95
tuzish jarayonlarida hamkorlik olib borish to‗g‗risida, a‘zo-mamlakatlar
ishchi migrantlari uchun ijtimoiy ta‘minot tadbirlarini amalga oshirishda
bir xil mehnatga haq to‗lash tamoyili ma‘qullandi. Mehnatkashlarni
ishga joylashtirish, geografik, kasbiy harakatchanligini rag‗batlantirish
va bandlik sohasida yordam ko‗rsatish maqsadida Yevropa ijtimoiy fondi
tuzildi.
Xalqaro mintaqaviy integratsion birlashma hisoblangan Yevropa
iqtisodiy hamjamiyati ijtimoiy siyosatining maqsadi ishchi kuchining
Hamjamiyat doirasida erkin harakatlanishini qo‗llab-quvvatlash va
raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan edi. A‘zo mamlakatlar
ijtimoiy ta‘minot tizimi, asosan, sug‗urta tamoyiliga asoslanganligi bois
ayrim mamlakatlarda bandlikka sarflanayotgan
ijtimoiy xarajatlarning
ortishi ijtimoiy dempingni keltirib chiqarishi mumkin edi. Chunki
kompaniyalar ishchi kuchi arzon hududlarga ishlab chiqarishni
joylashtira boshlashdi. Yagona bozorning amal qilishi esa kutilayotgan
foydani qayta taqsimlashga zarurat qoldirmasdan avtomatik tarzda
ijtimoiy rivojlanishga olib keladi. 1970 yillarning o‗rtalariga kelib neft
inqirozlari ta‘sirida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida iqtisodiy o‗sish
sekinlashdi va ijtimoiy uyg‗unlikka avtomatik tarzda erishish shubha
ostida qoldi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida faol ijtimoiy islohotlarni amalga
oshirish boshlandi. Yevropa Ittifoqida 1974-yilda qabul qilingan ijtimoiy
islohotlar dasturi to‗g‗risidagi qarorda
milliy ijtimoiy siyosatning
maqsadlarini ishlab chiqish, ijtimoiy mumamolarni hal etishni
standartlashtirmaslik va a‘zo mamlakatlardan ijtimoiy siyosat uchun
mas‘uliyatni olib tashlash kabi vazifalar belgilandi. 1980-yillarda kasaba
uyushmalari va ish beruvchilar o‗rtasida ijtimoiy muzokaralar uchun
―ijtimoiy hudud‖ni qoldirish to‗g‗risida qarorlar qabul qilindi. ―Ijtimoiy
hudud‖ ishchilarning kafolatlangan ijtimoiy huquqlari maqsadi va
minimal chegaralarini belgilash imkonini berdi.
Ishchilarni minimal himoya qilish bo‗yicha muzokaralar 1989-yilda
Ishchilarning asosiy ijtimoiy huquqlari Xartiyasining qabul qilinishiga
olib keldi. Xartiyaning faoliyat dasturida ijtimoiy siyosatda milliylikning
saqlanib qolishi muhimligi tan olindi. Maastrixt shartnomasida esa
subsidarlik tamoyili qabul qilindi. Subsidarlik
tamoyili jamiyatni
boshqarish ―quyidan yuqoriga‖ qarab amalga oshirilishini ko‗zda tutadi.
Ushbu tamoyil Yevropa Ittifoqi ijtimoiy ta‘minot muammolari milliy
darajada samarali amalga oshirilsagina unga ruxsat berishini anglatadi.
96
Yevropa Ittifoqining kengayishi bosqichlarida ijtimoiy siyosat
tamoyillari kelishib olindi. Yevropa Ittifoqining ilk a‘zolari ijtimoiy
himoya tizimi (Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg va
Niderlandiya) bandlik asosida sug‗urta tamoyiliga asoslangan Bismark
yoki
kontinental
model
hisoblangan.
1970-yillardagi
Yevropa
Ittifoqining yangi a‘zolarini (Daniya, Irlandiya, Buyuk Britaniya) soliqqa
tortish asosida moliyalashtiriladigan va umumiy
qamrovga ega ijtimoiy
himoya tizimiga ega edilar. Yevropa Ittifoqiga 1980-yillarda a‘zo
bo‗lgan janubiy mamlakatlar (Gretsiya, Portugaliya, Ispaniya)da ijtimoiy
ta‘minot tizimi yaxshi rivojlanmagan bo‗lsa, 1995-yilda a‘zo bo‗lgan
Shimoliy Yevropa mamlakatlari (Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya,
Avstriya) bilan birgalikda nemis modeliga yaqin modelga (Kipr, Malta)
va o‗tish iqtisodiyoti mamlakatlari (Bolgariya, Chexiya, Estoniya,
Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Sloveniya)
ijtimoiy ta‘minotning umuman boshqa tizimlariga ega edilar.
Yuqoridagi sabablarga ko‗ra, Yevropa Ittifoqi uchun ijtimoiy
himoya tizimini uyg‗unlashtirish maqsadi dolzarb hisoblandi. 1990
yillarga kelib ijtimoiy xarajatlarnng qisqarishi tendensiyasi bilan bog‗liq
ravishda Yevropa Ittifoqida ijtmoiy ta‘minotni aralash tizimlariga tomon
o‗zgarish yuz berdi. Yevropa Ittifoqining Sharqqa tomon kengayishi
ijtimoiy ta‘minot tizimini uyg‗unlashtirishning yangi yondashuvlarini
izlashni taqozo etmoqda.
Yevropa Ittifoqi salkam yetmish yillik tajriba asosida ijtimoiy
siyosatning ko‗p bosqichli boshqaruv tizimini
ishlab chiqdi va uning
tamoyillari Lissabon shartnomalarida o‗z ifodasini topdi. Ijtimoiy siyosat
Yevropa Ittifoqining qarorlar qabul qilish jarayonida rivojlanib,
takomillashib bordi. Qonunlarning qabul qilinishini yengillashtirish
maqsadida 1986-yilda Yagona Yevropa to‗g‗risidagi Qonunda sog‗liqni
saqlash va mehnat xavfsizligi, mehnat sharoiti, ishchilarga maslahatlar
berish, ayollar va erkaklar tengligi, ishsizlarni mehnat bozoriga qaytarish
sohasida ko‗pchilik ovoz yo‗li bilan qarorlar qabul qilish tartibi joriy
etildi.
Amsterdam
shartnomasida
bandlikda
faol
tadbirlar,
Nitsa
shartnomasida kamsitishga qarshi choralar,
iqtisodiy va ijtimoiy
hamjihatlikni qo‗llab-quvvatlash, Lissabon shartnomasida esa iqlim
o‗zgarishiga qarshi kurash, energetika xavfsizligi va favqulodda
gumanitar yordam sohalarida ko‗pchilik ovoz berish yo‗li bilan qarorlar
qabul qilish tartibi uzaytirildi. Ammo barcha shartnomalarda ijtimoiy
97
ta‘minot va ijtimoiy himoya siyosati sohalarini uyg‗unlashtirish bo‗yicha
hatti-harakatlarni bir ovozdan qo‗llab-quvvatlash tartibi saqlanib qoldi.
2000-yillarning boshida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rasmiy tarzda
aholi ijtimoiy himoya tizimi uchun mas‘uliyatni o‗z zimmalariga olishdi
va ushbu sohadagi maqsad va vazifalarni hal etishda yaqindan hamkorlik
qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. 1970- va 1980- yillardagi
umumiy ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‗nalishlari jiddiy ijtimoiy-
demografik va iqtisodiy muammolar ta‘sirida o‗z dolzarbligini yo‗qotdi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yagona ijtimoiy siyosatni ishlab
chiqish va amalga oshirish to‗g‗risida umumiy
qarorga kela olishmasa-
da, XX1 asrda a‘zo mamlakatlar duch kelayotgan ijtimoiy muammolarni
hal etish zarurligini tan olishmoqda. Iqtisodiyotdagi texnologik va
tarkibiy o‗zgarishlar bilan bir vaqtda yuz berayotgan global demografik
tendensiyalar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy ta‘minot tizimini
isloh etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
O‗zbekistonda davlat va uning tuzilmalalari quyidagi ijtimoiy
masalalarning hal etilishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: