Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Salomov G’. “Tarjima san’ati” 4 qism. Toshkent. 1978
2. Salomov G’. “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” Toshkent. 2003
2. Jo’rayev K. “Tarjima san’ati” Toshkent. 1992 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
87


O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXIDA AMIR TEMURNING TUTGAN
O‘RNINI O‘RGANISHDA “O‘YIN ICHIDA O‘YIN”TEXNOLOGIYASIDAN
FOYDALANISH
Shaxnoza Xaliyeva Aliyevna
Jizzax shahar 1-maktab
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada o‘zbek davlatchiligi tarixida Amir Temurning
tutgan o‘rnini o‘rganishda “O‘yin ichida o‘yin” texnologiyasidan foydalanish usullari
ishlab chiqilgan. Bunda asosan intellektual (aqliy) didaktik o‘yinlardan
foydalanilgan.
Kalit so‘zlar:
 
Amir Temur, “O‘yin ichida o‘yin” texnologiyasi, “Blits-savol”,
“Tarixiy diktant”, “Tarjimon”, “Zakovatli zukko”, “Breyn-ring” o‘yinlari.
Hammamiz yaxshi bilamizki, tarixda mashhur jahongirlar ko‘p o‘tgan. Lekin
ayting, dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Tumurdek buyuk sarkarda,
Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma’naviyat va
ruhoniyat homiysi bo‘lgan?! 

1, 25-b.

Amir Temur umrining mazmunini “Millatning dardiga darmon bo‘lishdan
iborat” - deb bilgan. Ul zotni biz avlodlarga qoldirgan nodir merosini o‘rganish, tahlil
etish davr talabidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, Amir Temur ozodlik va yaratuvchilik timsoli
sifatida xalqning tarixiy xotirasiga va ardog‘iga aylanganligini yoshlar ongi va
qalbiga singdirish kerak. Bu esa umumta’lim maktablarida tarix darslarida Amir
Temur shaxsini o‘rganishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali
foydalanishni taqozo etadi. 
Masalan, buyuk shaxslar tavalludiga bag‘ishlangan kechalar, ko‘rik-tanlovlar
ham shular jumlasidandir. Biz Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan
o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov tashkil etishda quyidagi tavsiyalarni
berishimiz mumkin. Bu ko‘rik-tanlov 5 bosqichda amalga oshiriladi va “O‘yin ichida
o‘yin” texnologiyasi deb nomlanadi. Aslida intellektual o‘yin tarzida tashkil
etiladigan ushbu didaktik o‘yin beshta bosqichda amalga oshiriladi. “Blits-savol”,
“Tarixiy diktant”, “Tarjimon”, “Zakovatli zukko” hamda “Breyn-ring” o‘yinlari
shular jumlasidandir. 
1.“Blits-savol” o‘yini.
 
Bunda guruhlar “Amir Temurning mustaqillikdan keyin
e’tirof etilishi”ni to‘g‘ri javobini “guruh javobi” kataklariga yozishi talab etiladi.
So‘ngra o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri javoblar o‘qiladi. Bu “to‘g‘ri javob” degan
kataklarga yoziladi. Guruhlar o‘z xatolarini aniqlab chiqishadi hamda to‘plagan ballar
aniqlanadi.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
88


Guruh
xatosi
To‘g‘ri
javob
Guruh
javobi
E’tirof mazmuni
1996 yil 
23-26
oktabr
Toshkent shahrida Amir Temur va uning jahon tarixidagi 
o‘rni mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
1996 yil 
18 oktabr
Samarqand va Shahrisabz shaharlarida sohibqiron Amir 
Temurning haykali ochildi
1996 yil 
18 oktabr
Toshkent shahrida “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi tantanali
ochildi 
1996 yil 
18 oktabr
Samarqand va Shahrisabz shaharlariga Amir Temur ordeni 
topshirildi
1999 yil 
15 mart
Parijda “Amir Temur va temuriylar to‘g‘risida ilmiy asarlar 
bibliografiyasi” kitobi chop etildi
1996 yil 
26 aprel
Amir Temur ordeni ta’sis etildi
2016 yil 
8-9 aprel
Amir Temur tavalludining 680 yilligi respublika miqyosida 
keng nishonlandi
2014 yil
noyabr
Termiz shahri “Amir Temur ordeni” bilan taqdirlandi
2. “Tarixiy diktant”.
 
Bu diktant sohibqiron Amir Temurning o‘gitlariga
bag‘ishlanadi. Bunda guruhlar tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi kerak bo‘ladi.
Masalan, guruhlarga A4 hajmli qog‘ozda quyidagicha yozilgan topshiriqlar beriladi.
1.Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, ...... ...... ....... va hushyor bir kishi ming-
minglab tabirsiz, loqayd kishilardan .......... 
Javob: azmi qat’iy tadbirkor, yaxshidir
2. Aqlli ......... johilu nodon ..... yaxshi.
Javob: dushman, do‘stdan
3. Kam englar-ocharchilik ko‘rmasdan ...... ....... yashaysizlar, kam
uxlanglar-........erishasizlar, kam gapiringlar-........ bo‘lasizlar.
Javob: boy badavlat, mukammallikka, dono

2.


Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish