Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

 Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bobojonova, G.Qosimova N.,Islomova L. Axborot xizmatlari uchun amaliy
qo’llanma: jamoatchilik bilan samarali muloqot.- Toshkent: AlisherNavoiy nomidagi
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti;
2. Akmalov Sh., Valiyev B., Qo’shayev U. Siyosatshunoslik: savollar va
javoblar.Toshkent: TIU, 2008.;
3. G’afforov N. Jamoatchilik bilan ishlash- public relations. Mirzo Ulug’bek
nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, 2004.
4. Соловьев К. Закондательная и исполнительная власть в России:
механизмы взаимодейства. М.: РОССПЕН, 2011;
5. Малько А., Рйжак В. Лоббизм: проблемы правового регулирован. РИА-
КМВ, 2003;
6. Бинецкий А. Лоббизм в современном мире. 2004.;
7. Фельдман П. Лоббизм: теория и практика. 2015.;
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
68


JUNAIDXON – MOHIR SARKARDA VA ERKSEVAR INSON SIFATIDA
Jasurbek Tursunov
Namangan viloyati Uchqo`rg`on tumani 43-DIUM 
Annotatsiya:
XX asr birinchi choragidagi Xorazm tarixida mohir sarkarda,
davlat arbobi, erksevar inson – Junaidxon muhum ahamiyat kasb etadi. Maqolada
Rassiya imperyasiga qarshi junaidxonning tengsiz kurashlari, hayot yo`li va uning
avlodlari to`g`risida to`xtaldik.
Kalit so`zlar: 
Junaidxon, Eshimxon, Asfandiyorxon, Yovmut, Golavachev
XX asr birinchi choragidagi Xorazm tarixida mohir sarkarda, davlat arbobi,
erksevar inson – Junaidxon muhum ahamiyat kasb etadi. Junaidxonning asl ismi
Qurbon Mamed (Muhammad) bo`lib, u 1857-yilda, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 1862-
yilda Xiva shahridan 30 chaqirim shimoliy g`arbda joylashgan Badirkent qishlog`ida
yovmutlarning “junaid” tarmog`iga mansub mulkdor Hojiboy oilasida tug`ilgan.
Uzoq yillar davomida o`z urug`ining mirob, qozi va oqsoqoli bo`ldi
1

Qurbon Mamed hali balog`at yoshiga yetib ulgurmasdanoq eli, yurti mustaqilligi
uchun ozodlik kurashiga otlandi. 1873-yilda Xiva xonligi ustiga yurish qilgan Rossiya
imperiyasi generali Golovachev qo`shiniga qarshi kurashgan yovmut yigitlari safida
Junaid ham bor edi
2

Qurbon Mamed Rossiya imperiyasi askarlarining ovullarga bostirib kirib,
turkmanlarning butun-butun elatlari, uylari, dalada pishib turgan bug`doy boshoqlari,
xirmonlarining yondirib yuborganlari, qari-qartang va ayolu atfollarini tig` bilan
chopib, sut emayotgan og`lonlarni nayza bilan sanchib o`tga otganlarini, mol-
mulklarini talon-taroj qilganlarini o`z ko`zi bilan ko`rgan edi. O`sha ondayoq 16
yoshlardagi Qurbon Mamedning Rossiya bosqinchilariga nafrati to`lib-toshgandi.
1912-yildan boshlab turkmanlarning Xiva xoniga qarshi turli chiqishlariga
rahbarlik qilgan. Xiva xoni Asfandiyor (1910 – 1918) o`z tomoniga og`dirib olish
maqsadida 1915-yilda Qurbon Mamedga butun turkman urug`larining sardori, harbiy
qo`mondoni unvonini bergan. Turkman oqsoqollari uni junaid urug`i xoni –
Junaidxon deb e`lon qilgan. 
XX asr boshlarida Xiva xoni saroyida fitnachilik, guruhbozlik, millatlar orasiga
nizo solish, ahloqsizlik, shariatni oyoq osti qilish, adolatsizlik avjiga chiqib ketayotgan
bo`lsa, ikkinchi tomonda, bunday vaziyatdan foydalanib, xonlikni boshqarishni o`z
qo`llariga olib, xonni qog`irchoqqa aylantirgan Rossiya imperiyasi amaldorlarining
mustamlakachilik zulmi ham ortib bormoqda edi. Ayniqsa, Asfandiyor (1910 – 1918)
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. – №3. – T.: Sharq, 2010. – B. 143-144.
2
Юсупов П. Х. Ёш хиваликлар. Урганч: Хоразм, 2000. – Б. 64-70.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
69


hukmronlik davrida xalqning ahvoli yanada og’irlashdi. Ma’lumotlarga qaraganda,
bu davrda Xiva xonligida 70 xil soliq turi mavjud bo’lgan. Ba’zi soliq turlari 3 – 4
marta, ayrim xollarda 15 martagacha ko’tarilgan. Ayniqsa, birinchi jahon urushi
(1914 – 1918) yillarida soliq va majburiyatlarning turi va hajmi haddan tashqari
oshgan
3
.  Rossiya armiyasiga yordam berish maqsadida majburiy yig’imlar
suiiste’molchilik bilan amalga oshiriladi. Xonlikdagi umumiy soliqlar yoniga urush
solig’i, ot solig’i va boshqa soliqlar qo’shildi. Narh-navo keskin ko’tarildi. 
Xiva xoni Asfandiyorxon xatto o’zini ortiqcha sarf-xarajatlarga, aysh-ishrat
qilishiga yo’l qo’ymaganligi sababli xonlik taraqqiyoti uchun ko’plab xizmatlar qilgan,
ma’rifatparvar vazir, qaynotasi Islomxo’jani ham 1913-yil 9-avgustda qotil yollab
o’ldirtirib yuborgan. Islomxo’ja vafotidan so’ng, mamlakatda poraxo’rlik, talon-taroj avj
oldi. Asfandiyorxon Islomxo’ja vafotidan so’ng, vaziri akbar lavozimiga hech kimni
tayinlamay, katta yer egasi Matvafo Baqqolov v Ashur Mahramlar yordamida
mamlakatni boshqardi. Matvafo Baqqolov mehtar lavozimida mamlakatni boshqardi. 
Soliqlarning tobora oshib borishi mehnatkash aholi turmush darajasining
pasayishiga olib keldi. Asfandiyorxon va Rossiya imperiyasi yuritayotgan siyosatdan
norozilik ortib bordi. Shuning uchun ham Junaidxon Asfandiyorning unga ko`rsatgan
muruvvatiga qaramasdan xon hukmdorlari zulmi va Rossiya amaldorlari-yu
harbiylarining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashga qat’iy kirishdi.
1913 – 1915-yillarda turkmanlar isyonida Junaidxon ko’zga tashlana boshlaydi. U
turkman urug’larini birlashtirib, xonning Olloberganboy boshliq navkarlarini
mag’lubiyatga uchratdi va Xiva shahriga daxl qila boshlaydi. Sirdaryo viloyati harbiy
gubernatori Geppner va Amudaryo bo’limi boshligi Kolosovskiylar 1915-yil yozida
Xivaga keladilar. Ular turkman katxudo (oqsoqol)larini xon bilan yarashtirib ketadi.
Ya’ni Junaidxon Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Geppner vositachiligida xon bilan
bitim tuzgan.
Biroq Asfandiyor mamlakat boshqaruvini irodasiz, maddoh, savdogar Matvafo
Baqqolovga topshirib, o’zi ahloqsizlik bilan shug’ullandi. Matvafo Baqqolov xaqida
Amudaryo bo’limi boshligi N.S.Likoshin “…u hech qachon o’z vatani haqida
mahsulotlar va xom-ashyo bozorichalik o’ylamaydi” deb yozgan edi. O’sha davr
manbalariga ko’ra, “….Asfandiyorxon farog’at bo’lib, har qal’alarga aroba bilan xotunlar
yuboradi. Har kimning hushruy qizi yo xotuni bo’lsa olib kelib, haram saroyida saqladi”.
Aynan shu xolatlar 1916-yil qo’zg’lonining boshlanishiga asosiy sabablardan edi. Zulm
va zo’ravonlikning ortishi Asfandiyorxon olib brogan siyosat oqibati bo’lib, uning barcha
bekliklardan yosh va go’zal qizlarni xon haramiga keltirish to’g’risidagi farmoni
natijasida bu jarayon o’zining yuqori cho’qqisiga yetdi
4

3
Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий ҳаракатлар ва сиёсий партиялар тарихи (1900-1924). – Т.: Akademnashr,
2011. – Б. 20.
4
Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий ҳаракатлар ва сиёсий партиялар тарихи (1900-1924)…. – Б. 48.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
70


1916-yil yanvarda o`z dardu alamlarini xonga aytish niyatida Xivaga kelgan
Xo`jayli, Mang`it, Qipchoq, Manoq, Shohobod, Qiyot va Gurlan isyonchilari
rahbarlarining Amudaryo bo`limi boshlig`i polkovnik Kolosovskiy buyrug`i bilan rus
askarlari kazarmasiga qamalib, Rossiya otryadi praporshigi Andreevskiy tomonidan
so`roq qilinishi, adolat va shariatni himoya qilish niyatida Xivaga kelgan xonlikdagi
ko`zga ko`ringan musulmon dini peshvolari ham rus harbiylari tomonidan
tahqirlanishi Junaidxonning g`azabini battar oshirib yubordi
5
.
O’zbek isyonchilari Kolosovskiy tomonidan qamoqqa olinganidan keyin esa
1916-yil 20-yanvarida Junaidxon, Shomurod Baxshi, Jonjonbek kabi yovmut
katxudolari muhrlari bosilib, qamoqdagi o`zbeklarning ozod qilinishi so`ralib,
xonning bosh vaziri Matvafo Baqqolovga iltimosnoma yuboriladi. Lekin bu
iltimosnomaga Matvafo Baqqolov emas, uning nomidan Kolosovskiy aytib yozdirgan
javob qaytariladi. 
Bundan ko`rinib turibdiki, Xivada hamma narsa rus harbiylari ixtiyoriga o`tgan.
Hatto, qamoqdagi o`zbek isyonchilarining ozod qilinishlarini so`rab, xon va
amaldorlarga yozilgan iltimosnomalarga beriladigan javobning qanday bo`lishi ham
Kolosovskiy hukmida edi. Xiva xoni ruslar qo`lida “qog`irchoq” bo`lib qolgan edi.
Junaidxon, zo`ravonlik mazmunidagi javobni olgach, 3 minga yaqin otliq bilan
Xiva shahri yaqiniga kelib, u yerdan qamoqdagi o`zbeklarni ozod qilishlarini so`rab
bosh vazirga xat bilan murojaat qilganida, u yana huddi ilgarigidek xonning bosh
vaziri emas, Kolosovskiyning mustamlakachilik ruhidagi do`q-po`pisa, tahdidlardan
iborat javobini oldi
6
.
1916-yil 22-yanvar kuni ertalab yovmut katxudolaridan ikkitasi Kolosovskiy
huzuriga kelib, Jonjonbek, Shomurod Baxshi, Qurbon Mamed sardor, Muhammad
Berdibeklarning muhrlari bosilgan xatni keltirib, yana qamoqdagi o`zbeklarning ozod
qilinishini so`raydilar. Turkman isyonchilari, Kolosovskiydan zo`ravonlik ruhida
bitilgan javobni olganlaridan keyin, uning bilan ortiqcha mojaroga bormasdan 1916-
yil 22-dan 23-yanvarga o`tar kechasi o`z elatlariga qaytib ketadilar. Kolosovskiy “…
yovvoyilar ustidan ma`naviy g`alaba qozondim” deb jar soladi. Bu tog`rida general-
gubernatorga yo`llagan raportida ham maqtanadi.
Rossiya imperiyasiga qaramlik davrida xonlikda shariatning buzilishi,
ahloqsizlik, buzg`unchilik, saroyda fitnachilik va ig`vo avj olib ketdi. O`z vatanining
ravnaqi, fuqoralarning tinchligi uchun jon kuydiradigan amaldorlar qamoqqa olinar
yoki qatl qilinar edilar. Bunga qarshi qa’tiy va oshkora kurashish zarur edi. Shunday
paytda turkmanlar va o`zbeklar yashaydigan hududlardan Junaidxon xuzuriga
yig`ilgan eshonlar Junaidxonni “Rus qo`shiniga qarshi ochiqdan-ochiq kurashga
5
Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. – №3. – T.: Sharq, 2010. – B. 143.
6
Mirzaliyeva O. X. Xiva xonligi tarixida turkmanlarning tutgan o`rni: Bitiruv malakaviy ishi. – Namangan: NamDU,
2017.– B.50-51.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
71


otlanishga da`vat qildilar va shusiz hech qanday ozodlikka erishib bo`lmasligini
Junaidxonga uqdirdilar
7
.
Shunday qilib, xon va amaldorlarining mamlakatni boshqarishdagi
adolatsizligiga qarshi boshlangan harakatlar Rossiya imperiyasi mustamlakachilariga
qarshi ozodlik kurashiga aylanib ketdi.
Junaidxon otliqlari 1916-yil 23-yanvarda Xivadan o`z elatlariga qaytib
ketganlaridan keyin ham, Junaidxon tutqunlikdagi o`zbeklarning ozod qilinishlarini
so`rab, ba`zan iltimos, ba`zan keskin talab bilan xon amaldorlari va Kolosovskiyga
xat orqali murojaat qildi. Kolosovskiy buyrug`i bilan hammasi rad qilindi. Shundan
keyin Junaidxonning ozodlik yo`lidagi harakati yana boshlandi. U xonlikning asosiy
shaharlarini egallab, keyin Xiva tomon yurish qilishni o`yladi. 200 otliqdan iborat
Junaidxon odamlari 3-fevralda Toshxovuz, Shohobod, Qiyot, Gurlan shaharlari, 4-
fevralda Mang`it, Qilichboyning hokim va oqsoqollarini garovga olib, Yangi
Urganch tomon yo`l oldilar. Bundan xabar topgan Kolosovskiy 4-fevralda Turkiston
general-gubernatoriga telegramma yo`llaydi: “Vaziyat jiddiy, turkmanlarning ba`zi
to`dalari Petro-Aleksandrovskga hujum qilishi ehtimoli bor, chunki, bizga yetib
kelgan xabarlarga ko`ra o`tgan kuni turkman katxudolari umumiy kengashida
eshonlarning talabi bilan ruslarga qarshi urushga qaror qilingan”
8
.
Junaidxon borgan shaharlarda va bormagan ba`zi hokimliklarda ham ko`plab
aholi Junaidxonni yoqlab, u tomon o`ta boshladi. Turkiston general-gubernatori
Martsonning Petrogradga – harbiy ministr nomiga yuborgan shoshilinchnomasida, 8-
fevral kuni Xonqa shahri eshonlari Junaidxon fuqaroligini qabul qilganlari, bu
tog`rida ular butun hokimlik aholisi nomidan Junaidga yozma xujjat topshirganlari
bayon qilinadi. Yana shoshilinchnomada: “...aholining Junaid fuqaroligiga o`tishi
davom qilaversa, u taqdirda xon hukumatidan norozi aholi orasida xon hokimiyatini
qayta tiklash uchun Rossiya qo`shiniga ko`p qon to`kishga tog`ri keladi” – deyiladi.
Kolosovskiyning 9-fevralda Xivadan general-gubernatorga yuborgan
shoshilinchnomasida esa, xonlikning ko`pchilik markaziy shaharlari Junaid
fuqaroligiga o`tib, unga tovon to`layotganlari va eshonlar orasidan tayinlangan bosh
ruhoniy tomonidan “rivoyat” (hukm) ishlab chiqilgani, unda Junaid fuqaroligiga
o`tmagan har kimsani (barchani) ruslarni quvvatlovchi g`ayri din hisoblab, ularning
mol-mulkini talaganlar jazodan ozod qilinishi xabar qilinadi.
Junaid boshliq isyonchilarning ko`lami borgan sari kengayib, xonlikdagi ko`plab
fuqarolarni o`z ta`siriga jalb qila bordi. Junaidxon o`z odamlari bilan Yangi
Urganchdan Xiva tomon yo`l oldi. 10-fevral ertalab ular Xiva atrofini o`rab oldilar.
Otishmalar boshlanib ketdi. Xiva va uning atrofida xon hukumatining, uni himoya
qilayotgan rus otryadining ahvoli nihoyatda og`irlashdi. “Hozirgi fursatda xon har
7
Ражабов Қ. Хоразмдаги истиқлочилик ҳаракати ва Жунаидхон // Жамият ва бошқарув. – 2000. – Б. 36-43.
8
Mirzaliyeva O. X. Xiva xonligi tarixida turkmanlarning tutgan o`rni…. – B.53.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
72


qanday ahamiyatini yo`qotdi. Xiva hududida amalda faqat ikkita hokimiyat –
qurollangan olomonga tayangan Junaidxon hokimiyati va bir necha yuz rus kishisi
tomonidan quvvatlanayotgan mening hokimiyatim qoldi, xolos. Bugun ertalabdanoq
shahar atrofi bo`ylab g`alayonchilar bizning otryadimiz joylashgan manzil tomon o`q
uzib, oqib kelmoqdalar” – deyiladi Kolosovskiyning 12-fevralda general-
gubernatorga yuborgan shoshilinchnomasida
9
.
Junaid, xon va uning amaldorlariga, Rossiya imperiyasi mustamlakachilariga
qaxr-g`azabi nihoyatda oshgan bir xolda Xivaga yetib keldi. Shuning uchun ham u
Kolosovskiyning yovmutlarni mulohaza bilan ish ko`rishga chaqirib yo`llagan
murojatnomasini oyoq ostiga uloqtirib tashladi. 12-fevralda Junaidxon otliqlari
tomonidan shaharga hujum va otishmalar kun bo`yi davom qildi. Ular 12-fevraldan –
13-fevralga o`tar kechasi Xivaning bitta darvozasini buzib, shaharga bostirib kirdilar.
Saroyga kirgan Junaidxon xonni chaqirtirib, unga: “Men sening hokimiyatingni
(xonligingni) e`tirof qilaman, xonligingni qilavergin” – dedi va turkmanlarning
saroydan talon-taroj qilib olganlarini qaytarib berish badaliga undan 18 ming so`m
talab qilib oldi. Shundan keyin Matvafo Baqqolov va Abdullajonlar keltirilib, o’sha
zahotiyoq qatl qilindi. Ular bilan birga Shiyxnazarboyning qarindoshi ham o`ldiriladi.
Yovmutlar Xivani qo`riqlab turgan rus qo`shini bilan jang qilib, qamoqdagi
o`zbeklarni ozod qildilar. Junaidxon zambarakchilari Kolosovskiyning uyini vayron
qilib tashladilar, u yerda xilpirab turgan Rossiya bayrog`i xavf ostida qoldi
10
.
Matvafo Baqqolov va Abdullajonlarning qatl qilinish sababi shunda ediki, ular
saroyda amaldorlik qilgan davrda ahloqsizlik, poraxo`rlik, fitnachilik, fuqarolardan
yig`iladigan turlicha yig`imlar, ayniqsa rivoj topgan edi. Junaidxon Yangi Urganchga
kelganida, uning huzurida bo`lgan rossiyaliklarga: “Men Xivada ikki-uchtasini qo`lga
olishim kerak. Xon o`z mustaqilligini yo`qotgan va davlat ishlari bilan mutlaqo
shug`ullanmasdan qo`ydi. U Matvafo Baqqolov keltirib turgan qizlar aysh-ishrati
bilan band” – deb gapirgandi.
Junaidxon poytaxtni egallash bilan maqsadiga qisman erishdi. Qamoqdagi
o’zbek isyonchilari ozod qilindi, fuqarolar la`natiga sazovor bo`lganlar qatl qilindi.
Junaidxon otliqlari Xiva xonligi poytaxtini egallaganidan keyin Rossiya
mustamlakachilariga xavf kuchaydi. Natijada, 15-fevral’ kuni Turkiston general-
gubernatori buyrug`i bilan Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori, general-leytenant
Galkin boschiligidagi rus qo’shinlari Xivaga yetib keladi. Bir qator janglarda rus
qo’shinlaridan yengilib qolgan Junaidxon 1916-yilning aprel oyi o`rtalarida Eronga
o’tib ketdi.
1917-yili sentyabri birinchi yarmida Junaidxon Afg`onistondan Xivaga qaytib
keldi. 1918-yil yanvarida Asfandiyorxon nufuzli eshon va mullalar orqali Junaidxon
9
Ражабов Қ. Хоразмдаги истиқлочилик ҳаракати ва Жунаидхон // Жамият ва бошқарув. – 2000. – Б. 36-43.
10
Полвонов Н. Хоразмдаги ижтимоий ҳаракатлар ва сиёсий партиялар тарихи (1900-1924)..... – Б. 48-49.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
73


bilan aloqa bog`lab, mamlakatni birgalikda idora qilish va bol’sheviklarga zarba
berishni uyushtirish haqida muzokara o`tkazish uchun uni poytaxtga taklif qildi.
Asfandiyorxon Junaidxon Xiva xonligi qo`shinlarining qo`mondoni etib tayinlaydi.
1918-yil 1-oktyabrda Junaidxon Xiva xoni Asfandiyorxonni o’ldirtiradi va
1920-yil fevraliga qadar Said Abdullaxoni qo’li bilan xonlikni boshqaradi. Uning
yetakchiligida Xiva xonligi mustaqil siyosat yugizadi, sho’ro qo’shinlari bilan kurash
olib bordi.
1920-yil fevral’ oyi boshlarida Xiva xonligi tugatilganidan so’ng Junaidxon
sho’rolarga qarshi kurashni davom ettirdi. Lekin mag'lub bo’lib, Eronga, keyinchalik
Afg'onistonga o’tdi.
Junaidxon va uning avlodlari haqida uning chevarasi Muhammad Nodir
qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Muhammad Nodirning qayd etishicha, Junaidxon
umrining oxiriga qadar Xirotning Dinor qishlog`ida tinch hayot kechirgan va 1943-
yilda 85 yoshida Dinor qishlog`ida vafot etgan.
Junaidxonning Eshim, Ushshoq, Eymr, Murruk isimli o`g`illari bo`li,b
Eshimxon 1972- yilda vafot etgan. Eymr va Murruk ham o`z ajali bilan vafot
etganlar. 
Eshimxondan – Taychak, Saxaboy, Olim Sardor, Suyar, ismli farzandlar qolgan.
Eymrdan farzand qolmagan. Murrukdan to`rt nafar farzand qolgan bo`lib jozirgi
kunda Afg`oniston hududida istiqomat qilib kelmoqda. 
Muhammad Nodir Junaidov 1962- yilda tug`ulgan bo`lib uning aytishicha,
Eshimhonning nabirasi Zulfiqor va Junaidxonning evara va chevaralari bugungi
kunda Afg`oniston hududida yashab kelmoqda.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
74



Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish