Использованная литература
1. Из книги Узбекская в годы Великой Отечественной войны.
2. Из книги Вклад трудяшихся Узбекистана в победу в Великой
Отечественной войне
3. kremlin.ru/events/president/news63527
4. Bgsoch2.ru/page-id=165
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
84
TARJIMA – ADABIY SADOQAT RAMZI
Rajabova Nafisa
O’zbekiston jahon tillari universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Tarjimachilik sohasining qadimgi tarjimonlari
va hozirgi tarjimonlari tarjima qilgan asarlarining kamchiliklari va afzalliklari shu
bilan birgalikda o’zbek tilimizdan mohirona foydalanish kerakligi va shundagina
mohir tarjimon bo’lib yetishish mumkinligi haqida muhokama qilinadi.
Kalit so’zlar:
Xorijiy tillarni o’zgarishlari, fikrlarning muayyan til vositalari,
o’zbekona so’zlarning ma’no tovlanishlari, g’alizliklar, o’zbek tilimizdan mohirona
foydalanish.
Bugungi kunda yurtimizda tarjimachilik sohasining rivojlanishi uchun barcha
imkoniyatlar yetarli. Shunga mos ravishda tarjimonlarning yosh, navqiron avlodi
yetishib kelmoqda. Matbuot sahifalarida yoshlarning ingliz, fransuz, nemis, yapon,
koreys, xitoy tillaridan bevosita o’girilgan tarjimalarini ko’rib quvonasan kishi.
Lekin mazkur tarjimalarning aksariyati nuqsondan xoli emas. Yosh tarjimonlar
uslubiy xatolarga, g’alizliklarga yo’l qo’yishadi. Chet tilini puxta bilganlari holda
ona tilimizning lug’at boyligi, o’zbekona so’zlarning ma’no tovlanishlaridan
bexabarliklari sezilib turadi.
Aslini olib aytganda, har bir inson tarjimondir. Hattoki endigina tili chiqqan
ikki yasharlik bolakay ham. Bizga ma’lumki, tarjima bu bir tildagi matnni boshqa
bir tilga o’girishdir. Lekin chuqurroq tahlil qilganda, tarjima faqatgina matnni bir
tildan ikkinchi tilga olib o’tish emas, balki mavjud tushuncha va fikrlarni muayyan
til vositalari – so’zlar va gaplar orqali ifodalash hamdir. Boshqacha qilib aytganda,
biz avvalo ongimizda paydo bo’lgan mavhum tushunchalar va obrazlarni o’z ona
tilimizga tarjima qilib, kitobxonimizga yetkazamiz. Ayni matnni turlicha saviyali
tarjimonlar turlicha tarjima qilgani kabi, biz ham bir xil masalani o’z saviyamizdan
kelib chiqib, turlicha ifoda etamiz.
Tarjimonlik, to’g’rirog’i, haqiqiy tarjimonlik tarjima qilinayotgan asarni
o’shanday mahorat bilan qayta yozishdir. Bir kitobni tarjima qilayotganda tarjimon
asar muallifning hissiyotlarini, nimalarni o’ylayotganini qaytadan his qiladi, anglab
yetadi va uni tarjima qilinayotgan tildagi insonlarga yangi asarday qilib yetkazib
beradi. Biz kitobni tarjima qilgan tarjimonning saviyasi muallifning saviyasiga
ko’tarilsa, mantiqan 100 ta kitobni tarjima qilgan tarjimon “bilimlar xazinasiga”
aylanadi. Shu sababdan, ham bizning ota-bobolarimiz ma’lum sohalarda ko’proq,
boshqalarda esa ozroq asarlar yozgan bo’lsa ham amalda ensiklopedik olim
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
85
bo’lganlar va qaysi sohaga oid asar yozishmasin, o’sha sohani kamida bir necha
qadam ilgari siljitib ketganlar.
Ularning zukkolilari shunda bo’lganki, tarjima jarayonida xolis va mas’uliyatli
bo’la olganlar. Masalan, Xorazmiy yunonlarning ma’budi Zevsni yoki Beruniy
hindlarning ma’budi Shivani yuqorida aytilganidek tarjima qilmaganlar. Aksincha,
ularning asarlarini o’qisangiz xuddi asarlarning aslini o’qigandek bo’lasiz. Shu bois
hindlar o’z tarixini, madaniyatini bobokalonimiz Beruniyning “Hindiston” asari
orqali o’qib o’rganib, o’z jamiyatlari haqidagi ma’lumotlarini mazkur asar orqali
anglab yetadilar.
“Zo’r tarjimonlar – bular jahon madaniyatida kishilarning oliy ittifoq
tuzilishlariga xizmat qiluvchi, xalqlarning umumbashariy va badiiy-barkamol
vakillaridir” - deya ta’kidlaydi belorussiyalik tarjimonshunos olim P. I. Kopanev.
Shuningdek u “Tarjimon masalasi muammolar muammosi bo’lib qolmoqda, negaki,
unga yozuvchilik qobiliyatlariga, yetuk ma’lumot olgan filolog bilimiga ega hamda
o’zi tarjima qilayotgan sohasida mutafakkir kishi bo’lishi talabi qo’yiladi. Aynan
shu sababli dunyoning barcha mamlakatlari oliy o’quv yurtlarida badiiy asarlar
tarjimonlarini maxsus tayyorlash tajribasini hozirgiga qaraganda kengroq miqyosda
olib borish kerak” degan xulosaga keladi.
Badiiy tarjima murakkab hodisadir. Murakkabligi avvalo shundaki, tarjimon
asar muallifining mushohadalarini, uni qiynagan hasratlar yoki aksincha
quvontirgan shodliklarni asarning yangi o’quvchilariga tushuntirib berishi zarur.
Menimcha, bu jarayonda til bilishning o’zi kamlik qiladi.
Badiiy tarjima – yuksak san’at. Tarjimon esa, xuddi yozuvchi singari
san’atkordir. U boshqa tilda bitilgan badiiy asarni shakl va mazmun birligini
saqlagan holda o’z ona tilida qayta yaratadi. Ular o’rtasida farq shundaki,
yozuvchida erkinlik katta va u istagan mavzuda, istagan uslubda, istagan so’z va
iboralarni qo’llab yozaveradi. Biroq tarjimon imkoniyatlari cheklangan, u tarjima
qilayotgan asar mavzusi, g’oyasi, muallif maqsadi, uslubi, til xususiyatlaridan
chetga chiqolmaydi, shu imkoniyatlar doirasida o’z tili qonuniyatlardan kelib
chiqqan holda asarni qaytadan o’z tilida yozib chiqadi. Bu jarayonni “qaytadan
yozib chiqadi” deb aytishgagina oson. Avvalo, badiiy tarjimada ikki tilni, ayniqsa
ona tilini mukammal bilish talab etiladi. O’zi tarjima qilayotgan asarga xos bo’lgan
badiiy-tasviriy vositalarni, uning uslubiy qirralarini, badiiy bo’yoqlarini ona tili
imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda tarjimon o’quvchisiga yetkaza olishi,
bir so’z bilan aytganda, badiiy asar yaratishi lozim. Tarjimon shu asarni yozishda
o’z muallifi qanday holatga tushgan bo’lsa, xuddi shu holatga tushishi kerak.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan buyon tarjimashunoslik, xususan
tarjima tarixi fani sohasida ham ko’pgina izlanishlar olib borilmoqda, kitoblar,
maqolalar, chop etilmoqda. O.Mo’minov va O.Sunnatovlar qalamiga mansub
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
86
“Tarjima tarixi” kitobi ham tarjima tarixining antik davridan hozirgacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi. Unda yana tarjimonlar hayoti, tarjima prinsiplari ham
yoritilgan.
N.Komilov ham tarjima tarixi borasida katta ishlar qilgan olim. U Ogahiyning
tarjimonlik faoliyatini o’rganib chiqadi, tahlil qiladi va yoritadi. N.Komilov Ogahiy
ijodini sinchiklab o’rganib chiqar ekan, uni ham adabiyotchi, ham tarixchi, ham
tarjimon ekanligini va uchala sohada birdek qalam tebratgan hassos shoir, teran
olim, mohir tarjimondir. Uning “Ravzat us-Safo”, “Nodirnoma”, “Zafarnoma”,
“Zubdit ut-Hikoyat”, “Nasihatnomai Kaykovus” va yuksak mahorat bilan tarjima
qilgan yana boshqa asarlarini tahlil qilib o’rganadi Bundan tashqari, N.Komilov
Xorazm maktabi, uning namoyondalari va ularning ishlari haqida ham ish olib
boradi. Xorazm tarjima maktabi tarjimonlarning hayoti, turmush tarzi, tarjima
prinsiplarini izohlab yoritib beradi.
Ko’p asrlik o’zbek tarjimachiligi saboqlari shundaki, bizning yirik shoir,
yozuvchi, dramaturg va tarjimonlarimiz bu “ikkilamcha”, “hosila” ijodiy ish o’zbek
adabiyoti taraqqiyotining har bir davrida birlamchi ahamiyatga ega ekanligini
chuqur his qiladilar. Oybek “Yevgeniy Onegin” tarjimasiga o’n ikki yil vaqt
saflagan va uni boshqatdan ishlab chiqib qiyomiga yetkazgan ekan, bunga
A.S.Pushkin o’zining ayni shu she’riy romanini yozishga sarflaganidan ko’ra, bir
yarim hissa ko’proq vaqt sarfladi. Yo’ldosh Shamsharov o’zi tarjima qilgan
I.S.Turgenevning “Liza”, “Bahor toshqinlari” qissalarini yod bilar, “Arafa”
romanini har qanday turgenevshunos adabiyot olimidan ko’ra nozikroq tushunar edi.
Usmon Nosir esa M.Y.Lermontovning «Demon » poemasini o’zbek tiliga yonib
tarjima qilgan va asarni boshdan-oyoq yod bilgan.
Saviyali tarjimon asarni tarjima qilishdan avval uning bo’yoqdorligini, uning
ichki hissiyotlarini, iztiroblarini yoki uning cheksiz quvonchini birinchi o’zida his
qila olishi kerak. Keyin uni boshqa tilga uning xuddi shu ichki kechinmalarini
saqlab qolgan holda tarjima qilishi kerak. Mukammal tarjimon bo’lib yetishishni
istagan har bir yosh kadrlar buni inobatga olishi va albatta, asarni tarjima qila turib
o’zbek tilimizdan mohirona foydalanishi kerak. Shundagina tarjimonning haqiqiy
ijodini yosh kitobxonlarimizga taqdim qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |