Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил


LOBBIZMNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK PORTRETI. UNING



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

LOBBIZMNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK PORTRETI. UNING
KORRUPSIYADAN FARQI, TUZILISHI VA MOHIYATI
Salohiddinova Zebiniso Alisher qizi
salohiddinovazebiniso@gmail.com
O’zJOKU
Annotatsiya:
Maqolada demokratiyaning asosi bo’lmish qonunchillikning
davlat va jamiyat hayotini mustahkamlash va tartibga solishda naqadar ahamiyatliligi
to’g’risida so’z borgan. Unga ta’sir o’tkazuvchi lobbizm faoliyatining tarixi, asosiy
mohiyati va huquqiy asoslari o’rganilgan. Bugungi kunda insonlar onggida, jamiyat
hayotida lobbizm qanday mazmun, shakl, ko’rinish kasb etayotganligi tahlil qilingan.
Shuning bilan birga, ushbu faoliyat turning siyosiy institut sifatida shakllanishi
borasida g’oya va takliflar ilgari surilgan. Lobbizmning afzallik va kamchiliklari
o’rganilib, unga bo’lgan munosabat haqidagi mulohazalar bayon etilgan. 
Kalit so’zlar:
Qonunchilik, siyosat, korrupsiya, lobbist, davlat vakillik organlari
Bugungi globallashuv zamonida har qanday davlat, albatta, o’z qonunchiligiga
ega. Insoniyat tarixining barcha davrlarida qonunlarning ahamiyati juda kuchli
bo’lgan. Inson zoti yaralibdiki, qonun, qaror va mezonlarga amal qilgan holda hayot
kechiradi. Qonunchilik nafaqat davlat, balki jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan
holda, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va shu kabi davlat rivojiga asos bo’luvchi
sohalardagi munosabatlarni mustahkamlaydi va tartibga soladi. Qonun bo’lgan joyda
adolat va tartib-intizom, ular bor joyda esa rivojlanish, taraqqiy etish bo’ladi. Pushkin
“Men imperatordan ko’ra qonunlarga ishonaman”, - deydi. Chunki qonunlar adolat
va tenglikning garovi, bir so’z bilan aytganda, u demokratiyaning asosidir. Qonun va
qarorlarga ta’sir ko’rsatuvchi faoliyat turi esa lobbizm hisoblanadi. Inson, jamiyat va
davlat manfaatlari nuqtayi nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy
munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish vositasi bo’lgan qonun va qarorlarga
lobbi bilan ta’sir ko’rsatish jamiyat hamda turli xil tashkilot va kompaniyalar
manfaatiga xizmat qiladi. Lekin shunday bo’lsa- da, bu faoliyat turi mamlakatimizda
hali keng iste’molga kirib ulgurmagan. Lobbizm o’zi nima? Avvalo, bu so’zning
ma’nosiga e’tibor qarataylik. Lobbizm termini inglizcha “Lobby” ya’ni, “Dahliz”
so’zidan kelib chiqqan. Chunki Qonunchilik palatasida faoliyat olib boruvchi qonun
tashabbuskorlariga bosim o’tkazish harakatlari ko’pincha koridor ya’ni dahlizlarda
olib borilgan. Demak, shundan bilib olish mumkinki, lobbizm- bu manfaatdor
guruhlarning hukumat strukturalari tomonidan qabul qilinadigan qonun va qarorlariga
ta’sir o’tkazishidir. “Lobbi” atamasi ilk bor 1553- yilda Anglikan cherkovining
matnlarida qo’llanilgan va ruhoniylar yuradigan joy nazarda tutilgan.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
65


Lobbizm XX asrdan to bugungi kungacha qanday ko’rinishda bo’lgan?
Bu
faoliyat “manfaatlar mushtarakligi” yoxud “tazyiq oʼtkazuvchilar guruhi” kabi
nomlar bilan insoniyat tarixining barcha davrlarida, yaʼni hokimiyat tizimi shakllana
boshlagan zamonlardan beri mavjud. “Manfaatlari mushtaraklar” faoliyatini qadim
yunon tarixida ham, xususan, Аfina sud idoralarining sud ishlarini yurgizish
tajribalarida, qadimgi yunon shaharlaridagi fuqarolar ishlariga doir manbalarda ham
kuzatish mumkin. Аmerikaning oʼn sakkizinchi prezidenti va uning tarafdorlari
kunduzgi ishlardan soʼng xordiq chiqarish uchun mehmonxonalardan birida,
aniqrogʼi, uning dahlizida dam olishni odat qilishgan va bu joy “lobbi” deb atalgan.
Shu joyda vazirlar, shuningdek, senatorlar turli toifadagi odamlar bilan
uchrashishgan, ularning soʼrovlarini tinglashgan va iltimoslarini amalga oshirishga
soʼz berishgan. Tarixan lobbi kirdikorlarni fosh etish, boy odamlarning manfaatlarini
ilgari suradigan faoliyat turi sifatida Angliya va AQShda juda keskin ko’zga
tashlangan. U dastlab negativ tushuncha sifatida paydo bo’lgan, kimning puli bo’lsa,
o’sha lobbi qilgan holda, o’z manfaatlarini ilgari surib, shu nuqtai nazaridan
qonunlarni yaratishga hissa qo’shgan. 
XIX- XX asrlarda ko’p hollarda qudrati va puli bo’lganlar saylov kompaniyasini
qo’lga olib, o’zining manfaatlari nuqtayi nazaridan qonun- qoidalar, huquqiy
mezonlarni ishlab chiqishgan. Misol uchun, Temiryo’llar kompaniyasi, Rokfeller
koni, po’lat quyish neft kompaniyalari juda kuchli va boy bo’lganligi uchun ham
qonun chiqaruvchi organlar ularning manfaatlariga zid hech qanday qonun va
qarorlar chiqara olishmagan va bu holat XX asr o’rtalariga kelib, xalq ko’tarilishiga,
revolutsiyalarga sababchi bo’lgan. Lobbizm mazmun mohiyati jihatidan neytral
tushuncha boʼlib, ham ijobiy ham salbiy maʼnoga ega. Jamiyat onggida esa
lobbizmga bo’lgan negativ qarashlar saqlanib qolgan. Lobbizmning salbiy mohiyati –
agar u parlament aʼzolari ovozlarini va hokimiyat vakillarini «sotib olish», ularga
bosim oʼtkazish, tanish–bilish yoʼllari orqali qonunlar va siyosiy qarorlar qabul
qilishga taʼsir etgan taqdirda namoyon boʼladi. Uning ijobiy mohiyati esa shundan
iboratki, demokratik jamiyat sharoitida normal, sogʼlom, zarur hayotiy va siyosiy
jarayon sifatida qonun va qarorlar qabul qilish jarayonida demokratik institutning
tarkibiy qismi sifatida shaxs yoki guruhlar oʼz taklif va mulohazalarini parlament
aʼzolari yoki hokimiyat organlari vakillari oʼrtasiga tashlaydi.
Demokratiya sharoitida lobbizmning ijobiy jihatlariga kengroq eʼtibor qaratib,
siyosiy institut sifatidagi faoliyatining taʼminlanishi uchun quyidagi jihatlar targʼib
etish lozim:

jamiyatdagi ijtimoiy differensiyalashuvning kengayishi, shuningdek, turfa
ijtimoiy qatlamlarning vujudga kelishi munosabati tufayli manfaatlarning turfaligini
hisobga olish lozimligi;
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
66



qonun va qarorlar qabul qilish jarayonida ochiqlik, demokratik tamoyillarga
xos boʼlgan siyosiy plyuralizm va oshkoralikning taʼminlanishiga erishish.

hokimiyat vakillari, parlament aʼzolari va boshqa rasmiy shaxslar bilan
jamiyat aʼzolari orasidagi ijobiy aloqalarni rivojlantira borish;

siyosiy taʼsir jarayonida jamiyat aʼzolari manfaatlaridan kelib chiqish.
Lobbizm bugungi kunda to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita ta’sir o’tkazish orqali
amalga oshirilmoqda. Bilvosita lobbichilik PR-texnologiyalar bilan amalga
oshirilayotgan bo’lsa, to’g’ridan-to’g’ri lobbichilik davlat organlari vakillari bilan
bevosita aloqa qilgan holda, siyosatchilar va mansabdor shaxslar bilan uchrashuvlarni
tashkil etish va o’tkazish, Qonunchilik palatasining tegishli qo’mitalari huzurida,
parlament eshituvlarida, plenar yig’ilishlarda, davra suhbatlarida va hakazolarda
ishtirok etish, matbuot anjumanlari, turli uchrashuv va namoyishlar o’tkazish orqali
amalga oshirilmoqda. 
Lobbistlar ishining mohiyati axborot berish va ishontirishdan iborat. Kuchli
lobbichilarning ko’pi sobiq kongressmenlar va amaldorlar bo’lishadi.
Qonunchilarning ko’pi esa sobiq lobbichilar. Bu ikki guruh bir-birini to’ldirib turadi.
“Vashington Post” gazetasining aniqlashicha, neft va gaz sanoati uchun ter
to’kayotgan lobbichilarning to’rtdan biri avval yuqori lavozimlarda federal
hukumatga ishlagan. Lobbichi Nikolas Allard fikricha, bu kabi almashinuvlarning
ajablanarli yeri yo’q. 
Lobbizm bugungi kunda boshqaruv qarorlariga ta’sir qilib, davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarini “shakldan chiqmaslik” ka majbur qilish, ma’lum ma’noda ular
bilan raqobatlashish, biror- bir qonun loyihasiga ijtimoiy qo’llab- quvvatlash yoki
muxolifat yaratishga yordam beruvchi va siyosatga ta’sir ko’rsatuvchi vosita sifatida
namoyon bo’lmoqda. Shuningdek, lobbizmni vakillik va ijroiya hokimiyati o’zaro
ta’sirlashuvining quroli sifatida olib qarash mumkin va uni murosaga erishishning
kengroq vositasi, manfaatlarni o’zaro muvozanatlash, kelishtirish, o’zaro foydali
hamkorlikning mustahkam yo’li tarzida ham tushunish mumkin. Lobbizmning shu
kabi afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham yo’q emas. U milliy
manfaatlarning zarari hisobiga xorijiy manfaatlarni imtiyozli ravishda qondirishing
quroliga aylanishi mumkin, lobbizm ba’zi hollarda davlat organlariga noqonuniy
ta’sir ko’rsatishda o’tkazgich vazifasini ham bajarishi, natijada, poraxo’rlik,
korrupsiya kabi hokimiyat kuchini yemiradigan illatlar paydo bo’lishi mumkin. Shu
bilan birga, lobbizm mahalliychilik va millatchilikning rivojlanishiga yo’l ochishi, tor
doiradagi manfaatlarni amalga oshirish vositasiga aylanishi, muayyan sharoitlarda
lobbistik tadbirlar ijtimoiy adolatsizlik shaklida namoyon bo’lishi mumkinligi
lobbizmning asosiy kamchiliklaridan biridir. Shuningdek, lobbizm zarur boshqaruv
qarorlari yo’lini to’sadi, jamiyatdagi real manfaatlar emas, balki mansabdorlar
manfaatlarini ro’yobga chiqarishga omil bo’lishi mumkin. Shu kabi lobbizm
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
67


kamchilklari davlat rivoji va jamiyat hayotiga salbiy ta’sirini ko’rsatmasdan
qolmaydi. Lobbizmga korrupsiya ko’rinishlaridan biri sifatida ham qarashadi.
To’g’ri, har qanday lobbini ham korrupsiyadan holi deb ayta olmaymiz. Lobbidan
qing’ir maqsadlar yo’lida foydalanilsa, u albatta korrupsiyaga aylanishi turgan gap.
Ba'zi tadqiqotchilar, lobbichilik va korrupsiyani farqlamasdan, ijtimoiy-siyosiy
tizimda lobbichilik haqida juda ehtiyotkorlik bilan, jamiyatning poydevorini yo'qotib,
demokratik institutlar muayyan manfaatdor guruhlar orqali hokimiyatga ta'sir qilish
vositalariga aylantirishiga ishonishadi. Shuning uchun, ularning fikriga ko'ra, agar har
bir davlatda "Lobbichilik to'g'risida" gi federal qonun qabul qilinadigan bo'lsa,
korrupsiyani legallashtirish mumkin. Boshqa tadqiqotchilar korrupsiya va lobbizmni
farqlaydilar va ikkinchisining ba'zi salbiy xususiyatlarini tan olishlariga qaramay, ular
ushbu jarayonning mohiyatini ijobiy baholaydilar. 
Respublikadagi mavjud sohalar, hukumat siyosati va rivoji albatta, qonun va
qarorlar bilan yo’naltiriladi, tartibga solinadi. Shunday ekan, bu borada lobbizm
alohida texnologiya sifatida juda keng ta’sir kuchiga ega. Bu kuchni esa tartibga
solgan holda, to’g’ri yo’naltirish uchun avvalo, jamiyat onggida lobbizmning bugungi
kundagi ijobiy professional portretini shakllantira olish lozim. Lobbizm har qanday
jamiyatda mavjud. Biroq uning yuksak darajada shakllanishi, madaniy saviyasi,
izchilligi davlatning siyosiy tizimiga, siyosiy tartibnig xususiyatiga, siyosiy
madaniyatiga bogʼliqdir. 

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish