345
211 oasm Ingichka ichak neyroepiteliy hujayrasshshpg elektron mikrofotogra-
v
'
fiyasi. X
12.000.
.-„„kroeors.jalar;
2
-
N
ikr
E
„a,,
GnR
:
k
Z-
l
YADR
:
M-m
YT
o
X
on
D
r
IYA
l
a
r
;
5 - plas.inka-
jarayonida ishtirok etuvchi ferment ishlanadi, deb qaralsa-da, shu vaqtgacha bu hujayraning aniq
fiziologik faoliyati ravshan emas. Gistoximiyaviy usullar bilan tekshirilganda Panet hujay-ralari
donalarida oqsil, mukopolisaxaridlar, rux, ishqoriy fosfataza va maxsus
esteraza kabi moddalar
aniqlangan. Panet hujayralarining elektron mikroskopik ko’rinishi ularning sek-retor faoliyatidan
darak beradi (210-rasm). Hujayralar tcilindrsimon bo’lib, apikal yuzasida kalta, siyrak
mikrovorsin-kalar va tcitoplazmasida yaxshi rivojlangan donador endoplaz-matik to’r tutadi.
«Tukli» yoki tutamli hujayralar (tuft cells) lim-foid follikullari sohasidagi epiteliyda uchrab,
noksimon ko’-rinishga ega. Bu hujayralarning apikal yuzasida uzunligi 0,6- 1,0 mkm va eni 0,2-
0,3 mkm bo’lgan ko’pgina mikrovorsinkalar mavjud. «Tukli» hujayralar mikrovorsinkalarining
tcitolem-masidan hujayra yadrosi tomon mikronaychalar va ko’pgina mik-rofibrillalar yo’nalgan
(211-rasm). Mikronaychalar devori 6- 8 nm qalinlikka ega bo’lib, tarmoqlanmaydi, o’zaro
anastomozlar hosil qilmaydi. Neyroepitelial hujayralar tcitoplazmasida organellalar kam bo’ladi.
Hujayra yadrosi yirik va yumaloq bo’-lib, hujayraning kengaygan asosida joylashadi. «Tukli»
hujay-ralar o’zining atrofidagi boshqa hujayralar bilan biriktiruv-chi kompleks va desmosomalar
hosil qiladi. «Tukli» hujayralar tuzilishining umurtqalilar retceptor (sezuvchi)
xujayralari
346
tuzilishiga o’xshashligi hamda limfoid follikullar ustida joy-lashganligi ham ularning retceptor
(neyroepitelial) hujayra-larga oidligini ko’rsatadi.
Ichak epiteliysining doimiyligi vorsinkalardan ko’chib tusha-yotgan hujayralar va kriptalarda
joylashgan hoshiyasiz ixtisos-lashmagan hujayralarning bo’linishidan yangidan hosil bo’lib,
vorsinkalar tomon siljiyotgan hujayralar orasidagi muvozanat hisobiga saqlanadi. Kripta
hujayralarida mitoz figuralari-ning bo’linishi azaldan ma’lum bo’lsa-da, ichak epiteliy hujay-
ralarining yanglanib turishi jarayonining mexanizmi avtoradio-grafiya usulini qo’llash
bilan
aniqlanadi. Dastavval kripta hujayralari bo’linadi (proliferatciya) (212-rasm), so’ng vorsin-kaga
qarab siljiydi (migratciya) va nihoyat, bu hujayralar tu-shib ketadi (ekstruziya). Epiteliy
hujayralarining to’liq al-mashinishi o’n ikki barmoq ichak uchun 48 soat, och va yonbosh ichak-
lar uchun 72 soatga tengdir. yo’g’on ichakning epiteliysi uchun al-mashish davri 4 sutkaga teng.
Kriptada bo’lingan hujayralarning vorsinkaga siljishi mobaynida epiteliy hujayralari diffe-
rentciallashadi va ixtisoslashadi: epiteliy balandlashib, mik-rovorsivkalar miqdori va bo’yi ortib
boradi, hujayra organel-lalarining soni ko’payadi, hujayra takomillashadi.
Ingichka ichak shilliq pardasining xususiy qatlami retikulin to-lalari mo’l bo’lgan siyrak tolali
shakllanmagan biriktiruvchi to’qi-madan iborat. Tomirlar atrofidagi biriktiruvchi to’qimada
elastik tolalar ko’p bo’ladi. Bu qatlamda ko’pgina limfoid to’qimalar to’p-
212- rasm. Ingichka ichak kriptasidagi N
3
timidin bilan nishonlangan hujay-
ralar. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10
1-kriptalar; 2 - nishonlangan hujayralar.
lami yotadi. Ular yakka-yakka yoki guruhlar hosil qilib joylashishi mumkin. Solitar (yakka-
yakka joylashgan) limfoid follikullar (folli-culi lymphatici solitar)
ingichka ichakning hamma
erida uchraydi. Ular-ning diametri 0,5 - 3 mm atrofida bo’ladi. Ingichka ichakning dis-tal
bo’limlarida follikullar yirikroq bo’lib, shilliq pardaning mushak plastinkasiga ham kirib boradi,
qisman shilliq osti pardada ham joylashishi mumkin. 3 yoshdan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar
ingich-ka ichagining devorida 15000 tagacha solitar follikula bo’lishi mum-kin. YOsh ulg’aygan
sari ularning soni kamayib boradi.
Limfoid follikullar guruhlari (folliculi lymphatici aggregati) yoki i Peyer pilakchalari
(blyashkalari) o’n ikki barmoq va och ichaklarda ham uchrasa-da, asosan,
yonbosh ichakda
joylasha-di. Ularning soni va kattaligi yoshga qarab o’zgaradi. 5 va undan ortiq limfoid follikul
tutgan Peyer pilakchalari 12-16 yoshli o’smirlar ingichka ichagida ayniqsa ko’p bo’ladi. Un ikki
barmoq ichakda Peyer pilakchalari mayda bo’lib, yonbosh ichakka borgan sari ular kattalashib,
tarkibidagi limfoid follikullarining soni ortib boradi. YOnbosh ichakda 900 tagacha limfoid
follikul tutgan Peyer pilakchalari uchraydi. Peyer pilakchalarida uch qism: limfoid follikullar,
gumbaz qismi va follikullar ora-sidagi T-ga bog’liq zona tafovut qilinadi. Gumbaz qismi fol-
likulni yuqoridan o’ragan bo’lib, ichak bo’shlig’iga turtib chiqib turadi. Peyer pilakchasi
joylashgan sohadagi ichakning shilliq qavatida vorsinka va kriptalar bo’lmaydi.
Bu joyning
347
epiteliy-
sida jiyakli, kam ixtisoslashgan jiyaksiz va ba’zan qadahsimon va edokrin hujayralar uchraydi.
Bundan tashqari, gumbaz qism epiteliysida yuqorida aytib o’tilgan «tukli» hujayralar va maxsus
M-hujayralar uchraydi. M-hujayralar baland prizmatik shaklga ega bo’lib ularning apikal
yuzasida glikokaliks yo’q, mikrovorsinkalar deyarli uchramaydi, faqat har xil burmalar va mayda
o’siqlar mavjud. Terminal to’r yaxshi rivojlanmagan. M-hujayralarning yadro usti qismida silliq
endoplazmatik to’rning naylari va pufakchalari, mayda mitoxondriyalar va to pofibrillalar
ko’plab uchraydi. YAdro oval shaklida bo’lib, hu-jayraning ba’zal qismida joylashgan. Ba’zan
bu hujayralar tcitoplazmasida mul’tivezikulyar tanachalar ham uchraydi. Hozir-da M-
hujayralarning o’zidan
makromolekulalarni, reoviruslar-ni va bakteriyalarni o’tkazish
xususiyatiga ega ekanligi aniqlan-gan. Demak, Peyer pilakchalari organizm immun
sistemasining muhim qismi bo’lib antigenlar bilan aloqa qilishda va sek-retor immunoglobulinlar
ishlab chiqarishda etakchi rol’ o’y-naydi.
SHilliq pardaning mushak qatlami ikki qavat: ichki-aylana, tashqi - uzunasiga yo’nalgan silliq
mushaklardan tashkil top-gan. Ichki mushak qatlamidan vorsinka va kriptalarning xususiy
qatlami tomon ayrim mushak hujayralari yo’naladi. Bu joyda mushaklar so’rg’ich
stromasi va
bazal membrana bilan bog’lanuvchi argirofil tolalar bilan o’ralgan bo’ladi. SHu mushakning
qisqa-rishi vorsinkaning kaltalashishi va so’rilgan moddaning shilliq parda tomirlari tomon
so’rilishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: