PSIXODIAGNOSTIK TEKSHIRUV VA TADQIQOTLAR
REJA
1. Tadqiqot va tekshiruvning vazifalaridagi tafovutlar.
2. Psixodiagnostik jarayonlarning asosiy bosqichlari.
3. Psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazishga tayyorlash
Psixodiagnostika psixolog faoliyati yo’nalishlaridan biri bo’ilib, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Mijozning psixologga murojaatini o'rganish, Diagnostga murojaat oddiy, hayotiy so‘zlashuv tilida bo’lganligi sababli, uni ilmiy psixologik ko'rinishga aylantirish, ya’ni qilingan amaliy talab asosida psixologik muammoni belgilab olish (mijoz talabini psixologik muammoga aylantirish). Tashqaridan kuzatuvchi sifatida muammoni chuqur anglash.
2. Muammoni hal qilish uchun tushgan talab bo‘yicha birlamchi axborotni to‘plash: oila a’zolari, faoliyatni (o‘quv yoki mehnat) muvaffaqiyatli bajarish haqida; yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari haqida; tibbiy xulosa; yig'ish.
3. To‘plangan malumot asosida farazni ilgari surish va uni tekshirish uchun diagnostik metodlarni tanlash.
4. Diagnostik tekshiruv o‘tkazish, natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish.
5. Qolga kiritilgan diagnostik malumotlardan kelib chiqib, asosiy xulosalar chiqarish.
6. Psixologik yordam, ta’sirot turlarini aniqlash, ya’ni amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, maslahat ishlari uchun asosiy yo‘nalishlanii belgilash. Masalan, kollej ishlab chiqarish ustasidan psixologga 1-kurs talabasi ustidan o‘zini yomon tutishi, darsda ko‘pincha intizomni buzishi, o‘rtoqlari bilan urishishi haqida murojaat tushdi (1- bosqich). Suhbat asosida buning sababiarini aniqlash bo‘yicha birlamchi axborot to‘planadi (2-bosqich).
Malumotlar asosida negativ holatlar yangi jamoaga moslashuv hamda o‘quvchining o‘zini tasdiqlash ehtiyoji va uni noadekvat usullar vositasida egallash mumkinligi to‘g‘risida faraz ilgari suriladi, metodlar (sotsiometriya, refereniometriya, suhbat) tanlanadi (3-bosqich). Farazni tekshirish uchun diagnostik tadqiqot oikaziladi (4- bosqich).
Qolga kiritilgan malumotlar asosida farazning to‘g‘ri ekanligi va intizom buzilishining sababi o‘quvchining shaxslararo munosabatlarda past mavqeni egallaganligi haqida xulosa chiqariladi (5-bosqich). Suhbat jarayonida o‘quvchining harbiy sohaga bolgan qiziqishlari aniqlanganligi sababli sport seksiyasiga va harbiy vatanparvarlik klubiga a’zo bo’lish tavsiya qilinadi
(6-bosqich). Shuningdek, o'quvchining o‘ziga bo’lgan ishonchini oshirish uchun
shaklida psixokorreksion ishlar olib borilishi tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |