Ijtimoiy siyosat



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

4.2.
 
Ijtimoiy ta‟minot tizimi faoliyatida hisobot
berish mexanizmi 
Davlatning ijtimoiy ta‘minot tizimi faoliyati to‗g‗risidagi hisoboti 
mablag‗larni qanday usullar bilan to‗plash va sarflash, ko‗rsatilayotgan 
ijtimoiy xizmatlarning sifati va sohada olib borilayotgan siyosat 
yo‗nalishlarini qamrab olishi zarur. Ijtimoiy sohada davlat faoliyati 
hisoboti asosan moliyaviy hisobotlardan iborat bo‗ladi. 
Buyuk Britaniyada boshqa mutassaddi tashkilotlar ijtimoiy 
ta‘minot tizimining mahalliy va mintaqaviy boshqaruv organlarini 
moliyaviy auditdan o‗tkazish bilan shug‗ullanadi. Ushbu tashkilotlar 
dastlab davlat byudjeti mablag‗lari qanday usulda to‗plangan va 
sarflanganligi to‗g‗risidagi hisobotlarni tekshirish bilan shug‗ullanadilar. 
1980-yildan boshlab ushbu tashkilotlarning moliyaviy hisobot sohasidagi 
huquqlari va vazifalari kengaytirildi. Endilikda ular davlat tashkilotlari 
ko‗rsatayotgan ijtimoiy xizmatlarning ―qiymati va sifati‖ o‗rtasidagi 
nisbatni tekshirish huquqiga ega bo‗lishdi. 
Tahlillar ko‗rsatishicha, ijtimoiy ta‘minot faoliyati hisobotini amalga 
oshirishda quyidagi holatlarga alohida e‘tibor qaratish zarur.
Birinchidan, ijtimoiy ta‘minot faoliyati hisobotini tekshirish ushbu 
sohada jiddiy kamchiliklarga yo‗l qo‗yilayotgan hollarda dolzarb 
muammoga aylanadi. Misol uchun, kasalxonada mahalliy boshqaruv 
organlari nazoratida bemor vafot etsa, mijozga noto‗g‗ri tashxis qo‗yilsa, 
ijtimoiy ta‘minot tizimi oldiga qo‗yilgan vazifalar hal etilmasa, ijtimoiy 


83 
ta‘minot xarajatlari belgilangan byudjet me‘yoridan oshib ketsa 
moliyaviy hisobotlarga qo‗yiladigan talablar ortadi.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta‘minot tizimi hisobotini ta‘minlashda 
mas‘uliyatlarning taqsimlanishini aniqlash ko‗pqirrali, murakkab jarayon 
hisoblanadi. Ushbu holat ko‗p bosqichli boshqaruv tizimlarida, 
jumladan, davlat ijtimoiy xizmatlarining bir qismi mahalliy boshqaruv 
organlari zimmasiga yuklatilgan sharoitlarda yanada murakkablashadi. 
Uchinchidan, davlatning ijtimoiy ta‘minot xizmati idoralari kimlar 
oldida mas‘ul hisoblanadi. Aholi davlat ijtimoiy ta‘minot xizmatlari bilan 
soliq to‗lovchi, ijtimoiy xizmatlar iste‘molchisi, ijtimoiy xizmatlarning 
potensial iste‘molchisi yoki iste‘molchilarning qarindoshi, xodimlar va 
biznes-operatorlar, jamiyat a‘zolari sifatida duch kelishi mumkin. 
Ularning manfaatlari xizmatlar ko‗rsatish va xizmatlar qiymati nuqtai 
nazaridan tubdan farq qilishi mumkin. Iste‘molchilarning ijtimoiy 
xizmatlarga bo‗lgan munosabati millati, jinsi, yoshi, sog‗lig‗i yoki 
nogironligi darajasiga ko‗ra tabaqalashgan bo‗ladi. 
Ijtimoiy ta‘minot tizimi hisobotini tuzish jarayonida quyidagi 
bosqichlar muhim ahamiyatga ega: mas‘ul shaxslar (rasmiy yoki 
normasmiy) o‗z majburiyatlarini aniq bilishlari lozim; hamma 
ma‘lumotlar aniq va tekshirilishi mumkin bo‗lishi zarur; hisobot 
tuzilayotganda unga kiritilayotgan ma‘lumotlar hisobotga tegishli 
tuzatishlar (demokratik mexanizmlar, jarimalar, intizom choralari) 
kiritish imkonini berishi lozim . 
Ijtimoiy ta‘minot faoliyati hisobotini tuzishning quyidagi mexanizmi 
dastaklarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 

demokratik – ijtimoiy ta‘minot tizimining faoliyatini boshqarish 
va nazorat qilishda saylov organlarining o‗rni. Jumladan, Buyuk 
Britaniyada mahalliy boshqaruv organlarining ijtimoiy ta‘minot tizimini 
nazorat qilishdagi vazifalari kuchaytirildi; 

huquqiy - sudlar ijtimoiy ta‘minot xizmatlari qonunchilikka zid 
kelgan hollarda ijtimoiy xizmat turlarini ko‗rsatuvchi organlarni qonun 
doirasida javobgarlikka tortish mumkin. 

tartibga solish, audit va inspeksiya – ijtimoiy ta‘minot tizimi 
hisobotini tuzish va tekshirishning ushbu mexanizmi dastaklari ijtimoiy 
xizmatlarning ko‗pchilik qismi davlat sektoridan xususiy sektorga 
o‗tkazilganda muhim ahamiyat kasb etadi. Tartibga solish, audit 
o‗tkazish va inspeksiya mexanizmi dastaklari rolini ortib borishi 
―me‘yoriy davlat‖ yoki ―auditning portlashi‖ sifatida qayd etiladi. 
Tartibga solish ijtimoiy xizmatlarga qo‗yiladigan qoidalar yoki 


84 
standartlarga nisbatan talablarni ifodalaydi. Inspeksiya tartibga solish 
bilan birgalikda olib boriladi 
va inspektorlar standartlarning 
bajarilayotganligini tekshirish uchun tayinlanadi. Davlat ijtimoiy 
ta‘minot organlarining faoliyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish va 
baholash amaliyoti audit, deb yuritiladi. An‘anaviy tarzda audit asosan 
moliyaviy faoliyatga tegishli bo‗lib, auditning vazifasi davlat 
tashkilotlari ko‗rsatayotgan ijtimoiy xizmatlarning ―qiymati va sifati‖ 
o‗rtasidagi nisbatni tekshirish hisobiga kengaytirildi;
- kasbiy – ijtimoiy ta‘minot sohasida band bo‗lgan (shifokorlar, 
o‗qituvchilar, tibbiyot hamshiralari, ijtimoiy xizmatchilar) kasb egalari 
uchun kasbiy standartlarga javob berish talablari bo‗yicha hisobot 
berilishi lozim; 
- bozor – ijtimoiy ta‘minot tizimi faoliyatining hisobot shakli 
bo‗lishi mumkin emas, ammo autsorsing va davlat ijtimoiy xizmatlarini 
isloh etish bozor munosabatlariga tayanganligi bois bozor ham hisobotni 
tekshirish mexanizmi dastaklari shaklida qaralishi mumkin. Bozor 
sharoitida ijtimoiy xizmatlar iste‘molchisini tanlashda, sog‗liqni saqlash, 
ta‘lim xizmatlari va boshqa ijtimoiy ta‘minot sohasiga oid axborot va 
ma‘lumotlarga tayaniladi. Ijtimoiy sohani tartibga solish, audit qilish va 
tekshirish bilan bog‗liq axborotlar iste‘molchilar uchun zarur bozor 
axborotlaridan farq qilishi mumkin. 
Ijtimoiy ta‘minot tizimi faoliyati hisobotini tayyorlash ijobiy jihatlari 
bilan bir vaqtda muayyan kamchiliklarga ham ega. Jumladan, hisobotni 
tayyorlash mexanizmi ko‗p xarajatlarni talab etadi. Davlat mablag‗lari 
hisobot, audit, inspeksiya, sudlar va ombudsmen xizmati kabilarga 
sarflanadi. Shuning uchun ijtimoiy ta‘minot faoliyati hisobotini tuzish va 
uni baholashda kutilayotgan xarajatlarni hisobga olish zarur bo‗ladi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish