350
Atciltransferaza yordamida yog’ kislotalari hujayraga so’rilgan glitcerin bilan qayta birikkali
(resintez) va mayda yog’ (trigli-tcerid) tomchilarini (xilomikronlarni) hosil qiladi. Bu ja-rayonda
Gol’ji kompleksi va mitoxondriyalar muhim rol’ o’ynaydi. Gol’ji kompleksida xidomikronlar
sintezlanadi, yi-g’iladi va vezikulalar yordamida lateral membrana tomon suri-ladi. So’ngra
vezikula membranasi lateral membrana bilan qo’-shiladi, natijada, xilomikronlar hujayralararo
bo’shliqqa chiqariladi. Ular bazal membrana orqali vorsinka stromasiga o’tib, asosan, limfa
tomirlariga so’riladi.
Oqsillar so’rilishi jarayoni ham yog’lar so’rilishi kabi amal-ga oshadi. Voyaga etgan odamda
hamma oqsillar aminokislotalar-ga parchalangandan so’nggina so’riladi. YAngi tug’ilgan ba’zi
sut emizuvchi hayvonlarda hazm qilish a’zolari faoliyati ham mu-kammal bo’lmagani uchun ona
suti tarkibdagi oqsillar parchalan-masdan jiyakli hujayra orqali to’g’ridan-to’g’ri qonga o’tadi.
Toshkent meditcina instituti olimlari professorlar: K. A. Zu-farov, V. M. Gontmaxer va A. Y.
Io’ldoshevlar olib borgan iz-lanishlar natijasida qonga parchalanmagan holda o’tgan ona suti
oksillarining buyrakning proksimal naylari hujayrala-ri tomonidan birlamchi siydik tarkibidan
reobsorbtciya qilib
olinishi va hujayra lizosomalari fermentlari yordamida ami-nokislotalargacha parchalanishi
aniqlandi. Hosil bo’lgan amino-kislotalar qonga chiqarilib, yana organizm ehtiyojlari uchun
ishlatilar ekan. Uzbek olimlarining bu kashfiyoti SSSR ixti-rolar va kashfiyotlar qo’mitasi
tomonidan 1987 yilda qayd
qilindi.
Ichak epiteliysi orqali suv va unda erigan mineral tuzlar, vitaminlar va boshqa moddalar ham
so’riladi.
YG’G’ON ICHAK
Io’g’on ichak ichak nayining distal qismi bo’lib, u erda suv-ning so’rilishi va najasning
shakllanish jarayonlari ro’y bera-di. Oziq moddalarning so’rilishi ham kuzatiladi. Yo’g’on ichak
mikroflorasi ba’zi vitaminlar (V-gruppa va K-vitaminlar) sintezlashda va kletchatkani
parchalashda ishtirok etadi
;
Yo’g’on ichakda hosil bo’lgan shilliq ovqat moddalarning hazm
bo’lmagan qoldiqlarining ichak bo’ylab siljishini ta’minlaydi. Yo’g’o^n ichak shilliq qavati
orqali turli moddalar (kal’tciy, magniy, fosfatlar, og’ir metall tuzlari) chiqariladi-bu esa yo’g’on
ichakning ajratuv faoliyati hisoblanadi.
IUG’ON ICHAKNING TUZILISHI
Yo’g’on ichak anatomik jihatdan turli qismlarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: