Termostat
- avtomatik klapan bo‘lib, sovuq dvigatelning yurgazil-
ganda uning tez qizishiga imkon yaratish bilan radiatordan o‘tayotgan
suyuqlik miqdorini rostlab sovitish tizimida optimal haroratni saqlashda
xizmat qiladi. Avtomobil dvigatellarida
suyuqlikli
va
qattiq
to‘ldirgichli
termostatlar qo‘llaniladi. Sovitish tizimidagi suyuqlikning harorati
ma’lum darajaga (70…80
0
S) ko‘tarilganda ballondagi aralashmaning
bug‘lanishi natijasida undagi bosim ortib qobirg‘ali silindr bo‘yiga
uzayadi va termostat klapani qisman ko‘tarilib, suyuqlikning ma’lum
miqdori radiatorga, ma’lum miqdori esa suyuqlik nasosiga o‘ta
boshlaydi. Keyinchalik suyuqlikning harorati 90…950S ga yetishi bilan
klapan to‘la ochiladi, suyuqlik asosan radiatorga yuboriladi. Bunday
termostatlardan sovitish suyuqligining orticha bosimi katta bo‘lgan yopiq
tizimli dvigatellarda foydalanilmaydi. Bunday termostatlarning balloni
yupqa devorli bo‘lgani uchun sovitish tizimidagi ortiqcha bosimga
sezgirligi yuqori bo‘ladi. Bunday xol termostatning aniqlik bilan
ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |