujayralari tomonidan glyukozani o’zlashtirishni kuchaytiradi va qondagi qand miqdorini
kamay-tiradi. Uzlashtirilgan glyukoza hujayralarda, ayniqsa, jigar va mushak hujayralarida
glikogenga aylanadi va to’planadi. SHuning uchun organizmda insulin etishmaganda
to’qimalarda glyukoza miqdori kamayib, qonda uning miqdori ko’payib ketadi, Bu esa qandli
diabet kasalligiga olib keladi.
A-hujayralar pankreatik orolchalar hujayralarining 15- 20 protcentini tashkil qiladi va ular
ko’pincha orolchaning chek-kalarida joylashadi. Bu hujayralar sekret donachalarining kattaligi
230 nm atrofida bo’lib, ular spirtda erimaydi, ammo suvda eriydi. V-donachalar oksifil
xususiyatga ega, shu sababli kislotali fuksin bilan och qizil rangga bo’yaladi. V-hujayralar sekret
donachalaridan farqli o’laroq, A-donachalarning qoram-tir markazi bilan uni o’rab turgan
membranasi orasidagi yorug’ gardish (oreola) tor bo’ladi. A-hujayralar sekret donachalari-da
glyukogon gormoni topilgan. Glyukogon insulinning antagonis-ti hisoblanadi va uning ta’sirida
to’qimalarda glikogenning glyujozaga parchalanishi kuchayadi, natijada, qondagi qand miq-dori
oshadi. SHuning uchun organizmda glyukogon kamayib ketganda qondagi glyukoza miqdori
kamayib ketishi mumkin. SHunday qi-lib, insulin va glyukogon qondagi glyukoza miqdorining
doimiy-ligini ushlab turadi va to’qimalardagi (birinchi navbatda ji-gardagi) glikogen miqdorini
belgilaydi.
D-xujayralar insulotcitlarning 5-10% ini tashkil qiladk. Bu hujayralar noksimon, ba’zan,
yulduzsimon shakldagi hujay-ralar bo’lib, asosan, pankreatik orolchalarning chetida joyla-
shadi. D-hujayralarning sekret donachalari kattaligi 325 nm atrofida, o’rtacha zichlikda bo’ladi
va yorug’ gardish (oreola) tutmaydi. D-hujayralar somatostatin gormoni ishlab chiqaradi. Bu
gormon A- va V-hujayralardan insulin bilan glyukogon aj-ralishini to’xtatadi hamda bezning
atcinar hujayralaridagi fermentlari sintezini pasaytiradi. Pankreatik orolchalarda oz miqdorda Di
- hujayralari ham uchraydi. Bu hujayralar ju-da zich markazi atrofida tor yorug’ gardishi bo’lgan
mayda (160 nm) argirofil donachalar tutadi. Di-hujayralar vazoaktiv yantestinal polipeptid (VIP)
ishlab chiqaradi. VIP arterial bosimni pasaytiradi, me’da osti bezi shirasi va gormonlar
ajralishini kuchaytiradi.
RR-hujayralar insulotcitlar orasida juda kam (2-5%) -bo’lib, ular me’da va me’da osti bezi
shiralari ajralishini kuchaytiruvchi pankreatik polipeptid ishlaydi. RR-hujayralar poligonal
shaklda bo’lib, tcitoplazmasida juda mayda (140 nm gacha) donachalar tutadi. Bu hujayralar
odatda bezning bosh qismidagi pankreatik orolchalarning chetlarida, bundan tashqa-ri,
orolchalardan tashqarida, ya’ni ekzokrin bo’limlar va chiqa-ruv naylari orasida ham uchraydi.
Me’da osti bezi bo’laklarida yuqorida aytib o’tilgan, atci-nar va endokrin hujayralardan tashqari,
sekretor hujayralar-ning yana bir turi - oraliq yoki atcinoinsulyar hujayralar uch-raydi (221-
rasm). Ularning kelib chiqishi to’liq o’rganilmagan. Atcinoinsulyar hujayralar to’da-to’da bo’lib
ekzokrin qism ora-sida joylashadi. Bu hujayralarning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki,
ularning tcitoplazmasida ikki xil donachalar: atcinar hujayralarga xos bo’lgan yirik zimogen
donachalari va endokrin hujayralarga xos - mayda sekret donachalari uchraydi. Mayda sekret
donachalari A- V- yoki D-hujayralardan birining sekret donachalariga o’xshash bo’ladi. SHu
sababli atcinoinsulyar hujayralarni A, V, va D turlarga klassifikatciya qilish tavsiya qilingan.
360
Atcinoinsulyar hujayralarning ko’pchiligi qonga ham endokrin, ham zimogen donachalarini
ajratadi. Kamdan-kam hollarda har ikki xil sekret donachalari bezning chiqaruv nayi-ga tushadi.
Me’da osti bezining qon bilan ta’minlanishi. Me’da osti bezi arteriya qoni bilan qorin arteriyasi
va yuqori ichak tutqichi arteriyasi tarmoqlari hisobiga ta’-minlanadi. Yirik arteriya tarmoqlari
bo’lakchalararo birikti-ruvchi to’qimalarda mayda arteriyaolalarga ajraladi. Bu tar-moqlar
atcinuslar atrofida kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Kapillyarlar yig’ilib, venulalarga o’tadi.
Langergans orolchala-rining qon bilan ta’minlanishi bundan keskin farq tciladi. Orolchalarga
keluvchi arteriyalar sinusoid kapillyarlarga tar-moqlanadi. Sinusoid kapillyarlar endoteliy
hujayralarida «fenestrlar (teshikchalar) ko’p, bazal membranasi o’ta yupqa bo’-ladi. Bu esa
modda almashinuvini osonlashtiradi. So’nggi vaqt-larda olingan ma’lumotlar me’da osti bezi
shirasi ajralishi-
221- rasm. Atcinoinsulyar hujayraning elektron mikrofotografiyasi. x 37.500_
1 - zimogen donachalar; 2 - endskrin sekret donachalari; 3 - donador endoplazmatik to’r
:
4 - mitoxondrnyalar.
ning tezlashishi, uning qon bilan taminlanishining ortishi bilan birga borishini ko’rsatadi.
Me’da osti bezi bo’laklarida tomirlarning darvoza (portal) sistemasi mavjud degan fikrlar ham
bor. Bu fikrga ko’ra olib keluvchi arteriola avval pankreatik orolchalar kapillyarlariga
tarmoqlanadi, so’ngra ular olib chiqaruvchi arteriolaga yig’ila-di, undan esa ekzokrin qism
atcinuslarini qon bilan ta’min-lovchi yangi (ikkilamchi) kapillyarlar to’ri boshlanadi. Me’da osti
361
bezidan oqib chiqadigan venoz qon darvoza venasiga quyi-dadi.
Me’da osti bezining limfa sistemasi atcinuslar va orolcha-lar atrofidagi kichik limfa
kapillyarlaridan boshlanadi va yirik limfa tomirlariga birlashib, regionar limfa tugunlar-ga
quyiladi.
Innervatciyasi. Me’da osti bezi parasimpatik va simpatik nerv sistemalari bilan juda boy
ta’minlangan. Vegetativ nerv sistemasi tarmoqlari, masalan, adashgan nerv, yuqori qorin va
quyoshsimon chigal tarmoqlari me’da osti bezi atrofida chigal-lar hosil qiladi. Bu chigalning
ko’pgina tarmoqlari qo’shni duo-denal jigar, me’da chigallari va boshqa chigallar bilan bog’lan-'
gan holda bo’ladi. Adashgan nerv impul’slari ta’sirida me’da osti bezidan shira ajralishi
ko’payibgina kolmasdan, balki fermentlarning sintezlanishi ham oshadi va tezlashadi.
Orolcha hujayralari ekzokrin hujayralardan farqlanib, nerv tolalari va ularning oxirlariga o’ta
boydir. SHuning uchun ham ularni
Do'stlaringiz bilan baham: |