Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

SHilliq parda. 
Me’da shilliq pardasining^Z^ yuzasi uning burmalari, maydonchala- 


328 
ri va chuqurchalari hisobiga notekis bo’ladi. Me’da burmalarining (plica gastrica) hosil 
bo’lishida shillitc osti pardalar qatnashadi, Burmalar doimiy tuzilmalar bo’lmay, faqat 
bo’sh me’dagina ko’rinadi, me’daga ovk,at tui!ganda esa yo’qolib ketadi. Me’da maydon- 
chalari (areae gatricae) shilliq pardaning bir-biridan egatchalar orqali ajralib turgan 
sohalaridir. Ular ko’p burchakli shaklga ega bo’lib, eni 1 mm dan 16 mm gacha yotadi. 
Maydonchalarning hosil bo’lishiga sabab, me’da bezlari to’da-to’da bo’lib joylashib, bir-biridan 
biriktiruvchi to’qimaning yupqa qatlami bilan ajralib turadi. SHu birikgiruvchi to’qima qatlami 
me’da maydonchalarkning chegarasini hosil qiladi. Me’da chuqurchalari (fo veolae gastricae) 
epitzliyning xususiy plastinkaga botib kirishndan 
hosil bo’lib.ularning umumiy soni 3 mln ga etadi. CHuqurchalar me’daning hamma yuzasida 
uchraydi, ammo turli qismlarida ularning chu tcurligi har xil bo’ladi. Me’daning kardial va 
fundal bo’limlarida ular anchagina sayoz bo’lib, shilliq pardaning 1/4 qismigacha etib bor-sa, 
pilorik bo’limda ancha chuqur bo’ladi va shilliq pardaning yarmiga-cha etib boradi. Me’da 
chuqurchalarining tubiga xususiy plastinkada yotgan bezlar ochiladi. 
199-rasm. Me’da fundal qisminnng Devorp Gematsksilnn-eozin bilan bo’yalgan. Oa. 3,5 
ok. 10. 
1 - shilliq parda: 2 - shilliq osti pardasp; 3 - mushak parda; 4 - ssroz parda. 


329 
200- rasm. Qizilo’ngachning me’daga o’tish qismi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 3,5. 
ok. 10. 1- qizilungach shilliq pardasining ko’p qavatli yassi epiteliysi; 3J-me’da chuqurcha-lari; 
4-shilliq pardaning xususiy qavati; 5 - qizilo’ngachning kardial bezlari; 
6 - me’da bezlarch; 7 - qon tomirlar. 
Me’da shilli1\ pardasining yuzasi hamma joyda bir qavatli priz-matik qoplovchi epiteliy bilan 
qoplangan bo’lib, uning qizilo’ngach epiteliysi bilan chegarasi aniq ajralib turadi (200-rasm). 
Me’da epiteliysining o’ziga xos xususiyati uning "bez tabiatiga ega ekanli-gidadir. Me’daning 
barcha qoplovchi (sirtqi) epiteliy hujayralari (epitheliocyti superficialis gastrici) doimiy ravishda 
shilliq tabiatli (mukoid) sekret ajratadi. Har bir qoplovchi hujayrada ikki qism: apikal va bazal 
qismlari aniq ajralib turadi (sxema). Bazal memb-ranaga tegib turgan bazal qismida oval shaklda 
yadro yotib, uning us-tida Gol’ji kompleksi joylashadi. Apikal qism har xil shakl va kattalikdagi 
mukoid sekret donalari bilan to’lgan (202-rasmga q). Qoplovchi epitelial hujayralarning apikal 
yuzasida mikrovorsinka-lar machjud bo’lib (201-rasm), yon yuzalarining plazmatik membranasi 
ko’plab interdigitatciyalar hosil qiladi. Qoplovchi epiteliyning mah-suloti (sekreti) shilliq parda 
ustida mukoid parda hosil qilib, uni 
201- rasm. Me’da qoplama epiteliy hujayralari sathining rastrlovchi mik-roskopda ko’rinishi. 
xZOO (K. I. Rasulov rasmi) 
1 - hujayralararo b}shliq; 2 -hujayralarning usimtalari. 
me’da shirasining ta’siridan va dag’al ovqat parchalarining shikast-lashidan asraydi. 


330 
SHilliq pardaning xususiy plastinkasida me’da bezlari joylashgan, ular orasida esa siyrak tolali 
shakllanmagan bi-riktiruvchi to’qimaning yupqa qatlamlari yotadi. SHu biriktiruv-chi to’qimada 
doimo limfoid elementlar bo’ladi, ular ba’zan tarqoq (diffuz) holda joylashsa, ba’zida yakka-
yakka yotuvchv sollitar follikullarni hosil qilardi. Sollitar follikullar ko’proq me’daning o’n ikki 
barmoq ichakka o’tish joyida uchraydi. 
SHilliq pardaning mushak plastinkasi uch qavatdan: i ch k i. va tashqi aylana hamda o’rta 
bo’ylama yo’nalgan sil-liq mushak hujayralaridan iborat. Ayrim mushak hujayralari shu 
plastinkadan xususiy plastinkaning biriktiruvchi to’qima-siga o’tadi. Mushak hujayralarining 
qisqarishi shilliq parda-king harakatchanligini ta’minlaydi va me’da bezlaridan sek-retni 
chiqarishga ko’maklashadi. 
Me’da bezlari (gl. gastricae)
uning turli bo’limlarida 
bir xil tuzilishga ega bo’lmaydi. Uch me’da bezlari tafovut qi-linadi: fundal yoki me’daning 
xususiy bezlari, pilorik va kar-dial bezlar. Bezlarning eng ko’pi fundal bezlar bo’lib, ular 
me’daning tana va tub qismlarida joylashgan. Kardial va pi-lorik bezlar esa me’daning tegishli 
bo’limlarida joylashadi. 


331 
202- rasm. Me’da shilliq qavatining qoplama hu-jayrasi va me’da fundal bszi bir qismining ul’-
tramikroskopik tuzilishi (sxema) (M. M. Ismoilov rasmi).'^'^ 
J

1 - met-da chuqurchasiG
1
2 - bez bo’shlig’i; 3 - bez Rir de-vorining fragmeg’pi; 4 - bez qarama-
qarshi devoryaning fragmenti; 5 - qoplovchi \u-jayra; 6 - bo’yin >ujaypa-si; 7-qo’shchmcha 
xujaG’fa; 8 - bosh hujayra; 9 - parietal hujayra; 10 - bez bo’shlng’i-ga ochiluvchi zndokrin hu-
jayra; 11-bez bo’shlig’iga echilmaydmgan endokrin hu-jayra; 12 - bazal mechbrana: 13 - hujayra 
ichi kanalchala-ri; 14-yadro; 15 - sekret donachalari; 16 - zndoppazua-tik t?r; 17 - biriktnruvchi 
tchqima; 18-qon kapillyari; 19- epdoteliy hujayra; 20 - erktrotcit; 21 - limfotcit; 
22 
- plazmatnk 
hujayra; 23-nerv oxchrlari; 24 - bi-rnktiruachi tMe’daning fundal yoki xususiy bezlari (dll. gastricae propria;) juda ko’p bo’lib, ularning soni 
odamda 35 mln ga etadi. Xar bir bezning sathi 100 mm
2
atrofida, fundal bezlarning umumiy 
sektor-yuzasi esa 3- 4 m
2
etadi. Tuzilishiga ko’ra fundal bezlar oddchy tar-moqlanmagan yoki 
qisman tarmoqlangan naysimon bezlardir. Bitta bez-ning uzunligi 0,65 mm, diametri 30 - 50 


332 
mkm atrsfida bo’ladi. Fun-dal bezlarda bo’yin (isthmus), tana (corpus) va tub (fundus) qismlari 
tafovut qilinadi. Tana va tub qismlari bezning asosiy sekretor bo’-limini tashkil qilsa, bo’yin 
qismi chiqaruv nayi vazifasini bajaradi va me’da chukurchasiga ochiladi. Beznkng tubi shilliq 
pardaning mu-shak plastinkasiga borib etadi. 
Fundal bezlarda besh xil: bosh, parietal, qo’shimcha, bo’yin hamda endokrin hujayralar tafovut 
qilinadi (202, 203-rasmlar). 
Bosh hujayralar (exocrinocyti princcipales) asosan bezning ta-na va tub qismlarida joylashadi. 
Bu hujayrala!. tcilindrsimon shaklga ega bo’lib, yumaloq yadrosi hujayra markazida joylashgan. 
Hujayralarda apikal va ba’zal qismlar tafovut qilinadi. 
Apikal qismida oqsil tabiatli sekret donachalari bo’ladi. Bazal qismi bazofil bo’yalib, bu erda 
hujayralarning yaxshi ri-vojlangan sintetik apparati joylashgan. Elektron mikroskop yordamida 
bosh hujanralarning apikal yuzasida qisqa va yo’g’on mikrovorsinkalar borligi aniqlangan. 
Sekret donachalarining diametri 0,9-1 mkm bo’ladi. Gistoximiyaviy usul bilan bosh hu-
jayralarda pepsinogen (zimogen) profermenti ishlanishi aniq-langan. Pepsinogen xlorid kislota 
ishtirokida o’zining aktiv formasi bo’lgan pepsinga aylanadi. Sutni ivitishda qatnashadi-gan 
ximozin ham bosh hujayralarda ishlanadi deb hisoblana-di. Bosh hujayralar sekret ishlash 
jarayonida o’zgarib turadi. Sekretor faoliyatining kuchayishi va sekretni to’planishi davri-da bu 
hujayralar yiriklashib va ularda sekret donachalari, yaqqol ko’rinadi. Sekreti chiqib ketgandan 
so’ng hujayra kichikla-shadi va ularning tcitoplazmasidagi sekret donachalari soni kes-kin 
kamayadi. Adashgan nerv ta’sirlanganda bosh hujayralardan pepsinogen donachalarining tezda 
ajralib chiqishi tajribalar-da tasdiqlangan. 
Parietal (o’rab turuvchi)hujayralar (exocrinocyti parie-tales) bosh va qo’shimcha hujayralardan 
orqaroqda joylashib, ularning bazal qismlariga jips tegib yotadi (202-rasm). Ular me’da bezlari-
ning eng yirik hujayralari bo’lib, noto’g’ri yumaloq shaklga ega, yi-rik yadrosi tcitoplazmaning 
markaziy qismida joylashadi. Parietal Hujayralar asosan bezning tana va bo’yin qismlarida 
yakka-yakka holda joylashadi. Hujayra tcitoplazmasi dsnador tuzilishga ega bo’lib, oksifil 
bo’yaladi. Parietal hujayralar elektron mikroskopik tuzili-shining o’ziga xos xususiyati shundaki, 
ularda juda ko’p mikrovorsin-kalar tutuvchi maxsus hulintracel-lularis) sistemasi mavjud. Hujayra ichi kanalchalari bosh va qo’shimcha Hujayralar 
orasida joylashgan hujayralararo kanalchalarga yoki to’g’-ridan-to’g’ri bez bo’shlig’iga ochiladi. 


333 
203-rasm. Me’da fundal bezining elektron mikrofotografiyasi. x1800. 
1_bosh hujayra; 
CH - 
parietal hujay
R
a; 3 ~ qo’shimcha hujayra; 4 - endokrin hujayra; 5- 
qon ktillyari. 
TCitoplazmasida kristallarga boy mitoxondriyalarning juda ko’p bo’lishi parietal hujayralar 
uchun xarakterlidir. Mitoxon-driyalar orasida silliq endoplazmatik to’r hosilasi bo’lgan mayda 
pufakchalar joylashadi, shuning uchun hujayra tcitoplaz-masi katak-katak ko’rinishga ega 
bo’ladi. Ilgari parietal hu-jayralar xloridlarni ishlab chiqaradi deb hisoblanar edi. Ho-zirda 
parietal hujayralarning vodorod (N+) ionlarini ishlab chiqarishi aniqlangan. Vodorod ionlarining 
hosil bo’li-shida karboangidraza fermenti muhim rol’ o’ynaydi. Bu fer-ment ishtirokida parietal 
hujayralar tcitoplazmasida SO
2
va NgO birikishidan karbonat kislotasi (N
2
SO
3
) hosil bo’ladi. 
Karbonat kislotasi o’z navbatida vodorod (N+) va bikarbonat (NSO
3
~) ionlariga ajraladi. Hosil 
bo’lgan N+ ioni mayda pu-fakchalar qobig’ida bo’lgan N
+
- ATF aza ta’sirida pufakchalar-ga 
yig’iladi. Mayda pufakchalar esa parietal hujayraning hu-jayra ichi kanalchalari devoriga borib 
qo’shiladi. Natijada N

ionlari avval hujayra ichi kanalchasiga, so’ngra fundal bezning bo’shlig’i 
orqali me’da chuqurchasiga chiqadi. Bu erda N+ ionlari xlor ionlari bilan birikib xlorid kislotani 
hosil qiladi. 
Qo’shimcha yoki shilliq hujayralar (mucocyti) ko’-pincha bezning tana qismida joylashib, past 
prizmatik shaklga ega. Hujayraning bazal qismida yassilangan yadro joylashadi, Qo’shimcha 


334 
hujayralar qoplama epiteliysi mahsulotlaridan farqlanadigan, shilliqsimon modda ishlab 
chiqaradi. Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, bu hujayralar sirtida mukoid mod-dadan tashqari 
oqsil ham bo’ladi. SHuning uchun ham, qo’shimcha hujayralar mukoid - peptid hujayralar 
nomini olgan. Elek-tron mikroskopda qo’shimcha hujayralarning apikal qismida kam miqdorda 
kalta, bir xil kattalikda bo’lmagan hujayra o’simta-lari ko’rinadi. Hujayralar sekret to’planish 
vaqtida bu o’sim-talar yozilib ketadi va hujayra sathi tekis bo’lib qoladi. Hujayra yon yuzasi 
tekis bo’lsa-da, ayrim hollarda interdigita-tciyalar hosil qiladi. Qo’shimcha hujayralarning apikal 
qismi sekretor donachalarga boy bo’ladi. Sekret donachalarining etili-shi bilan ularning elektron 
zichligi susayadi va granula membra-nasi yo’qola boshlaydi. Qo’shimcha hujayralarda Gol’ji 
kom-pleksi o’ta rivojlangan bo’lib, uning struktura komponentlari-ni to’la farq etish mumkin. 
Qo’shimcha hujayralarda kislotali glikozaminglikanlar ham aniqlanadi. Ayrim olimlarning fik-
richa, sul’fatlangan glikozaminglikanlar faqatgina me’da shil-liq pardasining qo’shimcha 
hujayralarida ishlab chiqariladi. Ichki antianemik Kastl’ faktori fundal bezlarning bo’yin qismida 
joylashgan ayrim hujayralarda hosil bo’ladi, deb hi-soblanadi. 
Bo’yin yoki oraliq hujayralari me’da chuqurchala-rining qoplama hujayralariga yondoshib 
joylashadi. Bu hujay-ralar bezlarning kam differentciallangan kambial hujayrala-ri hisoblanadi. 
Bu hujayralar past kubsimon bo’lib, yirik, oval yoki dumaloq yadroga ega. Hujayralarda 
ko’pgina mitoz figurala- 


335 
204-pacw, Me’da endokrin hujayryalarining elektron mikrsfotografiyasm. x 10.000. A - EC1- 
h\jayra, xl 0.0G0. ‘ - «Y» - hujayra. xlO.OOO. B -«D» - hujayra - 
x 10.000. 1 -> yadro; 2 - sekretor donachalar; 3 - mitoxondriyalar; 4 - bazal memSr ana . 
rini uchratish mumkin. Oraliq hujayra tcitoplazmasida neytral va kislotali glikozaminglikanlar 
bo’ladi. 
Endokrin hujayralar tcitoplazmasi kumush tuzi bi-lan bo’yalganda aniq ko’rinadigan (argentofil 
hujayralar) o’zi-ga xos donalar tutishi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda hazm qilish sistemasida 
(me’da va ichaklarda) endokrin hujay-ralarning ko’p turi aniqlangan. 
1980 yili Santamonika shahrida o’tkazilgan xalqaro ilmiy kengashda hazm naylari bo’ylab 
joylashgan endokrin hujayralar har birining bioximiyaviy xususiyati va hujayra ichki struktu-
ralarining nozik tuzilishiga asoslangan holda ularning yangi klassifikatciyasi tuzildi. SHu 
klassifikatciyaga ko’ra barcha sut emizuvchilar me’dasida ko’p xil endokrinlar tafovut etiladi. 
Bu hujayralar me’daning turli qismida har xil bo’ladi. Masa-lan: me’da tubida «EC» «D», «Dj», 
«ECL», «A» kabi hujayralar joylashsa, chiqish qismida «ECL» va «A» hujayralar kuzatil-maydi, 
lekin bu qismda gastrin ishlab chiqaruvchi «G» endokrin hujayrasi ko’plab uchraydi (204- rasm). 


336 
Ichak nayi bo’ylab ham endokrin hujayralarining turi va miqdori har xil bo’ladi. Un ikki barmoq 
ichakda S, L, I. EC, D, G, Di kabi endokrin hujayralar uchrasa, ingichka ichakning bosh-qa 
qismida S, L, I, EC endokrin hujayralari ko’plab bo’ladi. YOnbosh ichakda ularning turi va 
miqdori kam bo’ladi. yo’g’on ichak ham EC, S, L kabi ko’pgina endokrin hujayralar tutadi. 
Endokrin hujayralarning ishlab chiqargan mahsulotlarst (gormonlari) hazm sistemasi a’zolari 
faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Hazm yo’li endokrin hujayralarining turli mah-sulotlari 
har bir a’zoning funktcional holatini boshqaribgina-qolmay, barcha a’zolarning serqirrali 
faoliyatini uyg’unlashti-rib beruvchi murakkab omil hisoblanadi. SHu kunlarda hazm yo’lida 
joylashgan endokrin hujayralarda 20 ga yaqin gormon va biologik aktiv moddalar sintezlanishi 
aniqlangan. SHu mod-dalarning ayrimlariga nisbatan ularning qaysi hujayralarga taalluqliligi 
belgilangan. Bu gormonlarning ayrimlari orga-nizm va hazm a’zosining holatiga monand 
ravishda organ fao-liyatini susaytirishi yoki kuchaytirishi mumkin. SHuning uchun ham ularga 
ximiyaviy distant koordinatorlar sifatida qarala-di. 
Endokrin hujayralarning gormonlari, masalan, gastrin va gistamin me’dada xlorid kislota 
sekretciyasini kuchaytirsa, sero-tonin, glyukogon shu faoliyatga aks ta’sir etadi va pepsin ajra-
lishini ham susaytiradi. SHu kabi jarayonlar oqibatida me’da bez apparatining ma’lum me’yorda 
ishlashi uchun sharoit yaratib beriladi. Funktcional holatlarni kuchaytiruvchi va susaytiruvchv 
205-rasm. Me’da pilorik qismining shil- 
liq pardasi. Gematoksilin-eozin bilan 
bo’yalgan. 06. 3,5, ok. 10. 
1 - qoplovchi epitelchy; 2 - pilormk bezlar; 
3 - me’da chuqurchalari; 4 - shilliq pardaning 
mushak qatlami; 5 - shilliq osti qavati. 
gormonlar nisbatining o’zga-rishi hazm yo’li bezlarining gipo-yoki giperfunktciya hola-tini 
ta’minlaydi va natija-da, turli patologik jarayon-larning yuzaga kelishiga sa-babchi bo’ladi. 
Me’daning shilliq osti pardasi elastik tolalargaboy bo’lgan siyrak tolali shakl-lan-magan 
biriktiruvchi to’qi-madan iborat. Bu erda tomir-lar va nerv chigallari (Meys-ner chigallari) 
joylashadi. 
Me’da mushak pardasi me’-daning turli bo’limlarida bir xil rivojlanmagan. Me’-daning kardial 


337 
qismida mu-shak parda yupqa bo’lsa, tana bo’limida esa, ayniqsa, pilo-rik qismida o’ta yaxshi 
rivoj-langan bo’lib, pilorik sfink-ter hosil qiladi. Mushak par-da ichki qiyshiq yo’nalgan, o’r-ta-
tcirkulyar va tashqi uzuna-siga ketgan 3 qavat silliq mushak hujayralaridan ibo-rat. Bu mushak 
qatlamlar ora-sida Auerbax nerv chigalini tutgan siyrak tolali shakl-lanmagan biriktiruvchi to’qi-
ma joylashadi. 
Me’daning seroz pardasi mushak pardaga yopishgan siy-rak tolali shakllanmagan bi-riktiruvchi 
to’qima va tashqi tomondan mezoteliy bilan qoplangan tuzilmadir. Me’daning pilorik bezlari ' 
(glandula pylorica) me’daning o’n ikki barmoq ichakka o’tish joyida bo’ladi. Ularning soni 3,5 
mlnga etadi (205-rasm). Bu bezlar kalta va o’ta tarmoqlanib ketganligidan odatda bez sekretor 
qismlarining ko’ndalang ham-da qiyshiq kesmalari uchraydi. Pilorik bezlar siyrak joylash-gan 
bo’lib, ular orasida anchagina biriktiruvchi to’qima qatla-mi joylashadi. Bez hujayralari bir tipda 
bo’lib, fundal bez-lar qo’shimcha hujayralarining tuzilishiga o’xshaydi. Bu hujay-ralarda faqat 
neytral mukopolisaxaridlar aniqlanadi. SHu narsa ma’lumki, pilorik bezlar sekreti oqsillarni 
aminokis-lotalargacha parchalovchi dipeptidaza kabi fermentlar tutadi. 
Me’daning pilorik bo’limida ko’pgina endokrin hujayralar qa-tori me’daning bezlari 
sekretciyasini kuchaytiruvchi gastrin gor-monini ishlab chiqaruvchi «G» hujayra ham mavjud. 
Me’daning kardial bezlari (glandula cardiaca) o’ta tarmoq-langan oddiy naysimon bezdir. Bu 
bezlarning oxirgi sekretor bo’limlari prizmatik hujayralardan iborat bo’lib, yassilangan yadrosi 
hujayraning bazal qismida joylashadi. Hujayra tcito-plazmasining apikal qismida elektron zich 
sekret donachalari to’lib turadi. Kardial bez hujayralarining nozik tuzilishi me’da pilorik bo’limi 
qo’shimcha hujayralariga o’xshagan bo’-ladi. 
Me’daning qon bilan ta’minlanishi. Me’da arteriyasi qorin arteriyasi va uning tarmoqlaridan 
boshlanadi. Me’daning kichik qiyshiqligidan bir-biriga qarab 2 arteriya (a gastirica sinistra et 
dextra) yo’nalib qo’shiladi. Bu tomirlardan me’daning ol-dingi va orqa yuzasi devoriga qon 
tomirlar kiradi. Me’daning katta qiyshiqligi bo’ylab me’daning o’ng va chap charvi arteriya-lari 
va me’daning kalta arteriyalari o’tib, shu joyda arteriya halqasini hosil qiladi va a’zo devoriga 
yo’naladi. Me’da devo-rining ichiga kirgan arteriyalar seroz, mushak va shilliq osti pardalari 
tomon tarmoqlanib, yirik tomirlar chigalini x^sil qiladi. Mayda arteriya tomirlari shilliq osti 
pardadan shilliq parda tomon borib, shu qavatning biriktiruvchi to’qimali xusu-siy qatlamida 
ikkinchi chigal hosil qiladi. Bu tomirlar arte-riola va kapillyarlarga tarmoqlanib, me’da shilliq 
pardasi epiteliysini qon bilan ta’minlaydi. Kapillyarlardan qon xusu-siy qatlam vena chigaliga va 
so’ngra shilliq osti chigali tomon yo’naladi. Me’daning barcha venalari klapanlarga ega bo’-ladi. 
Innervatciyasi. Me’da simpatik va parasimpatik nervlardan hosil bo’lgan 3 ta chigal (subseroz, 
mushaklararo Auerbax nerv chigali va shilliq osti pardasidagi Meysner nerv chigallari) srqali 
nerv bilan ta’minlanadi. Me’da sezuv innervatciyasi or-qa miya nervlari hisobiga bo’ladi. Bu 
chigallar ichida eng yirigi mushaklararo chigal bo’lib, u ko’pgina Dogelning I tip; kamroq II tip 
nerv hujayralaridan tashkil topgan. 
Nerv gangliylarining miqdori oshqozonning pilorik qismi to-mon o’sib boradi. 
Me’daning yoshga qarab o’zgarishi. Qari odamlar me’dasining qon tomirlarida bir talay 
o’zgarishlar ro’y beradi. Umumiy o’z-garishlardan tashqari me’da devorining barcha qavatlari 
yupqa-lashib ketadi. SHilliq qavat biriktiruvchi to’qimasining o’sib ketishi natijasida bez 
naylarining miqdori kamayadi. YOsh ul-g’ayishi bilan shilliq parda hujayralarida mitotik aktivlik 
va proliferatciya jarayoni kamayib boradi. 
Me’da bez hujayralari faoliyatining susayishi me’da shi-rasi kislotalik xususiyatining va 
fermentlar aktivligining pa-sayib ketishi bilan ifodalanadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish