Dvigatelining o‘t oldirish tizimiga TXK va ta’mirlash.
Avtomobillardan foydalanish davrida elektr jihozlarida uchraydigan
nosozliklarni bartaraf etish TXK va JT ish hajmlarining 11
…
17% ni
tashkil qiladi, shuningdek statistika ma’lumotlariga ko‘ra karburatorli
dvigatellarda 40% atrofidagi nosozliklar va buzilishlar batareyali o‘t
oldirish tizimiga to‘g‘ri keladi. Bular o‘z navbatida, ko‘pincha, yonilg‘i
sarfining 5
…
6% ga ko‘payishiga olib keladi.
O‘t oldirish tizimi asosiy nosozliklari.
O‘t oldirish tizimidagi
elementlar bo‘yicha nosozliklarning sodir bo‘lishini har biri bo‘yicha
alohida ko‘rib chiqamiz. Yuqori kuchlanishli g‘altakning nosozliklariga
g‘altak qopqog‘ining darz ketishi va kuyishi, birlamchi va ikkilamchi
chulg‘amlar himoya qobiqlarining kuyishi oqibatida o‘ramlar orasidagi
qisqa tutashuv, chulg‘amlarning ulangan joyidan uzilib qolishi,
qo‘shimcha rezistorning uzilib qolishi yoki birlashgan qismlarning
bo‘shashib qolishlari kiradi.
Uzgich-taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarga moy tegishi
yoki kuyishi, uzgich kontaktlari orasidagi tirqishning yetarli emasligi
yoki juda kattaligi, kondensatorning shikastlanishi yoki kuyishi, rotor va
qopqoqning ifloslanishi, qopqoqning darz ketishi, richag prujinasi
tarangligining pasayishi, yetaklovchi valcha vtulkasi, uzgich richagi
vtulkasi yoki turtkichi, podshipnikning yeyilishi, markazdan qochma
rostgich prujinasining kuchsizlanishi va yukchalarning qadalib qolishi,
vakuumli rostlagich diafragmasining teshilishi, uzgich mushtchasi,
markazdan qochma rostlagich yukchalari teshiklari va o‘qlarining
yeyilishi, himoya qobig‘i yoki «massa» simlarining uzilishi,
taksimlagich qopqog‘i ichki yuzasidagi elektrodlarning kuyishi yoki
oksidlanib qolishi, yuqori kuchlanishli simlar himoya qoplamlarining
kuyishi kabilar kiradi.
69
O‘t oldirish shamilarning asosiy nosozliklari: korpus va markaziy
elektrod bo‘yicha jichlikning yetarli emasligi, yon va markaziy
elektrodlarning yeyilishi, himoya qoplami etagining yemirilishi,
chaqmoqning ichki yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishi
qisqarishiga olib keluvchi qurum qoplamini paydo bo‘lishi.
Agar dvigatelda karburator va o‘t oldirish tizimi to‘g‘ri sozlangan
bo‘lsa va me’yoriy ishlasa, shuningdek, ishlatilayotgan yonilg‘i sifatli
bo‘lsa, u holda dvigateldan yechib olingan chaqmoqning rangi zang yoki
jigarrang ko‘rinishida bo‘ladi. Ishlash davomiyligiga qarab korpus yupqa
qurum qatlami bilan qoplanadi. Markaziy elektrod kulrang tusda bo‘ladi.
Bunday chaqmoqlarni temir shchetka yoki qumqog‘oz bilan tozalab,
tirqishini rostlagandan so‘ng yana dvigatelga o‘rnatish mumkin.
Agar o‘t oldirish shamining yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi
mayda qurum zarrachalari bilan qoplangan bo‘lsa, buning asosiy
sabablari aralashmani o‘ta boyligi, havo tozalagichning kirlanishi,
uchqunning kuchsizligi, dvigatel ko‘p vaqt davomida salt ishlashi va
klapanlardagi issiqlik tirqishining noto‘g‘i rostlanganligidir.
O‘t oldirish shamining moy bilan qoplanishi porshen halqalarining
yeyilganligi, klapan moytutqichi teshigining kengayib ketganligi,
dvigateldagi moy sathining yuqoriligi, moy filtrining ifloslanishi,
karburatordagi aralashmaning boyligi, o‘t oldirish tizimining nosozligi
tufayli sodir bo‘ladi.
O‘t oldirish shamini kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko‘k ranggacha
qurum bosganligiga o‘t oldirish shami belgilangan me’yoridan ortiq
haroratlarda ishlatilayotganligi (kalil soni pastligi), karburatordagi
aralashmaning kambag‘al bo‘lishi, yondirish onining ertaligi, porshen
tubi va silindr kallagining qurum bilan qoplanishi, dvigatel silindriga
qo‘shimcha havoning so‘rilishi, chaqmoqda zichlash halqasining yo‘qligi
sabab bo‘ladi.
Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga himoya
qoplamining yorilishi va teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli
kuchsiz kontaktda bo‘lishi, sinishlar, uzilishlar va qarshilikning ortib
ketishi kiradi.
Eng ko‘p tarqalgan o‘t oldirish tizimi batareyali bo‘lib, u uzgich-
taqsimlagich, o‘t oldirish g‘altagi, chaqmoqlar, yuqori va past
kuchlanishli simlardan tashkil topgan.
70
3-bob. TRANSMISSIYA
Transmissiya dvigateldan yetaklovchi g‘ildiraklarga burovchi
momentni yo‘nalishini, qiymatini o‘zgartirib, uzatish va yetakchi
g‘ildiraklarga bo‘lib berish uchun xizmat qiladi.
43-rasm. Orqa yetakchi bo‘lgan(klassik) avtomobilning transmissiyasi
.
I-digatel; II-ilashish muftasi; III-Uzatmalar quttisi; IV-kardanli uzatma:1-elastik
mufta; 2-shlitsali birikma; 3-oldingi kardanli val; 4-tayanch podshipnik; 5-oldingi
kardan sharniri; 6-orqa kardan val; 7-orqa kardan sharniri; V-orqa ko‘prik,asosiy
uzatma va differensial: 8-yarimo‘q; 9-yetaklovchi(orqa) g‘ildirak.
Transmissiya dvigatel bilan yetakchi g‘ildiraklar orasidagi bog‘la-
nishga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
¾
mexanik;
¾
gidrohajmli;
¾
elektr;
¾
kombinatsiyalashgan (gidromexanik va elektromexanik).
Orqa yetaklovchi
bo‘lgan avtomobillar transmissiyasi quyidagilarni
o‘z ichiga oladi (43-rasm):
¾
ilashish muftasi,
¾
uzatmalar qutisi,
¾
kardanli uzatma,
¾
asosiy uzatma,
¾
differensial,
¾
yarim o‘qlar.
Old yetaklovchi
bo‘lgan avtomobil transmissiyasi quyidagilarni o‘z
ichiga oladi (44-rasm):
¾
ilashish muftasi,
¾
uzatmalar qutisi,
Do'stlaringiz bilan baham: |