SHreger yo’lla-ri,
tishning bo’ylama kesimida ko’ringan ingichka qiyshiq chiziq-
chalar esa
Rettcius chiziqlari
deb ataladi. Bu chiziqlar ohakla-nish davri bilan bog’langan bo’lib,
uning kengayib ketishi, emal’ hosil bo’lishida bu jarayonning o’ta sekin borishidan dalolat
beradi. Rettcius chiziqlariga chaynash vaqtida kuchlarning ta’sir yo’nalishini ko’rsatadigan
tuzilma deb ham qaraladi.
Emal’ ma’lum miqdorda o’zidan suv, mochevina va ba’zi bo’yoq-larni o’tkazishi mumkin.
Uning organik qismida aminokislota-lar - gistidin, lizin, arginin, glitcin, tcistin va yanada nordon
1mukopolisaxaridlar, lipidlar va ishqoriy fosfatazalar mav-jud.
Dentin (dentinum). Dentin tishning asosiy qismini tashkil etadi (197-rasmga q.). Dentinda 72%
anorganik va 28% organik modda bor. Organik moddaning asosiy qismini krllagen tashkil qilsa,
anorganik moddalarni kal’tciy fosfat va magniy fosfat tuzlari hosil qiladi. Undan tashqari, kam
miqdorda bo’lsa-da, kal’tciy ftor birikmasi uchraydi. Ba’zi olkmlarning fikrncha, dentin ham
suyak hisoblanadi, ammo u aicha o’zgargan va qattiq-dir. Bundan tashqari, uning hujayralari -
odontoblastlar bir tomonga yig’ilib joylashadi. Dentin asosiy modda va unda joylashgan dentin
kanalchalaridan (tubuli dentales) tu-zilgan. Asosiy moddasi tarkibida kollagen fibrillalar va
yopishqoq modda bo’ladi. Dentinning tashqi qavatida kollagen tolalar asosan radial joylashadi
va tutam bo’lib yotadi. Bular orasida qiya (tangentcial) tolalar ham bo’ladi. Tangentcial tola-lar,
asosan, ichki, ya’ni pul’paga yaqin qismini hosil qiladi. Dentinning ohaklanishi notekis bo’lib,
uning chetki qismlarida knterglobulyar bo’shliqlar hosil qiladi. Tishning toj qismida ular ancha
yirik, ildiz qismida mayda bo’lib, donador qaaatni hosil qiladi. Interglobulyar bo’shliqlar modda
almashinishi jarayonida qatnashsa kerak, degan fikr mavjud.
YUqorida aytib o’tganimizdek, dentinning asosiy moddasida dentin kanalchalari bo’lib, ularda
odontoblastlarning o’simtala-ri yotadi. Odontoblastlarning tanasi esa pul’pada joylashadi. Dentin
kanalchalari pul’padan boshlanib nurga o’xshab tarqala-di va dentinning tashqi yuzasida tugaydi.
Dentin kanalchalari tish ildiz qismida yon tarmoqlar beradi, lekin bunday tarmoq-
lanish tish toji soha-sida kam uchraydi. Fa-qat dentinning emal’ bilan tutashgan eri-dagina
kanalchalar yana mayda shoxchalar beradi. TCement bilan chegaradosh srida ka-nalchalar ancha
tar-moqlar berib, bir-bi-ri bilan tutashib ke-tadi. Ba’zi kanalcha-lar tcement va emax.’ moddasiga
322
kiradi va pufakcha shaklida tu gaydi. Bunday holat-ni, ayniqsa, tishning chaynov yuzasida kuza-
tish mumkin. Kanalcha-lar sistemasi dentin-ning oziqlanishiii ta’minlaydi.
Dentin kanalchala-rining ichki pardasi argirofil tolalardan tuzilgan. Bular atro-fida mineral
modda" lar ko’p bo’ladi. Tola-larning yo’nalishi bo’-yicha dentinda 3 zona: 1) tashqi-emal’ va
tce-mentga yopishib joy" lashgan, tishga nisba" tan radial yo’nalgan tolalar - K o r f t o-lalari
zonasi;
2) tangentcial ham-ia ko’ndalakg ketgan tolalar - E b n e r to-lalaridan iborat ora-liq zona.
3) tangentcnal yo’nalgan tolalardan tashkil topgan keng i ch-ki zona; tashqi va oraliq zonalar
yopqich dentin
deb ataladi. Dentindagi tolalar elektron mikroskopda kuzatilganda ularda
ko’ndalang chiziqlar borligi aniqlangan. Har bir chiziq 64 mm ga teng bo’lib, kollagen tolaga
o’xshab ketadi. Dentin va odonto-blastlar orasida predentin-ohaklanmagan dentin qatlami yota-
di. Dentin erimaydigan fosfat tuzlarining predentin qatlam-lariga cho’kishidan o’sadi. Tuzlarning
ayrim miqdori dentinga periodont va tcement orqali ham o’tishi mumkin.
197- rasm. Tishniig bo’ylama kesimi (sxema).
d_toj qismi: B- fyflim; V- ildiz; 1 - emal’:
a__emal’ prizmalari; 2 - Rettcchus chizyaqlari; 3 -
SHreger yo’llari; 4 - dentin kanalchalar’; b - pre-dentin; 5 - odontoblastlar; 6 - tish pul’pasi; 7 -
qon tomirlar; 8 - milk; 9 - tpsh boRLami; 10 - hu-jayrasiz va tcujayralp tceuent; 11 - psriodont;
12 - tish al’veolasining suyagi. 13 - tish ildizining ka-nali.
TCement (cementum). TCement tishning ildiz va bo’yin qismla-rida dentinning tashqi yuzasini
qoplab turgan qattiq tuzilma-dir (197-rasmga q.) TCement dentin singari qattiq bo’lmasa-da,
ximiyaviy tarkibi jihatidan suyakka yaqin turadi. Uning 30 pro-tcentini organik, 70 protcentini
anorganik birikmalar tashkil etadi. Gistologik jihatdan hujayrali va hujayrasiz tcement tafovut
etiladi. Hujayrasiz tcement kollagen tolalar va amorf yopishqoq moddadan iborat bo’lib, tish
ildizini o’rab turadi. Kollagen tolalar radial va ko’ndalang yo’nalgan bo’ladi. Radial tolalar
periodont orqali tish joylashgan al’veolyar suyakka te-shib kiruvchi SHarpey tolalarini hosil
qiladi. Bu kollagen tolalarning ichki uchi dentinning radial kollagen tolalari bilan tutashadi.
Hujayrali tcement tish ildizining uch qismida joylashadi. TCementning bu xili tcementoblaet
323
hujayrala-ridan va asosiy moddadan iborat. Hujayrali tcementda kol-lagen tolalar betartib
joylashadi va shu sababli dag’al tolali suyakni eslatadi. Lekin suyadan qon tomirlarining
bo’lmasligi bilan farqlanadi. TCement periodontda joylashgan tomirlardan diffuz yo’li bilan
oziqlanadi. Dentin kanalchalari bilan tce-mentoblast hujayralarining o’siqlari o’rtasida
anastomozlar bo’lib, ular muhim ahamiyatga ega. Pul’paning qon bilan ta’-minlanishi
buzilganda (yallig’langanda, pul’pa olib tashlan-ganda, tish ildizlari plombalanganda) ushbu
anostomozlar or-qali dentinning oziqlanishi ta’minlanadi.
Pul’pa (pulpa dentis ) yoki tishning yumshoq qismi tish toji bo’shlig’ida va ildiz kanalchalarida
yotadi. Pul’pa qon tomirlar va nerv tolalariga boy siyrak tolali shakllanmagan birikti-ruvchi
to’qimadan tashkil topgan bo’lib, unda uchta: periferik yoki tashqi, oraliq va markaziy qavatlar
(zonalar) tafovut qilinadi.
Pul’paning periferik qavati bir necha qator ko’p o’siqli noksimon hujayralar - odontoblastlardan
(dentino-blastlardan) tashkil topgan. Odontoblast hujayralarining uzunligi 30 mkm dan, eni esa 6
mkm dan oshmaydi. Uning tcito-plazmasi mayda donador, bazofil bo’lib, yadrosi hujayraning
bazal qismida joylashgan. Bu hujayralar o’z funktciyasiga ko’ra osteoblastlarga o’xshab ket di.
Odontoblast apikal yuzasidan chiqqan o’simtalari (Tomas ip-lari) dentin kanalchalariga kirib
ketadi. Bu o’simtalarga modda almashinuv protcessida dentin va emalning mineral tuzlar bilan
ta’minlanishida muhim ahamiyati bor, deb qaraladi. Odonto-blastlarda tish to’qimasining
ohaklanish jarayonida ishtirok etuvchi ishqoriy fosfataza, hujayra o’simtalarida esa mukopoli-
saxaridlar aniqlangan. Periferik qavatda odontoblastlardan tashqari, prekollagen tolalar ham
uchraydi. Bu tolalar hujay-ralar orasidan o’tib, dentinga kiradi va dentinning kollagen tolalariga
qo’shilib ketadi.
O r a l i q qavat prekollagen tolalardan va mayda kambial hujayralardan tashkil topgan bo’lib, bu
hujayralar takomilla-shib odontoblastlarga aylanadi.
Pul’paning m a r k a z i y q a v a t i siyrak joylashgan bi-riktiruvchi to’qima hujayralari, tolalar
va qon tomirlaridan iborat. Bu erda fibroblastlar, gistiotcitlar va makrofaglarni uchratish
mumkin. Hujayralar orasida kollagen va argirofil tolalar bor. Pul’pada elastik tolalar
uchramaydi.
Pul’pa tishning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega. Pul’pa-ningolib tashlanishi modda
almashinishiningkeskin pasayishiga, pushtning rivojlanishi, o’sishi va regeneratciyasini
buzilishga olib keladi.
Periodont. Periodont suyak al’veolasi va tish ildizi orali-g’ida joylashgan biriktiruvchi
to’qimadan iborat tuzilma. Peri-odont asosan SHarpey tolalari deb nomlanuvchi va tcement
hamda suyak chuqurchalariga tutashib ketgan kollagen tolalardan iborat. Bu tolalar bir qancha
gruppalarni tashkil qiladi. Qollagen to-lalarning milk gruppasi periodontni milkning xususiy
qavati bilan bog’laydi. Tolalarning tishlararo gruppasi bir tish tce-mentidan ikkinchi tish
tcementi tomon yo’nalgan bo’ladi. SHu ikki gruppa kollagen tolalari birgalikda tishning aylana
bog’lami-ni hosil qiladi.
Tish al’veolasi bilan bog’langan periodont tolalari 4 ta tu-tamni hosil qiladi: 1) suyak
al’veolasidan tcementga ketgan tu-tamlar; 2) tish uzunasi bo’ylab tikka yo’nalgan tutamlar; 3)
su-yakdan boshlanib tish uchi tomon yo’nalgan va tcementga botib ki-ruvchi qiyshiq tutamlar; 4)
til ildizining uchidan atrof suyakka yo’nalgan cho’qqi tutamlar.
Periodont tishning bog’lovchi apparati x.isoblanib, chay-nash mobaynida bosimning bir
me’yorda taqsimlanishini ta’min-laydi.
Tishning qon bilan ta’minlanishi va innervatciyasi. YUqori jag’ arteriyasining tarmoqlari uch
shoxli nerv tarmoqlari bilan birgalikda tish ildizi kanali orqali tish bo’shlig’iga kiradi. Pul’pada
ular o’zaro anastomoz hosil qiluvchi kapillyarlarga tarmoqlanib, keyinchalik venaga yig’iladi.
Pul’pada oz miqdor-da limfa kapillyarlari topilgan.
Nervlar tish pul’pasida ikkita: asosan mielinli tolalardan iborat chuqur va mielinsiz tolalardan
tashkil topgan yuza-roq chigallar hosil qiladi. Ba’zan pul’pa retceptorlari-ning oxirgi tarmoqlari
bir vaqtning o’zida ham biriktiruvchi to’qima bilan, ham qon tomirlar bilan bog’langan bo’ladi
(poli-valent retceptorlar). Odontoblastlar uch boshli nervning nozik oxirlari bilan zich o’ralgan.
324
Eshga qarab o’zgarishi. 12-15 yoshgacha sut tishlar asta-sekin doimiy tishlar bilan almashinadi.
Birinchi bo’lib katta jag’ tishi (birinchi molyar) chiqadi, so’ngra markaziy va yon kurak (ke-
suvchi) tishlar, 9-14 yoshlarda kichik jag’ tishlar (premolyar) va qoziq tishlar va 20-25
yoshdagina - oxirgi oziq tishlar yoki «aql tishlar» chiqadi.
YOSH
ulg’ayishi bilan tishlarning
kimyoviy tarkibi va tuzilishi o’zgarib boradi. CHaynov yuzasidagi emal’ ‘a dentin ishqalanib
yo’qolib boradi. Emal’ xiralashadi va chat-
nashi mumkin, unga tuzli gard (tish toshi) o’tirishi mumkin. Emal’, dentin va tcement tarkibida
organik moddalar kamayib, anorganik moddalar miqdori oshadi. Buning natijasida emal’, dentin
va tcementning suv, ionlar, fermentlar va boshqa modda-larga nisbatan o’tkazuvchanligi
kamayadi.
YOSH
o’sishi bilan dentin hosil bo’lishi deyarli to’xtaydi, tish ildizida esa tcement
miqdo-ri ko’payadi. YOsh ulg’ayishi bilan oziqlanishining yomonlashgani sababli tish pul’pasi
atrofiyaga uchraydi. Undagi hujayralar soni kamayadi. Odontoblastlarda ko’pchilik organellalar
reduk-tciyaga uchraydi va ular fentinotcitlarga aylanadi. Kollagen to-lalar dag’allashadi. 40-50
yoshdan keyin periodontning qon tomirlari sklerotik o’zgarishlarga uchraydi.
Regeneratciyasi. Tish regeneratciyasi juda sekin ketadi va to’lik bo’lmaydi. Dentin
shikastlanganda zararlangan joy qarshisida pul’pa tomonda oz miqdorda ikkilamchi dentin hosil
bo’ladi. Bu jarayon pul’pa oraliq qavati hujayralarining takomillashib odontoblastlarga aylanishi
orqali periferik qavatning regene-ratciyasi bilan birga amalga oshadi. U dentin shikastlangandan
deyarli 2 haftadan keyin hosil bo’ladi. Bu protcess predentin paydo bo’lishi bilan boshlanadi.
Birlamchi dentindan farqli o’laroq ikkilamchi dentinda tolalar tartibsiz joylashadi. 4-haftalari
oxirida predentin ohaklanadi. Ikkilamchi dentin kanalchalari noto’g’ri yo’nalishiga ega bo’lib,
juda kuchsiz tarmoq-lanadi. Tishning tcementi juda yomon tiklanadi. SHikastlangan emal’ esa
umuman tiklanmaydi.
YUTQI^
YUtqin - nafas va hazm yo’llarining kesishib o’tgan joyida-gi a’zo. YUtqinda 3 qism: burun,
og’iz va hiqildoq qismlari tafovut etiladi. Bu qismlarning har biri turlicha tuzilishga ega.
YUtqinning burun qismi ko’p qatorli hilpillov-chi epiteliy bilan qoplangan. SHilliq pardaning
xususiy plas-tinkasida aralash bezlar yotadi. Og’iz va hiqildoq qismlari ko’p qavatli yassi
epiteliy bilan qoplangan. Bu qismlar shilliq par-dasining xususiy plastinkasi siyrak tolali
shakllanmagan bi-° riktiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, juda ko’p elastik tolalar tutadi. SHilliq
osti pardasida murakkab shilliq bezlarning oxirgi bo’limi joylashadi va ularning chiqaruv naylari
epite-liy yuzasiga ochiladi. YUtqin barcha qismlarining mushak parda-si ko’ndalang-targ’il
mushakdan iborat bo’lib, u ikki xil - ichki bo’ylama, tashqi - aylana yo’nalgan. YUtqin
tashqaridan adventi-tcial parda bilan o’ralgan.
QIZILUNGACHE
Qizilo’ngach epiteliy qavati oldingi ichak entodermasida joy-lashgan prexordal plastinkadan,
boshqa qavatlarn esa atrofdagi
325
198- rasm. Qizilo’ngach. Gematoksilin-eozin bilan buyalgan. 06. 3, Ok 10.
d _ shglliq parda; B - shilliq Gosti pardasi; V - mushak parda: G - tashqi parda; 1 - k$p qavatli
yassi epiteliy; 2 - shilliq pardaning xususiy qatlami: 3 - shilliq pardaning iushak qatlami; 4 _
qtczilo’ngach xususky bezlarining chiqarug’ yo’l-larn; 5- bezning oxirgi qismlari.
mezenximadan paydo bo’la-
d
i Takomillashish jarayo-nida epitelial qavat bir necha marta
o’zgaradi. Dast-avval, embriogenezning 4-haftasigacha, qizilo’ngach epiteliysi bir qavatli
tcilindrsimon epiteliydan iborat bo’lib, so’ng ikki qavatliga aylanadi. SHu vaqtdan boshlab
epiteliy qatlami o’sib ketadi va qizilo’ngach teshigini ber-kitib qo’yadi. Keyinchalik, epiteliy
emirilib, yana nay-ning ichi ochiladi. Homila hayotining 3-oyida qizil" o’ngach ko’p qatorli
hilpil-lovchi epiteliy bilan qop-langan. 13-haftadan bosh-lab hilpillovchi hujaira-lar
tcitoplazmasida gliko-gen bo’lgan pufaksimon hu-jayralarga anlanadi. Bu hujayralar yassilanib
ko’p qavatli yassi epiteliyni hosil qiladi. Hilpillovchi epiteliy qoldiqlarini yan-gi tug’ilgan
bolalarda ko’-rish mumkin. Qatta yoshda bunday epiteliyni shilliq bez chiqaruv naylaridagina
uchratish mumkin.
Bir xil epiteliyning boshqasiga aylanish sabab-lari aniq emas. Ko’p qavat-li yassi epiteliyning
sha-kllanishida qizilo’ngach-ning faoliyati (funktciyasi) muhim rol’ o’ynasa kerak. CHunki ko’p
z^avatli yassi epiteliy dag’al ovqat luqmalari o’tayotganda qizil-o’ngach devorini
shikastlanishdan saqlaydi.
Qizilo’ngach bezlari embriogenezning 3- oyida, mushak qavati 2- oyida takomillashadi.
Tuzilishi. Qizilo’ngachning devori 4 qavatdan tuzilgan (198-rasm):
1. SHilliq parda - tunica mucosa.
2. SHilliq osti pardasi - tunica submucosa.
3. Mushak parda - tunica musculans.
4. Alventitcial parda - tunica adventitia.
SHilliq va shilliq osti pardalar bir necha (7-10) bo’ylama ketgan burmalar hosil qiladi. Burmalar
ovqat yutilayotganda yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |