Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

 
Фойдаланилган адабиётлар 
1. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет 
мустамлакачилиги даврида –T.: Шарқ, 2000.- Б. 505.
2. Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. –T.: “Академия”,2013. –Б.8.
3. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб. Ўзбекистон совет 
мустамлакачилиги даврида –T.: Шарқ, 2000.- Б. 40.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
56


SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA IJODIY O‘ZIGA XOSLIK VA 
QAHRAMON YARATISH MAHORATI 
 
Hajiboyeva Nodira 
Nizomiy nomli TDPU 
 
Xalq ruhini ifodalash, uning ma’naviy tiklanishi va millat estetik ideallarining 
shakllanishi badiiy mujassamlashtirish milliy adabiyotlar oldida turgan asosiy 
vazifalardandir. «Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilanish boshlab ketganligi 
bois, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ma’naviy madaniyatning 
qudratli qatlamlari ochildi. Ular xalq ruhiyatini vatanparvarlik, milliy iftixor, butun 
dunyo uchun bag‘ri kenglik tomon keskin o‘zgartirib yubordi. Bu esa xalq ruhiy 
qudratining birinchi belgisidir.
O‘zbek xalqi ruhining tiklanishi, millat ma’naviy-axloqiy ideallarining 
shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bog‘liq bo‘lgan 
hodisadir».
1
Yozuvchilar ana shu vazifani ado etishda o‘z iste’dodlari ko‘lamini, o‘z 
uslublarining rang-barang qirralarini namoyish etmoqdalar. Yozuvchining uslubi va 
badiiy mahorati masalasi adabiyotshunoslikda hamisha dolzarb muammolardan biri 
bo‘lib kelgan. Uslub yozuvchining o‘ziga xosligini ko‘rsatadigan adabiy hodisa 
bo‘lsa, qahramon obrazi badiiy asar mohiyatini oydinlashtirishda muhim estetik 
ijtimoiy badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Demak, individual uslub va 
qahramon obrazi talqinini tasdiq etish yozuvchining ijtimoiy voqelik haqida, davr 
kishilari to‘g‘risida o‘ziga xos badiiy fikr yuritishi hamda poetik idrok etilgan 
voqelikni badiiy tahlil qila olishi xususida muayyan nazariy umumlashmalar 
chiqarish imkonini beradi. 
Sh.Xolmirzayev hozirgi o‘zbek nasrining rang-barang janrlarida yangi uslubiy 
izlanishlar 
olib 
borgan 
ijodkorlardan 
biridir. 
Sh.Xolmirzayev 
hikoyalari 
qahramonlarining o‘ziga xos ma’naviy olami qanday badiiy talqin etilganligi, 
yozuvchi asarlarida hayotning qaysi jihatlarini tasvirlashga moyillik mavjudligi 
hamda qahramonlarining umuminsoniy, milliy-ma’naviy qadriyatlarni o‘quvchi 
shuuriga ko‘chirishning badiiy mezonlarini oydinlashtirganligini aniqlash masalasi 
ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
 
Sh.Xolmirzayev hikoyalarini tahlil etish asosida uning o‘ziga xos uslubi va 
badiiy mahoratini ko‘rsatishdan iborat. Yozuvchining individual uslubini ko‘rsatish 
uchun hikoyalardagi qahramon obrazining yaratilishiga alohida ahamiyat berildi. 
Chunonchi, hikoya qahramonlarining ma’naviy olami, qahramonning mahalliy 
1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. –T.: O‘zbekiston, 1997. 12- bet. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
57


sharoit bilan uzviy bog‘liq holda harakatlanishi, uning milliy va umuminsoniy 
xarakterini yoritish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoldi. 
Adibning hikoyalardagi tilning ravonligi, mahalliy koloritning buyoqdorligi, 
qahramon xarakterining yorqinligi, syujetning mahorat bilan yaratilishi kabilar 
Sh.Xolmirzayev hikoyalarining badiiy xususiyatlarini alohida diqqat bilan tadqiq 
etishni talab qiladi.
 
Sh.Xolmirzayev hikoyalarining yaratilishi adabiy hayotimizning shu sohadagi 
an’analarini o‘ziga xos badiiy tajribalar bilan boyitdi. Shu jihatdan qaraganda, 
Sh.Xolmirzayevning individual uslubi, xususan, uning hikoyachilikdagi badiiy-
uslubiy izlanishlarini ushbu shaklda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. 
Sh.Xolmirzayev ijodining ma’lum bir qismini tabiat va inson munosabatlarini badiiy 
tadqiq etishga bag‘ishlaydi. U inson hayotini, yashash tarzini, adabiy tiriklik 
manbaini tabiat bilan uyg‘unlikda, bog‘liqlikda, birlikda deb biladi. Bu xulosa u 
hozirgi Surxon elining olis avlod-ajdodi bo‘lishi, qadimgi baqtriyaliklar hayoti tarzini 
kuzatish asnosida keladi. Bu o‘lkaning ko‘hna ibtidoiy xalqlari dastlab tabiatga 
sig‘inishganini, 
ulug‘ 
bir 
ne’mat 
sifatida 
qadrlashganini 
anglaydi. 
Sh.Xolmirzayevning hayot haqiqatiga dastlabki nigohidan tortib eng yangi asarlariga 
qadar kechgan ijodiy jarayoni kuzatilganda adibning ijodiy prinsiplari shakllanishiga 
ta’sir etgan omillarni aniqroq ko‘rish mumkin. Adib asarlarida tadqiq etilgan inson va 
tabiatning o‘zaro aloqasi masalasi yozuvchi ijodiy evolyutsiyasining deyarli barcha 
bosqichlarida asosiy o‘rinni egallaydi.
Sh.Xolmirzayev hikoyalarida inson ma’naviyati uning ruhiyatidagi erkinlikka 
undovchi tuygular ifodasi alohida o‘rin tutadi. Uning «Og‘ir tosh ko‘chsa…», 
«O‘zbek xarakteri», «Yashil Niva», «Qaytish», «Qariya», «Ot egasi», «Podachi», 
«Nimadir yo‘q bo‘ldi>> hikoyalari shular jumlasidandir. Ushbu hikoyalardagi 
qahramon ma’naviyati to‘la yoritilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hikoya roman 
emas, unda qahramon xarakterini, ma’naviyatini yaratish imkoniyati juda cheklanadi, 
chunki u juda kichik janrdir. Sh.Xolmirzayev ana shu kichik janrlarda o‘ziga xos 
betakror qahramon yaratadi. Shuningdek, u o‘z hikoya qahramonlarining tashqi 
ko‘rinishlariga 
emas, 
ko‘proq 
uning 
ma’naviyatiga 
e’tibor 
qaratadi. 
Sh.Xolmirzayevning hikoyalari jonli chiqishini ta’minlovchi omillardan biri adibning 
o‘zi yaxshi bilgan, barcha tafsilotlarini yuragidan his-qilgan voqea-hodisalar va 
qahramonlarni badiiy tahlil ob’ekti sifatida qalamga olishidir. 
Yozuvchi qishloqda tug‘ilib o‘sgan. Shuning uchun ham qishloq hayotini, uning 
o‘ziga xos muammolarini yaxshi biladi. Cho‘pon-u dehqonning mehnat 
mashaqqatlarini, dard-u quvonchini dildan his qiladi. Xuddi shu xosiyat adibning 
«O‘zbek xarakteri» hikoyasining ham ta’sirchanligini ta’minlagan. Hikoyaga asos 
bo‘lgan hodisa Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ro‘y beradi. Yozuvchi 
hikoyada qishloq hayotini paxta terimi mavsumida hasharga kelgan talabalar nuqtai 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
58


nazaridan yoritadi. Voqea tafsilotlari birinchi shaxs tilidan bayon qilinishi asarning 
samimiy chiqishini ta’minlagan. Hikoyada hasharchilarning nochor turmush tarzi, bu 
xil sharoitga ko‘nikish jarayonining murakkabligi, ba’zan yengiltakroq yigitlarning 
qiyinchiliklar oldida davdirashi natijasida o‘g‘irlik kabi qabih jinoyatga qo‘l urishi 
kabi voqealar aks ettiriladi. Biroq bu xil voqealar tafsiloti kitobxonni asosiy maqsad 
sari yetaklash, qahramonlar harakat qiladigan ko‘rsatish vositasigina, xolos. Adibning 
asosiy maqsadi esa, oddiy cho‘pon oilasiga munosabat orqali odamlarni sinovdan 
o‘tkazish, soda kamsuqum odamlar ma’naviyatiga xos bo‘lgan mardlik, bag‘ri 
kenglik, beg‘uborlikning ulug‘vorligini ta’kidlashdir. 
Yozuvchi «Ozodlik»da qahramonlarining o‘ziga xos muomala madaniyatini, 
ularning boshqa vohadagi kishilar muomala madaniyatidan farqli tomonlarini 
ko‘rsatishga erishgan. Hikoya qahramonlari munosabatda dag‘allik, qo‘pollik, gapni 
cho‘rt kesib aytish holati kuchli. Bu bir qaraganda, o‘quvchiga erish tuyulishi, hatto 
hikoya qahramonlarini oddiy so‘zlashuv madaniyatidan yiroq kishilar deb o‘ylashi 
ham mumkin. Lekin, mahalliy kolorit nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, yozuvchi 
tasivirni 
berish 
bilan 
tog‘liklarning 
sertakalluflikni, 
shirin 
kalomlikni 
yoqtirmasliklarini, ular gapning po‘stkallasini aytish, qo‘pol, dag‘al, xatto 
hayratomuz hazillarni ham ko‘tarilishlarini ishonarli tasvirlarda ko‘rsatadi. 
«Ozodlik» hikoyasida qiziqqon, ayni paytda kechirimli kishilarning obrazi 
yaratilgan. Buni biz qahramonlar taqdiri bilan bog‘langan bir necha tasvirlarda 
ko‘ramiz. Mansurni «turemshik» deb atashlari unga nisbatan haqorat bo‘lib tuyuladi. 
Buning uchun u o‘ziga past nazar bilan qaraganlarni kaltaklaydi ham. Lekin, ular 
qisqa vaqt ichida oradan hech gap o‘tmagandek yana o‘zaro til topishadilar. 
«Ozodlik» hikoyasidagi bunday tasivir yozuvchining o‘z vohasidagi odamlarning 
nozik insoniy tuyg‘ularini, fazilatlarini yaxshi bilganligini ko‘rsatadi. 
Inson va tabiat munosabatlari ayni kunda olamshumul ahamiyat kasb 
etayotganligi barchaga ayon haqiqatdir. Adabiyotning bosh mezoni – inson bo‘lsa, u 
tabiatning eng mumtoz va komil farzandidir. Bu masala barcha yetuk so‘z 
san’atkorlari tomonidan muayyan darajada qalamga olingan. Sh.Xolmirzayev ham 
o‘z Vatani va zamonasining faol farzandi sifatida ushbu masalaga munosabat tarzida 
juda ko‘plab hikoyalar yozgan. Uning «Ko‘kboy», «Cho‘loq turna», «Olis yulduzlar 
ostida», «Ota yurt», «Bog‘bon» kabi asarlari fikrimiz dalili bo‘la oladi. Adibning 
«Olis yulduzlar ostida» hikoyasi real hayotda bo‘lib o‘tgan voqealar asosiga qurilgan. 
Hikoyada Surxon vohasi kishilari tabiatidagi betakror fazilat va o‘ziga xosliklar bor 
bo‘yoqlari bilan ifoda topgan. Hikoya qahramonlari vaziyat taqozasi bilan duch 
kelgan uyga kirib borib mehmon bo‘lishi, uyda xo‘jayin yo‘qligiga qaramay olti 
yashar bolasi bilan yolg‘iz qolgan ayolning mehmondorchiliklari, mehmonlardan 
bittasining sog‘ligini tiklash uchun jon kuydirishlari kabi manzaralar chog‘liq bu 
oilaning kichik bir vakilining siymosi orqali xalqimizga xos bo‘lgan 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
59


mehmonnavozlik, boshiga ish tushganda samimiy yordam berish kabi ezgu udum va 
xususiyatlari chizib beriladi. 
Yozuvchining «Jarga uchragan odam» hikoyasida qahramonlar o‘rtasidagi 
to‘qnashuv fojiaviy tus oladi. Hikoya qahramoni Islomning o‘z kasbi bor, lekin u 
birinchi navbatda tabiatni sevadi, undagi har bir o‘zgarish-harakatlarni zavq bilan 
kuzatadi. Shu boisdan tabiatning turli-tuman mavzularda yozilgan maqolalar e’lon 
qilishi tabiiy bir holdir. 
Hikoyaning asosiy voqeasi Islom va Boysuntog‘ tabiati haqida film yaratmoqchi 
bo‘lgan shaharlik kinorejissyorning tabiatga munosabati haqida. O‘z manfaat yo‘lida 
tabiatga nisbatan ochko‘zlarga munosabatda bo‘lgan rejissyor tabiatni ham otasi, ham 
onasi, ham do‘sti deb biluvchi «Tog‘ shaydosi» tomonidan jazolanadi. 
«Jarga uchragan odam» hikoyasida adib hodisa va qahramonlarga munosabati 
oshkora sezilib turadi. Yozuvchi ularga nisbatan ko‘nglidagi gapni kuyib-pishib 
dangal izhor eta qoladi. Ismoil Yusupovich toifasidagi tabiat yirtqichlariga g‘azab va 
nafrat tuyg‘ularini yog‘diradi, Islom kabi tabiat shaydolari va qo‘riqchilarini zo‘r 
mehr muhabbat bilan himoya ostiga oladi. 
Ushbu hikoyaning dastlabki jurnal nusxasida rejissyor qilmishi ustidan qat’iy 
hukm chiqargan. Islom odam o‘ldirganligi tufayli o‘zi ham jazolanishini, lekin 
tabiatdan ayricha yashay olmasligini o‘ylab, undan o‘limni afzal bilib, o‘zini qoyadan 
pastga tashlaydi. Bu haqda tanqidchi P.Shermuhammedov quyidagicha tanqidiy 
fikrni bildiradi: «hikoyani o‘qigan kitobxon yozuvchi», «Jarga uchragan odam»da 
yovvoyi tabiatning go‘zalligini sezuvchi to‘progina odamni tasvirlabdi-da deb qo‘ya 
qolishi mumkin. Axir, o‘shanday to‘prog‘i odamning ham kechinmalari, tuyg‘ulari 
murakkab bo‘ladi-ku! 
Xullas, 
hikoyada Islomning o‘limiga ishontiradigan yana nimadir, 
yetishmayotganga o‘xshaydi. Bu yerda hikoya rejissyorining Islom tomonidan 
tozalanishi bilan tugaydi. Shunday bo‘lsa-da tabiatga qilingan «bu jabr uchun 
dushmandan qasos olmasa, o‘zini-o‘zi siyosatchi, xoin, sotqin bo‘lib qoladigandek 
his etishi» Islomni qasoskordek qilib ko‘rsatsa ham, aslida o‘quvchiga uning xatti-
harakatlari qiziqqonlik oqibatiday tuyuladi. Natijada hikoya go‘yo yechim bilan 
tugaganday ko‘rinadi. Bu ham bo‘lsa endigina ijodiy prinsiplari shakllana boshlagan 
yozuvchining qahramon xarakterini hayot mantig‘iga mos xatti-xarakterlar asosida 
yechishdagi bir oz tajribasizligini ko‘rsatadi. 
O‘zbek nasrining yetuk vakili, zamonaviy hikoyachiligimizning mohir ustasi 
Sh.Xolmirzayev hikoyalari tahlili, badiiy mahoratini o‘rganish misolida bugungi 
o‘zbek hikoyachiligining ufqlariga, undagi ustivor tamoyillarga bir nazar tashladik. 
Kuzatiladiki, Sh.Xolmirzayev sho‘rolar davrining turli tazyiq va taqiqlariga qaramay, 
o‘z hikoyalarida o‘zbek xalqining yurak to‘ridagi dard-u quvonchlarini ifodalashga 
harakat qildi. Sh.Xolmirzayev o‘zining butun iqtidori, ijodiy imkoniyatlarini ishga 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
60


solib, hikoyachiligimizni har tomonlama takomillashtirishga intilmoqda. U yaratgan 
obrazlar o‘zida davrning dolzarb masalalarini, ijtimoiy hayotning muhim 
xususiyatlarini mujassam etganligi bilan ajralib turadi. Bu jihatdan uning Inod
Ergashboy, Mengboy, Qudratulla, Ikromjon, Mansur va juda ko‘plab qahramonlari 
diqqatga loyiqdir. Yozuvchi hikoyalari tahlil davomida yana shuni kuzatdikki, 
Sh.Xolmirzayevning asarlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillardan biri uning – 
muallifning tasvir obyekti va qahramonlar ma’naviyatiga munosabatdagi 
samimiyatidir. 
Darhaqiqat, Shukur Xolmirzayev o‘zbek adabiyotining haqiqiy chinoridir. U 
hamisha o‘z yurtiga sidqidildan, vijdonan, halol xizmat qilib kelayotgan hassos 
adibdir. 

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish